Kutubxona | Koronavirus hali vaksinasi topilmagan kasallik. U haqda nimalarni bilish kerak?...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kech, Mehmon!
Bugun: 20.09.2020
Soat: 19:21
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Umumiy

Koronavirus hali vaksinasi topilmagan kasallik. U haqda nimalarni bilish kerak?

Teglar:yuqumli kasalliklar
Qo'shdi:Admin (02.02.2020 / 16:51)
Reyting:rating 209 article (0)
O'qilgan:97
Fikrlar:0
O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bugungi kunda dolzarb bo`lib turgan koronavirus hamda gripp kasalliklariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassislari jurnalistlardan aholining xabardorligi va ogohligini oshirish bo`yicha hamkorlikka chaqirishdi.

XO`Sh, oxiri o`lim bilan tugaydigan va hali unga qarshi vaksina ishlab chiqilmagan koronavirus haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Koronavirus infeksiyasi yuqishi natijasida odatdagi respirator kasalliklardagiday isitma, yo`tal, nafas olish qiyinlishishi, nafas qisishi kabi alomatlar paydo bo`ladi.

Hozirgi vaqtda Xitoyda paydo bo`lgan koronavirusning kasalligi bo`yicha ilk holat 2019 yilning dekabr oyida qayd etilgan va u kelib chiqishi noma`lum zotiljam (pnevmoniya) deb atalgandi. Shu kungacha deyarli bir oy ichida bu xastalikdan 17 ta bemor vafot etgani aytilmoqda.

Yangi virusning genetik kodini tahlil qilib ko`rgan Olimlarning ushbu kasallik virusi 2000 yillarda bir qator mamlakatlarda avj olgan va 774 inson hayotini olib ketgan Sars virusiga o`xshaydi degan xlosaga kelishdi.

Koronavirus – o`zi nima?
Bu ma`lum virus turi bo`lib, infisirlangan hujayralar sitoplazmasida ko`payadi. virus dastlab hayvonlardan yuqishi aytilgandi. Hozirda uning odamdan odamga ham yuqishi aniqlandi. Koronavirus infeksiyasi havo-tomchi, maishiy kontakt yo`li bilan yuqadi, deyilmoqda.

Xitoyning Uxan viloyatida vafot etgan bemorda buyrak faoliyati buzilishi va boshqa ichki a`zolar zararlanishi kuzatilgan.

Jahonda 622 holat qayd etilgan bo`lsa, shularning 617 tasi Xitoyda, 2 tasi Tayvandda, AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyada topilgan.

Alomatlari darrov sezilmaydi
AQShda qayd etilgan holatda 30 yoshli fuqaro Xitoydagi Uxan viloyatiga borib kelgan va bir necha kun o`zida alomatlarni his qilmagan. Uchta yirik aeroportda uni tekshirib ko`rishganda kasallik alomatlari hali bo`lmagan. Ammo Uxanda kasallik tarqalganini internetdan bilgach, shifokorlarga uni tekshirib qo`yishlarini so`rab murojaat qilgan. Hozirda amerikalikning ahvoli joyida.

Kasallikning yana bir nomi – virusli pnevmoniya.

Kasallik alomatlari:
Turg`un yuqori harorat;
Umumiy holat yomonlashishi;
Ishtaha yo`qolishi;
Tez-tez nafas olish, nafas qisilishi;
Holsizlik, archoq, faollikning pasayishi;
Turli xususiyatli yo`tal.

Koronavirus yuqmasligi uchun nima qilish kerak?
Avvalo ogoh bo`lish kerak, kasallik o`limgacha olib boradigan yuqumli zotiljam rivojlanishiga olib keladi.

Virus hozirgacha kam o`rganilgan. Birinchi bo`lib kasallik Xitoydagi Uxan dengiz mahsulotlari va hayvonlarining ulgurji bozorida aniqlandi, hozirgi kunda esa kasallik nafaqat Xitoyning boshqa shaharlarida, balki boshqa mamlakatlarida ham kuzatilmoqda.

Koronaviruslar — 38 turni o`z ichiga olgan viruslar oilasidir. Ulardan faqat oltitasigina odamga yuqishi mumkin edi, yangi kasallik virusi esa ettinchisiga aylandi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, virus hayvonlardan tarqalgan, endilikda esa odamdan odamga ham yuqmoqda.

Virus yuqtirish xavfini kamaytiramiz:
qo`llarni sovunlab yuvish yoki spirt bilan artish;
yo`talganda yoki aksirganda og`iz va burunni yopish;
tumov yoki gripp alomatlari bor insonlar bilan himoyasiz yaqin aloqada bo`lmaslik;
isitma, yo`tal va nafas olish qiyinlashishi paydo bo`lishi bilan shifokorga murojaat qilish;
jonivorlar sotiladigan bozorlarga borilgan taqdirda, himoyalanmasdan turib hayvonlarni ushlash yoki hayvonlar tegishi mumkin bo`lgan joylarga tegishdan saqlanish;
ovqatni, ayniqsa go`sht mahsulotlarini yaxshilab pishirish.

O`z salomatligingizni o`zingiz asrang! Muallif Temur Xalikov, yurakcha.ru sayti uchun maxsus tayyorlandi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 6
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 6
Bosh sahifaga