Kutubxona | Bepushtlikka olib keluvchi infeksiyalar...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kech, Mehmon!
Bugun: 20.09.2020
Soat: 19:40
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Jinsiy salomatlik

Bepushtlikka olib keluvchi infeksiyalar

Teglar:bepushtlik
Qo'shdi:Admin (03.02.2020 / 19:25)
Reyting:rating 218 article (0)
O'qilgan:146
Fikrlar:0
Bepushtlikka olib keluvchi omillar ko'p bo'lib, ulardan keng tarqalgani infeksiyalardir.
Ular asosan jinsiy aloqa yo'li orqali o'tadigan infeksiyalardir. Jinsiy infeksiyalarning eng yomon tomoni shundaki, ko'pincha ular alomatsiz kechadi. Kasallik bilinmay rivojlangan sari bepushtlik rivojlanishi ehtimoli oritb boradi.

Bepishtlikka olib keluvchi jinsiy infeksiyalarning eng asosiylari:
Xlomidioz
Trixomoniaz
Gonoreya
Mikoplazma
Gonokok

Quyidagi infeksiyalar bepushlikka olib kelmasa- da, bola tushishi va homilada nuqson va kasalliklar rivojlanishi ehtimolini oshiradi:

Qizilcha
Sitomegalovirus
Gerpes
Grippning ba'zi shtammlari

Yana bir infeksiya turlari, onadan bolaga o'tishi bilan xavfli hisoblanadi:

Kandidoz
Sifilis
Gepatit
OIV

Infeksiya tufayli bepushtlik qanday rivojlanadi?
Ayollarda jinsiy infeksiya tufayli bachadon yo'llari yallig'lanib o'tuvchanligi pasayadi, natijada spermatozoidlar manzilga yeta olmaydi va urug'lanish sodir bo'lmaydi. Bunday hollar boshida dori-vositalar yordamida davonlansa, kasallik uzoq vaqt davomida rivojlangan hollarda jarrohlik operasiyasi talab etiladi.

Har xil sheriklar bilan (betartib) jinsiy aloqada bo'lgan erkaklar, o'zi bilmagan holda uydagi turmush o'rtog'iga jinsiy infeksiya yuqtirib qo'yadi. Kasallik bealomat o'tgani tufayli ayolda o'zi bilmagan holda bepusht bo'lib qo'lishi yoki nogiron bola tug'ilishi ehtimoli ortadi.

Erkaklarda jinsiy infeksiyalar spermatozoidning sifatiga salbiy ta'sir ko'rasatib bepushtlikka olib kelishi mumkin. Undan tashqari ba'zi jinsiy infeksiyalar erkaklarda tuxum faoliyati buzilishiga olib keladi.

Jinsiy infeksiyalar qanday davolanadi?

1. Er-xotin birgalikda davolanishi lozim. Davolanish davomida erkak boshqa ayol bilan betartib jinsiy aloqada bo'lmasligi muhim.

2. Agar infeksiyalar erta aniqlangan bo'lsa, dori-vositalar yordamida kasallikni bir necha haftada davolash imkoni bor.

3. Kasallik o'tib ketgan bo'lsa, u holda davolanish infeksiyaning o'zini va uning asoratlarini bartaraf etishga qaratiladi. Bu jarayon uzoqqa cho'zilishi mumkin.

4. Infeksiya batamom organizmdan chiqarilib tashlanmaguniga qadar urug'lanish qat'iyan man etiladi. Chunki organizmda qolgan infeksiya rivojlanayotgan homila salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

5. Ayollarda bachadon yo'llari infeksiya tufayli yopilib ketgan hollarda laporoskopiya yoki Ekstra korporal urug'lanish(EKU) muolajasi tavsiya etiladi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 2
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 2
Bosh sahifaga