Kutubxona | Ona qornida ...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 09.07.2020
Soat: 15:13
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Homiladorlik

Ona qornida ...

Teglar:homiladorlikda hastaliklar
Qo'shdi:TimX (17.01.2020 / 11:05)
Reyting:rating 182 article (0)
O'qilgan:78
Fikrlar:0
«Onasining qornida yotganday, xotirjam, bemalol yotibdi», degan gapni ko‘p eshitgandirsiz. Buning nechog‘li hayotga yaqinligini o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsangiz kerak. Sababi haqiqatda ham dunyoga kelishga otlangan insonga hayoti uchun eng bexavotir joy — onaning qorni. Bu yerdagi ilk hayoti uning butun kelgusidagi hayotini belgilaydi, deb ta’kidlashadi olimlar.

Bu davrda organizm juda tez o'sadi, rivojlanadi. Ayniqsa tana a’zolari vujudga kelayotgan dastlabki uch oy eng nozik hisoblanib, homiladorlikning keyin qanday o‘tishi o‘sha davrga bog‘liq. Aynan shu davr bola tug‘ilgandan keyin va butun umri davomida sog‘lig‘iga ta’sir etadi. Irsiy kasalliklar va tashqi ta’sirlar tufayli turli yetishmovchiliklar yuzaga keladi, buning oqibatida homila yaxshi rivojlanmay majruh, ba’zan o'lik yoki vaqt-dan oldin tug‘ilishi mumkin (Ollohning o'zi asrasin).

Ota va onaning yagona bo‘lib qo‘shilgan hujayrasida barcha belgilar: bo‘lg‘usi bolaning ko‘z rangidan tortib miyasining tuzilishiga qadar va hatto ota-onaning ba’zi kamchiliklari ham o‘tgan bo‘ladi. Ba’zan turli sabablar bilan soppa-sog‘ ota-onaning ham bolasi kasal bo‘lib tug‘ilishi kuzatiladi. Bunga homilaning o‘zida, platsentada yoki ona organizmidagi patologik o‘zgarishlar sabab bo‘lishi, ayolning homiladorlik davrini og‘ir o‘tkazishi va shu davrda kechgan kasalliklar yoki stresslar sabab bo‘lishi mumkin.

Uzoq vaqtgacha ona qornidagi bola har qanaqa tashqi ta’sirlardan to‘la himoyalangan bo‘ladi va bunda himoya vazifasini platsenta o‘taydi degan ishonch mavjud edi. Unday bo‘lsa nega ko‘pincha homilalar ona qornidagi 9 oylik siklni sog‘lom (og‘riqsiz) o‘tkazmaydilar, nega ba’zilari tug‘ilgunchayoq nimjon bo‘lib, ona qornidayoq nobud bo‘lishiga sabab nima, degan savol tug‘iladi.
Homila bilan onani bog‘lab turuvchi platsentadir. Ona va bola o‘rtasidagi barcha aloqalar platsenta orqali amalga oshganligi uchun ayolning homiladorlik davridagi kasalliklari (yurak po­rogi, gipertoniya kasalligi, revmatizm, jigar, buyrak kasal­liklari, qandli diabet, gripp, qizamiq, qizilcha, tif, vene­rik kasalliklar) va boshqa yuqumli kasalliklar tufayli pla­senta funksiyasining buzilishi, shuningdek noto‘g‘ri ovqatlanish, rejimga rioya qilmaslik, bilar-bilmas turli dorilarni ichish, muhitni zararlantiradigan omillar (kimyoviy ishlab chiqarishning zaharli mahsuli, nurlanish), chekish va hokazolar homila rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, vaqtidan oldin tug‘ib qo‘yishga, homilaning ona qornida nobud bo‘lishiga yoki nim­jon, kasalmand va hatto majruh bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘­ladi.

Ona qornidagi bola ikki boshqaruvchi kuchga: irsiy belgilarga hamda o‘sha o‘zi rivojlanayotgan ma’lum sharoitga bo‘ysunadi. Ota va onaning barcha kasalliklari, atrof-muhitning zararli ta’siri tug‘ilajak bolaning sog‘lig‘iga va hayotiga xavf soladigan katta omillardan hisoblanadi. Albatta, hamma kasalliklarni yo‘qotish va barcha irsiy kamchiliklarni tuzatish mushkul, ammo kasal bolalar tug‘ilishining oldini olish mumkin. Bunga tibbiyot hamda ota-onaning gigiyena va davolash profilaktika tadbirlarini bajarishga qaratilgan birgaliqdagi harakatlari tufayli erishish mumkin. Homilaning ona qornida rivojlanishiga putur yetmasligi uchun ayolga o‘zini har qaday kasalliklardan asrashi, spirtli ichimliklarni, ayniqsa homiladorlar uchun xavfli bo‘lgan turli-tuman dorilarni nazoratsiz ichmasligi kerakligini tushuntirish kerak. Homilador ayol o‘z sog‘lig‘iga nihoyatda e’tibor kilishi, tozalikka, mehnat qilish, dam olish va ovqatlanish tartibiga qat’iy amal qilishi kerak.

Har bir ayol homilador bo‘lmasdan avval vrachga ko‘rinib, o‘zining sog‘lig‘i, tug‘ishi mumkinmi-yo‘qligini, bola bo‘lish-bo‘lmasligi to‘g‘risida maslahatlashib olgani ma’qul.

Bolaning jismoniy va akliy jihatdan sog‘lom tug‘ilishiga xavf soluvchi omillarni o‘z vaqtida bartaraf etish lozim. Bo‘lajak ona ziyon keltiradigan, qattiq hayajonga soladigan holatlardan o‘zini asrashi kerak. Bola faqat ona hisobidan oziqlanishini, nafas olishini aytgandik. Demak homilador ayolning ochiq havoda sayr qilishi, organizmda kislorodning yetarli bo‘lishini ta’minlashi nihoyatda zarur. Kuniga 4—5 martagacha 1—2 minutli tez-tez nafas olish mashqini o‘tkazib turish ham katta foyda beradi. Bu uncha qiyin emas: stulga o‘tirib odatdagidan tezroq nafas olib turiladi. Xuddi shu kislorodga ehtiyoj ortishi tu­fayli homilador ayol turadigan xonani bot-bot shamollatib turish ham zarur.

Chetdan har tomonlama himoyalangan bolagina «onasi qornida» bezavol o‘sishi, sog‘lom tug‘ilishi mumkin.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 7
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 7
Bosh sahifaga