Kutubxona | Senda hayolim... (2-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tun, Mehmon!
Bugun: 05.08.2020
Soat: 23:59
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Senda hayolim... (2-qism)

Qo'shdi:TimX (11.01.2020 / 11:55)
Reyting:rating 158 article (0)
O'qilgan:349
Fikrlar:0
Obed paytigacha o'z ishlari bilan andarmon bo'lib yurgan Hilolaning miyyasida ming hil savollar aylanardi. Lekin, bu savollarni xech bir javobsiz, barchasi mavhumdek. Ishlarini tugatib, maktab hovlisiga chiqqanida esa ko'chada unga mayus qarab turgan Bekzodni ko'rib battar noqulay ahvolga tushdi. O'zi boshqa payt bo'lganida "Nima odam ko'rmaganmisan burnoq" deb jerkib berardikuya, hozir mutlaqo boshqa vaziyat. Hilola bir muddan nima qilarini bilmay qotib qoldi. So'ngra aqlini yig'dida maktabga kirib ketmoqchi bo'lib, ortiga burilgan edi hamki "Hilola" degan chaqiriqni eshtib ichida birnimalar deb so'kingancha Bekzodga qaradi
- Bekzod aka sizmidiz, uzur tanimay qolibman
- Xech qisi yo'q, yur lavash olib beraman
- Yo'q raxmat, qornim to'q, - dedi qiz kechadan beri xech narsa yemagan bo'lsada, yigitdan tezroq qutulish maqsadida
- Yursangchi nega yo'q deysan?
- Chala qolgan ishlarim ham bor edida
- Men yordamlashib yuboraymi?
- Yo'q o'zim eplayman (ezilib o'l dedi ichida)
- Yordamlashaman senga, - qaysarlik qildi Bekzod va qizning oldiga yaqinlasha boshladi
- Mayli yuring, ishlarimni keyin qilarman, - dedi qiz noiloj

So'ngra ikkisi bu yerdan 100 metrlar uzoqda joylashga "Lavash markaz" ga piyoda keta boshlashdi. Ular yonma-yon ketishar ekan Bekzod yuragida ajib hislarni tuyar, nihoyat sevgilisi yonida ekanligidan ichiga sig'masdi. Axir u uchun bunaqa yurushlar o'shalmas orzudek tuyulardi. Hilola esa aksincha, ichida tinmay Bekzodni so'kar, undan qanday qilib qutulish haqida bosh qotirardi. Mayli, derdi o'ziga-o'zi, qarzimni qutularman 1-2 oyda. Shunga shunaqa yopishib olishi shartmikan? Ishqilib birorta tanishim ko'rib qolmasinda!

Ular manzilga yetib kelishib, ichkariga endi kirishmoqchi bo'lganlarida shu yerlarda ko'p o'ralashadigan Asad Bekzodga gap tashlab qoldi
- Xa so'tak, puling ko'payib qoldimi?
- Senga nima?
- Iye tiling chiqib qolibdimi buyoqqa kel burnoq

Bekzod uni 2- gapiga chiday olmadi, axir sevgilisini yonida uni haqorat qilishyapdi. U bosiqlik bilan Asadni oldiga yaqinlashdida betiga bor kuchi bilan musht tushurdi. Asad kutilmagan zarbadan keyin betini ushlab yerga yotib qoldi.
- Hazillashdimku Bekzod, nega urasan
- Bundan keyin men bilan hazillashma, tushundingmi?
- Xo'p, mayli, shunga shunchami

"Nimalar qilib qo'ygani" dan faxirlanib ketgan yigit g'urur bilan qizga qaradi. Hilola bo'lsa "Hozir Bekzod ta'zirini yeydi, nihoyat qutuladigan bo'ldim" deb o'ylab turgani uchun, vaziyat bunday tus olishini umuman hayoliga keltirmagan edi. Shuning uchun Bekzodning g'olibona qarashi ensasini qotirdiyu, lekin bildirmaslikka harakat qilib, tabassum qilib qo'ydi.
- Kiramizmi?
- Xa yur

Ular ichkariga kirishgach, lavashni hididan chiday olmagan Hilolaning bo'm-bo'sh oshqozoni g'o'ldirab yuborganini hamma o'tirganlar eshtib, unga g'alati qarab, kulib qo'yishdi. Hilola esa hijolat, dam o'tirganlarga dam Bekzodga qaraydi. Lekin, "Agar uyam kulsa o'ldirib qo'yaman" deb turgan qiz, Bekzodning jiddiy nigoh bilan "O'tir shu yerga" deyishi qizga ozgina bo'lsada ishonch bag'ishladi. Birozdan so'ng ofitsiant qiz ularning zakazini olib kelib berishdi.

"Nima bo'lsa bo'lar, qornimni to'yg'azib olay" degan hayol bilan lavashni paqqos tushiryotgan qizga nim tabassum bilan qarab turgan yigit, uning ovqatlanishini ko'rib zavqi kelar, "Bechora och qolibdi" deb qo'yardi ichida. Ayni damda Bekzodni boyagi ko'rsatgan tasodifiy jasorati ham ruhlantirib yuborib, o'ziga nisbatan ishonchi yanada oshgandi. Shunday bo'lsa hayajondan o'zini yo'qotib qo'yar darajada o'tirgan oshiq yigit ma'shuqasiga aytish uchun birorta gap topa olmas, topganida esa kech bo'lgandi. Bir so'z aytish uchun endi og'iz juftlagan yigit, shu yerga kirib kelgan Hilolaning 3 nafar dugonasini ko'rdiyu, tilini tishladi.
- Vooy Hilola o'zingmisan, - gap tashladi ularning biri
- Yigitni eng zo'rini topibsanu, - qo'shildi ikkinchisi, kulgancha
- Menga ham shunaqa "burnoq" yigitdan topib berolmaysanmi?, - uchinchisi ham gap qo'shib qo'ydi.
- Nimalar deyapsizlar? Sizlar o'ylayotgan narsa yo'q bu yerda, - biroz uyat va achchiqlanish bilan javob berdi Hilola, va ular bilan "cholp-cholp" ovoz chiqarib ko'risha boshladi.
- Men seni sevib qolibdimikan deb o'ylabman, - dedi qora sochli, chiroyli dugonasi hazilomuz ohangda
- Vooy, shuni sevamanmi odam qurigandek, shunchaki o'zim kirib o'tirgandim, mana bu bo'lsa yonimga kelib o'tirib oldi, bezbet, - Hilola azbaroi vaziyatdan chiqish uchun yolg'on gapira boshladi.

Hilolaning bu gapidan keyin, dugonalari, hayratdan og'zi ochilib o'tirgan yigitni talay boshlashdi
- Tur o'rningdan burnoq
- Bor ket, nega dugonamizga yopishib olding
- Boor musurkangni tit

Hilola esa yerga qaragancha bir so'z demay turardi. Birozdan so'ng nihoyat jur'at topib, yigitga qaradi-yu, uning alamli nigohlari bilan to'qnashdi.

Bekzod Hiloladan bunaqa gaplarni umuman kutmagani uchun unga yomon alam qilgandi. Ayni damda javobsiz sevgisi va toptalgan g'ururi unsiz yig'layotgan yigit, qizga biroz tikilib turdida, bir so'z demay bu yerni tark etdi.

* * YURAKCHA.RU * *

Dugonalaridan amallab qutulib, maktabga qaytib borgan Hilola yana ishlarini davom ettirar ekan, boyagi gaplaridan afsuslanyotgandi. "Axir yana nimayam qilardim" o'zini oqlab, ozgina taskin berdi qiz.

Hilola o'sha Bekzodning o'rniga har qanday boshqa yigit bo'lganida, unga yaxshi munosabatda bo'lib, ishqiy sarguzashtlarni boshlab yuborishga ham tayyor edi. Lekin, Bekzod bilan yaqin munosabatta bo'lish... bu qiz uchun huddi haqoratdek gap..!

Bekzod esa to'g'ri uyiga borib, xonasiga qamalib oldi, yuragidagi faryod ko'zlariga ham ko'chdi... Ajabo, shuncha boshidan o'tgan qiyinchiliklar ham, shuncha kaltaklashu xo'rliklar ham yigitni ko'zlarini namlay olmagandi, hozir bo'lsa bir nozik qizaloq uni yig'lashga majbur qildi... yig'laganda ham yuzlarini yostiqqa bosib... huddi qizlardek...!

* * YURAKCHA.RU * *

Kechki payt birinchi oylik maoshini olgan qiz bozorga tushib, ro'zg'orga kerakli narsalarni sotib oldi va to'lib toshib uyiga kirib kelganida haqiqiy bayram boshlanib ketdi. Dadasi ham butkul sog'ayib, avvalgi ishiga qaytganligi ham to'y ustiga to'ydek bo'ldi.

Bu paytda Bekzodni uyida esa huddi motam boshlangandi. Ota onasining "Mashinani nima qilding? Sotgan bo'lsang puli qani?" degan savollariga tayinli javob bera olmagan yigitning, dardlar o'ziga yetib turgani uchun tomog'idan bir luqma ham ovqat o'tmadi. So'roqlar davom etavergach zarda bilan ko'chaga chiqib ketdi.

Avval umuman ko'chaga chiqib yurmagan yigit qayerga borishni ham bilmay, duch kelgan tarafga maqsadsiz keta boshladi. Ayni paytda uning "Kel birga ichaylik, dardimni aytib yengillashay" deya oladigan na bir do'sti, na qardoshi bor! Sinfdoshlari ham uni hushlamas, uyoq-buyoqda uchratishsa ham quruqqina salomlashib o'tib ketishardi. "Ularning hammasi 3ta xarf, faqat puling bo'lsa o'rtoq bo'ladi" deb o'ylardi Bekzod. U bir kafe oldidan o'tib ketyotganida "Bekzod" degan chaqiriqni eshtdi. Mundo qarasa Shokir uning oldiga yaqinlashib, qo'l uzatdi
- Qaleysan Bekzod? Ichkariga kir Farhod tug'ulgan kunini nishonlayapdi
- Yo'q, sizlarni bezovta qilmay
- Xotinchalarga o'xshap gapirmasangchi, yur dedim

Bekzod noiloj, sigaretini chuqur chuqur tortib, bujokni chetga tashlagancha ichkariga yo'nalgan Shokirga ergashdi. Kirishganidan keyin, har doimgidek o'g'il bola sinfdoshlari do'q qilib, qizlari esa masqara qilib ko'rishishgach, Bekzod bu yerga kirganidan afsuslana boshladi. Lekin, na iloj, biri qo'yib boshqasi "Nega ko'rinmaysan?", "Qachongacha uy qizi bo'lasan?", "Biz sinfdoshing ekanimiz esingdami?" degan savollarga xa yoki yo'q deb mujmal javob qilishga majbur edi ayni damda. Borgan sari aytilyotgan kinoyalardan yerga kirib ketgudek bo'layotgan yigitni ko'ngliga kafe egasining "Bo'ldi yopamiz kafeni, kech bo'lib qoldi" degan gapi ozgina bo'lsada taskin berdi. Lekin, davomini Farhodning uyida davom ettirishga kelishishgan yigitlar, Bekzodni ham qo'yarda qo'ymay o'zlari bilan olib ketishdi. Farhodning uyida ham yana bazim davom etib, ichkiliklar ichila boshladi. Bir burchakda bekingandek o'tirib, xech sinfdoshlar davrasiga qo'shila olmayotgan Bekzodni ko'rib qolgan, gapga chechan yigitlardan biri Ikromjon hammani tinchlantirdida, Bekzodga yuzlandi
- O'rtoq, sen "Bollar mazgimni s...ib o'tirish uchun meni bu yerga olib keldi" deb o'ylayotgan bo'lsang keraga?
- Yo'q, unaqamas
- Shunaqa, tan olaver. Lekin, bunga o'zing sababchisan. Mundo o'rtoqlarga qo'shilib turish kerakda axir
- Bilasanku, ishdan ortmayman, ba'zan kechalari ham ishlashimga to'g'ri keladi
- Bu bahona emas! Mana Donyor ham sendan kam ish qilmaydi, kechasi bilan u pul ishlayotgan joyda biz xasharga boramiz. Biz ishlagan pulni ham u uyiga olib boradi, biz pul olmaymiz. Lekin, do'stlarim yordam kerak degan gapini o'zi bizga yetarli. Mana Bahrom ham shunaqa
- Men me...
- Sen chumosan Bekzod, - Gapini chort kesdi Ikromjon, - Nega chumosan bilasanmi? Chunki sen bizni unutib yuborgansan. Hursandchiligingda ham qiyinchilikda ham biz esingga tushmaymiz
- Buni sababi makta...
- Ha maktabda seni ko'p turtardik, - yana uning gapini bo'ldi Ikromjon, - So'kardik, urardik. Sen nima deb o'ylaysan yigitlar qizlarga o'xshab, bir-birini o'pib katta bo'lishadimi?
- Yo'q
- Unda nega xotinlarga o'xshab arazlaysan? Haliyam kech emas, bunaqa yurishni yig'ishtir. O'ylab qarasa bizga sen kerak emassan, sensiz ham kunimiz o'tadi. Lekin, bizsiz seni kuning o'tmasligi aniq. Xech bo'lmasa o'ylab ko'r, ertaga to'ying bo'lsa, o'rtakash "Kuyovning sinfdoshlaridan tabrik" deb qolsa kim chiqadi mikrafon oldiga?
- ...
- Shunaqa gap topa olmay qolasan. Xohlasang chiqib ketishing mumkun, xech kim seni to'xtatmaydi!

Bekzod uning gaplari to'g'riligini butun vujudi bilan his qila boshladi, ko'nglini tubiga yashiringan "Sinfdoshlariga nisbatan nafrat" sekin yo'qolib, o'rnini iqrorlik sabt etgach, barcha sinfdoshlaridan birma-bir uzur so'rab chiqdi. Va u o'zini nihoyatda yengil his qila boshladi. Endi sinfdoshlarning suhbati uni umuman ensasini qotirmas, aksincha boyagina "Biror narsa deb qo'ysam, darrov og'zimga urib tashlashadi" deb o'ylab o'tirgan yigit, qo'rqmay suhbatlarga aralasha boshladi...

Bekzod ilk bora sinfdoshlari bilan quchoqlashgancha xayirlashib, uyiga yetib kelganida soat tungi 2 dan og'ib qolgandi. Haytovur oxirgi voqelar sababli yuzida ozgina bo'lsada tabassum bilan uyquga ketgan yigitning tushlari yana mahzunlikka cho'mdi. Xa o'sha tush, Hilolaning uni ustidan kulib turgan holati...
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 6
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 6
Bosh sahifaga