Hi, Guest!
Library | Jinsiy tarbiya (Nikohgacha)
1 2 >>

Zinokorlarning dastaklari

Added:TimX (14.01.2020 / 16:33)
Rating:rating 177 article (0)
Reads:34
Comments:0
Xiyonatkor kishilarning aksariyati zino najosatiga botib qolganliklarini aslo gunoh hisoblashmaydi va doimo o‘zlarini oqlaydigan dastak — sabablarni ro‘kach qilishadi. Quyida shundaylar orasida kuzatiladigan ayrim sabablarga to‘xtalamiz:

1. Turmush qurmagan yoshlar va o‘smirlar asos qilib ko‘rsatadigan sabablar:
a) Biror ziyofatda ichkilikdan sarxush bo‘lib, bu ishga beixtiyor tarzda qo‘l urganlik;

b) 25 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, hali uylanishga ertaligini, moliyaviy jihatdan ota-onasiga qaramligini va o‘tkinchi dunyoda kayf-safo ham zarurligini ro‘kach qilish;

v) O‘rtoqlarining qistovi bilan o‘zini sinash maqsadida fohisha xizmatidan foydalanib ko‘rish;

g) Oynai jahondagi turli axmoqona seriallar,
behayo filmlarni ko‘raverib, dunyoqarashidagi illatlar hukmronligida begona bilan aloqaga qiziqish, oila-nikoh masalalarini oddiy rasmiyatchilik deya qabul etish;


d) Ayrim yengil tabiat qizlar bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i uchun iffat pardasining saqlanishini kifoya deb hisoblashi;

(Astag‘firulloh, shu bois boshqa barcha jirkanch ishlardan cho‘chimay, jinsiy a’zolar vazifasini og‘iz bo‘shlig‘i va ort teshik yordamida uddalaydilar. Aniqrog‘i, o‘zlari g‘irt zoniya bo‘lsalar-da, nomusli qiz bo‘lib turmushga chiqishga harakat qilishadi.)
e) maishat, boylikka o‘chlik hissi;

(O’ta yengiltabiat bo‘lgan bu toifa qizlar fohishalarga hos bo‘lgan barcha fahsh ishlardan toyishmaydi. Bundaylarning ayrimlari keyinchalik plastik jarrohlik uslublari bilan hattoki nomuslarini tiklab turmushga chiqishadi. Ammo oila qurgandan so‘ng ham xiyonat qilishda davom etaverishadi.)
j) Tobelik;

(Aniqrog‘i, ayrim boshliqlar kotibalarni, ilmiy rahbarlar shogirdlarni, umuman, o‘ziga qaysidir jihatdan qaram bo‘lgan kishilarni yo‘ldan ozdirishadi.)
z) Hozirgi kunda turmush qurmagan yoshlarning o‘ta emin-erkin bo‘lishlariga yo‘l ochilganligi;

(Mahramsiz uchrashuvlarning intihosi ham shaksiz zinodir.) Unutmaslik lozimki, eng asosiy sabablar imon zaifligi, tarbiyasizlik va e’tiqodning sustligidir.

2. Oila qurgan kishilarning zinokorlikka dastak qilib ko‘rsatadigan sabablari:

a) Turmush o‘rtog‘ining kasal ekanligi, hohish-istaklari muvofiq kelmasligi, jufti to‘shakda mutlaqo "go‘l" ekanligi;

b) Jinsiy nomuvofiqlik, ya’ni erkakning mijozi sustligi yoki ayolning sovuqqonligi;

v) Bir-biridan "to‘yinish", to‘shakdagi munosabatda ijodiy yondoshuvning yo‘qligi sababli bir-biridan zada bo‘lib qolishi;

g) Majburan, boylikka uchib, shoshilinch oila qurilish natijasida er-xotinning munosabatidagi sovuqlik;

d) Ko‘ngilda o‘zaro iliqlik paydo bo‘lishi, achinish, shuningdek, o‘ch olish xislari;

e) O'zini korsatish, g'arbga taqlid qilib ketvorgan jazmanini boshqalarga ko'z-ko'z qilish;

j) Xizmat safarlarida ishqiy sarguzashtlar bo'lishini meyoriy hol deb hisoblash yevropacha hayot tarzidagidek oilasi bilishidan qatiy nazar nafsni qondirish uchun zino qilishni tabiiy deb bilish.

Astagfirulloh, ayrim oilalar er-xotinning zinokorligani me’yoriy hol sifatida qabul qilishgacha yetib borishmoqda.
Ayrim "o'ziga to'q" zaifalar moliyaviy ragbatlantirish yo'li bilan jazman yo'llashayotganliklariga guvoh bolayotganlar ham bor. Ba'zilar esa qo'shmachilikni mehmondorchilikning ajralmas tarkibiy qismi deya odatlanib ham qolishayotganligiga ne deyish mumkin.

Yuqoridagalardan xulosa qilib, shuningdek tibbiy
nuqtai nazardan kelib chiqqan holda shartli ravishda zoniya fohishalarning quyidagi turlarini tafovut qilish mumkin:

1. Ashaddiy zoniyalar
Bu toifa buzuqilar hech narsadan toyishmaydi Ularning aksarisi ichkilik, bangilikka ham berilgan boladi. Ular uchun kim bilan qay tarzda munosabatda bo'lishining ahamiyati yoq. Deyarli barchasida zinoiy kasalliklar uchrashi sababli, teri-tanosil dispanserlari shunday buzuqilar bilan to‘lib toshgan boladi.

Atrofdagilar va jamiyat uchun birinchi galda xavfli zinoiy kasalliklarning tashuvchisi va manbai sifatida hatarli hisoblanadilar.

2. Muvaqat zoniyalar — yengiltaklik tabiatida yashirin boladigan foxishalar. Bundaylar eri hastalangan yoki hizmat safariga ketgan davrdagina yashirin tarzda faoliyat korsatish bilan kifoyalanishadi. Boshqa paytlarda esa ibratli ayol sifatida umrguzaronlik qilsa-da zinoga moyillik hissidan qutula olmaydi.

Bunday toifa buzuqilar tanosil kasalligiga yo'liqsa, qanday bo'lmasin erining aybdor bevafo ekanligini isbotlab "suvdan quruq chiqishadi".

3. Ishbilarmon zoniyalar — tanasini ochiqdan ochiq pullaydiganlar. Ularning asosiy maqsadi moliyaviy rag'bat hisoblanadi, shu bois tanosil kasalliklaridan saqlanishning ayrim uslublaridan ham biroz boxabar bolishadi. Ayrimlari, raqqosa ofitsiant, kotiba saunalarda uqalovchilik vazifalarida faoliyat ko'rsatishlari ham mumkin.

Tashqi ko'rinishiga ancha ahamiyat beradigan bu fohishalarning "suyanadigan tog‘lari" mavjud bo'ladi. O'z suyanganlarining ayrimlarini moliyaviy
rag'batlantirib, boshqalarining to'shagini gullatib atrofdagilardan cho'chimay faoliyat ko'rsatishadi. Kasallik
yuqtirishsada, tanosil dispanserlariga tushmaslika harakat qilishadi.

4. "Karerist" zoniyalar
— hayotda biror muvaffaqiyatta erishish, amal pillapoyalaridan ko‘tarilish uchun tanasi jozibasidan, tashqi go‘zalligidan foydalanadigan o‘ta makkor buzuqilar. Ularning ayrimlari bo‘sh-bayov, latta erga nomigagina tegib olishadi. Aksarisi esa
yolg‘iz yashashadi. Ammo eri borlari ham, manfaat oldida bir zumda oiladan kechishga hoziru nozir.
Bunday ayollar xizmat safarlarida ko‘p bo‘lishini, ishda yoki majlisda ushlanishini erlariga ro‘kach qilib
ko‘rsatishadi va zinokorlik qilaverishadi. Ular to‘shakda jazmanidan qoniqmasa ham manfaat uchun san’atkorona tuslanadi. Bunday ayollarning ayrimlari katta-katta
lavozimlarni egallab, yosh qizlarga tashqi tomonlama ibrat bo‘lib ko‘rinishi bilan jamiyat uchun xatarlidirlar.

5. Bemor zoniyalar. Bu toifa ayollar patologik o‘zgarishlar natijasida buzuqlik ko‘chasiga kirib qolishadi. Tabobatda nimfomaniya deb ataluvchi dardga chalingan bunday ayollar davoga muhtoj hisoblanishadi. Bosh miyaning yallig‘lanishi
(entsefalit), jarohatlanishi, qon tomirlarining xastalanishi yoxud gipotalamus, limbik miya hududlarida o‘sma
paydo bo‘lishi ham gohida ayollarning jinsiy ehtiyoji chidab bo‘lmas darajada oshib ketishiga sabab bo‘lishi
kuzatilgan. Keskin cho‘chish, qo‘rquv yoki
xafaqon dardi borlarda tomirlar krizi bo‘lishi ham ushbu dardga sabab bo‘luvchi omillardan hisoblanadi.
Buyrak
usti bezida o‘sma paydo bo‘lishi, yoxud klimaks davri xam
gohida bu holatga olib kelishi mumkin. Ruhiy xastaliklardan maniakal depressiv psixoz va tsirkulyartur shizofreniyada ham jinsiy rag‘bat o‘ta kuchayishi mumkin. Gohida bunday ayollarda "donjuanizm" sindromi ham uchraydi, ya’ni ular yangidan-yangi erkaklar ustidan jinsiy "g‘olib" chiqish ishtiyoqida bo‘lishadi.

Yuqorida zoniya ayollarning ayrim turlari haqida ma’lumot berdik. Quyida esa zinokor erkaklar xususida ikki og‘iz fikr bildirmoqchimiz.

Odamlar buzuqlik
Download txt | fb2
1 2 >>
Home
0 / 2

Yurakcha.Ru - Sevgi psixologiyasi, she'rlar, hikoyalar. Salomatlik va go'zallik, jinsiy va psixologik muammolarning oson yechimlari

Statok.net
© Yurakcha.Ru 2019-2020