Kutubxona | Semizlik (ortiqcha vaznlik) va jinsiy munosabatlar...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 13.07.2020
Soat: 16:26
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Kelin-kuyovlar uchun

Semizlik (ortiqcha vaznlik) va jinsiy munosabatlar

Teglar:semizlik | jinsiy hayot
Qo'shdi:Admin (04.02.2020 / 19:23)
Reyting:rating 221 article (0)
O'qilgan:123
Fikrlar:0
Hozirgi kun muammolaridan biri bo'lmish ortiqcha vaznning jinsiy munosabatlarga ham ta'siri bor ekan.

.

Qanday qilib ortiqcha vazn (semizlik) jinsiy munosabatarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin?
Ortiqcha vaznga ega bo'lgan ayol o'ziga yoqmay qolishi eng katta sabab. Oynaga qaraganida tanasi yoqimsiz ko'rinsa, atrofdagilar ayolning semizligiga ishora qilayotgan bo'lsa, ayol tushkunlikka tushadi. O'zini tanasini seva olmaydigan ayol esa erining yonida o'zidan uyaladi, ichida o'zini kamsita boshlaydi. Jinsiy munosabatlarga kelganda esa, aloqa davomida ruhan ochila olmaydi, bu esa unga aloqadan to'laqonlik lazzatlana olishiga to'sqinlik qiladi.

Undan tashqari ba'zi erkaklarda erektil funksiya ayolning ko'risniga qattiq bog'iq bo'ladi. Ya'ni, yonidagi ayoli unga jismonan yoqimli bo'lsagina, uning ehtiroslanishi uchun yetarli darajada bo'lsagina u aloqaga kirisha oladi. Mana shunday vaziyatda agar ayoli tuqqandan keyin yoki shunchaki o'zini tashlab qo'ygani uchun semirib ketgan bo'lsa, bunday erkak ayoli bilan aloqani qila olmaydi va o'zini jinsiy munosabatlardan olib qochadigan bo'ladi.

Ba'zi to'liq ayollar vazniga qaramay o'zini sevib, o'z tanasidan uyalmaydigan bo'ladi. Mana shunday ayollarning jinsiy munosabalarida odatda muammo bo'lmaydi.

Semiz insonlar tez charchab qoladi. Natijada jinsiy aloqaga bo'lgan kuch va talpinish qolmaydi. Ortiqcha vaznga ega bo'lgan organizm normal vaznlik organizmga nisbatan ko'proq toliqadi. Keyin yoshlikda juftliklar aloqani xilma hil bo'lishini istaydi. Ortiqcha vazn esa jinsiy aloqaning usullari va shakllarini xilma hil qilishga yo'l qo'ymaydi.
Olimlarning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ortiqcha vazn tufayli erkak va ayolni jinsiy salomatligiga ma'sul testosteron gormoni miqdori pasayib ketar ekan. Uning pastligi jinsiy aloqalar soni kamayishiga, undan tashqari jinsiy lazzatlanish kuchi pasayishiga ta'sir etadi.

Erkaklarning haddan ziyod ortiqcha vazni jinsiy kuchsizlikka olib kelishi ham mumkin.

Nima qilish kerak?
Ozish oson emas! Balki ba'zilar uchun muhim ham bo'lmas. Lekin jinsiy munosabatlar, jinsiy hayot va undan baxra olish oilaviy hayotda muhim o'rinlardan birini egallaydi. 10 kg bo'lmasa ham, tajriba tariqasida 1-2 oy davomida 2-5 kg ga ozib o'zingizni kuzating. Kayfiyatingiz, jinsiy munosabatlaringiz yaxshi tomonga o'zgarganini tez orada seza olasiz.

Ozish uchun qilgan mehnatingiz, ya'ni to'g'ri ovqatlanishingiz va jismoniy mashg'ulotlar sizning butun organizmingiz tonusini oshirib, aslo zoya ketmaydi.

Qanday vaznga ega bo'lishingizdan qat'iy nazar, tanangizni seva oling. Qanchalik o'z tanangizdan mamnun bo'la olsangiz, jinsiy munosabatlardan shunchalik lazzatlana olish imkoniyatingiz ortadi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 5
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 5
Bosh sahifaga