Kutubxona | Homilani tushurish!!!

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 29.05.2020
Soat: 09:37
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Homiladorlik

Homilani tushurish!!!

Teglar:abort
Qo'shdi:Admin (23.01.2020 / 11:24)
Reyting:rating 206 article (0)
O'qilgan:116
Fikrlar:0
Istalmagan homiladorlikni to'xtatishning iloji bormi? Shifokorga bormay turib homiladorlikning ilk davrida homilani tushirsa bo'ladimi?

1 - usul:
Dori-vositalari yordamida sun'iy ravishda to'lg'oqlarni chaqirtirish va homilani tushirish mumkin. Bu dori-vositalari dorixonalarda sotiladi. Ularni homiladorlikning ilk 8 haftasigacha qo'llash mumkin. Aks holda samarasi bo'lmaydi. Buning uchun ayol o'z homiladorligi muddatini aniq bilmog'i lozim. Ichilgan dori ta'siri natijasida bachadon qisqarishni boshlaydi, qon ketadi va nobud bo'lgan homila tushadi.

Dori-vositalarning nomi sayt ma'muriyati tomonidan atayin keltirilmagan. Chunki homilani tushirishga, oldirishga va nobud bo'lishiga sayt tamoyillari qarshidir.

2 - usul:
Urug'lanish yuz berishi mumkin bo'lgan jinsiy aloqadan so'ng ilk 3 kun ichida maxsus dori ichilsa, homiladorlik yuz bermaydi. Bunda urug'langan tuxum bachadonga implantasiya bo'lishga ulgurmay nobud bo'ladi.

3 - usul:
Shifoxonada jarrohlik yo'li bilan homilani oldirib tashlash mumkin. Bu muolajani homiladorlikning ilk 12 haftasida bajarish lozim. Undan so'ng ona salomatligiga jiddiy ziyon yetkazilishi mumkin.

Mana shu 3 usul nisbatan xavfsiz hisoblanadi. Yana qaytaramiz, "nisbatan", chunki homiladorlikni sun'iy ravishda to'xtatish ortida ayol organizmidagi kuchli gormonal va psixologik o'zgarishlar yotadi va odatda homilani oldirish asoratsiz o'tmaydi. Ba'zida bu asoratlar vaqt o'tib bilinmay ketishi yoki ayol organizmida o'ta jiddiy muommalarni keltirib chiqarishi ham mumkin.

Ilk homiladorlikni sun'iy to'xtatish ko'pincha bepushtlikka olib keladi.

Qolgan usullar haqida umumiy ravishda ham to'xtatib o'tishga hojat topmadik, chunki ularning har biri ona salomatligiga, hatto hayotiga ham xavf soladi.

Homila tushgandan so'ng kuchli qon ketishini ba'zida boshqarib bo'lmay qoladi. Bu holat tibbiy yordamni talab etadi va ayolni bachadonidan, ba'zida esa o'z hayotidan ayrilishiga ham olib kelishi mumkin. Undan tashqari uy sharoitida homilani nobud qilish ortidan sepsis, jinsiy a'zolar yallig'lanishi, bachadon va boshqa jinsiy a'zolar muammolari va ayolning boshqa homilador bo'la olmaslik xavfi kelib chiqadi.

Uy sharoitida homila to'liq tushganligini hech qachon aniq bilib bo'lmaydi. Bu holatni albatta Ultra tovushli diagnostika yordamida tekshirish lozim. Aks holda chala amalga oshirilgan homila tushishi ayol organizmida jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. O'lim ham bu muammolardan biri bo'lishi mumkin.

Ayolning bu dunyodagi vazifasi ona bo'lishdir. Avallambor homiladorlik yuz berishini istamayotgan bo'lsangiz, undan saqlaning, ma'suliyatsiz bo'lmang!

Homiladorlikdan saqlanish

Ming afsus, ushbu maqolani yozishimizga sababchi turmushga chiqmagan o'zbek qizlarining sayt ma'muryatiga yuborgan "Men turmushga chiqmaganman, bilmasdan homilador bo'lib qoldim, homilani qanday tushirsam bo'ladi" kabi habarlari uchramoqda.

Qiz bola chimildiq ko'rmay turib, turmushga chiqmay turib homilador bo'lib qolishini oldini olish maqsadida, qizlarga kerakli jinsiy tarbiya berishda adashmaslik lozim.

Muallif: TimX, YURAKCHA.RU sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 4
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 4
Bosh sahifaga