Kutubxona | Erimni bilmagan ekanman!!!

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 15.08.2020
Soat: 10:29
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi psixologiyasi

Erimni bilmagan ekanman!!!

Teglar:oilaviy munosabatlar
Qo'shdi:Admin (09.02.2020 / 07:17)
Reyting:rating 248 article (0)
O'qilgan:112
Fikrlar:0
Shuncha yil birga yashab endi bilibman erim aslida qanday ekanligini! Shu kabi gaplar sizga tanishmi? Er- xotin birga ma'lum bir vaqt yashab turmush o'rtog'imni bilmagan ekanman, deb birdan nolib qoladilar.

.

Shu paytgacha ayyorlik bilan o'z haqiqiy yuzini bekitib yurgan ekan, deb ayolda eriga nisbatan nafrat uyg'ona boshlaydi. Nahotki erkak turmush qurib butun kuchini shu ayolim mani qanday ekanligimni bilib qolmasin, degan narsaga ketqazsa? Nahotki o'zbek erkagi uchun o'zini xarakteridagi ayblarini xotinini oldida bekitish shunchalik muhim bo'lsa? Nahotki ayoli, o'zbek ayoli, uning asl yuzini bilib qolsa, tezda u bilan ajrashishgaqo'l ursa? U holda erkak nimadan qo'rqadi? Nima qilib bir necha oy yoki yil davomida o'zining haqiqiy qiyofasini ayyorlaricha bekitib yurar ekan? Kulgilik emasmi? Kulgilik emasku, lekin ayanchli holat. Birinchi navbatda shunday deb o'ylaydigan ayol uchun ayanchli holat. Erkak o'ynashini, pulini, biron kasalligi borligini, jismoniy nuqsonini yoki biron oilaviy yoki ijtimoiy sirini berkitishi mumkin, lekin xarakterini, o'z qiyofasini u bekita olmaydi, bu haqda o'ylamaydi ham, buni afsus uddalay olmaydi ham. U holda nega erim turmushimizning boshida unday bo'lgan edi endi bunday bo'lib qoldi yoki bunday va'da qilgan edi, uni amalga oshirmadi, deb savol berish mumkin. Buning javobi esa juda oddiy. U o'zgargan, o'zgarmoqda va o'zgarishda davom etadi. Hech kim butun umr bir xil bo'la olmaydi. Yosh o'tgan sayin odam o'zgaradi, uning qarashlari, qiliqlari, gaplari, qadriyatlari vaqt o'tib tubdan o'zgarishi hech gap emas. Bunga uning moliyaviy holati, ortib borayotgan yoshi, ijtimoiy statusi, ota bo'lishi va boshqa minglab tashqi faktorlar ta'sir qiladi. Yigirma yashar erkak man uylansam bunday bo'laman degani bilan, u huddi shunday bo'la olmaydi. Chunki u uylansa qanday bo'lishi faqat uylanib, o'sha ayol bilan yashab ko'rib, u ayolning xarakterini ham inobatga olgan holda bilsa bo'ladi. Huddi shunday ayol ham, man ona bo'lsam shunday bo'laman yoki qilaman degani bilan, haqiqatta qanday bo'lishini qo'lida farzandi bo'lgandagina bilib olsa bo'ladi. Bu degani ular aldagan yoki o'z qiyofasini bekitib yurgan degani emas. Inson atrof muhit ta'sirida juda o'zgaruvchan bo'ladi deganidir.

Erkak hech qachon turmushning boshida qanday bo'lsa, 1 yildan keyin ham shunday bo'la olmaydi, istasa ham buning iloji yo'q. Ota bo'lsa umuman o'zgaradi. Puli ko'payib yoki kamaysa yana o'zgarishga bir turtki. Salomatligida muammo paydo bo'lsa, tubdan o'zgarishga yana bir sabab. Bu kabi faktorlar cheksizdir. Negadur ayol erining tabiiy o'zgarishini u asl qiyofasini ko'rsatayotganiga adashtiradi. Erkaklar ham ba'zida ayolining bolasiga baqirishiga qarab, uylanganimda rosa muloyim eding, bunday baqiroqligingni bildirmagan ekansande, deb qo'yadi. Yo'q! U paytda yoli ham baqiroq ekanligini bilmagan. Lekin qo'lida chaqalog'i bilan manti qilayotganida katta 3 yashar bolasi unni oshxona bo'ylab to'kib tashlaganini ko'rib qanday qilib baqirib yuborganini o'zi ham bilmay qoladi. U baqiroqligini bekitmagan, u baqirish holatida bo'lmagan va baqirishi haqida bilmagan ham. Erkak ham shunday. Ehtirosli asal oyi damlarida ayolining eng xunuk holatiyam ko'ziga bir qoshiq asaldek ko'ringanda undan muloyim va mehribon erkak bo'larmidi? Gormonlar xukmi tugab, erkakning ehtiros bilan belangan ko'zlari oddiy holga kelganida ayolining yoqmas harakatiga qo'pollik ko'rsatishi bu uning asl qiyofasi emas, bu uning atrofdagi faktorlarga bo'lgan reaksiyasidir.

Erkak ham ayol ham atrofdagi muhit va vaziyatga qarab o'zgarib reaksiya qiladilar. Turmushning boshida muloyim bo'la turib, bir necha yil o'tgandan so'ng erkak qo'pol, qo'rs, qizg'anchiq yoki yana biron salbiy holatga kelib qoldimi? Sababini bu erkakda emas, uning atrofidagi o'zgargan faktorlarda izlang.

Shu vaqt mobaynida uning hayotida nima o'zgardi? Siz? Moliyaviy holati? Uydagi sharoit? Sizning muomilangiz? Jinsiy munosabatlaringiz? Uning salomatligi, ayniqsa jinsiy salomatligi? Farzandlar muammosi? O'ynashi? Ish joyi? Mana shu kabi savollarga javob berib ko'ring, xolisona javob bo'lsin. Shunda eringiz nega ayyorlik bilan o'zini asl qiyofasini berkitganini emas, u nega o'zgarganini bilib olasiz.

U hech narsani bekitmagan, uning bunday bo'lib qolishiga bir nima sabab bo'lgan. Nima? Buni o'zingiz topasiz!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 4
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 4
Bosh sahifaga