Kutubxona | Senda hayolim... (4-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 29.05.2020
Soat: 07:56
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Senda hayolim... (4-qism)

Qo'shdi:Admin (10.02.2020 / 06:39)
Reyting:rating 255 article (0)
O'qilgan:242
Fikrlar:0
- Nega baqrayib qolding?

Hilola yigitning gapidan bir sapchib tushdiyu o'ziga keldi. Keyin, qo'rqa-pisa ming bir istihola bilan yigitga yaqinlashdi.
- Pastga qarab yotasizmi?
- Nima, yangimisan diman?
- Xa
- Demak hali bilmaysan, men o'zim senga urgatib turaman, yaqinroq kel

Yigit uni oldiga yaqinlashgan qizni qo'lidan tutib, yanada o'ziga tortdi.

- Ana endi yelkalarim, ko'ksimni massaj qil avval!

Qiz tik turgan holida endi boshlagan edi hamki, yigit yana e'tiroz bildirdi:
- Bunaqamas e, to'xta, meni minib ol
- Q-qanday qilib
- Qanday bo'lardi, mana bundayda

Yigitning bir qo'li Hilolaning nozik belidan tutdi, ikkinchisi esa bir oyog'idan tortib, ustiga chiqarib qo'ydi.

- Bo'ldimi, boshlayveraymi?
- Yo'q, qornimga o'tirib oldingku, sal pastroqqa o'tir, yanayam pastroq

Qiz yigitning trusigi ustiga o'tirararkan, qattiq "nimadir" botganini his qilib, ko'zlarini chirt yumdi. Bir ko'ngli shartta turib bu yerdan chiqib ketishni o'yladiyu, keyin ko'z oldiga Bekzodning pulni so'ragani, ukasining eskiligidan chirib, to'kilib qolgudek holga kelgan kiyimda maktabga borayotgani, dadasining noiloj nigohlariyu onasing qoqsuyak qo'llari kelib, fikridan qaytdi. Keyin esa biroz egilib yigitning yelkasiga qo'llarini olib bordi, yigitni qo'llari esa qizning ochilib turgan oppoq sonlariga yugurdi...

* * Yurakcha.Ru * *

Ichlariga "issiqlik" yugurgan yigitlar kafedagi yangrayotgan sho'x kuy-sadolar ostida kayfiyatlari yanada ko'tarilib suxbatlashib o'tirishar, ba'zilari nargi stulda nimanidir nishonlashga yig'ilishgan qizlarni o'yinga tortishayotgandi. Sinfdoshlarning eng "shilta"si bo'lgan Vaxob esa, yonida kayfi taroq bo'lib o'tirgan Bekzodning cho'ntagi qappayib turganini ko'rib, turtib qo'ydi
- Cho'ntagingdagi pulmi?
- Xa, bugun ish yaxshi bo'ldi
- Yur seni bitta zo'r joyga olib boraman
- Qayerga?
- "Karnaychi"larni oldiga
- Qanaqa karnaychi, kim ular?
- E yuraversangchi, borsak ko'rasan
- O'tirishchi?
- E o'zing o'tirishing chiqib qoldiku, yur degandan keyin yurmaysanmi!

Vaxobning "Bo'pti bollar, biz bita joyga borib kelamiz" degan gapidan uning maqsadini tushungan yigitlar "Vay oneni emagre" deb kulib qo'yishdi.

Oyoqlari chalkashgancha bazo'r qadam bosib, Vaxobga ergashgan Bekzod qayerga ketayotganligini hamon tushuna olmayotgandi. Ular taksiga o'tirishgach 10 daqiqada manzilga yetib kelishib, qandaydir binoga kirib borishdi.
- Salom asallarim, - Vaxob shu yerda hiringlashib o'tirgan yarim yalang'och qizlar bilan ko'risha boshladi.
- Salom salom, yangi klient obkeldizmi?
- Albatta, uni kim hursand qiladi?
- Mana menda, - o'rnidan turdi qizlardan biri
- Faqat massaj uchun kelmadik, bilasana? "O'zimiznikidan" ham bo'lishi kerak, - ayyorona iljaydi Vaxob
- Albatta, faqat qimmatroq bo'ladi
- Og'zingga siqqanini so'ramaysanmi asalim, sen ishingni qil

Hali nima bo'layotganligini anglashga ulgurmagan Bekzodni qo'lidan tugan qiz, uni ichkariga yetakladi. Bu yer o'rtacha uzunlikdagi zal bo'lib, ikki tarafida kabinkalar joylashgandi. Shu payt Bekzodning qulog'iga tanish ovoz chalindi "Yordam bering, ayy qo'yvor iflos". Bu kim bo'ldi ekan - o'yladi yigit, ovoz judayam tanish, axir bu ovoz ... "U"nikiku!
Bekzod shaxd bilan ovoz kelyotgan xona eshigini ochdi. Ichkaridagi manzara esa yigitni kayfini butunlay tarqatib yubordi. Daxshat, Hilola yirtilgan kiyimda dodlagancha uni zo'rlamoqchi bo'layotgan yigitga qarshilik qilardi. Bekzod ularning oldiga yaqinlashar ekan, yo'l-yo'lakay qo'liga ilingan taburetka bilan, azbaroi kirishib ketganidan dunyobexabar hamon qizning trusigini yechishga urinyotgan yigitni boshiga zarb bilan urgan edi, u shilq etib qizning ustiga quladi. Hilola esa tipirchilagancha uning tagidan chiqib, yig'lagancha choyshab bilan yalang'och badanini bekitdi.
- Nima qilayapsan bu yerda?, - qizga baqirdi Bekzod
- ...
- Sendan so'rayapman, nima qilyapsan?

Qiz bir so'z demay yig'lagancha tashqariga otildi, ayni damda uning ko'zlariga xech narsa ko'rinmas, yo'lidan chiqib uni so'roqlamoqchi bo'lgan "hamkasb"larini ham turtib o'tgancha ko'chaga chiqdi, so'ngra domlarni oralab o'zi ishlaydigan maktab tomonga keta boshladi. Oyoqyalang, choyshabga o'ralgancha, piqqilab yig'lab ketayotgan qizni ko'rib qolgan odamlar uni jinni deb o'ylab, o'zlarini chetga olishardi. Hilola esa bularning xech biriga e'tibor bermas, taqdiriga la'natlar o'qigancha yo'lida davom etardi.

Bu dunyo sinovlarga, imtihonlarga to'la, lekin, xar bir azobning tugashi, xar bir qiyinchilikning intixosi bor. Ammo "bu so'zlar men uchun emas" deb o'ylardi qiz, ayniqsa boyagi voqeadan keyin... "Men nima qilsam ham oxiri yomonlik bilan tugaydi, nega axir? Nima sababdan? Bu botqoqdan chiqishning biror iloji bormi?" Hilola bu savollarning javobini topa olmasdi. Endilikda uning uchun faqat bitta yo'l qolgandi, xa faqat "o'sha" yo'l! Qiz maktab qorovulxonasiga kirib xurrak otgancha uxlab yotgan qorovulning bosh tomonidagi stolni oldi-da, maktab bog'i tomonga yo'naldi. Keyin o'zi uchun bir daraxtni tanlab olib, yopinib olgan choyshabining bir uchini sirtmoq qilib bo'yniga ildi, keyin esa stol ustiga chiqib choyshabning nargi uchini daraxtga bog'ladi. Keyin esa... stolni bir tepib qulatdi, o'zi esa osilib qoldi... Hilolaning nafasi bo'g'ilib sekin-asta ko'z oldi qorong'ulasha boshladi... Keyin esa butun borliqni zulmat qopladi, faqat uzoqda gurillab yonayotgan olov ko'rinar va shu tarafdan kimlarnidir ox-voxlari eshtilardi. Shu payt zulmat qaridan badbashara qo'rqinchli maxluqlar chiqib, qizning oyog'idan sudray boshlashdi. Qiz esa taxtadek qotib qolgan, ularga na bir qarshilik qila olardi, na dodlay olardi. Faqat fikrlar tiniq, ong va xotira aniq ishlayotgandi. Xa u bilardi o'zini o'ldirgan odam do'zaxda yonishini, naxotki mana bu mahluqlar uni do'zax olovi tomon yetaklayotgan bo'lsa...! "Bu dunyoda ko'rganlaring xech narsa emas, bitmas azob endi boshlanadi" ovoz keldi qayerdandir. Shu payt kimdir uning qo'lidan tutib, qarama-qarshi tomonga torta boshladi. Qiz bir kuch topib, uning qo'lidan tortayotgan kimsaga qaradi. Axir u Bekzodku! U bu yerda nima qilyapti ekan? Yigit shunchalar kuch bilan qizni tortardiki, oyog'idan tortayotgan maxluqlar birma-bir yo'qola boshladi. Atrofdagi zulmat ham yo'qolgach, qiz yo'tala yo'tala ko'zini ochdiyu o'zini boyagi bog'da ko'rdi. Yuziyu-sochlari ho'l bo'lib ketgan qiz yonida unga jovdiragancha qarab o'tirgan Bekzodni ko'rib entikib ketdi. Ilk bora Bekzod uning ko'zlariga huddi oq ot mingan shahzodadek ko'rinib ketgayotgandi.
- Nega bunaqa qilding, - yig'lamsirab savol berdi Bekzod, - Senga nimadir bo'lganida men nima qilardim?

Qiz bir so'z demay o'zini Bekzodning bag'riga otdi, uning ko'ksiga boshini qo'yib, o'ksib-o'ksib yig'lay boshladi. Uning bu holati huddi, kichkina qizligida oyog'iga tikon kirsa mehribon dadasini quchoqlab, erkalanib yig'laganlarini eslatardi. Yo'q, bu yig'i sababchisi aslo azob emas, balki yonidagi baqquvat bilagi bo'lmasada o'shanday yuragi bor insonning oldida o'zini haqqoniy himoyalanganini his qilish, ochilgan ko'zlar va tavba qilishga berilgan imkon natijasi edi...

* * Yurakcha.Ru * *

Avgust oqshomi. Hiyobonda bir-biriga suyangancha o'tirishgan Bekzod va Hilola shirin suhbat qurib o'tirishardi.
- Nima bo'ldi ekana Bekzod aka?
- Bilmadim, narmanli ishlaganmiding o'zi?
- Xa, ba'zi savollarga tushunmadimkuya, lekin, qo'limdan kelgancha ishladim
- O'zi nimagayam tushunarding, - kuldi yigit
- Voy qovoq kallaye, sizniyam testlarizni ishlab berganimga raxmatiz shumi?
- Hazillashdimku aqilligim
- Xa, qanaqa SMS keldi telefonizga?
- Senga nima?
- Voy yaramase, qaysi o'ynashiz yubordi, tez ko'rsating
- Mana ol
- Nima debdi? Dav-lat granti, nima bu? I to'xtang yana bita keldi. Buyam, Davlat granti. Bu nima degani?
- Rostanmi qani ko'rsatchi
- Ma-na
- Xa boya sms yuborgandim DTM ga o'shani javobi kelibdi, kontraktgayam ilinmabmiz
- Demak, bu degani...!, - qizning ko'zlari porlab ketdi
- Xa, biz endi kursdoshmiz, yana teppa tekinga o'qiymiz

Sal narroqda gaplashib o'tirishgan sevishganlar, dabdurustdan turib, o'ynab ketishgan Bekzod bilan Hilolani ko'rib, "bular jinniroqmi" deb bir-biriga kulib qo'yishdi...


Shunday qilib bir-birini hayotga qaytargan yigit va qiz institutda birga o'qiy boshlashdi. Keyinchalik esa yaxshi ishlarga joylashishdi. Hozirda esa ulardek bahtli oila bo'lmasa kerak bu dunyoda. Ayniqsa, Bekzodning qoqsuyak qaynonasi qorin qo'yib, semirib ketgani mahalladagi xotinlarning tilidan tushmay qoldi.

Hullas shunaqa gaplar. Hurmatli o'quvchi, "A buyog'i O'zbekkino" bo'lib kettiyu" deyishga biroz shoshilmang, hikoyadan mantiqni izlang albatta topasiz. Siz ham aslo taqdir sinovlariga xo'rak bo'lmang, doimo olg'a intiling, bu xox sevgi taraflama xox moddiy taraflama bo'lsin aslo chekinmang.

TAMOM.

Muallif: Temur Xalikov, Yurakcha.Ru sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 5
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 5
Bosh sahifaga