Kutubxona | BO'YDA BOLISH VA HOMILANI RIVOJLANISHI...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 20.09.2020
Soat: 12:17
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Homiladorlik

BO'YDA BOLISH VA HOMILANI RIVOJLANISHI

Qo'shdi:TimX (12.01.2020 / 10:07)
Reyting:rating 168 article (0)
O'qilgan:270
Fikrlar:0
Mavzuga aloqador videoni Mana bu sahifadan yuklab olishingiz mumkun!

Tabiatning jinsiy yaqinliqdan ko‘zda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini ta’minlashdir. Qanday qilib insondan inson paydo bo‘ladi? Yorug‘ dunyoni ko‘rgunicha u qanday yashay-di?
Homilaning paydo bo‘lishiga sabab urug‘lanishdir. U jinsiy yaqinlik natijasida ayol tuxum hujayrasining erkak pusht hujay-rasi spermatazoid bilan qo‘shilib ketishi (singaliya) oqibatida yuzaga keladi. Qinga tushgan spermatozoidlar bachadon bo‘yni orqali bachadon bo‘shlig‘iga, so‘ngra tuxum yo‘liga o‘tib, shu yerda jinsiy yaqinliqdan 1,5—2 soat o‘tgach, tuxum hujayra bilan to‘qnash keladi. Tuxum hujayraning po'sti hisoblanadigan yupqa pardani teshib faqat bitta spermatozoid (eng kuchlisi) ichkariga o‘tib oladi;
Spermatozoid yadrosi va tuxum hujayra bir-biriga qo‘shi­lib ketadi (bu vaqtda tuxum hujayrada shunday murakkab o‘zgarishlar yuz beradiki, natijada boshqa millionlab spermatozoid o‘tolmay halok bo‘ladi) va urug‘lanish (singaliya) sodir bo‘ladi.
Dastlab urug‘langan tuxum hujayra (zigota) faqat mikroskop-lardagina ko‘rinadigan juda kichik tomchi holida bo‘ladi. Bachadon nayining to‘lqinsimon qisqarishi tufayli urug‘langan tuxum ba­chadon bo‘shlig‘i tomon surilib boradi. Ayni vaqtda urug‘langan tuxumda bo‘linish jarayoni boshlanadi: avval ikki nimtaga ajraladi, ularning har biri o‘z navbatida yana bo‘linaveradi. Shunday qilib, bitta tuxum hujayrasidan shaklan diametri 1,5 mm li tut mevasiga o‘xshab ketadigan sharsimon tanani hosil qiluvchi behisob hujayralar paydo bo‘ladi. Mana shu bir talay hujayralardan asta-sekin juda murakkab yo‘l bilan tabiatning eng ajoyib tuhfasi — homila, odam pushti (homila tuxumi) hosil bo‘ladi. U embrion ichida rivojlanib boradi. Aytish kerakki, homilaning eng murakkab, eng sirli davri ham aynan ana shu davr. Hech bir ayol o‘z ichida kechayotgan bu murakkab jarayonlarni his qilmaydi, qachon homilador bo‘lganini ham aytib bera olmaydi.

Bachadon bo‘shlig‘iga tushgan homila tuxumi 6—8 kunda bachadon shilliq pardasiga payvandlanib o‘rnashib oladi va homiladorlik (bo‘yida bo‘lish) vujudga keladi. Homiladorlik 9 oy — 40 hafta yoki 280 kun davom etadi va bolaning tug‘ilishi bilan yakunlanadi.
Homiladorlik vujudga kelib homila shakllana boshlagan payt-dan ayol organizmida ham tegishlicha o‘zgarishlar jarayoni kechadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek homila ona qonidan kislorod va oziq moddalarini (oqsil, yog‘, uglevod, suv, vitaminlar, gormon-lar, mineral tuzlar) oladi. Homiladorlikning 4-oyi boshida platsenta, ya’ni yo‘ldoshning tarkibiy qismi — bola o‘rni hosil bo‘ladi. Homila uzun chilvir ipga o‘xshash (taxminan 50 sm) kindik orqali platsenta bilan tutashadi. Kindiqdan qon tomirlari o‘tadi, platsenta esa bachadon devoriga o‘rnashgan bo‘ladi. Ona organizmi bilan homilaning platsenta orqali bog‘lanishi bola tug‘ilgunga qadar davom etadi. Mubolag‘a qilmasdan aytish mumkin-ki, tug‘ilajak bolaning rivojlanishi va salomatligi platsentaning to‘g‘ri tuzilishi, shakllanishi (kattaligi, qalinligi, to‘likdi- gi) va faoliyatiga bog‘liq. Platsenta murakkab kimyo laboratoriyasi vazifasini bajaradi, unda ona qonidan keladigan oziq modda bir sidra «qayta ishlanib» bolaga o‘tadi. Platsenta ayni vaqtda homilaning har turli noxush tashqi ta’sirlardan saqlab turadigan o‘ziga xos to‘siq vazifasini ham bajaradi. Homilador ayollar turli dori-darmonlarni faqat vrachning ruxsati bilan va uning nazorati ostida qabul qilishlari va har xil infeksiyalardan saklanishlari lozimligini homila boshlanishidanoq ularga tushuntirib boriladi. Sababi platsentaning tanlov qobiliyati ancha past. U ona organizmiga tasodifan tushib qolgan begona moddalarni ham onadan homilaga o‘tkazib yuborib, unga ziyon yetkazishi mumkin. Platsenta deyarli barcha kimyoviy va dorivor moddalarni, ko‘p virus va mikroblarni o‘tkazib yuboradi. Bola tug‘ilgandan keyin platsenta bachadon devoridan ajraladi va kindik, homila pardalari bilan birgalikda tug‘ruq yo‘llari orqali tashqariga chiqadi.

Homila kun, hafta, oy sayin o'sadi va rivojlanadi. 18-kundayoq mo‘jizaviy tomchining shakli o‘zgara boshlaydi, u torayib cho‘ziladi. Unda asab, qon ishlab beruvchi yurak-tomir, hazm qilish, chiqarish va boshqa a’zolarning kurtaklari hosil bo‘la boshlaydi va yurakka o‘xshash narsa vujudga keladi. Bu mittigina «tana»da tomir ura boshlaydi. Yana 8 kun o‘tgach, tomchi ikki baravar uzayadi, uning yuzasida juda kichkina bo‘rtmachalar bilinib turadi, keyinchalik ular quloq, iyak, umurtqalarga aylanadi. Bu jarayon 7-haftada sodir bo‘ladi.

Homilaning ikki oylikkacha bo‘lgan rivojlanish davri emb rional davri deyiladi. 2 oylikda homilaning bo‘yi 3 sm, massasi 11 g bo‘lib, sut emizuvchilardan farq qilmaydi — ko‘zlari yirik, bosh suyagi katta, ko‘rinishi baliqni eslatadi. Homila sekin-asta odam qiyofasini ola boshlaydi. 11 haftadan so‘ng uvoqqina odam organizmi shakllanadi. Homilaning a’zo va sistemalari hamda platsenta yetilib boradi va mukammallashadi.

Ona homilaning harakatini birinchi homiladorlikda 20-haf-tadan seza boshlaydi. Homila qisqa-qisqa turtkilar yoki muskul-larni qo‘zg‘atib yuboradigan darajada o‘zini rostlash, kerishishga o‘xshash qattiq harakatlar qiladi. Shuningdek, homilaning yurak urishini ham eshitish mumkin; u onaning yurak urishidan deyarli ikki baravar tezroq uradi. Lozim bo‘lsa, 5—6 haftalik homila­ning yurak urishini maxsus apparatlarda anikdanadi. 5 oylik homilaning quloqlari yaxshi eshita boshlaydi, u faqat onaning yurak urishinigina emas, balki hali o‘zi ko‘rmagan, bilmagan sirli tashqi dunyodan eshitilayotgan qattiq ovozlarni ham ajrata olish qobiliyatiga ega. Uning ham o‘ziga yarasha tashvishlari bor: onasi harakat qilayotgan vaqtda behosdan nozik tanasi qisilib shikastlanmasligi uchun mahkam o‘rnashib olishga ulgurishi kerak; ona dam olayotgan paytda erkin bo‘lishi, qo‘l-oyoqlarini bemalol yozib olishi mumkin.
Homiladorlikning oxirida homilaning bo‘yi 50 sm va undan ortiq, og‘irligi 3200—3500 g (ba’zida undan ham ortiq) bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, to‘ng‘ich boladan ko‘ra, keyingila-rida homilaning vazni og‘irroq bo‘ladi, 5—6-boladan so‘ng yana kichiklashadi. Tug‘ilajak bolaning o‘zi yorug‘ dunyo yuzini ko‘rishga astoydil tirishadi, kuniga 200 dan ortiq harakatlar qiladi, endi qo‘l-oyoqlarini qimirlatish bilan chegaralanib qolmay, ag‘darilib ham turadi.


Ichaklar, buyrak, me’da ishlab turadi, terisining rangi o‘zgarib burishganlari tekislanadi. Go‘yo hamma hara-katlagj bilan: «qani nimam meni odamga o‘xshamaydi», deyayotganday. O‘xshashligini isbotlash ma’nosida barmog‘ini so‘radi, hiqichoq tutadi. Bu homila uchun eng mas’ul davr hisoblanadi.
Homilaning bachadonda qanday joylashuvi hammani qiziqtiradi. Bachadonda homila har tomondan o‘ziga xos qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Uni o‘rab turadigan «qog‘onoq suvlari» deb ataladigan sarg‘ish rangdagi suyuqlik tashqaridan bexosdan bo‘ladigan zarblarga to‘siq bo‘lib, homilaning vaziyatini o‘zgartirib turishga imkon beradi, qindan infeksiya kelib tushishdan sakdaydi. Qog‘onoq suvi oqsil, tuzlar, mikroelementlar, yog‘lar, qand, gormonlar, fermentlar-dan iborat. Bunday tuzilma homilaning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi, tashqi g‘ayriixtiyoriy shikastlardan sakdaydi, unga hara­katlar qilishga imkon beradi. Taxminan homiladorlikning 30— 32-haftasiga qadar homila bachadonda o‘z holatini osonlik bilan o‘zgartira oladi, keyinchalik esa harakatlar sustlashadi. Homila­dorlikning oxiriga kelib homila ona tanasiga nisbatan bo‘yla masiga holatda joylashgan bo‘lib uning bo‘ylama markazi bachadon bilan ona tanasining markaziga muvofiq keladi. Homiladorlikning oxirida 99,5 foiz homila boshi pastga qaragan tik holatda bo‘ylama holatini oladi va bu normal holat hisoblanadi. Homila-dorlikning 36-haftasida qorindagi bola shu qadar katta bo‘lib qoladiki, bachadon bo‘shlig‘ida bor gavdasi bilan harakatlana olmaydi, shuning uchun u o‘zgarmas vaziyatni egallaydi. Ko‘pincha bolaning boshi pastga qaragan, dumbasi tepada, qo‘llari tirsaklaridan bukilib, ko‘ksiga qovushtirilgan, oyoqlari chanoqson bo‘g‘i-mi hamda tizzalaridan bukilib, tanasiga taqalib, engagi ko‘kragiga tegib turadi, natijada bachadon bo‘shlig‘iga bemalol joylashib olgan tuxumsimon tuzilma vujudga keladi.

Bachadonda bolaning boshi yuqoriga, dumbalari esa pastga qara­gan holatda yotishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Shunday bo‘lgan taqdirda tug‘ruq vaqtida homilani to‘g‘ri holatga o‘nglash uchun shifokorning yordami kerak bo‘ladi. Homilaning holati, qaysi tomoni balan yotganini mutaxassis shifokor ko‘rib biladi, noaniq hollarda esa ultratovush yoki rentgenografiya tekshiruvida anikdanadi hamda zarur choralar ko‘riladi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga