Hi, Guest!
Library | Jinsiy salomatlik

Ayol bepushtligi

Tags:bepushtlik
Added:TimX (14.01.2020 / 14:34)
Rating:rating 175 article (0)
Reads:18
Comments:0
Hozirgi kunda oilada er-xotin kamida 1 yil davomida muntazam ravishda saqlanmay jinsiy aloqada bo'la turib, homiladorlik yuz bermasa, bepushtlik diagnozi qo'yiladi. Turmush qurilganiga 1 yil bo'lmasdan davolanishni boshlash noto'g'ri hisoblanadi. Chunki statistik ma'lumotlarga ko'ra, sog'lom juftlikda o'rtacha 8-12 oy ichida tabiiy homiladorlik yuz beradi. Bir yildan so'ng ham homiladorlik yuz bermasa , er-xotin birgalikda shifokorga murojaat qilishlari lozim.

Odatda bepushtlikning sababi turlicha bo'ladi va u bittagina faktorga bog'liq bo'lmaydi. Ko'pincha shifokorga murojaat qilgan oilalarda bepushtlikning bir necha shakli namoyon bo'ladi.

Ayol bepushtligi sabablari:
1. Bachadon yo'llaridagi patologik o'zgarishlar
SABABI:
- salpingit kasalligi;

- kichik toz a'zolarining kasalliklari;

- endometrioz;

- kichik toz a'zolarida amalga oshirilgan jarrohlik aralashuv (abort, oldingi homiladorlik natijasida ro'y bergan patologik tug'ish jarayoni);

- infeksiya;

- tug'ma nuqsonlar;

- bachadondan holi homiladorlik;

- bachadon yo'llarini jarrohlik yo'li bilan bog'lanishi;

- appendiksning ayrim kasalliklari;

- gormonal buzulishlar.

2. Endokrinologik kasalliklar
- qalqonsimon bez kasalliklari;

- buyrak usti bezi kasalliklari;

- gipofiz kasalliklari;

- diabet

Endokrinologik kasalliklar ayol organizmida gormonal buzulish ro'y berishiga olib keladi. Buning natijasida esa birinchi bo'lib tuxumdoning normal funksiyasi buziladi va hayz kelish sikli o'zgaradi (juda sust yoki juda ko'p qon kelishi, hayz kelishi muntazam emasligi va hokazo) bu esa homiladorlik asosi bo'lmish ovulyatsiya yuz bermasligidan dalolat beradi.

Ushbu kasalliklarning har birini alohida olganda bepushtlik sababi bo'la olmaydi, lekin endokrin kasalliklar bepushtlikka olib keluvchi boshqa omillarga kuchli ta'sir qiladi.

3. Endometrioz
Endometrioz bu bachadon shilliq hujayralarining bachadondan tashqariga tarqalishiga aytiladi. Odatda endometrioz alomatlari oddiy ginekologik ko'rigida aniqlanadi. Endometrioz darajasi 4 xil bo'lib, ular:
minimal - 1-daraja;

yengil - 2-daraja;

me'yorda - 3-daraja;

og'ir - 4-daraja.

Endometriozning og'ir shakli va to'g'ri davolanmaganligi bepushtlikka sabab bo'ladi.

4. Tuxumdon shishlari
Ushbu kasallikda tuxumdon razmerlari kattalashgan bo'lib, unda suyuqlikka to'lgan bir necha shishlar paydo bo'ladi. Bu shishlar ayol organizmida erkak gormonlarining ko'payib ketganligi natijasida vujudga keladi.
Shishlar paydo bo'lganligini birinchi bo'lib hayz yo'qligidan bilsa bo'ladi. Undan tashqari vaznning ortib ketishi ham tuxumdon funksiyasi buzulganligidan dalolat beradi.

5. Psixologik bepushtlik
Bepushtlikning bu shaklida ayol tug'ish tizimida patologiyalar mavjud bo'lmay, uning ongida homiladorlik oldidan kuchli qo'rquv bo'ladi. Bu qo'rquv ayolning yoshligida bo'lgan psixologik shikast natijasidir. Ayrim ayolar ish joyini, go'zalligini, yoshligini yo'qotishdan qo'rqib o'zi bilmagan holda homilador bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Agar shifokor tug'ish tizimini sog'lom deb topsa, ayol psixoterapevtga uchrashi lozim bo'ladi.

6. Bachadon kasalliklari
Bunda bachadonning tug'ma nuqsonlari, bachadon shaklining noto'g'riligi va bachadon chandiqlari sabab bo'lishi mumkin. Odatda bachadon to'g'ri rivojlanmasligiga bolalikda chalingan og'ir kasalliklar sabab bo'lishi mumkin.
Bepushtlikning bu shakli juda qiyin davolanadi, chunki homiladorlik yuz bersa ham, uni asrab qolish qiyin bo'ladi.

7. Qin suyuqligi faktori
Erkak spermatozoidi tuxum hujayrasini urug'lantirishdan oldin qin suyuqligidan o'tadi. Bu suyuqlik sog'lom ayolda spermatozoid bachadonga oson va tez yetib boishini ta'minlasa, ayrim ayolarda unga to'sqinlik qiladi. Shunday holatda homiladorlik yuz bermaydi, chunki spermatozoid ayol organizmiga tushishi bilan nobud bo'ladi. Bu holat oson diagnostika qilinadi. Buning uchun er-xotin jinsiy aloqadan so'ng yuvinmay shifoxonaga borib maxsus analizlar topshiradilar. Agar analiz natijasida qin suyuqligida patologik o'zgarishlar mavjudligi aniqlansa, u holda ayol dori vositalari bilan davolanadi, agar samarali bo'lmasa spermatozoid bachadonga tashqaridan maxsus apparat yordamida kiritiladi, natijada homiladorlik yuz beradi.

8. Immunologik bepushtlik
Bepusht oilalarning 10% da bepushtlikning ushbu shakli namoyon bo'ladi.
Bunda:
Tuxumdon tuxum hujayralariga qarshi antijismlar yaratadi (antijismlar tuxum hujayralarini nobud qiladi);

Ayol organizmi erkak spermatazoidlariga qarshi antijismlar yaratadi (antijismlar aynan shu erkak spermatozoidlarini nobud qiladi);

Ayol orgaznizmi hujayra bo'linishiga qarshi antijismlar yaratadi (hujayra bo'linmasa urug'langan tuxumhujayrasi rivojlanmay qoladi).

Ayrim oilalarda homiladorlik yuz bersa ham, odatda homila saqlanmay nobud bo'ladi.
Imunologik bepushtlik aniqlansa, antijismlarni bosuvchi dori vositalari qabul qilinadi va davolanish davri bir necha oydan bir necha yilgacha cho'zilishi mumkin.

9. Bepushtlik sababi noaniq
Afsuski, ayrim oilalarda bir necha tekshiruvlar o'tkazilib bepushtlik sababi aniqlana olinmaydi. Bu bepushtlikning eng og'ir shakli hisoblanadi.
Ayol bepushtligi asosan dori vositalari va jarrohlik yo'li bilan davolanadi. Hozirgi kunda keng tarqalgan laporoskopiya (bachadon yo'llarini tozalash) uslubi bepushtlikni davolashda yaxshi natijalar ko'rsatmoqda. Agar bir necha yil davomida bepushtlik davolanib homiladorlik yuz bermasa EKO (organizmdan tashqarida urug'lantirish) yo'lidan foydalaniladi.

Eng muhimi boshidanoq bepushtlikning sababini aniq aniqlash va uni to'g'ri davolash kerak, shifokorning mas'uliyatsizligi, davolash uslubining noto'g'ri ekanligi bepushtlik sababi mukamallashib ketishiga olib kelishi mumkin.
Undan tashqari oilada farzand bo'lmayotgani erkakka ham bog'liq ekanligini, davolanish uchun tekshiruvlarni er-xotin birgalikda boshlash kerak ekanligini unutmaslik lozim.
Download txt | fb2
Home
0 / 5

Yurakcha.Ru - Sevgi psixologiyasi, she'rlar, hikoyalar. Salomatlik va go'zallik, jinsiy va psixologik muammolarning oson yechimlari

Statok.net
© Yurakcha.Ru 2019-2020