Jeans

1
Kutubxona | Homiladorlik

Homilador ayollarda bolaning qimirlashi

Qo'shdi:Admin (12.02.2020 / 09:04)
Reyting:rating 257 article (0)
O'qilgan:131
Fikrlar:0
Homilador ayollarda bolaning qimirlashi har xil davrda boshlanib ayollarning hissiyotlari
ham bunda bir-biridan farq qiladi.

.

Aslida homila 2 oyligidan boshlab qimirlaydi. Lekin bola kichikligi tufayli uning harakatlari juda zaif bo'ladi va onaga sezilmaydi.
Homiladorlikning 18 haftalariga kelib bola qo'l oyoqlarini kerkib bachadon devorlariga tega boshlaydi. Ko'pincha bo'lajak ona aynan shu harakatlarni sezishni boshlaydi. Bu davr odatda homiladorlikning 18-22 haftalariga to'g'ri keladi. Farzandi bor homilador ayollar homilaning harakatlarini oldinroq sezishi ham mumkin. Ba'zi ayollar esa bola qimirlashini 22-24 haftadan o'tib ham sezmay yurishlari mumkin.
Ozg'in ayollar bola qimirlashini to'la ayollardan ko'ra tezroq sezadilar. Bolaning ilk qimirlashlarini faqatgina uning onasi his eta oladi. Shu bilan ham homilador ayol o'zini baxtiyor his etib yuradi.

Homilador ayolning hissiyotlari
Bolaning harakatlari zaif yoki sust deb ranjishga shoshilmang. Qo'l va yoqchalari 5 santimetr atrofida bo'lgan bolaning kuchi juda ham katta emasligini tushining. Boshida ayol bolaning harakatlarini qorin go'ldirlashi bilan adashtirib ham yuboradi. Lekin vaqt o'tgan sayin bu aynan bola harakatlari ekanligida amin bo'lasiz va bu hissiyotni hech narsa bilan adashtira olmaysiz.
Ko'pincha onalar bolaning qimirlashini quyidagicha izohlaydilar:
Vibratsiya, itarish, tiqilish, go'ldirlash, yengil urib qo'yish. Keyingi ikki oy davomida harakatlar kuchayib boraveradi. Homiladorlik davrning oxirlariga borganda bola kattalashgan bo'lib bachadonni butunlay egallagan bo'ladi va uning qimirlashi aniq va tez-tez seziladi. Ba'zida kuchi ko'payib qolgan bola o'z qimirlashlari bilan onasini uyg'otib yuborishi ham mumkin bo'ladi. Yoki homilador ayol qornining ma'lum sohasi biroz muddat shishib qolishi (bolakayning oyog'i yoki qo'lini tirab olishi natijasida) ham kuzatilishi mumkin!
Homila qimirlashi soni 20-24 haftalarda bolaning qimirlashi muntazam bo'lmaydi. Homiladorlikning 7-oyiga qadar qimirlashlar soni ko'payib boradi va 7-oydan so'ng susayadi. Tug'ush davri yaqinlashgan sayin esa harakat kuchi orta boshlaydi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda bola onaning tinch xolatida ko'p qimirlaydi. Agar bolaning qimirlashini sezmoqchi bo'lsangiz 1 dona shokolad bo'lagini yeb olib 10 daqiqa davomida tinch yoting, tez orada bola harakatlanishini sezasiz.
Ilk bora ona bo'lishga tayyorlanayotgan ayol uchun bolaning ilk qimirlashi juda ajoyib tuyg'ularni ulashadi. Mana shu tuyg'ularni bir joyga yozib qo'ying. Bola tug'ilib katta bo'lganida uni birgalikda o'qib baxtiyor kunlaringizga qayta olasiz.

Bola qimirlagan holda shikoyat qiladi!
Bu haqida homiladorlikni avval ham boshidan o'tkazgan yoki malakali shifokordan muntazzam ravishda maslahat olib turadigan homilador ayollar juda yaxshi bilishadi. Bilmaganlar uchun esa 2ta oddiy "shikoyat"ni keltirib o'tamiz:
1. Kamqonlik. Agar sizda kamqonlik bo'lsa, bolga yetarlicha ozuqa moddalar yetib bormaydi va bola bezovtalana boshlaydi. Bu bezovtaliklar natijasida esa bola o'z kindigiga o'ralib qolish havfini oshiradi. Bu esa o'z navbatida bolaning bo'g'ilib qolishi, tug'ish bilan bog'liq muammolar va hk. larni keltirib chiqaradi.
Kamqonlik haqida batafsil o'qing >>

2. Bolaga "havo yetishmasligi". "Ona qornida ham bola nafas olarmikan?" deb ensangiz qotmasin. Albatta, u burni orqali emas onasi orqali nafas oladi. Faqat ayol chalqancha (tepaga qarab yotganida) bola diqqanafas bo'la boshlaydi va bezovtalanib (qimirlab) bu haqda sizga shikoyat qiladi. Agar bu holatga yetarlicha e'tibor qaratilmasa oqibatlari qo'rqinchli bo'lishi mumkin. Shuning uchun, homilador ayollarga faqat yonboshlab (yon tarafga qarab) yotish tavsiya etiladi.

Muallif: G. Ganiyeva, Yurakcha.Ru sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 0
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 0
Bosh sahifaga