Kutubxona | Senda hayolim... (3-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 11.08.2020
Soat: 18:09
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Senda hayolim... (3-qism)

Qo'shdi:Admin (03.02.2020 / 21:43)
Reyting:rating 220 article (0)
O'qilgan:311
Fikrlar:0
Ertalab yaxshi kayfiyatda maktabga yo'l olgan Hilola yo'lida yana Bekzodni uchratib, rangi oqarib ketdi
- A a asalom alaykum
- Valaykum
- Men... Kecha... Haligiii...
- Men kechagi ishing uchun bahona eshitgani kelmadim, qarzingni qachon qaytarasan?

Qiz yigitdan bunaqa gap kutmagani uchun biroz gangib qoldi
- Qaytaraman
- Qachon axir, menga pul zarur. 3 oy yetadimi senga?
- X... xa
- Bo'pti kutaman

Bekzodning yuragidagi alam biroz yumshagandek bo'lgach, u qizdan uzoqlashdi. "Onenikiga k...b ket endi" hayolidan o'tkazdi yigit va mardikor bozoriga yo'l oldi...

* * Yurakcha.Ru * *

Hilola maktab pollarini artar ekan Bekzodning boyagi gaplari miyyasida aylanaverardi. "Uni bekor hafa qildim, endi shuncha pulni qayerdan topaman?". Shu kabi hayollar iskanjasida qolgach, birdan o'sha "mash'um" kunda tungi klub eshigiga yopishtirilgan "Qizlarni ishga olamiz" deb yozilgan e'lon Hilolaning yodiga tushdi. "Kechasi uyoqda, kunduz bu yerda ishlasam ko'proq pul topaman" deb o'yladi qiz va kech tusha boshlaganida ishlarini tamomlab yo'lga otlandi.

Endigina ochilgani uchun hali birorta ham mijoz kelishga ulgurmagan tungi klubga kirib borgan qiz, barmen yigitning oldiga yaqinlashdi
- Salom, ishchi olamiz deyishgan ekan, kim bilan gaplashishim kerak
- Yuqorida boshliq o'tiradi, o'sha bilan gaplash

Qiz zinadan 2-qavatga ko'tarilib, eshigi qiya ochilib, telefonda kimgadur baqirgan tovushlar eshitilyotgan xona oldida to'xtadi. Birozdan so'ng ovozlar tingach u ichkariga yo'naldi
- Assalom alaykum
- Kel, hizmat?
- Siz boshliqmisiz?
- Xa
- Ishga olamiz degan ekansiz

Mo'ylovini barmog'i bilan tarab, yumshoq kresloda o'tirgancha qizga hirs bilan boshdan-oyoq razm solgan boshliqning yuziga nim tabassum yugurdi.
- Xa olamiz, kel o'tir

Hilola hamon mo'ylovini siypalayotgan boshliqning ro'parasidagi kursiga qimtinibgina o'tirdi.
- Ofitsiantkalikka olasizlarmi? Maoshim qancha bo'ladi?
- Bu yerga ishga olaman demadimku, qanaqa ofitsiantka? Boshqa joyga ishchi kerak
- Qayerga?
- "Maishiy hizmat ko'rsatish" ga. Massaj qilishni eplay olasanmi?
- Men... bilmasam...
- Xech qisi yo'q, urganib ketasan
- Men bunaqa ish qilolmayman
- Mayli o'zing bilasan, yanayam o'ylab ko'r, har bitta mijoz uchun (...) sumdan haq olasan

Pulni daragini eshitgan Hilolaning yuragi orziqib ketdi.
Axir bu zo'rku - o'yladi qiz - "agar 1kunda 5ta mijoz kelsa, kuniga maktabdagi oyligimdanam ko'proq pul topaman. Qarzlarimniyam 2 oyga qolmasdan to'lab tashlardim!". Yana qizning dadasini belini uqalab qo'yganlari yodiga tushdi va buning yomon tarafi yo'qku deb o'ziga taskin berdi.
- Mayli men roziman, faqat kunduz kuni ishga kelmasam bo'ladimi?
- Xa, biz faqat kechasi ishlaymiz, hozirgi vaqtda kelsang bo'lgani
- Xo'p
- Unda yur, seni ishxonang bilan tanishtiraman. Ertadan ishni boshlayverasan.

Ular tashqariga chiqishib, tungi klub ro'parasida, yo'lning nargi tomonidagi binoga kirib borishdi. Ichkarida bitta bashang kiyingan ayol va 3 nafar qiz chaq-chaqlashib o'tirishardi. Qizlarning hammasi bir hil kiyingan, aftidan shu yerda joriy qilingan "forma"ga o'xshardi. Lekin, bu "forma" shunchalar tejamkorlik bilan ishlangan ediki, qizlarning "uyatli" joylarini arang bekitib turar, huddi erkaklarning ichki maykasiga o'xshab ketardi.
- Tanishinglar, bu yangi ishchi, - tantanavor e'lon qildi boshliq, - Tanishib olarsizlar, u ertadan ish boshlaydi. Sadoqat, nima qilishni bilasana?
- Albatta, - dedi boyagi ayol tirjaygancha.

Boshliq chiqib ketgach ular tanisha boshlashdi.
- Anchadan beri ishlaysizlar shekilli, menga ham urgatib yuborasizlarda, - dedi Hilola biroz suxbatdan so'ng.
- Buni urgatadigan joyi yo'q, - dedi qizlardan biri, - mijozni badanini o'zing bilganday silab-siypalab qo'ysang bo'ldi.
- Xa, agar yoqsang Sadoqat opa berganidan tashqari o'zingga ham pul tashlab ketishadi, - gap qo'shdi tinmay hiringlayotgan qiz.
- Tushunarli, dedi Hilola va ular bilan hayirlashib uyiga ravona bo'ldi.

* * Yurakcha.Ru * *

Arzimagan pulga kun bo'yi ter to'kkan Bekzod, charchoqdan sudralgancha uyiga bazo'r yetib keldi. Apil-tapil ovqatlanib, xonasiga bordida to'shakka o'zini otdi. "Qanchalar axmoqmana" deb o'ylardi yigit, Hilolani yana bir bora yodga olarkan. U ayni paytda ertalabki jahl ustida aytgan gaplaridan afsuslanardi. Axir u yigitdan pul ham yordam ham so'ramagandi. Uning o'zi kutilmagan jentelmenlik qilib, endi qizdan uning badalini so'rayapdi. U aslida bu ishlarni "Qiz meni sevib qolsin" deb qilmagan edi-ku, shunchaki yuragi buyurgani uchun qilgandi. Ko'ngilni sotib olib bo'larmidi? Arzimagan pul ekanku, dunyolarni olib bermaysanmi, baribir yoqtirmasa yoqtirmaydi ekan-da! Ayni damda uning o'sha kungi Hilolani faxshga boshlamoqchi erkakdan nima farqi bor? Ikkisi ham qiz uchun bir hil - YOQIMSIZ! Balki Bekzod undan ham battarroqdir. Chunki qiz o'sha la'nati pul uchun bir kechagina o'zini bag'ishlardi, yigit esa qizning bir umrlik e'tiboridan umidvor bo'lib o'tiribdi.

Bekzod shu kabi hayollar bilan ancha vaqtgacha uxlay olmay yotdi. Keyin esa ertaga ertalab undan uzur so'rashni ko'ngliga tugib qo'ydi.

* * Yurakcha.Ru * *

- Oyi dadamga ayting buning xech qanaqa yomon joyi yo'q, - bu paytda jon holatda kuyib pishardi Hilola
- Qizim, kunduz kuni ishlasa bo'lmaydimikan o'sha tikuvchilik sexida, - o'rtada qolgan ona ham erini ko'ziga qaray olmay, qizni fikridan qaytarishga urunardi
- Kunduz kuni maktabda ishim borku, ustiga-ustak kechki smenada ishlasam pulni ham ko'proq to'lashar ekan
- Namuncha pul-pul deyaverasan, kechasi xech qayerga bormaysan, - gapni cho'rt kesdi Hilolaning dadasi
- Axir qarzlarimiz bor, ularni to'lashimiz kerak dada, menga qolsa mazza qilib uxlab yotar edimku, - beixtiyoq qizning ko'zlari yoshlandi, - Axir qachongacha shunaqa yashaymiz, bizni ham yaxshi yashashga haqqimiz borku.
- Sen pulni o'ylama qizim, men o'zim ishlab qarzimizni uzaman, - otaning ham ko'zlari yoshlandiyu, lekin bekitishga urundi.
- Menga ishoning dada, men yordam beray sizga, tezroq oyoqqa turib olamiz.

Uzoq tortishuvdan so'ng nihoyat kechasi "tikuvchilik sexida" ishlashga uyidagilarini ko'ndirgan Hilola, doimiy yotoqxonasi bo'lgan - oshxonaga yo'naldi. U o'sha jandasi chiqqan yostiqqa boshini qo'yar ekan ho'rliklari kelib ketdi. Ayni paytda u butun dunyodan to'yib ketgandi. Shu sababli o'pkasi to'lgancha piqqillib yig'lay boshladi. Exxx dugonalari institutlarda o'qib, go'zallik salonlarida tuslanib yurganida unga yoqarmidi maktabda farroshlik qilish, unga orzumidi erkaklarni badanini uqalash, unga havasmidi barcha qizlar ustidan kuladigan yigitni oldida tili qisilib yurish...

* * Yurakcha.Ru * *

Tong. Hilola maktab tomon ketar ekan, yo'lida turgan Bekzodni ko'rib, qadaming tezlatdi. Lekin, yigit uning qo'lidan tutib qoldi

- Kecha jahil ustida gapirdim meni kechir
- Xech qisi yo'q Bekzod aka, pullarizni 2 oyga qolmay qaytaraman, qo'shimcha ish topdim
- Qaytarmasang ham mayli, men ...
- Bu haqda gaplashib bo'ldik, qo'limni qo'yvoring iltimos

Bekzod qo'lini bo'shatdi, qiz esa ketdi. Lekin, qizning unga ma'nosiz boqishlari uni o'ylantirib qo'ygandi. Yigit avvallari qizning ko'zida biroz ayyorlikmi, jahlmi, jirkanishmi, uyatmi hullas biror narsa ko'rardi. Hozir esa g'irt be'mano nigohlar, huddi o'liknikidek. Nima bo'ldi ekan? Bekzodning ko'ngli g'ashlanib ishga borgisi ham kelmadi. U o'ylab-o'ylab sinfdoshi Nodirnikiga yo'l oldi.

- Qaleysan Bekzod, senmiding?, - dedi uzoq eshik zvanokdan keying uyqusiragan ko'zlarini uqalagancha chiqib kelgan yigit
- Xa, gap bor edi
- Mayli kir, uyda gaplashamiz
- Rossiyaga ketaman deyotganmiding, - dedi Bekzod o'rtog'ining ortidan ichkariga kirar ekan
- Xa, ketishim kerak
- Meni ham olib ketmaysanmi
- Mayli o'rto, faqat men shu oy oxirida ketmoqchiman. Ketaverasanmi?
- Xa, farqi yo'q
- Unda poyezd chiptasiga (...) sum tayyorlab tur, telefon qilaman senga
- Telefonim yo'qda
- Unda meni raqamimni eslab ol, har 2-3 kunda bir telefon qilib turasan, aniq bo'lib qoladi ketadigan kunimiz
- Mayli
- Aytgancha bugun o'tirishimiz bor edi, bilasanmi?
- Yo'q, qanaqa o'tirish?
- Eyy hayotdan orqada qolgansanda, o'zmizni Shox moshina oldiku, o'shani yuvyapti, o'tgan safargi kafeda
- Zo'r bo'libdiku
- Xa zo'r, bizam Rossiyaga borsak shunaqa zo'r bo'lib ketamiz hali
- Xa, bo'pti unda men boray
- Kechki payt kafega borish esingdan chiqmasina?
- Xo'p

Ko'chaga chiqqan yigit, chipta uchun pul topish kerakligini o'ylab, istar-istamas mardikor bozori tomon yo'l oldi...

* * Yurakcha.Ru * *

Ishdan ertaroq qaytgan Bekzod, tezda yuvinib ko'chaga otlandi. U kafega kirib kelganida "shoshqaloq sinfdoshlari" u taxmin qilganidek allaqachon bazimni boshlab yuborishgandi. Bekzod birma-bir sinfdoshlari bilan ko'rishib, Shoxruxni qattiq quchoqlab tabriklab qo'ydi.
Davrada turli hil niyyatlar aytilib, qadahlar dam-badam ko'tarila boshladi. Bekzodning ertalabdan beri ko'ngli xijil bo'lib yurgani uchun, unga tutilgan qadahlarni birortasini ham qaytarmay jig'ildoniga quyar, go'yoki shu yo'l bilan yuragidagi alamlar biroz bo'lsada bosilganday bo'lardi.

Bu paytda "Maishiy hizmat ko'rsatish" binosining kiyim almashtirish xonasida Sadoqat ismli ayol Hilolani kiyintirish bilan band edi.
- Sen qiz sog'misan o'zi, qanday qilib formani shim bilan kiyasan? Qani yechib tashla tezroq!
- Uyalamanda opaa
- Pul topgani kelganmisan o'zi? Ishlash niyyating bormi?
- Xa
- Unda tezda aytganimni qil, lifchigingni ham yechib tashla, forma tagidan u taqilmaydi
- Xech bo'lmasa shu tursachi?
- Tushingni borib suvga aytasan, bo'laqol tezroq, qara sheriklaring allaqachon tayyor bo'lishdi.

Ayol istagandek kiyinib, oynada o'ziga qaragan qiz uyatdan qizarib ketdi. Hattoki anavi mamaroza unga kiydirgan mini yubka ham mana bu formadan uzunroq edi. Balki biroz bekilar deb kiyimni pastga tortgan qiz, ko'kraklari ochilib qolayotganligini ko'rib, battar yomon ahvolga tushdi.

- Chiqinglar endi, vaqt bo'ldi, - Sadoqat qizlarni tashqariga imladi.

Zalga chiqishgach qizlar bir-biriga turli beo'xshov hazillar qilishar, Hilola esa bir chetda qisinibgina turardi. Qizning bu holatda ko'rib, ehtiroslari junbushga kelgan birinchi mijoz, "anavi qiz kirsin" deb Sadoqatga shipshidida kabinkalarning biriga kirib ketdi.
- Hilola, omading keldi, kiraqol boyagi boyvuchcha yigitni orqasidan, u seni tanladi.
- Nnnega meni tanlaydi, nega kiraman, - dovdiradi qiz

Uning gapidan keyin hamma birdan sharaqlab kulib yubordi.
- Nima qilarding, - dedi kulgudan o'zini bazo'r tiygan Sadoqat, - Uning ko'nglini olasan, charchoqlarini chiqarasan. Namuncha qizarib-bo'zarmasang men seni foxishalik qilasan deyotganim yo'qku. Shunchaki, masaj qilib qo'y, vassalom
- Xo'p

Qiz ming bir hayajon bilan kabinkaga kirdi-yu, bittagini trusikda, yechinib yotib olgan, ko'ksini qalin tuk bosgan yigitni ko'rib qotib qoldi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 6
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 6
Bosh sahifaga