Yurakcha. Ru

Filter:
Kutubxona | Jinsiy salomatlik

JINSIY OJIZLIKNI DAVOLASH

Teglar:seksologiya
Qo'shdi:Admin (06.01.2020 / 22:08)
Reyting:rating 134 article (0)
O'qilgan:352
Fikrlar:0
Jinsiy ojizlikni davolash shifokor uchun oson emas, albatta. Erkaklardagi jinsiy ojizlikni davolashda uning kelib chiqish sabablarini aniqlash va shunga qarab davolash rejasini tuzish kerak bo‘ladi. Mabodo maxsus laboratoriya sharoitida tekshirish zarurati tug‘ilsa, shifokor uni ham buyuradi.

Davolashni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ayol va er o‘rtasidagi hamjihatlik hamda ularning shifokorga yordami juda zarurdir. Agar shunday yordam bo‘lmasa, shifokor ko‘pincha qiyinchilikka uchraydi, davolash ba’zan behuda ham ketadi. Jinsiy yaqinlik masalasida erkak ayolga qaraganda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi va tashabbusni doimo o‘z qo‘lida saqlashi kerak bo‘ladi. Er va xotin jinsiy yaqinlikka to‘siq bo‘ladigan sabablarni birgalikda maslahatlashib hal qilishlari - muvaffaqiyat garovidir.

Eng avvalo, jinsiy yaqinlik va uning to‘laqonli ijro etilishini asab tizimi hal qiladi. Bunday asab tizimiga orqa miyada joylashgan ereksiya va eyakulyatsiya markazlari kiradi. Bu markazlar periferik asab tolalari va jinsiy a’zolar hamda bosh miyaning po‘stloq qavati bilan bog‘liq. Har qanday jinsiy yaqinlikdagi buzilish, ozmi-ko‘pmi, asab tizimiga aloqador bo‘ladi. Jinsiy gormon ishlab chiqaradigan bezlarning yomon ishlashi, gormonlar miqdorining kamayishi, jinsiy bezlarni olib tashlash (bichib qo‘yish) jinsiy ojizlikka olib keladi, bu hollar asab tizimiga asta-sekin shikast yetkazadi, oldiniga jinsiy a’zolar ishini saqlashga intiladi, birmuncha vaqt saqlab turadi ham, keyinchalik batamom ishdan chiqadi.

Ko‘pincha jinsiy sekretsiya bezlarining faoliyati to‘laqonli bo‘lsa ham, impotensiya sodir bo‘laveradi. Demak, bunda jinsiy ojizlik bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismi izdan chiqqan bo‘ladi. Aksariyat erkaklarda uchraydigan impotensiyada «kutish nevrozi» katta ahamiyatga ega. Afsuski, bunday holat, yoshlar o‘rtasida hozirda keng tarqalgan. «Yaqinlikni uddalay olarmikanman» degan fikr ularga xalaqit beradi. Bunday toifadagi erkaklarning jinsiy a’zolarida hech qanday o‘zgarish yo‘q, hammasi joyida, lekin unda ruhiy kamchilik bor, xolos. Bunday erkaklarni davolashda ularni o‘z imkoniyatlariga ishontirish muhim. Shifokor ularning jinsiy a’zolari sog‘lomligi, biror kamchiligi yo‘qligini uqtirib, bo‘ladigan yaqinlik uning uchun hech qanday muammo emasligiga ishontira olishi lozim. Prostata bezi kasalliklarida esa undan suyuqlik olinib, tekshirishdan o‘tkaziladi va olingan natijalarga qarab, maxsus davolash usullari qo‘llaniladi. Shu o‘rinda biz bunday hollarda jinsiy yaqinlikni kuchaytiruvchi kimyoviy dori-darmonlarni qo‘llashdan ko‘ra prostata bezini tabiiy usullar bylan davolashni tavsiya etamiz, chunki kimyoviy dorilar vaqtincha yordam berib, prostata bezi kasalligini kuchaytirib yuboradi.

Tabiiy usullar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga bezni uqalash, tabiat in’om etgan maxsus «loy yuborish, «ishtoncha» usulida chaplash, prostata bezi suyuqligini keltiruvchi boshqa usullarni qo‘llash, bundan tashqari igna sanchib davolash muolajalari kiradi. Igna sanchib davolash muolajasi badandagi hamda quloq suprasidagi nuqtalarda olib boriladi.

Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, radio va oynai jahonda, matbuot sahifalarida ekstrasenslar va boshqa shunga o‘xshash mutaxassislarning turli xastaliklarni, shu jumladan, jinsiy ojizlikni davolashlari haqidagi reklama va e’lonlari berilayotganligining tez-tez guvohi bo‘lib turamiz. O‘zingiz bir o‘ylang, jinsiy ojizlikni qanday qilib qo‘lni qimirlatishlar bilan davolash mumkin? O‘zingizga ma’lum Kashnirovskiyning dovrug‘i nima bilan tugadi?
Impotensiya ko‘pincha spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish tufayli ham kelib chiqishini yuqorida aytib o‘tgan edik. Ichkilik ichgan kishi qonida jinsiy gormonlar miqdorining bir necha marta kamayib ketishi maxsus tekshirish usullari orqali aniqlangan. Spirtli ichimliklar ichishni xush ko‘ruvchi erkak, masalan, ichishni 15-16 yoshda boshlagan bo‘lsa, ularning jinsiy a’zolari to‘liq rivojlaimasidanoq jinsiy zaiflikka mubtalo bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular bu og‘udan tez qutilish chorasini ko‘rishi lozim. Ichishni tashlagan jinsiy ojiz erkak, hali vaqtni qo‘ldan boy bermagan bo‘lsa, bir yilga yetmay erkaklik xususiyatini tiklab olishi mumkin. Bu hollarda ayol eriga tanbeh berish o‘rniga, uning ichkilikdan qutilishiga yordam berishi lozim. 45-50 yoshdan so‘ng jinsiy yaqinlikni bir oy mobaynida qilmaslik juda xavflidir.

Bu o‘rinda, Abu Ali ibn Sinoning «Ishlagan a’zo rivojlanadi, ishlamagani o‘ladi» degan hikmatli maslahati erkaklar uchun doimiy shior bo‘lishi kerak. Agar erkak yoshligida ko‘p jinsiy yaqinlik qilgan bo‘lsa ma’lum yoshga yetganida olati ishlamay qoladi degan gaplar ham noto‘g‘ridir.

Barvaqt boshlangan jinsiy yaqinlik tartibli, ayolning ham imkoniyatlari hisobga olinib amalga oshirilsa, bu ko‘p vaqt, hatto keksayganida ham davom etadi.
Erkaklarda jinsiy ojizlikni davolashga oid yuqoridagi maslahatlarga quyidagilarni qo‘shimcha qilishni zarur deb topdik.

Agar erkak urug‘i tez to‘kilib ketsa, ayol lazzatlanishiii kutish qobiliyatiga ega bo‘lmasa, «qisish» mashqini bajarishi lozim: bunda o‘tirganda, turganda, hatto ayol bilan jinsiy yaqinlik vaqtida qorinni ichga tortilib, chuqur nafas olinadi, anus mushaklar qisiladi. Bu mashq bir necha marta kun davomida bir ma’romda takrorlanib borilsa, barvaqt urug‘ to‘kilishiga barham berilishi mumkin.

Jinsiy qobiliyatni oshirish maqsadida quyidagi ikki tabiiy retsept tavsiya qilinadi: Birinchi retsept: 50 mgr yangi limon suviga 100 mgr spirt yoki aroq qo‘shilib, ikki kun xona yorug‘ligida (bunda quyosh nuri tushmasligi shart) saqlanadi, uchinchi kuni muzlatgichning pastki qavatlaridan biriga (muzxonaga qo‘yish mumkin emas) qo‘yiladi, keyin 4-6 qavat dokadan o‘tkazilib, shisha idishda yaxshilab aralashtiriladi. Undan jinsiy yaqinlikdan 20-30 daqiqa oldin 35-40 tomchi ichiladi.

Ikkinchi retsept 20-25 tomchi sarimsoqpiyoz suvi va 20-25 tomchi limon suvi 10-15 daqiqa ilgari tayyorlanib, jinsiy yaqinlikdan oldin ichiladi.


Badanga quvvat beradigan ovqatlarni tanovul qilish lozim.
Bularga Abu Ali ibn Sino tavsiya etgan dorilar, masalan, boqila, loviya, no‘xat kiradi. Agar jinsiy zaiflikning sababi badan kuchsizligi bo‘lsa, badanga quvvat beradigan oziq-ovqatlar, masalan, yangi qo‘y go‘shtidan sho‘rva, tovada pishirilgan, qovurilgan va kabob qilingan go‘shtlar, halim, chala pishirilgan tuxum, sholg‘om, sut, sariyog‘, oq non va bodom, yong‘oq, pista mag‘izlari iste’mol qilinadi; bularga dorivorlar qo‘shilib, piyoz, yalpiz, sariq va qora beda bilan aralashtirib beriladi. Shuningdek, hammomga tushish va quvvat beradigan yoglar, masalan, gulsapsar moyi bilan badanni silash ham jinsiy quvvatni oshiradi.

Jinsiy ojizligi bor kishi ketma-ket va ko‘p aloqa qilishdan saqlanishi kerak. Shuningdek, ayoli hayz ko‘rgan, keksa, kasal, uzoq vaqt jinsiy yaqinlik qilmagan paytda jinsiy yaqinlik qilishdan saqlanishi kerak. Chunki bularning hammasi urug‘ organlariiing quvvatini kesadi. Jinsiy yaqinlikda zaif bo‘lgan kishilar jinsiy yaqinlik mavzuida hikoya qiluvchi badiiy va ilmiy asarlar, aloqa usullari va turlari to‘g‘risidagi yozilgan kitoblarni o‘qishi kerak. Ular quvvat yig‘ib bo‘lgunicha aloqani butunlay tark etib, nafsini tiyib, shular ustida fikr qilishi lozim. Aloqani tark etib, ojiz bo‘lib qolganlar ham ularga yaqin turadilar.

Bularni ham asta-sekin yuqorida aytilgan usulda davolash kerak. Yana bir misol, Ibn Sino ovqatlar to‘g‘risida gapirganda, jinsiy yaqinlikda zaif kishilarning oziq-ovqati semiz erkak uloq va qo‘y go‘shtidan, no‘xat va piyozdan tayyorlanishi kerakligini aytadi. Bundan tashqari go‘sht qovurilmasdan ishlatilishi, chunki qovurish go‘shtning quvvati va ozuqaviyligiga to‘sqinlik qilishini ham uqtirib o‘tadi.

Ayollarda bo‘ladigan jinsiy ojizlik ko‘pincha jinsiy sovuqqonlik bilan bog‘liq. Ba’zi hollarda ayolning jinsiy ojizligi onanizm bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda misol keltiramiz. Bir yosh ayolning hikoya qilishicha, 13 yoshligidan onanizm bilan shug‘ullanib, orgazmga erishib yurgan, turmushga chiqqach, eri garchi qoniqarli jinsiy yaqinlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lsada, ayol orgazmni his qilmaydi, ya’ni undan to‘laqonli lazzat ololmaydi. Erining qo‘lini klitorni (bachadon qini) ushlashga olib borib qo‘ysa eri g‘azablanib: «Bu yaramas qiliqni qayerdan o‘rgangansan?», deb ta’ma qiladi. Oqibat shu darajaga borib yetadiki, u eri bilan go‘yo mexanizm, bir buyum singari aloqada bo‘ladi. Shu tariqa muhabbat so‘nadi, nihoyat, u eridan ajralib, boshqa yoqtirgan kishisiga turmushga chiqadi. Ikkinchi eri esa ayol ko‘ngliga yo‘l topadi. Shundan so‘ng ayol bundan keyingi baxtli hayotidan xursandligini to‘lqinlanib so‘zlab beradi. Bu keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, erkak ayolning nozik ko‘ngil torlarini chertishga katta e’tibor bilan qarashi kerak.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 7
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 7
Bosh sahifaga