Kutubxona | O’g’il farzand ko’rish uchun...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 13.07.2020
Soat: 15:41
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Farzand - mitti yurakcha!

O’g’il farzand ko’rish uchun

Teglar:farzandli bo lish
Qo'shdi:Admin (13.12.2019 / 12:54)
Reyting:rating 11 article (0)
O'qilgan:192
Fikrlar:0
Ko’pchilik ota-onalar bo’lajak farzandlarining jinsini tanlashni xohlashadi. Masalan, juftliklar o’g’il farzand ko’rish sirlarini bilgisi keladi, nega bunday ekanligi esa muhim emas. Muhimi shuki, homila jinsini rejalashtirish uchun bir qator nisbiy asoslangan, shuningdek unchalik asoslanmagan usullar mavjud.


Qanday qilib o’g’il ko’rish kerakligini tushunish uchun urug’lanishda homila jinsi qanday tanlanishini bilishingiz kerak. Yangi inson DNKning yarmini otadan va qolgan yarmini onasidan oladi. Barchaga ma’lumki, ayolda XX, erkaklarda esa XY xromosomalari bor.


Shunday qilib, tuxum hujayrani urug’lantirish uchun spermatozoid orqali otadan qaysi xromosoma uzatilishi bo’lajak farzandning jinsini belgilab beradi. Agar spermatozoid Y-xromosomaning tashuvchisi bo’lsa, unda o’g’il bola tug’iladi.

Homilaning qay jinsda bo’lishligi bir qator tasodifiy omillar tufayli sodir bo’ladi. Agar siz o’g’il farzand ko’rish uchun kafolatlangan mukammal usul haqida eshitgan bo’lsangiz, u holda unga ko’p ishonmang. Bugungi kunda faqat ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) muayyan jinsdagi farzand tug’ilishini kafolatlashi mumkin.


Qoida tariqasida, embrionning muayyan jinsini tanlash faqat ayol yoki erkak chizig’i orqali uzatiladigan har qanday irsiy kasallikni (masalan, gemofiliya) oldini olish uchun ko’rsatiladi. Odatiy sharoitda siz, o’g’il farzandga homilador bo’lish uchun turli maslahatlardan foydalanishingiz va ming yillar davomida orttirilgan tajribani qo’llashingiz mumkin.

Ovulyatsiya bo’yicha o’g’il farzand ko’rish


Y-spermatozoidlar kam yashovchan, ammo X-spermatazoidlarga nisbatan ko’proq faolligi ilmiy daliliga asoslangan taqvim usuli urug’lantirishni ovulyatsiyadan bir kun oldin va bevosita ovulyatsiya kuni amalga oshirishni tavsiya etadi.


O’g’il farzand xohlayotgan ayolga ovulyatsiya jadvali kerak bo’ladi. Buning uchun diqqat bilan bazal tana haroratini o’lchash, dorixona ovulyatsiya testidan foydalanish yoki ultratovush yordamida follikullarni kuzatib borish mumkin. Shuningdek, ovulatsiyani nisbatan ko’proq yopishqoq va oqroq bo’ladigan ajralmalarga tayangan holda aniqlash mumkin.

Otaga esa spermatozoidlar ko’proq, ularning faolligi yuqoriroq bo’lishi uchun, urug’lantirishdan oldin bir necha kun jinsiy aloqani istisno qilishi tavsiya etiladi.
Bolani qanday holatda (pozada) urug’lantirishga keladigan bo’lsak, bu ham muhim rol o’ynaydi. Bachadon bo’yni va sperma o’rtasida maksimal aloqa o’rnatish zarur. O’g’il ko’rish uchun ikkita poza optimal hisoblanadi: «ortida erkak» yoki «yuqoridan kelgan ayol». Jinsiy aloqadan so’ng, ayol chalqancha yotishi tavsiya etiladi, bu eng faol spermatozoidlarning mo’ljaliga yetib borishiga yordam beradi.

Homila jinsini rejalashtirish taqvimi


Bu savolga javob berish uchun ona yoshini hisobga oladigan xitoy taqvimi, bo’lajak ota-ona tug’ilgan oyni taqqoslash asosida yapon jadvali yordamga keladi. Bundan ota-onaning qon guruhlari va rezus omili nisbati asosida yaratilgan jadval ham ehtimollikni hisoblashda qo’llanilishi mumkin.


Qonning yangilanishi


Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda qon har 4 yilda yangilanadi, ayollarda esa har uch yilda bir marta. O’g’il farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Dastlab, kim hozir «yoshroq» bo’lganini hisoblash lozim. Hisob tug’ilishdan boshlab yoki ko’p qon yo’qotish bo’lsa (jarrohlik yoki jarohat, tug’ruq yoki abortdan keyin), o’sha vaqtdan boshlanadi.
Otaning umumiy yoshi to’rtga bo’linadi, faqat butun son hisobga olinadi va qolgan qoldiq aniqlanadi. Masalan, 29 yoshda bo’lsa, 29: 4 = 7,25, faqat 7 soni hisobga olinadi, shundaqoldiq 1 ga teng bo’ladi, ya’ni 7×4 = 28, 29 — 28 = 1.
Onaning umumiy yoshi uchga bo’linadi (masalan, 26 yoshda bo’lsa: 26: 3 = 8, qoldiq 2).
Qoldiqni solishtiring. Erkakda qon bir yil oldin yangilangan (qoldiq 1), ayolda esa 2 yil oldin (qoldiq 2). Ushbu nazariyaga asoslanib, bu davrda o’g’il tug’ilishi kutiladi, chunki bo’lajak otaning qoni «yoshroq».
Biroq uning natijalari homila jinsini oldindan 100% to’g’ri ko’rsata olmaydi, shuning uchun bitta bu usulga tayanish tavsiya etilmaydi.

Oy taqvimi


Qanday qilib o’g’il farzandga homilador bo’lish kerakligini oy taqvimi taqdim etadi. Buning uchun siz oy qachon qovg’a, qo’y, egizaklar, arslon, tarozi yoki o’qotarda bo’lishini bilishingiz kerak. Internetda buni aniqlashni osonlashtiradigan xizmatlarni topishingiz mumkin.


O’g’il farzand ko’rish uchun parhez


Ba’zi tadqiqotlar natijasida ma’lum bir parhezga amal qilib o’g’il ko’rish mumkinligi aniqlandi. Homilaning qay jinsda tug’ilishi va oziq-ovqat o’rtasidagi aloqaga birinchi bo’lib fransuzlar e’tibor qaratgan.
Ota-onalarga natriy va kaliyga boy ovqatlar yeyish tavsiya qilinadi:
Go’sht, kolbasa, baliq, tuxumning oqi;
Lartoshka, no’xat, yasmiq, loviya, qo’ziqorin, guruch;
Gilos, banan, o’rik, apelsin, shaftoli, xurmo, mango, qora shokolad.
Bu vaqtda sut, non, kaltsiy yuqori bo’lgan mineral suv, yong’oq, ko’katlar, yashil loviya, karamni cheklash va ovqatni ortiqcha tuzlashdan saqlanish o’rinlidir.


Boshqa usullar


Homila jinsini rejalashtirish masalasi uzoq tarixga ega, shuning uchun o’g’il tu’g’ilishi ehtimolini oshirish uchun ko’p maslahatlar to’plangan:
Chekishni to’xtatish;
Tana vaznini 55 kilogrammdan kamaytirmaslikka harakat qilish;
Erga yondashish, u oilaning haqiqiy boshlig’i bo’lishi kerak;
Homilador bo’lish uchun qancha ko’p vaqt ketsa, homila o’g’il bo’lishi ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi;
Tinch va osuda turmush tarzini saqlang, stressdan qoching;
Bo’lajak farzandingizni barcha tafsilotlarda tasavvur qiling.


Va nihoyat, oxirida o’g’il farzand ko’rish sirlari va xalqona maslahatlar.

Urug’lantirish yoz faslida sodir bo’lsa, yanada yaxshi, bunda bo’lajak ota yerda yalangoyoq yurishi va ularning erkaklik quvvatini oshirishi muhim ahamiyatga ega. Urug’lantirish uchun eng yaxshi vaqti ertalab yoki dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari ekanligiga ishoniladi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 6
» Foydalanuvchilar 1
» Mehmonlar 5
Bosh sahifaga