Yurakcha. Ru

Filter:
Kutubxona | Sevgi psixologiyasi

Turmushga chiqishga tayyormisiz?

Teglar:qizlar uchun | psixologik test
Qo'shdi:Admin (09.02.2020 / 04:47)
Reyting:rating 242 article (0)
O'qilgan:141
Fikrlar:0
Siz quyidagi test orqali o‘zingizni oila qurishga tayyorgarlik darajangizni baholashingiz mumkin. Test savollariga javob berish asnosida ayrim savollarga javob berishga qiynalsangiz, o‘sha savol yuzasidan o‘zingizni tez-tez nazorat qilib turishga odatlaning. Bu sizda o‘z o‘ziga bo‘lgan ishonchni va irodani mustahkamlashiga ishonamiz.

.

OILA QURIShGA TAYYoRMISIZ?
Quyida berilgan savollarni diqqat bilan o‘qing va berilgan javoblardan o‘zingizga mosini tanlab belgi qo‘ying. Javobni tanlashda ikkilanmaslikka harakat qiling.

1.Oila qurishim kerak deb o‘ylaysizmi?
a) ba'zan (2 ball)
b) tez-Tez (3 ball)
v) yo‘q (1 ball)

2.Oila qurishga o‘zingizni ruhan tayyorman, deb hisoblaysizmi?
a) bilmayman (2 ball)
b) yo‘q (1 ball)
v) ha (3 ball)

3.Oilali dugonalarimga…
a) e'tibor bermayman (2 ball)
b) havasim keladi (3 ball)
v) achinaman. (1 ball)

4.Turmushga chiqish menimcha…
a) oddiy holat (3 ball)
b) udum (2 ball)
v) axmoqona ish. (1 ball)

5.Bo‘lajak oilam haqida bosh qotirish majburiyati…
a) ota-onamda (3 ball)
b) qarindoshlarimizda (1 ball)
v) o‘zimda (2 ball)

6.Men turmush o‘rtog‘imni paypog‘ini har kuni qo‘lda yuvishga…
a) tayyorman (3 ball)
b) tayyor emasman (1 ball)
v) aniq javobim yo‘q. (2 ball)

7.Yangi oilaga moslashib ketishingizga o‘zingizni ishonchingiz qanday?
a) o‘rtacha (2 ball)
b) yuqori (3 ball)
v) bir oz past. (1 ball)

8.Men o‘zimni oila qurishga ruhan tayyorligimni foizda aytsam…
a) 25% (1 ball)
b) 50% (2 ball)
v) 100% (3 ball)

9.Turmushga chiqishdan maqsad menimcha:
a) o‘z o‘rniga ega bo‘lish (3 ball)
b) hayot qonuniga bo‘ysinish (2 ball)
v) ma'no yo‘q. (1 ball)

10.Negadir keyingi paytlarda ota uyingiz tordek tuyulayotgandek bo‘lyaptimi?
a) yo‘q, unday emas (2 ball)
b) bilmasam, e'tibor bermabman (1 ball)
v) haqiqatan ham shunday. (3 ball)

11.Ba'zan xayolan endi keldigan sovchiga ko‘zimni chirt yumaman-da, rozilik beraman, deb o‘zimni tayyorlayman.
a) ha (3 ball)
b) yo‘q, bunday xayol bo‘lmagan (1 ball)
v) ha, ba'zan shunday bo‘ladi. (2 ball)

12.Sizning-cha, turmush qurishning…
a) erta-kechi yo‘q (1 ball)
b) kechiktirib bo‘lmaydi (3 ball)
v) ertaroq bo‘lgani yaxshi. (2 ball)

13.Bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘imni oila a'zolarini kimligi men uchun…
a) ahamiyati katta (3 ball)
b) ahamiyati yo'q (2 ball)
v) o‘ylashga arzimaydi. (1 ball)

14.Oilaning bekasi sifatida oilani eplab ketishimga o‘zimda ishonch…
a) yo‘q (1 ball)
b) ikkilanishim bor (2 ball)
v) yuqori darajada. (3 ball)

15.Turmushga chiqish haqida o‘ylaganimda…
a) qo‘rqib ketaman (2 ball)
b) entikib ketaman (3 ball)
v) jahlim chiqadi. (1 ball)

16.Tasavvur qiling, to'ydan keyin eringiz mast ahvolda uyga keldi. Siz?
a) uni o'rniga yotishiga yordamlashaman (3 ball)
b) qaynonamga aytib, adabini beraman (2 ball)
v) bilganini qilsin, menga nima? (1 ball)

17.Tasavvur qiling, to'ydan keyin eringiz sizni so'kdi yoki sizga baqirdi...
Uyga ketib qolaman (2 ball)
Balki, qanaqadir aybim bordir? (3 ball)
Men ham unga baqiraman (1 ball)

18.Tasavvur qiling, to'ydan keyin siz pishirgan ovqat qaynonangizga yoqmadi...
Unda o'zi pishirib yesin (1 ball)
Keyingi safar yaxshiroq qilishga harakat qilaman (3 ball)
Mumkun emas, men pazzandaman (2 ball)

19.Qiz bola turmushga chiqqach kim bo'ladi?
Ona (2 ball)
Rafiqa (3 ball)
Xotin (1 ball)

20.Sizningcha oila poydevori?
Sevgi va ishonch (3 ball)
Moddiy va ma'naviy to'kinlik (2 ball)
Erning oilasi bilan emas, alohida yashash (1 ball)

Yuqorida savollarga bergan javoblaringizni belgilab, natijalarni qo‘shib chiqing.
To‘plagan umumiy balingizga ko‘ra siz oila qurishga nisbatan o‘zingizga bo‘lgan ishonch darajasini bilib olishingiz mumkin.

50-60 ball oralig‘idagi balni to‘plagan bo‘lsangiz, sizda oilaviy hayotga nisbatan o‘zingizga ishonchingiz yuqori darajada shakllangan. Bir oilani yaxshi bekasi bo‘lishingizga shubha yo‘q

40-49 ball oralig‘idagi balni to‘plagan bo‘lsangiz, sizda oilaviy hayotga nisbatan o‘zingizga ishonchingiz yaxshi shakllangan. Bir oilani eplab ketishingiz uchun qaynonagizni maslahatlariga ko‘proq e'tibor bering.

30-39 ball oralig‘idagi ballni to‘plagan bo‘lsangiz, sizda oilaviy hayotga o‘z ishonchingiz qoniqarli darajada shakllangan. Bir oilani butunlay eplab ketishingiz uchun qaynonangizni ko‘rsatmalariga so‘zsiz amal qiling.

20-29 ball oralig‘idagi ballni to‘plagan bo‘lsangiz, sizda oilaviy hayotga o‘z ishonchingiz sust darajada shakllangan. Bir oilani eplab ketishingiz uchun qaynonangiz ko‘p ter to‘kadi. Siz qaynonangizni har bir ko‘rsatmalari va maslahatlarini hech o‘ylamay qabul qilib, ularga amal qilishingiz yutug‘ingiz hisoblanadi.

Muallif: Temur Xalikov, yurakcha.ru sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 4
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 4
Bosh sahifaga