Kutubxona | YIGTLARGA MATEMATIK TASHXIS

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 15.08.2020
Soat: 09:20
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi psixologiyasi

YIGTLARGA MATEMATIK TASHXIS

Teglar:psixologik test | qizlar uchun
Qo'shdi:TimX (11.01.2020 / 13:10)
Reyting:rating 160 article (0)
O'qilgan:183
Fikrlar:0
Juftingiz siz bilan munosabatlarda o`zini qanday tutadi? Quyidagi matematik amalni bajarib, turmush o`rtog`ingiz fe`l-atvorini yanada yaxshiroq bilib olishingiz hech gapmas. Buning uchun uning tug`ilgan yili, oy va sanasini raqamlar bilan yozib, bir-biriga qo`shib chiqasiz.
Yoringiz 1997 yil, 9 aprelda (09.04.1997) tavallud topgan bo`lsa, 0+9+0+4+1+9+9+7=39=3+9=12=1+2=3 shaklida hisoblaysiz. Demak, uning raqami — 3.

1. Serg`ayrat va harakatchan, mustaqil fikriga ega. U yonida o`ziga ishongan, aqlli, o`z fikriga ega ayolni ko`rishni istaydi. Dilidagi tilidagi bu tofia erkaklar siz uchun bor qahramonliklarga shay. Іamma narsa doim nazoratida, kichik voqelikni ham e`tibordan chetda qoldirmaydi. U bilan hayot qiziqarli kechishi barobarida doim ham osoyishta bo`ladi deya olmaymiz. Urush-janjalsiz uy yo`q deganlaridek.... Xatolaringiz bee`tibor qoldirilmasligini inobatga olib, siz ham biroz ehtiyotkor bo`lishingiz lozim.
2. Soddadil va ishonuvchanlikgi sabab ko`pincha sizning emas, atrofdagilarning gapiga quloq soladi. Ko`ngli bo`shroq. Shu bilan birga, qo`li ham ochiq. Birovlarning tashvishida yonib-kuyishini aytmaysizmi? Quvonarlisi esa sizning doim chiroyli bo`lishingizni istaydi. Va ayolligingizni his etib yashashingizga imkon beradi. U bilan og`ir ishlar, ro`zg`or tashvishlaridan xoli yashaysiz. Boshi berk ko`chaga kirib qolganda hammasiga qo`l siltab ketishlari bor. Siz uni doim olg`a undab turing.
3. Gapga chechan va harakatchanligi sabab tanish-bilishlari serob. Har qanday vaziyatda ham qovog`ini ochib, kulib tura oladi. Hammasidan muhimi sizning e`tiboringiz, maqtovingiz. Biroz shoshqaloq, muammolarga yuzaki qaraydi. Sizning ham biror masalada chuqurlashishingizni istamaydi. Yoqimtoy, muloyim ayollarni xushlaydi. Ammo yomon odati bor — o`tib ketgan voqealarni esga solaveradi, o`ylayveradi. Orzular olamida sayr qilishni yaxshi ko`radi. Xayollari haqiqatga aylanmasa-da, jim tinglang yoringizni. Ruhan yaqin bo`ling, dildan suhbatlashing, qiziqishlariga befarq bo`lmang.
4. U munosabatlarda eng muhimi bir-birini tushunib, umid bilan yashash, deb sanaydi. Har bir muammoni ota-onasi bilan muhokama qiladi, bu o`ziga ishonmaganidan emas, ularni hurmat qilishidan. Toparman-tutarmon bo`lishadi odatda. Siz uni tanqid qilmang, ne qilsa ham erkak-da, ko`tara olmaydi. O`z rashkini namoyon etmasa-da, sizning qizg`anishlaringizdan zavqlanadi. Xafa qilib qo`ysa, gulmi, shirinlik bilanmi, ko`nglingizni ko`tarishni va shu bilan hammasini unutishingizni istaydi. Obro` qozonish istagida yonadi. Oilasi bag`riga shoshadi, shuning uchun uyi doim orasta va osoyishta bo`lishini istaydi.
5. O`ziga ishonchi baland, mustaqil fikrli, tashqi ko`rinishiga doim ahamiyatli. Yashash — yaxshi, yaxshi yashash undan yaxshi, deya ildam qadam tashlashadi. Ular uchun baxtning kaliti muhabbatda! Ichki dunyosi boy va chiroyli ayol — uning ideali. Pishir- kuydirlar o`z yo`liga. Sayohat qilish jonu dili. Ko`nglida borini yashirmasdan sizga aytadi. Sirdosh bo`ling unga. Tuyg`ularini hurmat qiling. Go`zal tuyg`ular shaydosi bo`lgan bu tofia erkakdan e`tibor va mehringizni ayamasangiz, bas.
6. Umid bilan yashovchi, mehnatsevar, bir so`zli inson. U bilan munosabatlar barqaror bo`ladi. Samimiyat va zavqlanib yashash tarafdori. Ranjitsangiz, yurakdan xafa bo`ladi. Uni tushunib yashash kerak. Bu uning o`ziga bo`lgan ishonchi oshishiga xizmat qiladi. Qaynona-kelin muammolariga toqati yo`q. Shuning uchun qaynonaningiz bilan ona-bola bo`ling. Oilasiga sodiqligi tahsinga loyiq xususiyati.
7. Mustaqil va o`ziga yarasha fe`l-atvori bor. Vazminligi muvafaqqiyat sari etaklaydi. Ayoliga ishonadi. Shuning uchun chegaralar qo`ymaydi. Hayotida hammasi a`lo bo`lishini istaydi. Muammoli vaziyatlarda o`zini olib qochmaydi. Agar siz u bilan umr yo`llaringizni bog`lashni istasangiz va buni ayon qilsangiz, u sizni tashlab ketmaydi. Munosabatlar rivoji ko`p tomonlama sizga bog`liq.
8. Kuchli irodali, haqiqatgo`y va samimiy inson. Jiddiyligidan biroz cho`chiysiz, ammo nolimang, maydagap, har narsaga kulaveradigan bo`lganidan shu yaxshimasmi? Uni doim oldinga undab turuvchi turtki kerak. Siz mash`al bo`ling. Oilasiga juda e`tiborli, moddiy tomondan ta`minlash uchun tinib- tinchimaydi. To`g`ri, tejamkor, ammo bu ziqna degani emas. Pulni to`g`ri va aql bilan ishlatish tarafdori, xolos. Qulog`im va uyim tinch bo`lsin desangiz, siz ham bu tamoyilga rioya eting.
9. Intellektual, romantik, bilimdon va kirishimli. U bilan aqlan va ruhan yaqinlik muhim. Ishonchiga erishish orqali mehrini qozonasiz. Vazmin, sipogina bo`lsangiz, ayrim kamchiliklaringizga ko`z yuma oladi. Bir xillikdan tez zerikishini hisobga olib, doim uyda o`zgarishlar qilib turing. Bolalar tarbiyasida u sizdan ko`ra mas`uliyatli bo`ladi. Bozor-o`charga tobi yo`q.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 6
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 6
Bosh sahifaga