Kutubxona | Ko'zlar parvarishi

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 05.04.2020
Soat: 17:46
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Ayollar uchun

Ko'zlar parvarishi

Teglar:kozlar parvarishi
Qo'shdi:Admin (15.02.2020 / 10:24)
Reyting:rating 264 article (0)
O'qilgan:22
Fikrlar:0
Ayolning jodu, sexrli ko’zlari, o'tli nigoxlari qanchalab erkaklar yuragini larzaga keltirmagan, xayajonga solmagan deysiz.

.

Qanchalar ta’rifu maqtovlar keltirilmagan bu ko’zlar xaqida. Ayolning borki go’zalligi uning ko’zlarida jo bo’lgan desak, mubolag’a bo’lmaydi. Shunday ekan, qalb ko’zgusi xisoblanmish ko’z parvarishi xaqida ham unutmaylik.

Ko’z nafaqat qalb, balki inson salomatligining ham ko’zgusidir. Sog’lom insonlarning ko’zlari tiniq, tetik, xamisha chiroyli kulib, chaqnab turadi. Aksincha uzoq vaqt televizor qarshisida o'tirish, to'yib uxlamaslik, ko’z nurini zo'riqtirish esa ko’z holatiga salbiy ta’sir etib, tabiiy nurni yo'qotishga, ko’zlarning so'lg'in bo’lib, qovoq terisining shishib, ajinlar bilan qoplanishiga olib keladi. Bunday ko’zlarga xar qancha pardoz bo'yoqlari bilan oro berishga urinmaylik, baribir, uning so’lginligini yashira olmaymiz.

Ko’z va qovoq terisiga turli kompresslar juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bunday kompresslarni sut, moychechak, juka guli, yalpiz, petrushka, ukrop, bo'tako'z o’tlari damlamasidan tayyorlash mumkin. Paxta bo’lagi aytilgan biror damlamada xo’llanib, qovoq terisiga 5 – 10 daqiqaga qo'yiladi. Bu kompresslar ko’zlar yallig'lanib, qizarganda xam foydalidir. Yuzingizga niqob qo'yganingizda esa ko’z terisiga xom kartoshkani qirg’ichdan o’tkazib yoki parrak qilib kesib qo'ying.

Ko’z qovoqlari ishgan bo’lsa, quyidagi aralashmani qo'llang: 2 choy qoshiq smetana va 1 choy qoshiq maydalangan petrushka ko’kati aralashtiriladi va 20 – 30 daqiqaga ko’zga quyiladi. Quyidagi niqob xam qovoq terisidagi shishini qaytaradi: xom kartoshkani qirg’ichdan o’tkazib, unga 1 osh qoshiq xom sut va 1 choy qoshiq un qo’shiladi va 5 – 10 daqiqaga ko’zga qo'yiladi.

Ko’z vannasi – ko’zdagi charchoq va shamollashning oldini oladi. Ko’z vannasi uchun muljallangan maxsus idish yoki piyolaga moychechak, petrushka, yalpiz yoki choy solinadi. Shuningdek, borat (bor) kislotasining bir foizli eritmasidan xam foydalanish xam mumkin. Ko’zingizni idish qiriga qo’yib, 8 – 10 marta ochib yuming. (Bunda ko’zlaringiz piyoladagi suyuqlikka bevosita tegib turishi kerak). So’ng ko’z bilan bir – necha marta aylanma xarakatlar qilinadi. Muolajadan so’ng qovoq terisiga maxsus oziqlantiruvchi krem surting.

Qovoq terisi juda nozik, u oson cho’ziladi, bu esa barvaqt ajinlar tushishiga olib keladi. Shuning uchun ko’zga bo'yoq vositalari, krem surtayotgan vaqtda extiyotlik bilan bajarilishi lozim. Xar kuni kechqurun ko’zlarga achchiq choy damlamasida namlangan paxta bo'lagini 10 daqiqaga qo’ysangiz, kun bo'yi toliqqan ko’zlar uchun juda foydali bo’ladi.

Yotishdan avval qosh, kipriklar bo'yoqdan tozalangach, ularga kichik cho'tka yordamida kanakunjut moyi surting. Bu ularning yaxshi o’sishi, oziqlanishi uchun sharoit yaratadi va to’kilishdan, ob – havoning nomaqbul ta’siridan himoya qiladi.

Muallif: G. Ganieva, yurakcha.ru sayti uchun maxsus tayyorlandi
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 2
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 2