Kutubxona | Nega ayol kishida jinsiy aloqaga qiziqish sust yoki umuman yo'q?...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 20.09.2020
Soat: 12:29
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Kelin-kuyovlar uchun

Nega ayol kishida jinsiy aloqaga qiziqish sust yoki umuman yo'q?

Teglar:jinsiy hayot
Qo'shdi:Admin (04.02.2020 / 19:40)
Reyting:rating 222 article (0)
O'qilgan:194
Fikrlar:0
Oilada o'rganib qolingan holat - jinsiy munosabatlar asosan erkakka zarurdir va bunda uning jismoniy va ruhiy ehtiyoji ayolnikidan yuqoriroq turadi.

.

Aslida ayolning ham jinsiy munosabatlarda ham jismoniy ham ruhiy ehtiyoji mavjud, u ham kam emas, faqat u ko'pincha yashiringan bo'ladi. Buning sababi nima?
1. Avallo isriyat. Tabiatga nazar solsak, jonivorlarda o'rg'ochi jinsiy aloqaga ehtiyojni faqat homilador bo'lish imkoni yuqori bo'lganda namoyon qiladi. Lekin insonda hayvonlardan farqli ravishda ong ham bo'lgani uchun, ayol uchun jinsiy aloqa nafaqat homilador bo'lish uchun, balki o'zini suyukli, yoqimli his etishi, lazzatlanishi, jinsiy va ruhiy salomatligi yaxshi bo'lishi uchun ham zarurdir. Shunga qaramay, ayolning bunga ehtiyoji uning ayollik irsiyatidan kelib chiqqan holda erkaknikidan sustroq bo'ladi.
2. Ilk yuz bergan jinsiy aloqadan kuchli ruhiy zarba yegani. Birinchi jinsiy aloqada erkak tomonidan qo'pollik, agressiya va sovuqqonlik namoyon qilingan bo'lsa, ayolda kuchli stress tufayli jinsiy aloqaga nafrat paydo bo'ladi. Uni ketqazish juda qiyin va mutaxassis yordami talab etiladi.
3. Juftlikda ayolning o'rni yo'qligi. Ba'zi erkaklar ayolga bir narsadek qaraydilar. Yonidagi xotini bilan jinsiy munosabatlarni o'zining ehtiyojini qondirish uchun kerak deb biladilar. Shunday juftliklarda ayol imkon qadar eridan uzoqroq yurishga, uni ehtirosini qo'zgamaslikka harakat qiladi. Ular jinsiy munosabatlardan o'zini olib qochadilar.
4. Ayolning jinsiy salomatligida muammo borligi. Ba'zi jinsiy kasalliklar yoki gormonal buzilishlar ayolni sovuqqon qilib qo'yadi. Jinsiy munosabatlar ularga og'riq keltiradi. Shunda davolanish yo'lini tanlamay, shu sovuqqonlik bilan yashayveradilar. Jinsiy sovuqqonlikka biron kasallik sabab bo'lsa, uni davolash zarur.
5. Erkakning jinsiy o'quvsizligi. Albatta yurmagan, odobli kuyovning jisniy tajribasi oldindan bo'lagani ma'qul. Lekin o'ylangach, ayoliga nima yoqish yoqmasligini bilishi, jinsiy hayoti haqida u bilan gaplasha olishi va aloqa ayoliga yoqimli o'tishi haqida qayg'urishi foydadan holi bo'lmaydi.
6. Emizish va homiladorlik davri. Ba'zi ayollarda bu davrlarda jinsiy aloqaga ehtiyoji umuman yo'qqa chiqadi. Ularga bu yoqmay qoladi, hatto eridan ham nafratlanib qolishi mumkin. Bu o'tkinchi vaziyat bo'lib, erkakdan faqat kutishni talab etadi.
7. Ayolning bolaligidan noto'g'ri qarashga ega bo'lishi. Ba'zi ayollar uchun jinsiy aloqa bu dunyodagi eng kir faoilyat. Ular unga jirkanib kirishadilar, undan so'ng tezroq o'zini yuvib tashlashni istaydilar. Aloqa faqat bolani tug'ish uchun kerak deb biladilar. Bunday ayollarni eri ocha bilishi kerak. Asta-sekinlik bilan, tushintirish ishlarini olib borib, ayolga bu tabiiy ishning yaxshi tomonlarini ko'rsata bilishi kerak.
8. Ortiqcha uyalish. Ayol o'zining ko'rinishidan, harakatlaridan, tanasidan uyalsa, u jinsiy aloqadan o'zini olib qochadi. Aloqa davomidagi jismoniy ochiqlik ularga bu munosabatlarga yengil kirishishga yo'l qo'ymaydi. Ular jinsiy aloqa davomida eriga yoqimsiz ko'rinib qolishdan qo'rqadilar.

Har bir ayol shuni bilishi muhim, jinsiy munosabatlar ko'krak bezi saratoni, sistit, mioma, adenomioma, bachadon bo'yni saratoni kabi kasalliklarni oldini olishda ayol uchun katta ahamiyatga ega. Undan tashqari depressiya, holsizlik, stress kabi ruhiy kechinmalarni davolashda ham jinsiy munosabatlar eng yaxshi malham hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, jinsiy aloqa yurak-tomir tizimi faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga