Kutubxona | Qisqa hikoyalar

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 11.08.2020
Soat: 18:35
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Qisqa hikoyalar

Qo'shdi:Admin (15.12.2019 / 17:45)
Reyting:rating 25 article (0)
O'qilgan:320
Fikrlar:0
Kelin va kuyov

Turmush qurishganiga
ikki oy bo'lgach kelin va
kuyov negadir ko'p
tortishadigan bo'lib
qolishdi. Bu tortishuvlar
har kuni davom etardi.
Arzimagan sabablar
tufayli ham janjal chiqardi.
Bir kuni dilxiraliklardan
bezgan kuyov kelinga
shunday taklif aytdi: "Kel,
yaxshisi xovliga bir tup
ko'chat ekamiz, lekin
uning tagini
yumshatmaymiz, suv
ham quymaymiz, ekib
qo'yamiz xalos. Agar
o'sha ko'chat qurib qolsa,
ajrashamiz. Agar ko'karib
ketsa, hayotimizni
birgalikda qaytadan
boshlaymiz". Kelin
roziligini bildirgach xovliga
bir tup köchat ekildi. Keyin
ikkovi alohida- alohida
yashay boshlashdi. Bir-
birlariga gapirmasdilar
ham. Oradan ikki oy o'tdi,
lekin ko'chat qurimadi.
Uch oy ham yakunlanib
qolganida nihol ko'karib,
gullab ketdi. Ana shu
kunlarning birida kelin
bilan kuyov kechasi soat
02:30 da ko'chat oldida
uchrashib qolishdi. Ösha
lahzada ikkovlarining ham
qo'lida bir chelakdan suv
bor edi!

* * Yurakcha.Ru * *

Buzuq mototsikl

Yigit va qiz tun qo’ynida
mototsiklda ketib borardi.
Tezlik 180 km/s. Ular bir-
birlarini juda sevishardi.

Qiz: Biroz sekinroq
haydang..
Qo’rqayapman...
Yigit: Yo’q, bu biram qiziq..
Qiz: Iltimos, qo’rqayapman..
Yigit: Unda, meni
sevishingni ayt..
Qiz: Yaxshi.. Sizni sevaman..
endi tezlikni
pasaytirasizmi?
Yigit: Meni yana bir marta quchgin..
Qiz uni qattiq quchoqladi.
Qiz: Endi balki sekinroq
haydarsiz?
Yigit: Boshimdagi kaskani olib
o’zing kiyib ol, iltimos. U
judayam noqulay va
haydashimga halaqit
berayapti...

Ertasi kuni
gazetada bir voqea
haqidagi kichik xabar
bosildi. Tormozi buzilgan
bir mototsikl binoga borib
urilgan edi. Mototsiklda 2 kishi bo’lgan ekan.
Ulardan biri vafot etibdi,
ikkinchisi esa omon
qolibdi. Yigit mototsikl
tormozi buzuqligini tezlik
pasaymayotganidayoq
bilardi. Lekin u qiz bu
haqda bilishini
xohlamagan. Chunki
bilardiki, qiz bu narsadan
juda ham qo'rqib ketardi.
Buning o’rniga u qizdan
so’nggi marta uni
sevishini yana bir marta
eshitdi, qizdan quchoq
oldi va unga qiz tirik
qolishi uchun kaskasini
kiydirdi, hamda o’zi o’ldi...
Ba’zan oddiy hayotning
shundoqqina o’rtasida
sevgi bizga ertak taqdim
qilarkan. So’nggi so’z
o’rnida: Hayot qo’lda
yaxshi qartalarni tutib
turishdan emas, balki bor qartalar bilan yaxshi
o’ynashdan iborat.

* * Yurakcha.Ru * *

Bir-birimizni sevamizku!

Axmoqona tush, tushimda seni köribman oppoq libosda özga bir yigit bilan ketyotgan ekansan. Axir bu kulguli. Chunki bir-birimizni sevamiz-ku. Qanday qilib meni tashlab ketishing mumkun. Stol ustida taklifnoma turibdi, körinishidan töynikiga öxshaydi. Axmoqlar kimni töyiligini yozishmabdi. Faqat bittagina söz yozilgan "ALVIDO". Bu nimasi böldi? Töxta! Axir kecha uchrashgandik. Meni qölimga nimadir berganding. Közlaring ham ancha mayus edi. Yög'eee bunaqa bölishi mumkunmas, axir bir birimizi sevamiz-ku. Köchaga chiqaman. Köchani boshida töyxona, bugun odamlar köp , demak töy bölyapti. Taksi ushlamasdan piyoda ketishga qaror qilaman "kim ekan bu baxtli kelin kuyovlar?". Töyxonadan unchalik uzoq bölmagan joyda kelin kuyov aylanishi uchun hiyobon bor. Ana uzoqdan körinyapti ular. Ajoyib! Lekin yaqinlashgan sarim kelin senga öxshab ketyapti... . Yög'ee axir biz bir-birimizi sevamiz-ku. Faqatgina yurishlari senga öxshaydi ekan! Yana tashqi körinishi ham, yana ... közlari ham ... . Lekin qanday qilib? ... Axir ... biz ... bir-bb... Közlar töqnashdi. Nega közlarin qizarib ketgan? Nima yig'layapsanmi? Nega? Afsus... Qiziq taklifnoma qölimda! Hayol bilan özim bilan olgan ekanman. Qaytadan öqib qaradim. U yerda xozir boshqa sözlar ham borligini körmagan ekanman. "ota-onam majburan boy yigitga berishyapti, lekin sizsiz qanday yashayman?" Mayli bahtli böl.
Oradan ikki kun ötdi. Mahallada qandaydir gap tarqadi. Bir qiz jasadini daryodan topib olishibdi... Eng daxshatlisi ... yonida ... meni suratim bor ekan. Axir... Hayol bilan katta daryo yoniga kelib qolibman. Suvda seni aksing körinardi. Xozir yoningga boraman ... . Oradan qancha vaqt ötdi, qanday seni yoningga kelib qoldim bilmayman. "nega keldiz?"
-JINNIVOY AXIR BIZ BIR- BIRIMIZNI SEVAMIZ-KU ...

* * Yurakcha.Ru * *

Sen uchun jonim beray

-Shirin, nega
uxlamayapsan?
-Uyqum
kelmayapti, qo'rqyapman.
-Nimadan?
-Uyg'ommasamchi, sizni
boshqa ko'rolmaymanmi?
-Unaqa dema! Hali ko'p
yashaysan, ikkimiz baxtli
bo'lamiz jonim... (Shirin
Sardorning qo'lidan
mahkam tutib ko'zlarini
yumdi. Yigit esa uni
ko'zlaridagi yoshlarni
artib, ancha payt qarab
turdi, keyin esa palata
chirog'ini o'chirib,
doktorning kabineti
tomon yurdi)
-Kechirasiz,
Umid aka, mumkinmi?
-Hm, Sardor kiring,
o'tiring.
-O'zgarishlar
bormi?
-Aldab nima
qildim, donor topilmagan,
hammasiga tayyor
turishimiz kerak. (Yigit
hayol surib qoldi va..)
-Agar...agar men hamma
hujjatlarga qo'l qo'yib,
donor bo'lsamchi, qachon
qilasizlar operatsiyani?
-Yöq, axir...ishonchiz
komilmi!? Axir bu
degani...siz...
-Shirin
uchun hammasiga
tayyorman.
-Qaroriz
qat'iy bo'lsa, ertaga
ertalab.
-Rahmat doktor...
(Lekin qiz eshik ortida
hamma gaplarni eshitib
turganini ular payqamadi.
Yigit xonaga kelganida
Shirin joyida yotardi).
-Shiriiin, seni yaxshi
ko'raman jonim.
-Hayotim, men ham sizni
yaxshi ko'raman.
-Endi
hammasi yaxshi bo'ladi.
(Shirin yosh to'la ko'zlarini
yumdi). Ertasiga Sardor
kasalxonaga kelganida
palata oldida Shirinning
qarindoshlari yig'ilgandi.
Hamma yig'lardi. Eshikni
ochib palataga kirganida,
qiz allaqachon bu dunyoni
tark etib ulgurgandi.
Qo'lida esa bir parcha
qog'oz: "Hayotim, men
uchun hayotni tark etishizi
xohlamadim. Siz endi
men uchun ham
yashashiz kerak. Meni
kechiring, boshqa ilojim
yöq edi. Sizni sog'inaman.
Osmonlarda
körishguncha...."
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga