Kutubxona | Senda hayolim... (1-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tun, Mehmon!
Bugun: 05.08.2020
Soat: 23:51
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Senda hayolim... (1-qism)

Qo'shdi:Admin (07.01.2020 / 22:02)
Reyting:rating 138 article (1)
O'qilgan:433
Fikrlar:0
Shaxar markazidagi diskoteka. Olomon har doimgidek gavjum. Quloqni qomatga keltiruvchi chet elning eng so'ngi modadagi kuy-sadolari ostida likillayotgan yigit-qizlaru, burchaklarda juft bo'lib biqinib olgancha "o'sha ish"dan boshqa hamma narsani qilyotgan oshuq-ma'shuqlar. Ularning barchasini yuzida qanaqadir mamnunlik va qandaydir hursandchilik. Faqat bir chetda atrofni kuzatayotgan Hilolaning yuzidagina g'amginlik va o'ychanlik bor. Lablarini g'unchadek qilib bo'yab, tabiiy go'zalligi bo'lsada did bilan pardoz qilgan, so'ngi urfda kiyinib olgan, endigina 19 bahorni qarshilagan bu qiz, nozik barmoqlaridagi qora rangga bo'yalgan uzun tirnoqlari bilan, 1 qarich yubka ostida manaman degan yigitni ham aqlini shoshirib qo'yuvchi oppoq, tarang sonlarini asabiy tirmalardi. Shu payt uning yoniga bir ayol va 35 yoshlardagi bashang kiyinib olgan erkak yaqinlashdi. Ularni ko'rib vahimaga tushib qolgan qiz:
- Yo'q, men bunaqa ishni qilolmayman Karima opa, yana 1 kun muhlat bering, iltimos
- Qanaqa muhlat yana? Boyagi gaplarim esingdan chiqdimi? Oilaviy qamatib yuboraman senlarni, - do'q qila boshladi boyagi ayol, - Hozir ketasan mana bu yigit bilan, eyy... qayoqqa ketyapsan, to'xta!

Hilola ko'z-yoshlari yuzini yuvgancha tashqariga otildi. Uni ko'zlariga ayni damda xech narsa ko'rinmas, faqat bitta gapni tinmay takrorlardi "Yo'q yo'q men bunaqa qilolmayman"
Shu payt orqa tarafdan boyagi ayolning "Ana u, ushla borib qanaqa erkaksan" degan tovushi eshtildi. Zum o'tmay esa Hilolaning nozik bilaklariga kuchli qo'llar kishandek taqildi. Qiz bechora yig'lab zorlanar, atrofdagilarga iltijoli boqib yordam so'rardi. Uni ko'rgan odamlar esa qizning egnidagi kiyimiga qarab "Qotib qolibdiyu bu foxisha, ko'p ichib yuborgan shekilli" deb kulib qo'ya qolishardi. Birozdan so'ng Hilola o'zini "Malibu" avtomobilining orqa o'rindig'ida, boyagi shallaqi ayolni yonida ko'rdi. Rulda esa unga iztehzoli kulgancha o'sha erkak o'tirdi...

* * Yurakcha.Ru * *

Hilola nochor oilaning to'ng'ich farzandi, tibbiyot kollejini tamomlagan, ukasi esa hali maktabda 5-sinfda o'qiydi. Shundoq ham omborda qorovullik qilib, bazo'r ro'zg'orni yurgizyotgan Hilolaning dadasi Abdurasul aka bir og'ir dardga yo'liqdiyu yotib qoldi. Dadasini shifoxonada davolatish uchu falon pul ketishini eshitgan Hilolaning qarz so'rab bormagan joyi qolmadi. Qayerga bormasin "Pul yo'q" degan bitta javob takrorlanaverardi. Uyida ham sotishga arzigulik xech vaqosi bo'lmagan qizning faqatgina bittagina chorasi qoldi. Uyam bo'lsa yoshligidan uyining yoniga yaqinlashishgayam jirkanadigan, "Ona atirgul" nomi bilan dong taratgan ayoldan qarz so'rash. Imkonsiz qiz shunday ham qildi, o'sha ayolning uyiga qarz so'rab bordi. Garov sifatida o'z tanasini qo'ygan qizga boshdan-oyoq razm solgan ayol, undan yaxshigina foyda undirish mumkunligini angladiyu, qaytarish uchun 1 oy muddat berib pulni olib chiqdi...

Belgilangan pulning topilishi harqalay dadasining jonini saqlab qolib, operatsiya muaffaqiyatli o'tdi. Oilasidagilarining "Pulni qayerdan olding?" degan savoliga "Bir dugonamning dadasi yordam qildi" deb, asl haqiqatni aytishga botina olmagan qiz o'zi o'qigan maktabga farrosh bo'lib ishga kirdi. Lekin, qiz bechora ich etini kemirar, belgilangan muddat esa tobora yaqinlashib borardi. Axir 7 xonali raqamdagi summani 1 oy tugul 1 yilda ham farrosh bo'lib ishlab topish amr mahol!

Nihoyat o'sha daxshatli kun keldi. Hilola yana 1 kun vaqt bering deb 1 hafta cho'zib yurdi. Oxiri toqati toq bo'lgan ayol qizni har hil usullar bilan qo'rqitgancha uyiga olib keldi, uni kiyintirib, yasantirib diskotekaga to'g'rirog'i "bozorga" olib chiqdi...

* * Yurakcha.Ru * *

Avtomobil sekin joyidan siljiy boshladi, taqdiriga la'natlar o'qib, tug'ulganiga pushaymon bo'lyotgan qiz, oldinda uni nimalar kutyotganini o'ylab daxshatga tushardi. Shu payt taraqlagan ovoz eshtilib, avtomobilning old oynalari parchalanib ketdi. Qiz nima bo'lyotganini anglab ulgurmasidan, u o'tirgan tarafdagi eshik ochilib bir yigit qizning qo'lidan torta boshladi
- Bo'laqol Hilola, tush tezror, bo'laqol endi...

Yigit va qiz yugurgancha narroqda turgan "Jiguli"ga o'tirishdi. O'tirasolib gazni bosgan yigit qizga qaramay savol berdi
- Nima, foxishalik qilyapsanmi?

Yosh to'la ko'zlari bilan haloskorining g'azabli yuziga qaragan qiz hayratdan yoqa ushladi. Axir bu o'shaku! O'zidan 3 yosh katta mahallasidagi "burnoq" yigit! Har gal dugonalari bilan yurganida uni ko'rib qolishsa "burnoq" deb masqara qilashardi. Doim ko'chadagi yigitlardan kaltak yeb, kiyimlari yirtilib yurardi. Xa aniq o'sha, "Bekzod burnoq"!
- Senga savol berdim...

Yigitning navbattagi gapidan keyin hayolini yig'ishtirib olgan qiz bazo'r javob berdi
- Yo'q, men bunaqa ish qilmadim
- Nega unda manabu ayolni atrofida o'ralashib yuribsan?
- Nima meni kuzatib yuribsan... sizmi? Meni boshqa ishim bor edi
- Qanaqa ish?
- Nega meni targov qilyapsiz?

Yigit jahl bilan tormozni bosdi. Avtomobil g'iyqillagancha 7 metr sirpanib to'xtagach Bekzod qizga yana savol nazari bilan qaradi
- Nima senga savol berishga haqqim yo'qmi? Yoki meni pisand qilmaganing uchun shunaqa javob beryapsanmi?
- Yo'q unaqa emas, - javob berdi qiz, - men shunchaki...
- Unda gapir haqiqatni, - gapni cho'rt kesdi yigit

Hilola kalta yubkasi huddi uzayib qoladigandek pastga tortqilab, istamaygina bo'lgan voqealarni yigitga so'zlab berdi.

- Nega mendan so'ramading o'sha pulni? - afsus bilan qizga qaradi Bekzod
- Men... bilmadim... (aslida esa "Kelib-kelib sendan so'raymanmi" degan gap o'tdi qizning hayolidan)
- Mayli hozir uyingga olib borib qo'yaman. Sen damingni olaver. Ertaga o'zim senga pul topib beraman

Qiz indamadi, biror narsa deyishga gap topa olmadi. Faqat avtomobildan tusha turib "Raxmat" dediyu ko'p qavatli uyning podezdiga kirib ketdi. Hilola zinadan yuqoriga ko'tarilar ekan Bekzodni eslab ko'ngli behuzur bo'ldi. "Shunaqayam sho'rpeshona bo'lamanmi, boshqa tuzukroq yigit yo'qmidi meni qutqaradigan" hayolidan o'tkazardi qiz. 5-qavatga ko'tarilgach 1 xonali katalaktek kvartirasiga kirib, uydagi yagona xonasida uxlashyotgan oilasini uyg'otib yubormaslik uchun ohista qadam bilan oshxonaga o'tdi. Qorni ochganini his qilib, atrofni kavlashtirdiyu lekin, 1 to'g'ram qotgan nondan bo'lak xech narsa topa olmadi. "Buni ukam ertalab yeb maktabga ketadi" hayolidan o'tkazgan qiz, nonni joyiga qo'yib, shu yerga to'shalgan 1 qavat uvadasi chiqqan ko'rpachaga yotib, dadasini alimsoqdan qolgan choponini ustiga yopdi. Hayoli esa yana Bekzodga ketdi "Endi nima qilaman, meni sevib qolgan bo'lsaya? Yo'g'e Xudo asrasin! U bilan sevishgandan ko'ra o'lganim yaxshiku, axir hamma meni ustimdan kulishadi, ayniqsa dugonalarim..."

* * Yurakcha.Ru * *

Bekzod ham oddiy oilaning yolg'iz farzandi. Dadasi omadi chopmagan duradgor, onasi uy bekasi, o'zi esa bazo'r maktabni tamomlab, odamlarni uyida mardikorchilik qilib yurardi. Tabiatan "quyonyurak" bo'lgan yigitni duch kelgan so'kib haqoratlar, hatto o'zidan 1-2 yosh kichchik yigitlar uni turtganida ham yuragi dov berib biror javob qaytara olmasdi. Aslida esa tashqi ko'rini binoidek, bo'y-basti kelishgan bu yigit nega bunaqa oyog'osti bo'lib qolganini o'zi ham tushuna olmasdi. Nuqul "Hali hammaga ko'rsatib qo'yaman kimligimni" deb hayol qilardi yigit, amalda esa buning mutlaqo aksi!
Hullas o'sha yigit necha yillab ishlab, bir oy oldin yig'ib yurgan puliga manashu tagidagi "Jiguli"ni sotib olgach atrofida 1-2ta sohta do'stlar yig'ilib, sal toza havodan nafas olgandek bo'ldi. Lekin, u hamon o'sha "Bekzod burnoq" bo'lib qolgandi, ayniqsa qizlar uchun, ayniqsa... o'sha necha yillarki qalbini tubida sevgi olovini yoqayotgan Hilola uchun!
Xa, Bekzod Hilolani qachon sevib qolishga ulgurganini o'zi ham bilmasdi, lekin, qizning uni mensimasligi, boshqalarga qo'shilib uni masqara qilishi yigitning qalbini azoblardi. Unga sevgi izhor qilishga esa umuman botina olmas edi. Lekin, yurak qurg'ur qani yigitni tinch qo'ysa! Bechora yigit vaqt topdi deguncha qizning izini poylar, uzoqdan bo'lsada uni bir bor ko'rsa yuragi taskin topardi. So'ngi vaqtlarda Karima "satang" ni atrofida o'ralashib qolgan qizni ko'rgan yigit, uni ko'zdan qochirmaslikka harakat qilar, shubha-yu gumonlar ichini to'ldirib yuborgandi. Boya diskotakaga ham qizning izini poylab borgandi yigit. Sezdirib qo'ymaslik uchun, ichkariga kirmasdan mashinasida o'tirgan Bekzod birozdan so'ng yig'lab qaytib chiqqan qizni ko'rib hayron bo'lgandi, keyingi tomoshalardan shok holatiga tushgan yigit tezda hayolini jamlab oldida, yerda yotgan g'ishtni qo'liga oldi...

* * Yurakcha.Ru * *

Qizni uyiga tashlab uyiga qaytar ekan, Bekzod pulni qayerdan topish haqida o'ylardi. Axir gap sevgilisining nomusi ustida ketyapdi! O'ylay o'ylay mashinani avvalgi egasining uyiga bordi. Uzoq chalingan eshik zvanogidan so'ng uyqisiragancha chiqib kelgan erkak, Bekzodni ko'rib yuzi burushdi
- Nega kelding shu mahalda?
- Jigulini qaytarib bermoqchiman, menga pul kerak
- Ey so'tak bor yo'qol asabimni buzma
- Iltimos amaki, menga pul juda kerak
- Menda pul yo'q, uje ishlatib yubordim
- Amaki iltimos, 2 milliyon o'tib beraman sotib olgan narximdan
- 2 milliyon kam, 3 milliyon o'tsang mayli qaytarib olaman
- Roziman amaki
- Yurchi avval moshinani ko'ray

U obdon mashinani uyoq buyog'ini tekshirib ko'rgach, uyiga kirib pulni olib chiqib berdi. Bekzod uyiga qaytasolib yashirgan pullarini ham qo'shdi. Baribir kam, yana 1 yarim milliyon yetmayapdi. Atrofga olazarak qarab chiqqan Bekzodning ko'zlariga kechagina sotib olgan yap-yangi "RedMi" ko'rindi...

* * Yurakcha.Ru * *

Tong. Hilola har doimgidek maktabga shoshildi, axir bugun komissiya kelishi kerak, hamma yoqni yaltiratib qo'ymasa gap eshtishi aniq. Maktab unchalik uzoq bo'lmaganligi uchun piyoda ketayotgan qizni yarim yo'lda yana Karima "satang" kutib oldi.
- Sen qiz kim bilan o'ynashyotganingni bilmayapsan shekilli?
- Iltimos opa, rahmingiz kelsin menga
- Kechagi kim edi seni olib ketgan?
- Bilmadim, tanimayman uni
- Qani yur men bilan
- Yo'q opa meni qo'yib yuboring
- Yur dedim
- Uni qo'yvor

Kutilmagan buyruq ularning narrog'ida halloslagancha turgan Bekzod tomonidan yangradi.
- Senga nima yigitcha, bor yo'lingdan qolma, - jerkib berdi uni Karima
- Mana Hilola senga berishi kerak bo'lgan pul, endi daf bo'l!

Karima yigitni qo'lidan pulni olib, erinmay tiyin tiyinigacha sanadi, keyin sumkachasidan Hilolaning passportini chiqarib berdida ulardan uzoqlashdi.
- Raxmat Bekzod aka, - mung'aygancha turgan qiz yigitnipng ko'zlariga qaray olmasdi
- Arzimaydi, endi nima yordam kerak bo'lsa o'zimdan so'ra, maylimi?
- Xo'p, -kalovlandi qiz, keyin yigitni oldida o'zini noqulay sezib, ketishga taradutlandi, - Men boray ishga, kechikyapman
- Kuzatib qo'yaman seni
- Yo'q shart emas, o'zim ketaman

Hilola maktab tomon, shaxdam qadamlar bilan keta boshladi. Bekzod esa turgan joyida qizning ortidan qaragancha qoldi. Ayni damda u o'zida qandaydir g'ururni tuyayotgandi. Axir sevgilisini bir balodan qutqarib qoldi...!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 12
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 12
Bosh sahifaga