Kutubxona | DAVOLOVCHI JINSIY YAQINLIK

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 13.07.2020
Soat: 15:23
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Bu qiziq!

DAVOLOVCHI JINSIY YAQINLIK

Teglar:jinsiy hayot
Qo'shdi:Admin (05.01.2020 / 15:58)
Reyting:rating 130 article (0)
O'qilgan:385
Fikrlar:0
Jinsiy yaqinlik va muolaja yoki boshqacha aytganda, davolovchi jinsiy yaqinlik haqida «Kama Sutra»da, Nik Dujas, Renni Slinjer, Abu Ali ibn Sino asarlarida va jinsiy yaqinlikka oid boshqa kitoblarda ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan. XX asrda bu masala ustida, ayniqsa, doktor Xorsli juda yaxshi dalillarni o‘z klinikasidagi kuzatuvlar asosida keltirgan. Biz ham o‘zbek kitobxonlarini olimning tajribalaridan bahramand etishga, uni asos qilib olishga qaror qildik.

Tibbiyotda jinsiy yaqinlik yo‘li bilan turli xastaliklarni batamom davolab yuborish, qaytarish yoki yengillatish mumkinligi isbotlandi. Keltirilgan dalillar hamkasblarning qoshini chimirishiga yoki labini tishlashga majbur qilsa, ajab emas. Bunday kasalliklar ro‘yxati belniig yuqorisi va pastki qismini o‘z ichiga oladi. Bularga semirish, siydik qopi kasalliklari, oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralari, oshqozon saratoni, gi¬pertoniya, bavosil yurak urishining tezlashuvi, titrash (tremor), tungi vahima kasalligi, bronxial astma, gush (ekzema), eshakemi, giyohvandlik va alkogolizmga qarshi, uyqusizlik, oyoqning semirib ketishi va boshqalar kiradi.

Ovro‘poning hamma madanli suvlari, barcha tropik daraxtlar, Xitoyning barcha shifobaxsh o‘tlari jinsiy yaqinlik vaqtida paydo bo‘ladigan tabiiy suyuqlik (eleksir)larning o‘rnini bosolmasligi aniq.

1. Bel og‘rig‘i. Doktor Xorsli «Umurtqa pog‘onasini silash uni qurib va bujmayib qolishidan saqlaydi» degan iborani ishlatgan bo‘lsa ham, yaxshi jinsiy yaqinlik umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri va sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Yomon, qoniqtirilmagan jinsiy yaqinlikda esa buning teskarisi bo‘ladi. Amarillis tili bilan aytganda, «dag‘al, qattiq bo‘yin og‘rigi sovuq jinsiy yaqinlik natijasidir». Ko‘pincha ayollar bo‘yin umurtqa pog‘onasining qattiq og‘rig‘idan saqlanish uchun pishiq matodan maxsus yoqa taqib yuradilar. Rentgen nuri ko‘rsatishicha, umurtqa pog‘onasi ko‘migida va umurtqa pog‘ona oraliqlarida o‘zgarishlar yuz bersa ham, yaxshi jinsiy yaqinlik bu ogriqlarni yo‘q qilib yuboradi. Doktor Xorsli fikricha, umurtqa pogona og‘riqlarini omadli nikoh orqali batamom tuzatib yuborish mumkin. Bu gan, jumladan, bel og‘rigiga ham tegishlidir.
Bel og‘rigi hamda bel ostidagi og‘riqdan ko‘pincha jin¬siy hayoti yaxshi bo‘lmagan kishilar shikoyat qiladi. Agar jinsiy yaqinlik yuzaki, qoniqarsiz bo‘lsa, kishi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, to‘xtagan og‘riqlar umurtqa pog‘onasida qaytadan boshlanishi mumkin. Qo‘zg‘alish vaqtida ayolning ham, erkakning ham jinsiy a’zolari qonga to‘ladi, agar jinsiy yaqinlik yaxshi orgazm bilan bo‘shalmasa, umurtqa pog‘onasining pastki qismi, payli bog‘lamlari va mushaklari himoyasini ta’minlovchi mexanizmlar mustahkamligiga zarar yetkazadi. Masalan, qo‘zg‘algan bachadon o‘z og‘irligi va hajmini uch barobar ko‘paytirib, bir soatdan ortiq vaqt tursa, qoniqarli lazzatlanish (orgazm) dan so‘ng asl holatiga 5—10 daqiqa ichida qaytadi. Agar bir jinsiy qo‘zg‘alish vaqti¬da qon bilan to‘lgan bachadonni yana kichik toz bo‘shlig‘idagi hamma organlar bilan hisobga olsak, yengil harakat ham taranglashgan umurtqa pog‘onasiga qanday og‘irlik berishi o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladi. Bularning hammasi erkakka ham tegishlidir.
Shular e’tiborga olinsa, lazzatlanishning fiziologik foydali bo‘lishiga muvaffaq bo‘lmagan kishilar aql va tanani jinsiy rag‘batlantirishdan saqlashlari yoki biror boshqa chora qo‘llashlari kerak bo‘ladi.

2. Semirish. Ko‘pgina G‘arb mamlakatlaridagi ayollar semirishni xohlamaydilar va semirish erkaklarga sira yoqmaydi degan fikrdalar. To‘ladan kelgan ayolga ham er topiladi, chunki to‘la ayolni yoqtiradigan erkaklar hamma yurtda ham bor. Albatta, turmushga chiqishga, sevgiga, baxtli hayotga va jinsiy yaqinlikka intiluvchi har bir ayol qaddi- qomati kelishgan bo‘lishini istaydi. Azal-azaldan shifokorlar to‘la bo‘lmagan kishilar sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishini, qon bosimi past yurishini, uzoq yillar yashashini isbotlaganlar. Semirish o‘z xususiyatiga
ko‘ra ikki ko‘rinishda bo‘ladi: haqiqiy semizlik, to‘lalik va semizlik yoki jinsiy yaqinlikdagi suyuqlikning yig‘ilib qolishi oqibatidagi semizlik. Ba’zi ayollar erini o‘zidan yiroqlatish maqsadida ko‘p ovqat
va suyuqlik iste’mol qilib, «menga qarama» qabilida ish tutadilar, jinsiy yaqinlikka moyillik bo‘lganida esa ozadilar.
Eridan ajralayotgan ayol, odatda, ko‘p ovqat yeya boshlaydi, unga qarama-qarshi o‘laroq o‘ziga jufti halol topgan ayol tezda parhezga o‘tib, oza boshlaydi. Umuman, zavqli o‘tayotgan jinsiy hayot buyrakning ishlashiga, siydik qopi tonusining oshishiga sababchi bo‘lib, organizmdagi ortiqcha yog'dan xalos etadi.

3.Oshqozon-ichak
kasalliklari. Ko‘pgina erkaklar yaxshi jinsiy
yaqinlik saraton kasalligining oldini olib, uni bartaraf etishini va oshqozon faoliyatini
yaxshilashini biladilar. Jinsiy yaqinlik yaxshi
bo‘lmasligi, oshqozon kislotasining oshishi
ertama-kechmi oshqozon yarasiga, yara esa saratonga aylanishiga bir qadam
ekanini ham ko‘pchilik biladi. Qoniqarli
jinsiy hayot oshqozonda kislotaning oshishi, yara, saraton kabi og‘ir dardlarning oldini olishi mumkin.

4. Bavosil. Bavosilga
uchragan kishi ko‘p vaqtini vannada,
hojatxonada o‘tkazadi. Yaxshi jinsiy hayot
kechiradigan kishi esa vaqtini yotoqxonada
o‘tkazadi. Shu bilan u bavosilga qarshi ishlatiladigan shamchadan kasallikning oldini olib qutiladi.

5. Tashvishli, xavotirli
alomatlar. Freyd nazariyasi bo‘yicha, bu
holat jinsiy yaqinlik frustratsiyasi oqibatida
kelib chiqadi. Yurakning tez urishi, terlash,
vahimali tushlar ko‘rish, titrash (tremor) kabi xolatlar organizmda kechadigan fizik va kimyoviy buzilishlar oqibatida yoki qalqonsimon bez kasalliklari natijasida
bo‘lmasa, unda jinsiy yaqinlik qo‘zg‘alishlari to‘xtab qolishi oqibatida
yuzaga kelgan bo‘ladi. Ayniqsa bu holatga
ko‘pincha ko‘ngilga yaqin, sirdosh dugonasi yo‘qligi, jinsiy yaqinlik uchun yoqimtoy, sog‘lom erning yo‘qligi sababchi bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda qo‘rquv ostida rag‘batlangan jinsiy qo‘zg‘alish yoki boshqa murakkab holatlar kishilarda surunkali nafas olishning buzilishi, kam quvvatlilik, ko‘krak qafasida siqilish, yurak
zo‘riqishi kabi belgilarni keltirib chiqaradiki, bu tibbiyot tilida «nevrotsirkulyator asteniya» deb yuritiladi. Bu kasallik ko‘pincha ko‘p miqdordagi uxlatuvchi dorilar hamda trankvilizator dorilar berib davolanadi, bu dorilar kishini ishga yaroqsiz, layoqatsiz
qilib qo‘yadi.

6 Allergik holatlar. Yaxshi jinsiy yaqinlik bronxial astma, gush (ekzema), eshakemi kabi allergik kasalliklarning oldini
olib, o‘ziga xos davolovchidir.

Aloqaning
yomon bo‘lishi esa bu xastaliklarni kuchaytirib yuborishi mumkin. Katta yoshdagi kishilarda ko‘proq uchraydigan bo‘g‘in artriti va bod xastaliklari ayollardagi traxomonoz tufayli ajraladigan suyuqlik va yaxshi amalga oshmagan jinsiy yaqinlik natijasida kelib chiqadi.

Spirtlr ichimliklar, tamaki mahsulotlari va giyohvand moddalar odamlarni turli kasalliklarga yo‘liqtiradi. Yaxshi jinsiy yaqinlik insonlarni jigar sirroziga mubtalo qiluvchi aroqxo‘rlikning, odamni o‘z quliga aylantiruvchi giyohvandlikiing organizmga salbiy oqibatlarini bartaraf etishda foyda keltirishi mumkin. Lazzat bermaydigan jinsiy yaqinlik er-xotin o‘rtasiga sovuqlik soladi. Asabiylik esa tez-tez chekishga olib keladi, tamaki tutuni o‘pka saratoni kelib chiqish xavfini tezlashtiradi. Yaxshi jinsiy yaqinlik uyqusizlikning ishonchli va tabiiy dorisidir. Avvalo, yaqinlik to‘g‘risida o‘ylash, kishiga orom baxshida etadi. Biologik yaxshi jinsiy yaqinlik tabiiy uxlatuvchidir, u oldiniga sog‘lom mizg‘ishga, so‘ng chuqur uyquga aylanadi. Bu aytilgan holatni qoida sifatida aytadigan bo‘lsak: jinsiy yaqinlikdan keyin er-xotinni to‘shakda uyqu elitmasa, jinsiy munosabatda qandaydir kamchilik bor.

Lekin hammasi yaxshi bo‘lsa, bo‘shashgan
tana, oyoqlar va ko‘zga uyqu malham bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, tibbiyotchilar o‘rganayotgan o‘nlab, yuzlab xastaliklar borki, yaxshi jinsiy yaqinliklar ularga ham davo bo‘la oladi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 4
» Foydalanuvchilar 1
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga