Kutubxona | Ayollarga emas erkaklarga yoqing Ayollar!...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tun, Mehmon!
Bugun: 19.09.2020
Soat: 23:26
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Ayollar uchun

Ayollarga emas erkaklarga yoqing Ayollar!

Teglar:qizlar uchun
Qo'shdi:Admin (07.02.2020 / 02:13)
Reyting:rating 232 article (0)
O'qilgan:97
Fikrlar:0
Bir nazar bilan qaraganda, g'alati eshitilsa kerak. Shundoq ham erkakka yoqish harakatida bo'ladiku, ayol?

.

Ayol o'ziga zeb berayotganida aslida erkakka yoqish uchun harakat qiladi, to'g'ri, lekin haqiqattan uning qilgan ishi erkakni ko'ziga mo'ljallanganmikin?

Ayollar yoqimli ko'rinish uchun asosan nima qiladilar?

Manukyur-pedikyur qilish;

O'ziga jalb qiluvchi, tor, ochiq-sochiq yoki bayramona kiyimlar kiyish;

Juda uzoq va puxta bo'yanish, bo'yanayotganda kiprikning har bir donasiga ahamiyat bergudek bo'lish;

Sochini kerakli shaklga keltirib turmaklash;

Taqinchoqlar taqish;
va hokazolar.

Endi bir o'ylab ko'raylik yoki eslab ko'raylik, erkaklar bunga yoki shu harakatlarimiz natijasiga qanchalik ahamiyat beradilar?

Agar ayoli aytmasa, umuman ahamiyat bermaydi yoki ayolini harakat qilganini ko'rib uni ko'nglini olish uchun ahamiyat berganligini aldaydi. Erkakka bo'yalgan tironqlar emas, toza va qaralgan tirnoqlar muhim. Qo'l va oyoqlar teri qotib qurib ketmaganligi muhim. Silaganida yoqimli bo'lishi muhim. Lakning rangini esa u umuman ko'rmaydi. Biling, sizning chiroyli manikyuringiz faqat boshqa ayollarga yoqishi mumkin. O'ziga jalb qilish uchun kiyilgan ochiq-tor yoki umuman zebli kiyimlar erkakni xirsini uyg'otishi mumkin, lekin ayolni yoqtirishga undamaydi. Erkakka ayol qulay qiyinib o'zini qulay va tabiiy his qilib yurgani yoqadi. Tirsillab ikki yonida yog'i chiqib turgan shimda qiynalib yurgan ayol erkak ko'zida naqadar yoqimsizligini tasavvur qilmaysiz. Bunday ayol yoqimli emas, unga nisbatan ehtiros uyg'onadi, xolos. Lekin dugonalar shu kabi kiyimlarni juda yaxshi baholaydilar. Erkaklardan farqliroq aynan ayollarga jalb qiluvchi, zamonaviy yoki bayramona qimmatbaho kiyingan ayollar yoqadi, ular bunga ahamiyatliroq bo'ladilar.

Bo'yanishga kelsak, bu alohida mavzu. Erkakka ayol suykalish, mehr olish, silash, upish uchun ham kerak desak, har xil bo'yoqlar bunga katta to'sqinlik qilishini anglash qiyin emas. Aslida erkakka parvarish qilingan, toza, tabassum qilib turgan yuz yoqadi. Labida yoki qo'lida tonal krem va pomadani his qilish esa erkakni quvontira olmaydi. Sizning ko'zguni oldidagi 2 soatlik bo'yoqlar bilan harakatingiz dugonalaringizga yoqishi mumkin, ular bo'yanganligingiz sifatiga ham baho berib o'tadilar, lekin erkakka sizning qanday ten va pomada rangi ishlatganingizning hech qanday farqi yo'q. U buni tushunmaydi. Sochlarni qottirib turmaklash yoki bir shaklda tursin deb boshini bir holatda tutib yurish ayolni erkak ko'zida tushirib yuboradi. Ayolning sochlari avallambor sog'lom va toza bo'lishi darkor. Sog'liqni taratib turuvchi, yuzga yarashadigan uzunlikdagi tabiiy sochlarni erkak silagisi keladi. Bunday ayol chetdan yengilgina (ijobiy ma'noda) va tabiiy ko'rinadi. Tumandagi eng zo'r stilist yaratib bergan soch turmagini esa ko'chada sizni ko'rgan boshqa ayollargina xavas qilishi mumkin.

Huddi shunday taqinchoqlar haqida ham gapirsak bo'ladi. Umuman aytganda, ayolga taqinchoq, sumka, sharf kabi aksesuarlar go'zalligini boyitib turish uchun kerak. O'rnini bosish uchun emas! Erkakni ko'ziga aksesuarlar emas, ular boyitib turgan ayolning ko'rinishi, didi va tabiiyligi yoqimlidir. Qimmatbaho sharflar esa boshqa ayollarni ko'zini qamashtira oladi, xolos.

Xulosa qilib aytganda, erkak ayoliga maydalashib qaramaydi. Ayoli kiprigiga ishlatgan tush, sumkasiga mos rangdagi pomada, sochning 2 soat dazmollangani erkakka muhim emas. Unga umumiylik, yaxlitlik muhim. Erkak yonida toza, o'ziga qaragan, o'zini parvarish eta oladigan, qaddi-qomati chiroyli, qaddini rostlab tabassum qilib yuradigan ayol bo'lishini istaydi. Bunga erishish uchun hech qanday pomada ham Gucci kiyimi ham yordam bermaydi. Ayol o'zini ustida ishlashi lozim. Jismoniy mashg'ulotlar qaddini go'zallashtiradi, yuz va teri parvarishi, vaqtida uxlash va dam olish, o'zini qadrini bilish kabilar ayolni ko'zlari chaqnab, yurishi, go'zal bo'lib erkak ko'zini quvontirib turishga olib keladi. Yuqoridagi ayollar ko'p vaqt ketqazadigan harakatlar esa, boshqa ayollargagina yoqadi va aynan ayol ko'zi bilan baholana olinadi, xolos. Ayollarga yoqish uchun shuncha vaqtingizni bekorga sarflamang, erkak uchun harakat qiling!

Muallif: T. Xalikov, Yurakcha.Ru sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 2
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 2
Bosh sahifaga