Yurakcha. Ru

Filter:
Kutubxona | Kelin-kuyovlar uchun

Jinsiy aloqa vaqtida duch kelishingiz mumkin bo’lgan 7ta normal holat

Teglar:jinsiy hayot
Qo'shdi:admin (24.02.2020 / 10:13)
Reyting:rating 287 article (0)
O'qilgan:219
Fikrlar:0
Ayollarni jinsiy aloqa haqida o’ylaganda ko’nglini orqaga tortadigan kunlari endi ortda qoldi. Yaxshi ham bo’ldi, chunki hamma narsa ochiq oydin, ayollar endilikda jinsiy aloqaga o'z erlari qadar etiborlilar va o'zi ular qadar bu mavzuga odatiy qaraydilar.

.

Jinsiy aloqa vaqtida, jinsiy aloqa jarayonida o’ziga judayam ishongan ayollar ham o'ng'aysiz bo’ladigan holatlarga uchrab turadilar. Bizni, “vay nima bo’ldikin?”, “Bu normal holatmi?” kabi savollar boshimizni qotiradigan ba'zi ovozlar, hidlar va hislar bor.

Xo’p, jinsiy aloqa vaqtida bazan ayollarda uchraydigan, lekin xech kim qiziqib izlanib ko’rmagan yoki xech kimga aytmagan bu tur holatlar qanday bo'ladi? Va nimadan darak beradi?

1. Qurub qolishi
Yale unversitetidan Dr. Mary Jane Minkin, ayollarning (jinsiy a'zosining) jinsiy aloqa vaqtida quruq yoki namlangan bo’lishi normal holat ekanini takidladi. O’tkzilgan tajribalar natijasida, qatnashgan yosh ayollarning har uchtadan bittasida vagina (jinsiy a'zo) qurishi holati ro'y bergani ma'lum bo’lgan. Qoniqtiradigan va rohat beradigan jinsiy aloqaning siri esa oson sirpanib kirishda. Minkinning aytishicha, jinsiy aloqadan oldingi o’ynashish, erkalash "quruqlashib" qolishni oldini olishning eng yaxshi yo'li ekanini aytdi. Shuningdek, jinsiy aloqa vaqtida xonaning sovuqligi, nimalargadur chalg'ish ham bunday holatni keltirib chiqaradi. Bunday paytda marketlarda sotiladigan turli hil jinsiy a'zolar aloqasini osonlashtiruvchi, sirpanuvchan qiluvchi kremlarni ham foydasi tegishi mumkin masalan, xalq orasida eng keng tarqalgani “vazelin”. Agar quruqlik jinsiy hayotingizga jiddiy darajada ta'sir o’tkazayotgan bo’lsa va bu holat mutassil kuzatalyotgan bo’lsa shifokorga murojaat qilishingiz lozim. Eng yaxshi tabib esa juftlikning o'zidir! Jinsiy aloqani ehtiroslarga to'ldiring, tungi charchoqdagi aloqadan ko'ra ertalabkisini sinab ko'ring.

2. U…. “vaqt”
Yo’q bu orgazm emas, ammo u – jinsiy aloqa boshlagangach soniyalar yoki daqiqalar o’tgandan keyin boshlangan jinsiy aloqani qanday o’tishini, "boshlanishi zo'rku" yoki "uff yana boshlandi" deb o'ylayotgan vaqtingiz. Siz tobora orazmga yaqinlashayotganligingizni his qilasiz yoki tezroq eringizdan qutulish haqida o'ylaysiz.

3. Tualetga ihtiyojingiz bordek tuyulishi
Ma'lum jinsiy aloqa pozitsiyalarida (usullari) tualet ehtiyojingiz bordek hissiyot uyg'onadi, bu ham aslida normal holat. Bu hislar asosan ayollarda jinsiy bo’shanishga olib boruvchi G nuqtasining ogohlantirilishidan kelib chiqadi. Bo’shanish siydik yo’lidan keladi va shafof va hidsiz bo'ladi. Yana bir holat borki ayollarda bo’lishi normal holat hisoblanadi, bu - orgazim holatida siydik kelishi mumkunligi. Ba'zi ayollar qattiq kulganda yoki aksa urganda va orgazm bo’lganda siydik kelishi mumkun. Bu hususiyatlar odatda tug’ruqdan so’ng paydo bo’ladi. Bundan tashqari yaqinlashayotgan orgazm va siydik hissi orasida o’xshashlik bor shu sababdan aqlni chalg’itishi oson bo’ladi. Agar jinsiy aloqa qilish vaqtida siydik kelishi qo’rquvi sizni rohat olishingdan to’xtatyotgan bo’lsa, boshlashdan oldin hojatga kirish tavsiya qilinadi.

4. Siz qichqirasiz
Albatta sifatli jinsiy aloqadan kutilgan natija bu - lazzat olayotganini bildiruvchi ovozlardir. Lekin, ayollar bu ishni turli maqsadlar yo'lida qilishadi - ba'zilar beixtiyor, judayam lazzatlanyotganligi uchun qilishsa, ba'zilar eriga "ishni qoyillatyotganligini" bildirib, unga ishonch bag'ishlashadi yana ba'zilar esa eri tezroq ehtiroslanib, bo'shanishini xohlab shu ishni qilishadi.

5. Gaz chiqarish mumkin
Vaginal gaz chiqarish bu o’sirish bilan bir hil narsa emas. Vagina gaz chiqarishi faqatgina vaginaga kirgan havoni chiqib ketishi holos, faqat o’sirish bilan bir hil ovoz chiqishi mumkin. Bu holat vaginada havo qisilgani natijasida yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun ma'lum bir pozitsialardan chetlanish lozim bo’ladi va shuni aytish mumkunki, tez-tez pozitsiya almashtirish, vaginal gaz chiqarish ehtimolini oshiradi. Siz ko’pham bunday holatlarga etibor bermang, seks ajoyib narsa, ba'zan o’siradi, ba'zan baqiradi lekin, badanlarni birlashtiradi. Mukammal bo’lishni imkoni yo’q, eng yaxshisi jilmayib o’tib ketib, ishingizni davom ettiravering!

6. Fikringiz chalg’iydi
Ba'zan odam jinsiy aloqa qilayotganda, umuman boshqa dunyoga kirib qolgandek bo'ladi va boshqa hech bir narsani o’ylamaydi. Ba'zi vaqtlarda esa aqlga 12 million dona fikir to’lib toshib ketadi. Xusasan ayollar, har kunlik boshidan o’tkazgan tashvishlar tufayli juda osongina fikrlari chalg’ishi mumkin. O’zlarini kamchiliklarini o’ylab (masalan, semirib ketgani, pardoz qilmagani kabi) hayollarida doim uni oylaydilar.

7. Bosh og’riqlar paydo bo’lishi
Jinsiy aloqa vaqtida bosh og’rishi, asosan jinsiy hayajon ortganda, bosh va bo’yin atroflarida paydo boladigan og’riqlardir. Ba'zan birdaniga paydo bo’lishi ham mumkun – xususan orgazm vaqtida. Ko’p holatlarda bundan xavotir olishga xojat yo’q.

Rus tilidan Temur Xalikov tarjimasi, Yurakcha.Ru sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 4
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 4
Bosh sahifaga