Kutubxona | Oilaviy baxt nima u ? Bormi shunaqa oila???...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tun, Mehmon!
Bugun: 19.09.2020
Soat: 00:23
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi psixologiyasi

Oilaviy baxt nima u ? Bormi shunaqa oila???

Teglar:oilaviy munosabatlar
Qo'shdi:Admin (04.02.2020 / 20:53)
Reyting:rating 225 article (0)
O'qilgan:113
Fikrlar:0
Siz butunlay baxtiyor oilani ko'rganmisiz? Ha, desangiz u qanday oila?
Hech qachon janjallashmaydigan er-xotinmi?

.

Farzandlari chiroyli tarbiya ko'rgan oilami?
Moliyaviy to'qoilami? Yoki bo'lmasa, shunchaki ahil oilami?

O'zi butun umr urishmay, farzandlari bilan muammo yuz bermagan, tunu-kun ahil bo'lgan oilalar bormi?

Balki bordur. Manimcha bunday oilalarda befarqlik ustunlik qilsa kerak. Ahir haqiqiy hissiyotlar bor joyda tunu kun bir darajadagi harorat bo'la olmaydi.

Er-xotin bir-birini sevadimi, albatta bir-biriganisbatan rashq, alam, hafagarchilik tuyg'usi ham bo'ladi. Farzandlar kelajagi uchun ota-ona qayg'uradimi, demakki ranjish, achinish hissi bo'lishi ham darkor. Oilada ro'zg'or borki, moliyaviy barqarorlik unga kerak. Qanday bo'lsa ham, oilada to'kin sochinlik, ehtiros, ahillik, yaxshi niyat, muhabbat ortidan albatta umr davomida ozchilik, ranjish, rashq, hatto nafrat ham bo'lishi ajab emas.

Ba'zilarning fikricha, oilada tuyg'uga o'rin bo'lmasligi kerak. Sovuqqonlik ko'plab muammolarni yengadi deyiladi. Bunday oilalarda hamma "ahil", "tinch" bo'lishi mumkin, lekin bularda chinakam zavq bormikin? Chinakam zavq, lazzat, tabassum, kulgu, xushchaqchaqlik bo'lishi uchun ijobiy tuyg'ularning aksi ham bo'lib turishi darkor.

Oilani baxtli qilish bu 1 yillik yoki 10 yillik ish emas. Er-xotin yoshi ot'gan sayin, oilaviy hayot o'zgargan sari oilani baxtli qilish yanada qiyinlashadi. Agar turmushning boshida oila baxtli bo'lishi uchun faqatgina er-xotinning bir-biriga bo'lgan munosabati muhim bo'lgan bo'lsa, keyinchalik bu munosabatlarga bolalar, uy-ro'zg'or ishlari, ish, uy-joy va yana ko'plab vaziyatlarning ta'siri ham qo'shiladi. Demak, oila kattalashgan, ulg'aygan sari uni baxtli qilish uchun kurashshunchalik kuchayib boraverar ekan.
Oilaning baxti mana shu kurashda!

Qachonki oila a'zolari oilasi baxtli bo'lishi uchun kurash olib borayotgan bo'lsa, mana shu oila baxtlidir.
Umr bo'yi urshmagan oila emas, balki urshib,mana shu janjaldan bir-birini dilini zaharlashga ulgurmay chiqib keta olganlar chinakam baxt egasidirlar.

Farzandida muammo bo'lganida, "Bu sening tarbiyang", deb bir-biriga g'azab sochadiganlar emas, balki muammoni hal qilish uchun bir yoqadan bosh chiqarib kurashadiganlar haqiqiy baxt egasidirlar.

Moliyaviy muammolarga duch kelinganda pul topishning yangi yo'llarini o'ylab oilasidan uzoqlashadiganlar emas, balki sabr qilib o'z ustida ishlay oladiganlar baxtlidir.

Baxt hissi ichimizda bo'ladi, uni hech qanday vaziyat bizga yaratib bera olmaydi. Oilaviy baxt esa bu juda keng tushunchadir. Hech bir oila umr bo'yi faqat baxt hissi ichida yashay olmaydi. Unda tabassum bilan ko'z yosh ham, kulgu bilan armonlar ham bo'ladi. Lekin mana shu oilaviy yo'ldagi barcha his tuyg'ulardan umr bo'yi birgalikda o'tib, qiyinchiliklarni birgalikda yengish oila a'zolariga chinakam baxt hissini taqdim eta oladi.

Afsus bu hissiyot yana o'zgaruvchan bo'lib, boshqa tuyg'ularga almashib boraveradi. Shuning uchun baxtli oila deganda aynan baxt hissi bilan umr bo'yi yashaydigan oilani emas, balki baxt uchun umr bo'yi kurashib kelayotgan oilani tushunsak bo'ladi.

Birgalikda baxt sari kurash olib borayotgan oila a'zolari doim bir-biriga suyanib, bir-birini qadrlab, bir-biriga bo'lgan mehrni ayamay yashaydi. Chunki ularning maqsadi bir. Baxtiyor oila egasi bo'lish. Biri tomonga qaratilgan kurash ularni bir-biriga yaqin qiladi, mehribon qiladi va e'tiborli qiladi. Oiladagi mana shu bir katta oilaviy maqsad ila davom etadigan kurash, haqiqiy OILAVIY BAXTDIR!

Tasavvur qiling, sizning oila bu bir kichik qayiqdir. Boshida bu qayiqda siz va turmush o'rtog'ingiz suzadi. Keyin siz bu qayiqni ota-ona bo'lish maqsadi sari yo'naltirasiz. Farzandli bo'lasiz. Endi qayiq mana shu farzandingizni baxtu- kamolini ko'rish uchun yo'naltiriladi. Farzandlaringiz katta bo'ladi, ularni o'qitib, to'ylarini qilish maqsadi sari kurashasiz. Qayiq bir maromda suzaveradi. Lekin tasavvur qiling, qayiqdagilarning barchasi qayiqni har xil tomonga qaratib yo'naltirsa, eri bir tomonga, xotini boshqa, farzanlari esa umuman uchinchi tomonga. Ular uchun baxt tushunchasi turlicha bo'lib qolsa. Eri uchun baxt - bu ko'p pul topish, xotini uchun baxt yangi ko'ylak olish, farzandlari uchun esa baxt bu tezroq turmushga chiqib ketish bo'lib qolsa - chi? Bunday qayiqning taqdiri nima bo'ladi? U cho'kadi. Siz esa doim ana shu qayiq ichida bo'lgan oila a'zolaringiz ila qayiqni bir ezgu maqsad ila yo'naltirishda charchamang. Barchangiz bir bo'lsangiz maqsadga erishish shunchalik oson bo'laveradi va birin - ketin yangi maqsad va marralar zabt etilaveradi. Bu kurash esa kichik bir qayiqni katta oilaviy baxt kemasiga aylantirib boraveradi. Kichik bir qayiqqa nisbatan katta kemani cho'ktirishesa borgan sari qiyin bo'laveradi. Mana shunday katta kema hayot davomidagi baxt uchun kurashning mevasidir. Ular kichik bir qayiqchani umr davomida katta bir kemaga aylantira oldilar. Umr davomida ezgu niyatlarila kurash olib bordilar. Ular chinakam baxtli hayot kechirdilar.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga