Kutubxona | Jinsiy aloqa bosqichlari

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 02.04.2020
Soat: 08:41
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Kelin-kuyovlar uchun

Jinsiy aloqa bosqichlari

Teglar:jinsiy hayot
Qo'shdi:Admin (09.02.2020 / 05:43)
Reyting:rating 244 article (0)
O'qilgan:107
Fikrlar:0
Jinsiy hayot tajribasida urganilib, ma’lum atamalar bilan nomlangan bosqichlar borki, bularni bilib qo‘yish foydadan holi emas. Bu bosqichlar jinsiy yaqinlikning muhim tarkibiy qismlari bo‘lganligi uchun, ularniig ayol va erkaklardagi o‘ziga xosligi xususida so‘z yuritamiz.

.

Libido - xohish- istak, hirsniig yuzaga kelishi; ma’­lum ayol bilan jinsiy yaqinlik qilish istagi erkaklarda ayollarga nisbatan osonroq, tezroq yuzaga keladi. Libidoning yuzaga kelishi uchun erkaklarning ayol diydorini ko‘rishining o‘zi ham ba’zan kifoya qiladi. Yigit kishi ayol diydorini, qad-qomatini, kiyimini ko‘rib, hayajonga tushadi, hirsi uyg‘onadi, binobarin, bu libidoning yuzaga kelishiga kuchli ta’sir qiladi.

Libido ayollarda birmuncha kech naydo buladi, his-hayajonning yuzaga chiqishi erkaklarga nisbatan birmuncha kuchsiz va davomliroq bo‘ladi. Bunga sabab ularning hissiyotida ruhiy holatning fiziologik holatga nisbatan ustunligidir. Ereksiya quzg‘alish yuzaga kelishidan boshlanib, jinsiy yaqinlikka tayyorlashunga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda ayol jinsiy a’zolarida bir qator o‘zgarishlar yuzaga keladi: qin namlanadi, klitor (jinsiy a’zolarning qon bilan ta’minlanishi) kuchayishi hisobiga katta va kichik jinsiy lablar kattalashadi sekretsiya bezlari, ayniqsa, jinsiy a’zolar bezlarining ishi zo'rayadi, tana qiziydi, ba’zan teri shilliq qavati qizaradi va boshqa shunga uxshash holatlar paydo buladi. Erkaklarda ereksiya paytida jinsiy a’zoga qon kelishi ko‘payadi, uchta g‘ovaksimon tanachaning qon bilan ta’minlanishi hisobiga jinsiy olat 3-4 barobar kattalashadi va nihoyatda taranglashadi. Bunday kattalashish, uning qon bilan ta’minlanishiga, aniqrog‘i, qon tomirlarining qayerda joylashishiga bog‘liq bo'ladi. Barcha a’zolarda arteriya chuqurroq, vena qon tomiri yuzaroq joylashgan bo'lsa, olatda buning aksi bo'ladi. Olatda arte­riya yuzaroq joylashgan bo'ladi hamda venaning chuqurroq joylashishi natijasida g‘ovaksimon tanachalar qonga to'lib, venani qisib qo'yadi va shuning hisobiga qonning venada yurishi qiyinlashadi, bu esa jinsiy a’zoni yanada shishiradi hamda uning bir necha bor kattalashib, nihoyat­da taranglashishiga olib keladi.

Ereksiya bosqichi erkaklarda ayollarga nisbatan qisqaroq bo'ladi, chunki ular birmuncha tez va oson qo'zg‘aladi. Hatto ba’zan olatning shunchaki ishqalanishidan ham beixtiyor ereksiya holati yuzaga keladi. Ba’zan sevgan ayolini ko‘rganda, jinsiy yaqinlik qilish istagini o'ylash yoki biror tanish, yoqimli hidning sezilishi ham ereksiyani paydo qilishi mumkin. Ayollarning aksariyatida ereksiya ko‘p vaqt talab qiladi. Erkaklarda bo‘lgani kabi, beixtiyor erkak kishini ko'rgandayoq yuzaga kelavermaydi, chunki ularda ruhiy holatning ustunligi ereksiyaga ham o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Ayollarda ereksiya paydo bo‘lishi erkakning shirin gapirishiga, jinsiy yaqinlik qilinadigan joyning xoli, bexavotir bo‘lishiga, erkakiing o'pib erkalashiga, erogen zonalarini silab-siypashiga, badanning va urinning tozaligi va xushbuyligi kabi boshqa ko’pgina sabablarga bog‘liq bo'ladi. Bular, albatta, erkak kishiga ham ahamiyatli-yu, lekin ayol uchun hal qiluvchi omillar hisoblanadi.

Erogen nuqtalar haqida o'qing.

Erkaklar va ayollarda ereksiya bosqichida hirsning qo‘zg‘alishi bir-biridan farq qiladi, ya’ni erkak kishi iloji boricha hirsini tezroq qondirishga harakat qiladi, ayol kishi esa bu vaqtni mumkin qadar cho'zadi, jinsiy yaqinlikni boshlashga shoshilmaydi, chunki bu vaqt qanchalik cho'zilsa, ayollar shuncha ko‘p lazzatlanadilar. Erkaklar buni yaxshi bilishlari va jinsiy yaqinlik vaqtida hisobga olishlari ksrak. Ayolda ereksiya bosqichi to'liq o'tmaguncha, qo‘zg‘alish intihosiga yetmaguncha erkak kishi jinsiy yaqinlikni boshlamasligi kerak. Ayolda ereksiya to'liq kechmasa, qin namlanmasa, ayol jinsiy yaqinlik vaqtida har xil og‘riqlar sezishi mumkin. Ayolda ereksiya jarayonining to'liq kechganligini, jinsiy yaqinlikka tayyorligini uning xatti-harakatidan bilib olsa bo'ladi.

Friksiya olatning qinga kirishi va friksion harakatlarning boshlanishidan to orgazm - nihoyatda lazzatlanish yuzaga kelgungacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Friksion harakatlar odatda 1,5-2 minutdan 6 minutgacha davom etadi va, asosan, orgazm bilan tugaydi. Agar erkak kishi me’yorida muntazam jinsiy hayot kechirib yursa, orgazmni 1,5-2 minutdan oldin sezsa, bu jinsiy zaiflik belgisi hisoblanadi. Agar ayolda qo'zg‘alish va ereksiya to‘liq o‘tishiga hamda friksion harakatlar 6-10 minut davom etishiga qaramay orgazm yuzaga kelmasa, buni jinsiy sovuqlik frigidlik deb hisoblash kerak. Bunda ayolning bo'yida bo‘lib qolishidan qo‘rqayotganini, qayerda va qay sharoitda jinsiy yaqinlik qilinayotganligini va boshqa sabablarni, albatta, hisobga olish zarur. Jinsiy hayotni endi boshlagan va hali orgazm tuyg‘ularini umuman his etmagan ayollar bundan mustasno. Shu­ning uchun ham yuqorida aytib o‘tilganlar barcha ayollarga taalluqli emas. Ko‘pchilik friksion harakatlarni faqat erkaklar vazifasi sifatida biladilar, vaholanki, bunday harakat­lar ayollar tomonidan ham bo‘lsa, orgazm hissi osonlashadi va lazzati ortadi. Jinsiy yaqinlikni emotsional idrok qilish erkakda ham, ayolda ham nihoyatda kuchayishiga olib keladi. Friksion harakatlar to‘g‘ri, spiralsimon va aylanasimon bo‘lishi mumkin.

Umuman, qinnning torligi, friksion harakatlarning har xil bo‘lishi, uning tezligi va erogen zonalarning ta’sirlantirilishi orgazmni tezlashtiradi. Bu davrda erkak kishi ayol kishining mayl-istagiga qarashi kerak. Shundagina ayol kishi jufti haloli bilan bir vaqtda lazzat oladi va butun vujudi erib, orom oladi, jinsiy yaqinlik tugagandan keyin ham har ikkalasi qoniqish hosil qilib, yengil tortadi.

Orgazm bosqichi bu jinsiy aloqaning pik nuqtasi hisoblanadi. Usiz jinsiy aloqani tasavvur qilib bo'lmaydi.

Orazm haqida batafsil >>
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 4
» Foydalanuvchilar 1
» Mehmonlar 3