Kutubxona | Homiladorlikda soch bo'yash va boshqa kimyoviy moddalarni qo'llash mumkinmi???...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 29.05.2020
Soat: 09:28
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Homiladorlik

Homiladorlikda soch bo'yash va boshqa kimyoviy moddalarni qo'llash mumkinmi???

Teglar:sochlar parvarishi
Qo'shdi:Admin (12.02.2020 / 09:45)
Reyting:rating 258 article (0)
O'qilgan:66
Fikrlar:0
Ushbu savolga "ha" yoki "yo'q" javob berishdan oldin, ba'zi ma'lumotlardan sizni xabardor etsak.

.

Homiladorlikdavrida soch bo'yashni istaydiganlar juda ko'p. Sochni muntazam ravishda bo'yab yuradigan ayol 9 oy davomida bundan voz kechishi qiyin. Sochiga oq tushganlar esa o'zini bo'yalmagan soch bilan tassavur qila olmaydi. Homiladorlik kabi nozik davrda soch bo'yashning ziyoni yo'qmikin? "Rivojlanayotgan bola salomatligiga soch bo'yoqlari tarkibidagi va umuman boshqa kimyoviy moddalar salbiy ta'sir ko'rsatmasmikin?", kabi savollar bo'lajak onani bezota qilishi ajab emas.

Afsuski, bu savolga hech bir tadqiqot ham hech bir ilmiy tajriba ham aniq javob bera olmaydi. Homiladorlikda soch bo'yashning ziyoni chala o'rganilgan desak adashmaymiz. Ba'zi tadqiqotchilar uni ziyon keltiradi desalar, ba'zilar buning homilaga hech qanday zarari yo'q deb ta'kidlaydilar.

Kimga ishonish kerak?
Ahamiyat bersak, 21 asr kasalliklarining ko'pchiligi yomon ekologiya bilan bo'gliq. Atrofda, har kunimizda, har qadamimizda bizni zaharlaydigan kimyoviy moddalar sherik bo'lib kelmoqda.
Oddiy mineral suvi baklashkasi bir martadan ko'p ishlatilsa organizm uchun zararli kimyoviy modda ishlab chiqishi tasdiqlangan. Uyimizdagi plastik idishlar, tekshiruvdan o'tmagan plastik o'yinchoqlar, plastik uy jihozlari, remont vositalari, pardoz buyumlari, tozalash vositalari va boshqa shu kabilar bizni organizmni o'ta zararli kimyo bilan ta'minlab turadi.
Bu vositalarning salbiy ta'siri bir kunda hatto bir yilda ham emas, balki yillar mobaynida yig'ilib namoyon bo'ladi. Shuning uhun ham "paroben" kabi o'ta zararli moddaga ega tish pastasining zararini biz ertasi kuni his eta olmaymiz va unda tish yuvishda davom etaveramiz.

Allergik kasalliklar, saratonning ba'zi turlari, teri va nafas olish organlari kasalliklarning kelib chiqishiga va surunkali kechishiga aynan kimyo sababchi ekanligi tasdiqlangan. Bu kimyo organizmda yillar mobaynida yig'ilib asta sekin o'zini ta'sirini jiddiy kasalliklarda namoyon eta boshlaydi.

Afsus, hayot tarzimiz shunday tuzilganki, biz bir zumda atrofimizdagi barcha kimyoni yo'q qila olmaymiz. Ekobuyumlar, ekomahsulotlar, ekomebel, eko-uy kabi iboralar endi-endi bizga kirib kelmoqda. Chunki kimyo inson uchun naqadar ziyonli ekanligini barcha anglab yetdi. Shunday ekan bo'lajak farzandlarimizni ham 100% ekologik muhitda, kimyodan xoli ravishda katta qilish imkoniyatimiz hozircha yo'q.

Lekin imkon qadar bolaga bo'ladigan kimyo ta'sirini kamaytirish bizning qo'limizda! Buni homiladorlik davridan boshlash zarur. Aynan homiladorlik payti bolaning organlari shakllanadi va rivojlanishni boshlaydi. Shu davrda unga imkon qadar ekologik toza muhitni yaratib berish kerak.

Ekologik tozalik bilan oddiy tozalikni adashtirmaslik lozim. Ekologik toza deganda tabiiylik nazarda tutiladi. Oddiy tozalikka erishish uchun esa ba'zida o'ta kuchli kimyoviy vositalarni ishlatamiz. Bunda tozalik yuzaga keladi lekin ekologik tozalik-tabiiylik yo'qqa chiqadi.

Soch bo'yash vositalari, sochni kimyoviy turmaklash, uyni tozalashda kuchli kimyoviy vositalardan foydalanish, kraska va shu kabi kimyoviy moddalar bilan nafas olishdan oldin bir o'ylab ko'ring. "Kimyoviy moddalar ona orqali bolaga o'tmaydi", kabi tadqiqotlarga ishonib, lekin bolaning salomatligi bilan tavakkal qilgan yaxshimi yoki 9 oy chidab turib, sog'lom bola tug'ilishi uchun imkon qadar harakatni ayamaslik yaxshimi?

Manimcha bo'lajak ona qaysi yo'lni tanlashini bilish qiyin emas. Axir tug'ilganida sababi noaniq bo'lgan teri qizarib qichishganidan qiynalayotgan bolani ko'rib siqilishdan ko'ra, to'qqiz oy kimyoviy vositalardan uzoqroq bo'lib, bola salomatligi uchun o'z hissangizni qo'shayotganingizdan xotirjam bo'lamiz!

Muallif: G. Ganiyeva, Yurakcha.Ru sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga