Kutubxona | "Erimga yoqmay qoldim!"...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tun, Mehmon!
Bugun: 19.09.2020
Soat: 02:03
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi psixologiyasi

"Erimga yoqmay qoldim!"

Teglar:oilaviy munosabatlar
Qo'shdi:TimX (17.01.2020 / 11:45)
Reyting:rating 183 article (0)
O'qilgan:131
Fikrlar:0
Turmush davomida ayolda shunday fikr paydo bo'lishi tez-tez uchrab turadigan holat. Ayol turmush o'rtog'i uchun o'zini yoqimsizdek his eta boshlaydi. Bu katta muammo.

Sabablari:

Birinchidan, ayol tabiatan yoqimli ekanligini his etib yashashi kerak;

Ikkinchidan, eri uchun ayol yoqimsiz bo'lib qolgan bo'lsa, demak oilada munosabatlar dars ketmoqda;

Uchinchidan, o'zini yoqimsiz deb bilgan ayol haqiqatan yoqimli ekanligiga ishonmay qoladi;

To'rtinchidan, eriga yoqmasligini bilayotgan ayol o'zini kamstishni boshlaydi va erining ko'zida yanada pastroqqa tushadi;

Beshinchidan, "yoqimsiz" ayol erining ko'plab aybiga ko'zini yuma boshlaydi.

Haqiqatan ham ayol o'z turmush o'rto'giga yoqimsiz bo'lib qoladimi? Buning sababi nima?

Vaqt o'tib, erkak ham ayol ham o'zgaradi. Ular bir-biriga mos ravishda o'zgarib borsa, muammo yo'q. Lekin, ba'zida er-xotin har xil yo'nalishda va turlicha tezlikda o'zgara boshlaydi yoki umuman o'zgarmay yuraveradi. Mana shu mutanosiblikning buzilishi munosabatlarda muammolar keltirib chiqaradi.

Erkak birdaniga xotinidan o'zgarishini talab qilib qoladi. Unga bo'lgan e'tirozlari ko'payib qoladi. Ayolining jismoniy ko'rinishi, gapirishi, o'zini tutishi, hidi, jinsiy munosabatlardagi o'rni va hokazolar yoqmay qoladi. Yoki undan yomoni, hech qanday talab e'tirozsiz xotinidan sekin-asta sovushni boshlaydi.

Xotin barcha aybni o'ziga olib o'zgarishga harakat qila boshlaydi, lekin negadur o'zgarayotgan bo'lsa ham, erining e'tirozlari kamaymayotgan bo'ladi. Shunda u o'zini aybdordek his etib boshini egib erini yanada balandroqqa ko'tarib qo'yadi.

Erkakning xotinidan ranjishiga nima sabab bo'lishi mumkin?

Asosiylarida to'xtalib o'tamiz.

Boshqa ayolni sevib qolishi.

Agar erkakning xotinidan ranjishiga sabab bu bo'lsa, u holda bu oddiy hiyonat bo'lib, xotinida hech qanday ayb yo'q. Qo'lidan kelsa, erini qaytarib oladi, qo'lidan kelmasa, erini yo'qotadi. Hiyonat tufayli eriga yoqmay qolgan ayol qancha urinmasin erining chetdagi "asal oyi" davrida uning ko'ziga yoqimsiz bo'lib ko'rinaveradi. Vaqt o'tishi kerak. Chetdagi munosabatlardagi ehtiros kamayganida xotini kurashishni boshlasa bo'ladi.

O'zbek ayoli erini mehrini qozonish uchun birinchi navbatda ovqatni yanada mazaliroq, tortni yanada kattaroq qilishga harakat qiladi. Bu yo'l maqsadga erishishga yordam bermaydi. Qo'shimcha "qurol" sifatidagina qo'llanilishi mumkin.

Biron tanishining ayoliga xavas bilan qarashi.

Birovlarning xotiniga xavas bilan qaraydigan erkaklar kam emas. Ular shu qadar bo'sh va qo'rqoq bo'ladiki, o'zi unday ayolga uylanishga ma'naviy, jismoniy va psixologik kuchi yetmaydi, yonidagi ayoli shunday bo'lishi uchun imkoniyat yaratib bermaydi va birovga xavas bilan kifoyalanib yashaydi. Xotini u ayolga o'xshamaganligi sabab unga mehr bilan qaray olmaydi. Bunday erkaklar xotini u uchun harakat qilishiga, o'zgarishiga arzimaydi. Ular haligi yoqimli ayolga munosib bo'lishga harakat qilmaydilar-u, nega xotinidan yuqori parametrlarga ega bo'lishini talab qiladi? Xotini qanchalik o'zgarmasin, harakat qilmasin, o'sha qo'shnini ayoli yoqimli bo'lib ko'ziga ko'rinaveradi, ayoli yoqimsiz bo'lib, ayolida qo'shimcha kamchiliklar topilaveradi. Bunday erkak bilan o'zgarishga hojat yo'q. Agar kuchi yetsa, o'zi birinchi o'zgarsin, ana undan keyin xotini unga munosib bo'lishini talab qilsin. Erkak qanday bo'lsa, yonidagi ayol aynan unga mos va munosib bo'ladi. Bunday erkak bilan ayol o'zini qadrini ko'tara olishi kerak.

O'zi o'zgarib ayolidan ham yuksalishni kutishi.

Bu yuqoridagi ko'rinishning aksidir. Bunda erkak ma'lum bir sabab (moliyaviy, jismoniy va boshqa) larga ko'ra ijobiy tomonga o'zgargan bo'ladi. Bunday erkak yonida o'ziga mos ayol bo'lishini istaydi va bunga haqqi bor. Agar ayol eri haqiqatan ijtimoiy yuksalganini his etayotgan bo'lsa, u holda u ortda qolmay o'z ustida ishlashi lozim. Eri ko'p kitob o'qimoqdami, u ham adabiyotga qiziqishi lozim. Eri jismoniy holati yaxshiladimi, ayol ham o'z jismoniy ko'rinishiga ahamiyat bermog'i lozim. Eri katta uchrashuvlarga bormoqdami, ayoli yonida munosib ko'rinishda va muomilada bo'lishi darkor. Bunday oilalar yuksalaveradi, undagi farzandlar esa yangi ijtimoiy cho'qqilarni zabt etadilar.

Ayoli keskin ravishda o'ziga qaramay qolishi (vazni keskin oshib, soch va yuzida ayollik isi qolmasligi va hokazolar).

Bir nechta farzand tuqqan ayol qizlik paytidan farq qilishi ajab emas. Lekin 30-35 yoshida ayol 80kg bo'lib, yuzini, sochlarini parvarish qilmay qo'yib, tovonlari qotib ketib yursa, hamma erkak ham bunga chidashi oson bo'lmaydi. Ayol 20 yoshida ham, 70 yoshida ham o'ziga qaragan bo'lishi muhim. O'zini yosh ko'rsatish shart emas, lekin parvarish qilinganligi bilinib turishi lozim. Kiyimidan doimiy tarzda faqat yo'g hidi kelib turgan ayol, hech bir erkakka yoqimli ko'rinmaydi.

Muallif: Temur Xalikov, yurakcha.ru sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 4
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 4
Bosh sahifaga