Yurakcha. Ru

Filter:
Kutubxona | Kelin-kuyovlar uchun

Ayollarda jinsiy qo'zg'alish bosqichlari

Qo'shdi:TimX (09.01.2020 / 04:13)
Reyting:rating 146 article (0)
O'qilgan:210
Fikrlar:0
Ayollarda taktil (teginish) va ruhiy ta’sirlar natijasida bosh miyadagi kerakli markazlar ishga tushadi. Bosh miyadan klitor va boshqa jinsiy a’zolarga yuborilgan buyruqlar natijasida qo’zg’alish ro’y beradi. Ya’ni ayollar jinsiy aloqaga bosh miyalari bilan ishtirok etishadi va bunung uchun ba’zi psixologik tayyorgarliklar ham ahamiyatlidir. (Erkaklar diqqatiga)
Qo’zg’alish 4 bosqichda boradi:
Jinsiy xohish bosqichi (Libido)

Jinsiy qo’zg’alish bosqichi

Orgazm bosqichi

Bo'shalish, rezolyutsiya bosqichi

Har bir bosqichda turli kimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi va oxirgi
bosqich bilan yakunini topadi.

Jinsiy xohish bosqichi (Libido) - Xohish bosqichidir. Qarama qarshi jinsga psixologik qiziqish va xohish paydo boladi. Yana boshqa tomondan esa o’tmishdagi jinsiy malakalari va fantaziyalari qo’zg’alishga yordam beradi. Bu bir necha minutdan bir necha soatlab davom etishi mumkin.

Qo’zg’alish bosqchi

Xarakatlar, teginishlar va psixologik qo’zgalishlar kuzatiladi. Ayol ta’sirlanganda vagina va boshqa jinsiy a’zolarda qon oqimi kopaydai va namlanadi. Oldingi 1/3 qismi torayib, orqa 2/3 qismi kengayib uzayadi. Bachadon yuqoriga ko’tariladi. Bachadon bilan qindagi bu o’zgrishlar spermatozoidlarni yurishini qulaylashtirish uchun bolsa kerak degan fikr bor. Klitor erkak jinsiy olati kabi qattiqlashadi. Ko’kraklar kengayib, uchlari qattiqlashadi. Yurak urishi tezlashadi, qon bosim ko’tariladi. Mushaklar sezuvchanligi oshadi. Nerv sistemasini ta’sirida tomirlarni kengayishi hisobiga yanoq, boyin, ko’krak, va qorin ust taraflarida qizillik paydo boladi. Nafas olish, puls tezlashadi, mushaklar taranglashadi.

Orgazm bosqichi

Orgazm jinsiy extirosni eng ust bosqichidir, yani jarayonlarining pik nuqtasidir. Teginishlar, xarakatlar, fikrlar orgazm bolishni qulaylashtiradi. Mushak va asabdagi taranglik birdaniga bo'shashadi va butun vujudda bir qator qisqarishlar navbatlashib keladi. Klitor, vagina, anus va qorin osti mushaklarda kuchli qisqarishlar kuzatiladi. Jinsiy soxadagi mushaklardan
tashqari orqa, yuz, boyin va son mushaklarida ritmik qisqarishlar 5-12tagacha kuzatiladi. O'rtacha orgazm 19sekund davom etadi. Yurak urishi, qon bosim ko’tarilishi va nafas olishlarning eng yuqori nuqtaga erishishi orgazm bosqichidir.

Bo’shalish, rezolyutsiya bosqichi

Kuchli terlashdan keyin organizm o'zini normal holatiga qaytadi. Jinsiy a’zolardagi qon tezlik bilan tarqalib ketadi. Klitor, bachadon ham o’z holiga qaytadi. Ko’kraklar kichrayadi, uchlari yumshaydi. Qizargan joylar o’z holiga qaytadi. Yurak urishlari, qon bosim va nafas olishlari iziga tushadi. Bo'shashish,
roxatlanish hissi, baxtlilik tuyg’usi paydo boladi.

Son va sifat jihatidan yetarli jinsiy ta’sirotlar tasirida ayollar bir necha marta orgazm orqama orqa bolishlari ham mumkin.
Har doimgi jinsiy yaqinlik orgazm bilan tugamasligi ham mumkin. Jinsiy aloqani sifatini korsatkichi bu orgazm bo'lishlik emas balki to'yinish hissini
paydo bolishidir. Atrof muxit shartlarni mosligi, yaxshi juft, yetarli ruhiy qo’zg’atishlar va o’ziga ishonch jinsiy aloqani eng asosiy parametrlaridir.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga