Kutubxona | Muhabat bobida nimalarni bilasiz?...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kech, Mehmon!
Bugun: 18.09.2020
Soat: 20:57
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi psixologiyasi

Muhabat bobida nimalarni bilasiz?

Teglar:psixologik test
Qo'shdi:Admin (08.02.2020 / 00:47)
Reyting:rating 236 article (0)
O'qilgan:128
Fikrlar:0
Ko‘pchiligimiz ishda yaxshi xodim, mas'uliyatli rahbar, umuman mustaqil shaxsmiz. Lekin munosabatlarda o‘zimizni huddi bola yoki o‘smirdek tutishimiz mumkin. Sevgi bobida yosh, doim ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Lekin kishilarning o‘zini tutishiga qarab, tajribali yoki tajribasizga ajratish mumkin. Xo‘sh, munosabatlardagi yoshingizni bilasizmi? Marhamat, savollarimizga javob beringda, o‘zingiz haqingizda yanada ko‘proq bilib oling.

Yo‘riqnoma:
Agar savolga «Ha» deya javob bersangiz, belgilab qo‘ying. Agar fikrga qo‘shilmasangiz, keyingi savolga o‘tib ketaverasiz. «Yo‘q»yoki«Bilmayman»javoblari nol ballga teng.

Savollar:

1.Munosabatlarda murosaga kelishga qiynalaman, doim ham past ketgim kelmaydi. (Ha javob uchun - 1 ball)

2.Uni o‘zgartirish istagidan allaqachon voz kechganman. (Ha javob uchun - 3 ball)

3.Muhabbat bor joyda, albatta, o‘zaro hurmat ham bo‘ladi. (Ha javob uchun - 1 ball)

4.Sevgan insonim meni hayron qoldirishga harakat qilmaydi. (Ha javob uchun - 1 ball)

5.Munosabatlarda ta'sirchanlikka o‘rin yo‘q. (Ha javob uchun - 3 ball)

6.Agar ehtiros bo‘lmasa, munosabatlar ham sovuqlashib boraveradi. (Ha javob uchun - 2 ball)

7.Samimiyat — mustahkam munosabatlarning asosiy omili. (Ha javob uchun - 3 ball)

8.Ko‘ngil berganim qo‘rquvlarimni engishimga ko‘maklashishini istayman. (Ha javob uchun - 2 ball)

9.U hafsalamni pir qilganida o‘zimni bosishga qiynalsam-da, hech narsa demayman. (Ha javob uchun - 2 ball)

10.Ikki kishilashib zerikish ham muhabbatning bir belgisi. (Ha javob uchun - 3 ball)

11.Uzoq yillik munosabatlar garovi — murosa. (Ha javob uchun - 3 ball)

12.Sevgi muhabbat, tuyg'ularning keskin o‘zgarishidan tez charchayman. (Ha javob uchun - 1 ball)

13.Nozik mavzulardagi suhbatlarga umuman toqatim yo‘q. (Ha javob uchun - 3 ball)

14.O‘zimning kuchli va ojiz tomonlarimni yaxshi bilaman. (Ha javob uchun - 2 ball)

15.Zarurat tuјilsa ko‘ngil qo‘yganimning ba'zi noxush odatlariga ko‘z yumish qo‘limdan keladi. (Ha javob uchun - 2 ball)

16.Muhabbat, aslida, hissiyotlarning kuchliligi va tuyg'ular po‘rtanasi. (Ha javob uchun - 1 ball)

17.Muhabbat va iztirob oldinma-ketin yuradi. (Ha javob uchun - 1 ball)

18.Juftim meni borimcha qabul qilishi kerak. (Ha javob uchun - 1 ball)

19.Juftimiz biz unga imkon berganimizcha bizni boshqaradi. (Ha javob uchun - 2 ball)

20.Agar u shaxsiy xududimni buzsa, kechirishim mushkul. (Ha javob uchun - 1 ball)

Endi hamma ballaringizni qo‘shib natijangizni o‘qing.

Natija:

8-16 ball: o‘smirlardek sevasiz
Huddi o‘smirlar kabi sevgan insoningizni ideallashtirishingiz mumkin. O‘ziga o‘xshamaydigan inson bilan muloqot qilish, yot tuyјularni tuyishga ehtiyojingiz bor. Qaltis qarorlar qabul qilish odatingiz esa chegaralarni tan olmasligingiz natijasidir. Ammo katta yoshdagi inson o‘zini o‘smirlardek tutishi birqancha tushunmovchiliklarini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha ham ruhan yaqin insonni izlaysiz, ham o‘yin-kulgidan, yorqin taassurotlardan voz kechgingiz kelmaydi. Ehtimol, shunga uzoq muddatli va mustahkam munosabatlarni barpo etishingiz mushkuldir. Boshqalarni kamchiliklari bilan qabul qilishga qiynalasiz. Odatda o‘zgaruvchan fe'l atvoringizni o‘zingiz ham tushunmay qolasiz. Ayriliqni esa oјir o‘tkazasiz. Hatto, birinchi qadamni o‘zingiz tashlagan bo‘lsangiz-da.

Ustunligingiz: kamolotga intilasiz, jur'atlisiz.

Kamchiligingiz: o‘zgaruvchanligingiz, his-tuyg'uga beriluvchansiz, chegaralarni tan olmasligingiz ba'zida pand berishi mumkin.

Muvozanatga erishish uchun: ko‘ngil qo‘yganim hamma talablarimga javob berishi shart, umuman talab va ehtiyojlarimni atrofdagilar qondirishlari lozim degan shartlaringizdan voz kechishga harakat qiling. O‘z istaklaringizni o‘zingiz amalga oshirishni o‘rganing.

17-25 ball: kattalarday sevasiz
Ishonchli va mustahkam munosabatlaringiz asosida har kimning o‘z hududi borligini tan olishingiz yotadi. Ruhiy o‘sish o‘zingiz va yaqinlaringizga qo‘ygan chegaralaringizni tushunish bilan nomoyon bo‘ladi. Shuningdek inson o‘zgaruvchan mavjudot ekanligini tushunish va o‘zingiz ham o‘zgara olishingizni qabul qilishingiz lozim. Muloqot jarayonida bemalol «Men», «Yo‘q» so‘zlarini qo‘llay olasiz, o‘z ehtiyojlaringizni o‘zingiz qondirish uchun harakat qilasiz. Agar munosabatlarda o‘zaro hurmat va ishonchni ko‘rmasangiz ularga yakun yasash ham qo‘lingizdan keladi. Kattalarga xos munosabtalarning asosida muloqot yotadi. Muloqotda esa ixtilof va tushunmovchiliklar ham kuzatilishini unutmang.

Ustunligingiz: samimiylik, voqea-hodisalarga teran nazar bilan boqish va atrofdagilarga hayrixohlik yaqqol ustunligingizdir.

Kamchiligingiz: ko‘ngil amriga emas, aqlga quloq tutishingiz natijasida ruhiy ehtiyojlaringiz ehtiyojligicha qolib ketishi mumkin.

Muvozanatga erishish uchun: har qanday muvozanat ham kuni kelib buzilishi mumkinligini yodda saqlang. Mas'uliyat va bir birini tushunish degani tuyјular doim ham munosabatlarning davomiyligini ta'minlay olmaydi. Fikrlar xilma-xilligi va bir chimdimgina rashk munosabatlaringizni raјbatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

26-37 ball: munosabatlar bobida «oqsoqol»siz!
Siz uchun asosiysi hamfikrlilik va o‘zaro muvofiqlik. Hayot sinovlari va tajriba, baribir, o‘z so‘zini aytadi-da. Yoningizdagi insonni tushunish, qo‘llab quvvatlash va unga g'amxo‘rlik qilishni uning e'tiborini qozonishdan ko‘ra ustun sanaysiz. Siz uchun zafar qozonish emas, muammoning umumiy echimini topish muhimroq. Avvallari o‘zingiz zerikarli deb o‘ylagan bir xillikni endi munosabatlardagi turg'unlik deya qabul qila boshladingiz.

Ustunligingingiz: qo‘li va ko‘ngli birdek ochiq insonsiz.

Kamchiligingiz: haddan tashqari fidokorlik, birgina maqsad atrofida aylanib qolish, munosabatlarga yangilik kitirishni istamaslik.

Muvozanatni saqlash uchun: O‘ziga xosligingizni yo‘qotmang, biroz sirliroq bo‘ling. Yoringizning istaklarini o‘z xohishlaringizdan ustun qo‘ymang. Boshqa kishilar bilan muloqotingizni jonlantirish orqali juftingizni o‘z muammolaringiz bilan bezdirishdan yiroqda bo‘lasiz. Munosabatlaringizda erkinlik yuzaga keladi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga