Kutubxona | Ayol jinsiy hayotidagi buzulishlar...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 02.04.2020
Soat: 09:04
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Kelin-kuyovlar uchun

Ayol jinsiy hayotidagi buzulishlar

Qo'shdi:TimX (09.01.2020 / 05:10)
Reyting:rating 147 article (0)
O'qilgan:127
Fikrlar:0
Ayollardagi jinsiy muammolar nimalardan
iborat?

Jinsiy xohishni buzulishi (jinsiy xohishni kamayishi, ozidan itarish):

Qo’zg’alishdagi o’zgarishlar

Sub’ektiv qo’zg’alishlarni buzulishi

Kombinatasiyalashgan qo’zg’alish o’zgarishi

Doimiy qo’zg’alishdagi
o’zgarish


Orgazm buzilishlari:

Jinsiy aloqada og’riqlar (Disparoniya)

Vaginizm

Jinsiy aloqadan qochishlik

Koitussiz genital soxadagi ogriqlar

shaklida tavsiflanadi.

Jinsiy xohishni buzulishi (jinsiy xohishni kamayishi, ozidan itarish)

Jinsiy aloqaga xohish yo'qligi, yoki kamligi hatto yomon korishlik shaklida ifodalanadi. Buning organik va psixologik sabablari bor. Bunday ayollar jinsiy aloqaga yoki hayol-fantaziyalarga be’tibor boladi.
Bunday holat ayollarda juda ham ko'p, erkaklarda 5% ayollarda 35% uchraydi. Bunda ayol kishining hayotidan umuman ko'ngli to'lmaydi yoki borgan sari hayotga qiziqish kamayib boradi.
Bunday holatda ayol kishida orgazm bo'lmaydi yoki juda ham kam hollarda yuz beradi.

Sabablari:
A’zolarda yoki gormonal muvozanatni buzulishi, ba’zi dorilar, yoqimsiz jinsiy tajribalar, o’ziga ishonmaslik, jufti bilan jinsiy aloqadan boshqa paytda yaxshi muomalada bolmasliklar, stress, depressiya holatlari bolishi mumkin.

Jinsiy aloqadan qochish, yomon ko'rish

Jinsiy a’zolarga yoki jinsiy a’zolardagi ajralmalarni yomon ko'rish tarzida bo'lishi mumkin. Bunga yoshlikdagi xotiralari, noto’g’ri yoki kam ma’lumotga ega bolishlik, tajjavuz, travmalar, zo'rlashlar, jinsiy hayotga bo'lgan qo’rquv va uyalishlar sabab bolishi mumkin.
Juftlar bir birlariga jinsiy xohish va tanlovlarni aytaolishi kerak, sabrli va bir birini
tushunishi kerak, kundalik hayotda ham er- xotinlik yaxshi muomala, dostlik bo'lishi kerak. Xohish yo'qligi davom etaversa shifokorga murojaat qilish va davolanish kerak.

Jarrohlik muolajalari

Jinsiy a’zolardagi operatsiyalar nerv sistemasini jarohatlashdan tashqari gormonal muvozanatni ham izdan chiqishiga va natijada jinsiy faoliyatni buzulishiga ham sabab bo’ladi. Ayniqsa mastekatomiya (ko’krak bezlarini olib tashlash) yoki qovuqdagi sistomiya,
ichaklardagi stomiya (ichakni teridan tashqariga chiqarib qoyishlik) sababli badandagi ko’rinishlar sababli jinsiy funktsiya buzulishiga sabab bo’ladi.

Davolanish va dorilar

Turli davolash usullari, bazi dorilar va narkotiklar jinsiy hayotni turli darajada zararlaydi. Yurak kasalliklari, qon bosim balandligi, depressiya, gormonal muammolar, o’sma va oshqozon kasalliklarida ishlatiladigan ba’zi dorilar, siydik ko’paytiradigan dorilar ham no’joya ta’sir qiladi.
Dorilarni dozasini davolash kursiga zarar bermasdan kamaytirish mumkin yoki no’joya ta’siri kam doriga o’zgartirish mumkin yoki iloji bo'lmasa jinsiy funktsiyani tuzatadigan dorilar berish mumkin.

Yoshni kattaligi

Yosh o’tgan sari klitor va qindagi biriktiruvchi toqima miqdori ortib bo’radi. Natijada klitor qattiqlashadi, qinni kengayish hususiyati yoqoladi.

Menopauza

Menopauzada esterogen va androgenlarni ozayishiga mos ravishda vaginada kichrayish, namlik
yoqilishi, jinsiy aloqa bo'lgan orzu, xohishlar ham kamayadi.

Psixologik sabablar

Bolalikdan tarbiyalanish shakli va bu davrlarda ortirilgan tajribalar va odatlar kishi hayotini keyingi bosqichlariga ta’sir qiladi.
Oiladagi ichki nizolar, jinsiy hayot haqidagi ma’lumotlarni notog’riligi, kamligi va yoki
jinsiy travma (tajovuz) olgan kishilarda jinsiy hayot nuqsonlari ko'proq uchraydi. Hayotning keyingi bosqichlaridagi jinsiy omadsizliklar, depressiya, xiyonat, homiladorlik va tug’ruqdan keyingi ruhiy muammolar, organik kasalliklarga javob reaktsiyalari, yosh o’tishligi, juftidagi jinsiy muammolar va jinsiy aloqadagi azoblashlarga uchrashlik kabi sabablar ham ta’sir qiladi. Juftlar orasidagi o’ziga jalb qilishlikni yo’qolishi, munosabatlarni buzulishi, oziga ishonchsizlik, jinsiy aloqada va omadsizlikdan
qo'riqish, jinsiy hayot haqidagi standartlashgan noto’g’ri fikrlar, erkalashlarni kamligi va psixologik muammolar
bu muammoni hal qilishni yanada qiyinlashtiradi. Ayniqsa keyinchalik rivojlangan orgazmdagi nuqsonlarda organik sabablar bilan psixologik muammolar ham birga kelishi mumkin. Xar hil psixologik faktorlar orasida juftiga nisbatan iliqlikni yo'qolishi yoki jufti uni yoqtirmasligi qo’rquvi, qinga zarar berishi mumkin degan qo’rquvi va aybdorlik hissi asosiy o’rinda turadi.

Ayol jinsiy hayotini izdan chiqqanligini belgilari nimalardan iborat?

Eng kop quyidagilarga shikoyat qilishadilar:
Jinsiy aloqaga xohishni , qiziqishni juda ham kamligiga yoki umuman yo'qligiga

Jinsiy aloqada qo’zg’alishni bo'lmasligiga

Jinsiy aloqa paytida qindagi namlikni kamligiga yoki yo'qligiga

Jinsiy a’zolarda hissizlik

Juda qiyin yoki umuman orgazm bo'lmasligi

Jinsiy aloqada og’riq, noqulaylik bo’lishi

Jinsiy aloqadan keyin og’riq va noxush sezgilar bo'lishi

Ayolda jinsiy hayotida muammo bor yoki yo'qligini qanday aniqlanadi?

Jinsiy aloqada muammo borligi, faqatgina ko’rik va ba’zi analizlar bilan tashxis qilish mumkin boladi. Shuning uchun shu soxadagi mutaxassisga murojaat
qilishlaring kerak. O’z muammolaringnni ochiq oydin aytib, davolanishga xarakat
qilishlik eng tog’risidir. Tashxis va
davoni to’g’ri olib borilishligi uchun ham oshkoralik kerak. Bemordan eshitilgan ma’lumotlar va ko’rik natijasida diagnoz qo'yilgan taqdirda ham ba'zi analizlar qilish foydadan holi bo'lmaydi.

Ilk bosqichdagi tekshuruvlar:
Tibbiy ko’rik, psixolosotsial baholash o’tqaziladi, so'rovnomalar toldiriladi.
Qon (gluyukoza, kreatinin, xolesterin, trigleseridlar, jigar fermentlari va hakozo) va siydik ,
gormonal profil (FSG, LG, Estradiol, Testosteron) ilk talab qilinadiganlardandir.

Keyingi bosqichdagi tekshiruvlar:
Doppler Ultrasonografiya : - jinsiy a’zolardagi qon oqimi tezligini o’lchaydi, asosan qon tomir patologiyasi bor
yo'qligini aniqlash uchun kerakli amallar bajariladi:
Biotenziyometriya : - qo’zgatish signallarini berib javob reaktsiyaini qayd qilish, nevrologik baholanadi

Vagina pH korsatkichi : - lakmus qog’oz bilan kislotalik darajasi o'lchanadi

Vagina kompliyansi : - qin hajmi va qarshiligi olchanadi.

Vagina issiqligini olchash : - qo’zg’alish
natijasida keladigan qon oqimini ortishi hisobiga issiqlik ko’tariladi.


Davolash:

Sabab aniqlangandan keyin kerak dori darmon, psixoterapyia, vakkum jihozlardan
foydalaniladi. Xozirgi kunda davolash metodiklari ustida izlanish olib borilmoqda.
Gormonal davolash (Testosteron, prostaglandin E1, alprostadil, fentolamin, apomorfin)
fosfodiesteraza 5 ingibitorlari Klitoriyal vakkum jihozlari
TENS (transkutanoz nerv qo‘zg‘atishlari)
Psixologik qo‘llab quvvatlashlar olib boriladi.

Xulosa:

Jinsiy aloqani boshlash, davom ettirish va qoniqish bilan tugashiga to'sqinlik qiladigan har qanday muammoni tortinmasdan shu soxadagi mutaxassisga murojaat qilish kerak va to'gri, to'liq ma’lumotlarni olgandan keyin kerak bolsa davolash kerak
Jinsiy aloqani izdan chiqishini sabablari va davolashga qaratilgan ilmiy izlanishlar
jadal suratlarda davom etmoqda, qo'limizdagi ma’lumotlarga va metodikalarga yangi yangilarini qo'shib borishimiz kerak. Jinsiy hayot juftlarning kuch va energiya sarflab birga davom ettiradigan mashg’ulotlari va buning natijasidagi qoniqishni his qilishga har ikki tarafni ham haqqi borligini unutmaylik.

Muallif: TimX, YURAKCHA.RU sayti uchun maxsus!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 8
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 8