Kutubxona | HOMILANI TUSHISH ALOMATLARI

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 09.07.2020
Soat: 16:38
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Homiladorlik

HOMILANI TUSHISH ALOMATLARI

Teglar:homiladorlikda hastaliklar
Qo'shdi:Admin (02.01.2020 / 16:20)
Reyting:rating 114 article (0)
O'qilgan:116
Fikrlar:0
Homiladorlik davrining 20-haftasigacha homiladorlikni o'z-o'zidan yakunlanishiga homila tushishi deb ataladi.

Aslida homiladorliklarning taxminan 15-20% homila tushishi bilan yakunlanadi.
Ba'zida ayol hatto homilador ekanligini bilishga ulgurmay turib homila tushishi yuz berishi mumkin.

Homila tushishi alomatlari
- qindan qon ajralishi, qonli surkalish kuzatilishi;
- qorin past qismida va belda qattiq og'riqlar paydo bo'lishi;
- qindan to'qima qismlari ajralishi;
- qattiq ich ketishi;
- qizil yoki jigarrang ajralishlar chiqishi.

Homila tushishi sabablari
I. Gen yoki xromosoma anomaliyalar:
1. Ko'pincha homila tushishi homila rivojlanishidagi patologiya mavjudligi tufayli ro'y beradi. Bu patologiya embrion hujayralarini bo'linishi noto'g'ri bo'layotganidan vujudga keladi. Bunday embrion noto'g'ri xromosomaga ega bo'lganligi tufayli o'z-o'zidan tabiiy ravishda nobud bo'ladi.
2. Homila tuxumining bo'shligi. Bunda urug'langan tuxum hujayrasi embrion emas, yo'ldosh to'qimalarini tashkil qiladi, xolos. Ushbu holat homiladorlik davrining dastlabki 12 hafta ichida ro'y bergan homila tushishining 50% iga sabab bo'ladi.
3. Homilaning nobud bo'lishi. Bunda homiladorlik yakunlanishidan avval homila nobud bo'ladi. Bunga embrion rivojlanishidagi anomaliyalar sabab bo'ladi.
4. Molyar homiladorlik. Bu holat juda kam uchraydigan bo'lib, bunda yo'ldosh rivojlangan sari bachadon ichida o'simtaga aylanib boradi, bunday yo'ldoshda embrion rivojlana olmaydi.

II. Homilador ayol sog'lig'i muammolari:
1. Qand kasalligining og'ir shakli.
2. Qalqonsimon bez kasalliklari.
3. Infeksiyalar (jinsiy infeksiyalar, gripp, angina, pielonefrit va boshqalar)
4. Gormonal buzilishlar.
5. Bachadon yoki bachadon yo'llarining jismoniy yoki tuzilmaviy o'zgarishlari.
6. Shikastlanish yoki jismoniy zo'riqish.

Homiladorligi homila tushishi bilan yakunlanishiga kim moyil?
- Yoshi 35 dan oshgan ayollar;
- Bundan oldin bir necha marta homila tushishini kechirgan yoki abort qilgan ayollar;
- Spirtli ichimliklar ko'p iste'mol qiluvchi va chekadigan ayollar;
- Ayrim surunkali kasalliklar (masalan, qand kasalligining og'ir shakli) ga ega bo'lgan ayollar.

Homila tushishining darajasi
1. Homila tushishi xavfi bor: bachadondan juda oz miqdorda qon chiqishi namoyon bo'ladi. Ko'pincha tuxum hujayrasi bachadonga o'rnashib olayotganda bunday holat ro'y berishi mumkin. Bunda bachadon bo'yni yopiq bo'ladi.
2. Chala homila tushish jarayoni: qindan qon ajralishi beldagi yoki qorindagi og'riqlar bilan birga namoyon bo'ladi. Shunda qo'shimcha ravishda bachadon bo'yni ochilishi va homila po'sti yorilishi kuzatilsa, homila tushishini to'xtatib bo'lmaydi.
3. To'liq homila tushish jarayoni: embrionning bachadonni butunlay tark etadi. Bunda qon ajralishi tez to'xtab, og'riqlar ham tugaydi. Homilaning to'liq tushganini ultra tovushli diagnostika orqali aniqlasa bo'ladi.
4. Namoyon bo'lmagan homila tushishi: homila nobud bo'ladi, lekin bachadondan tark etilmaydi. Bunda ayol homila tushganini bilmay yuradi. Bu holatni homiladorlik alomatlari birdaniga yo'qolib qolganidan yoki ultra tovushli diagnostika orqali homila yuragi urmasligidan bilib olsa bo'ladi. Uzoq vaqt mobaynida ayol organizmida nobud bo'lgan homilaning saqlanishi isitma chiqishini keltiradi. Bu esa ayol organizmi uchun juda xavfli.
5. Anembrioniya: urug'langan tuxum hujayrasi bachadonga yopishadi, lekin embrion hosil bo'lmaydi.
6. Bachadondan tashqari homiladorlik: embrion bachadondan tashqarida, ko'pincha bachadon yo'llarida rivojlanadi. Ayol uchun juda xatarli bo'lgan bu holatda tezda shifokorga murojaat qilish zarur.

Homila tushishini davolash
Homila tushishidan oldin yoki keyin amalga oshiriladigan davolanish bachadondan qon chiqishini to'xtatishga va infeksiya tushmasligini ta'minlashga qaratiladi.
Homiladorlik davri qanchalik kichik bo'lsa, embrion hujayrasi bachadondan shunchalik oson mustaqil ravishda ajralib chiqa oladi. Agar embrion hujayrasi mustaqil ajrala olmasa, u holda jarohlik yo'li bilan bachadon tozalanadi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 1
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 1
Bosh sahifaga