Kutubxona | SIZ XAM FARZANDLI BO'LA OLASIZ...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 15.08.2020
Soat: 10:33
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Farzand - mitti yurakcha!

SIZ XAM FARZANDLI BO'LA OLASIZ

Teglar:bepushtlik
Qo'shdi:TimX (11.01.2020 / 14:07)
Reyting:rating 163 article (0)
O'qilgan:121
Fikrlar:0
TUShKUNLIKKA TUShMANG, SIZ HAM FARZANDLI BO‘LIShINGIZ MUMKIN!
Bepushtlik muammosidan xalos bo‘lib, farzand ko‘rish istagidagi juftliklar qanday qilib bo‘lmasin maqsadi sari intilaverishadi. Bu yo‘lda ularning ayrimlari to‘g‘ri yo‘lni tanlashsa, boshqalari esa boshi berk kuchaga kirib qolganlarini juda kech tushunib yetishadi. Quyida farzand ko‘rish uchun kimga murojaat qilish va qanday tahlillar topshirish kerakligi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Aksariyat juftliklar bepushtlik muammosi sababli urolog va ginekolog qabuliga borishadi. Sababi ular bepushtlikni aynan mana shu mutaxassislar davolaydi, deb o‘ylashadi. Aslida esa farzand ko‘rish istagidagi insonlar reproduktologga murojaat qilishlari lozim. U zarurat tug‘ilsa, juftlikni urolog, androlog, ginekolog, endokrinolog, embriolog, spermatolog yoki yana boshqa soha mugaxassislari qabuliga yuboradi.
Tabiatan erkaklarning g‘ururi baland bo‘lgani sababli ular har doim ham oila a’zolari bilan hisoblashib o‘tirishmaydi. Ba’zi erkaklar hech kimga aytmay, urologga borib, urug‘ tahlili topshirishadi. Tashxislashning hamma parametrlari yaxshi chiqqanidan quvongan erkak yelkasidan tog ag‘darilib, ayb ayolida ekaniga ishontiradi. Shu bois uni turli xil shifokorlar qabuliga olib borib, davolataveradi. Hattoki shu maqsadda necha martalab jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan ayollar bor. Biroq shunda ham homila paydo bo‘lmayotgani sababli er-xotin tushkunlikka tushib, yana boshqa yo‘llarni izlashadi. Oramizda farzand ko‘rish istagida chet elga borib, EKO qildirgan juftliklar ham topiladi. Achinarlisi, bu usulni ham sinab ko‘rgan juftliklar ma’lum muddat quvonishgan, biroq… Aniqrog‘i, homila paydo bo‘lgan, ammo u saqlanib qolmagan. Sababi ular, eng avvalo, o‘zlariga to‘g‘ri tashxis qo‘ydirish lozim bo‘lgan yo‘ldan borishmagan.

Farzandli bo‘lishni istovchi juftliklar bir paytda reprodukologga murojaat qilishlari lozim. Eng avvalo, erkakdan zarur tahlillar olinadi. Chunki avvallari bepushtlikning sababchisi ayol deb qaralgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, aksariyat holatlarda bu muammoga erkak sababchi ekani o‘z isbotini topmoqda.
Erkakdan olingan urug‘ taxdili Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti protokollari asosida tekshirilishi zarur. Shuningdek, urug‘larning DNK fragmentatsiyasi buzilgan-buzilmagani aniqlanadi. Agar urug‘ DNK fragmentatsiyasi buzilgan bo‘lsa, bu erkak homila paydo qilishga qodir bo‘lmaydi. Buni oddiy urug‘ taxlili orqali aniqlashning imkoni yo‘q. Urug‘ DNK fragmentatsiyasi tekshiruvdan o‘tkazilmagan erkak homila paydo qilishga qodirmi yoki yo‘qmi degan savolga hattoki urug‘ ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgan taqdirda ham aniq javob berib bo‘lmaydi.

Spermatozoidlarning boshchasi, ya’ni akrosomaning ichida genetik material (xromatin) mavjud. Uning buzilishi DNK fragmentatsiyasining buzilishi demakdir.
DNK fragmentatsiyasini aniqlashning bir necha turlari bor. Masalan, TUNEL, HALO, COMET. DNK fragmentatsiyani TUNEL usulida elektron mikroskop yordamida ko‘rilganda, xromatin buzilgani yoki rivojlanmay qolganini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Ba’zan tekshiruv davomida erkak urug‘ida turli xil o‘zgarish aniqlanadi yoki umuman urug‘ topilmaydi. Ayrim erkaklarning moyagi katta bo‘lgani bilan unda gormonlar miqdori past bo‘ladi. Hattoki unga biopsiya taklif qilinadi. Tahlil natijasi salbiy chiqqanini eshitgan erkak tushkunlikka tushib, farzand ko‘rishdan umidini uzadi. Biroq bu sohani yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassislar tuxumning ichidagi markerlar kerakli darajada bo‘lmaganda yoki umuman urug‘ bo‘lmagan taqdirda tuxumdan ochiq mikro TEZA yo‘li bilan urug' olish mumkinligini yaxshi bilishadi. 2016 yili Sochida bo‘lib o‘tgan androloglar kongressi ma’lumotlariga ko‘ra, ular IKSI qilinganda 76 foizgacha urug‘ topilgan. Urug‘ ko‘rsatkichi «0» bo‘lgan erkaklarga mikro TEZA usulini qo‘llash mumkin ekan, demak, noumid bo‘lishga shoshilmang. Shuningdek, homiladorlik sodir bo‘lmayotgan befarzand oilalarda genetik kariotipni ham aniqlash zarur. Busiz bemorni davolab bo‘lmaydi. Agar bemorda biror genetik muammolar bo‘lsa, uni avval davolash shart.
Siz ham farzand ko‘rish istagida anchadan beri sarsonmisiz? U holda fursatni g‘animat bilib, «Doktor-Di» gospitali reproduktologlariga murojaat qiling. Mutaxassislar sizlarni yuqorida aytib o‘tilgan hamda qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tkazib, tashxisga asoslangan holda davolashadi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga