Kutubxona | ZINOKORLARNI BEPUSHLIGI

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 20.09.2020
Soat: 18:57
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Jinsiy salomatlik

ZINOKORLARNI BEPUSHLIGI

Teglar:bepushtlik
Qo'shdi:TimX (12.01.2020 / 09:38)
Reyting:rating 167 article (0)
O'qilgan:184
Fikrlar:0
Sir emaski, hozirgi kunda zinoiy kasalliklarning yigirmadan ziyod turlari mavjud bo‘lib, ular bepushtlik kelib chiqishida etakchi o‘rin egallaydi.

Trixomonoz — zinokorlar orasida eng ko‘p uchraydigan, oxirgi paytlarda yashirin tusda kechishi bot-bot uchrayotgan xastalik. Bu kasallikning chaqiruvchisi hisoblangan trixomonadalar o‘zini mutloq sog‘lom biladigan erkaklarning 22,7-26,5 foizida aniqlangan. Hozirgi kunda trixomonadalarning dorivorlar aslo ta’sir qilmaydigan turlari ham paydo bo‘lganligi e’tirof etilmoqda. Trixomonadalar quyidagi uch yo‘sinda erkaklar reproduktiv salomatligini izdan chiqazishi aniqlangan:
1. Trixomonadalar shahvat suyuqligida energiya manbai hisoblangan fruktoza bilan oziqlanganligi bois spermatozoidlarni quvvat zaxirasidan mosuvo qiladi.
2. Trixomonadalar sitotoksik mahsullar, ya’ni hujayra zahri ishlab chiqib, spermatozoidlarga zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
3. Trixomonadalar jinsiy a’zolarning prostatit, uretrit kabi yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqarishi tufayli zurriyotsizlik kelib chiqishiga salmoqli ulush qo‘shadi.

Hayotiy misol:
Anvar — 24 yosh. Rafiqasida trixomonadalarni topishgan. Ammo u o‘zida hech qanday bezovtalik sezmaganligi bois mutaxassis tavsiyasida ko‘rsatilgan dorivorlarni qabul qilmagan. Ammo ayolini «Davolanyapman», deya aldab kelgan. Oradan ikki yil o‘tgach, farzandli bo‘lavermagach, yana shifokorga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan. Anvarda trixomonadalar topilib, unga «Trixomonadali yashirin uretroprostatit» tashxisi qo‘yilgan. shundan so‘ng, u o‘ziga buyurilgan dorivorlarni ichmay tashlab yuborganini tan oldi. Ular ikkovlon davolanagnlaridan so‘nggina maqsadga erishishdi.

So‘zak — zinoiy kasalliklar orasida eng ko‘p uchraydigan xastalik. Uning chaqiruvchisi bo‘lgan gonkokklar bepushtlik kelib chiqishiga quyidagi ikki yo‘sinda ta’sir etadi:
1. Gonkoklar to‘g‘ridan- to‘g‘ri spermatozoidlarga shikast etkazadi.
2. Jinsiy a’zolarda yallig‘lanish chaqirib, ularning faoliyatini izdan chiqazish yo‘li bilan pushtga salbiy ta’sir etadi.

So‘zakning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biri moyak ortig‘ining bir yoki ikki tomonlama yallig‘lanishidir.
Kasallikning alomatlari qo‘qqisdan, o‘tkir boshlanadi. Bunda moyak ortig‘i shishib kattalashadi va qattiq og‘riy boshlaydi. Oqriq chot va bel atroflariga tarqaladi. Bemorlar og‘riqni kamaytirish maqsadida o‘rdaksimon, ya’ni oyoqlarni kerib yurishadi. Harorati keskin ko‘tarilgan bemorlar behollikdan yotib qolishga majbur bo‘ladilar. Kasallik o‘z vaqtida yaxshi davolanmasa, ikkala moyak ortig‘ida chandiq qolib, urug‘ yo‘llari bekilib qolishi mumkin. Bu esa urug‘ning moyakdan chiqolmay qolishiga, ya’ni befarzandlikka olib keladi.

Botir ismli 25 yoshli yigit ta’til paytida bir notanish ayol bilan jinsiy munosabatda bo‘ladi. Oradan bir hafta o‘tgach, siygisi tez-tez qistayotganligini va ajralma paydo bo‘lganligini ko‘rib, o‘rta tibbiyot xodimi bo‘lgan tanishida davolanadi. Oradan 20 kunlar o‘tgach, ichkilik ichib, og‘irroq jismoniy mehnat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shu kuni tongga yaqin ahvoli og‘irlashadi, bir moyagi keskin shishib lo‘qillab og‘riy boshlaydi, harorati 39C ga ko‘tariladi. Bemor tez yordam mashinasi bilan shifoxonaga keltiriladi. U shifoxonada uzoq vaqt davolansada, kasallik asorati bilan kelganligi sababli farzand ko‘rish baxtidan mosuvo bo‘ladi.

Bemor o‘z vaqtida mutaxassisga murojaat qilishi juda muhimdir, chunki ikkala moyak ortig‘i yallig‘langanlarning 75 foizi farzand ko‘rish baxtidan bebahra bo‘ladilar.
Bu mikroorganizmlar prostata bezini ham shikastlaydi. Kasallik surunkali tusga o‘tib ketsa, bemorning darmoni quriydi, jinsiy quvvati susayadi. Eng yomon jihati shuki, urug‘lar ayol tuxum hujayrasini urug‘lantirish qobiliyatini yo‘qotib qo‘yadi. Bu kasalliklarga chalingan ayollar ham dastlabki bosqichlardayoq mufassal davolanishlari shart. CHunki bu kasalliklar tuxumdon, bachadon, naylar va chanoq kletchatkasini yallig‘lantirishi natijasida ayol bola tug‘ish baxtidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Zurriyot qoldirishdek baxtdan bahramand bo‘lish uchun har bir kishi hissiyotlarini jilovlay oilish lozim. Kasallikka chalinganda esa har xil asoratlardan faqat mutaxassisgina xalos eta olishi mumkinligini unutmaslik kerak. O‘tkir, yuqoriga o‘rlovchi so‘zakka chalingan 16,4 foiz ayollarda, kasallikning surunkali turi bilan og‘riganlarning 2,2 foizida kichik tos hududidagi qursoq yallig‘lanishi — pelvioperitonit dardi uchraydi. Aynan shu dard o‘z paytida aniqlanib, zudlik bilan davolanmasa, hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Odatda, organizmning quyi a’zolarida alomatsiz kechayotgan so‘zak dardining yuqoriga o‘rlovchan tus olishiga quyidlagilar moyillik tug‘dirar ekan:

Ichkilikka ruju qo‘yish;

Jinsiy munosabatda ko‘p bo‘lish;

Dardmand holda tug‘ish[/*]

Homilani oldirish (abort);

Bachadon ichiga homiladan saqlovchi vositalar qo‘ydirish;

Hayz ko‘rish

kabilar gonkokklarning yuqoridagi a’zolarni ham zararlantirib, kasallanishiga olib keladi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 2
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 2
Bosh sahifaga