Yurakcha. Ru

Filter:
Kutubxona | Farzand - mitti yurakcha!

Emizikli ayol yeyishi mumkin bo'lmagan mahsulotlar

Qo'shdi:admin (04.03.2020 / 17:23)
Reyting:rating 312 article (0)
O'qilgan:112
Fikrlar:0
Agar emizish davrida siz iste'mol qilayotgan mahsulotlardan qaysi biri bolajoningizga zarar keltirishi haqida o'ylansangiz, ushbu svetofor qoidasini eslab qoling.

Qizil rang - aslo mumkin emas!

Bu turkumdagi mahsulotlar bolaga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

1. Vino - alkogol 100% bo'lmasada, albatta ona suti bilan bolaga o'tadi.

2. Xom va konservadagi piyoz, sarimsoq, garimdori, mayonez va Tobasko souslari-sut mazasini achchiqlashtirib buzadi.

3. Gorchitsa (mustard), achchiq kofe, achchiq shokolad, ko'k pishloq, har xil hidli qo'shimchalarga boy bo'lgan pishloq - sut mazasini buzadi.

4. Selyodka, dengiz mahsulotlari, ikra - sutni sho'r qiladi.

5. Xom va konservadagi tunets (tuna) balig'i va krevetka-allergiya sabachisi bo'ladi.

Sariq rang - mumkin lekin ehtiyotlik bilan!

Bu turkumdagi mahsulotlarning zarari bo'lmasada, ularni ko'p miqdorda va ehtiyotsizlik bilan iste'mol qilish mumkin emas.

1. Qovun, lavlagi, qatiq, no'xat, o'simlik yog'i - ushbu mahsulotlarning ko'pligi bola qornida og'riq va ichi ketishiga olib kelishi mumkin.

2. Nok, anor, xurmo, guruch, non va pishiriqlar - bola ichini qotirishi mumkin.

3. Sigir suti, apelsin, greypfrut, qora smorodina, tuxum, qizil ikra, baliq, mankali, jo'xo'rili va bug'doyli kashalar-allergik reaksiyalar qo'zg'atishi mumkin.

Yashil rang - xohlagancha iste'mol qilishingiz mumkin!
Bu turkumdagi mahsulotlarni iste'mol qilish ham mumkin, ham foydali.

1. Sabzi, petrushka, ukrop - bola ko'zini yaxshi qiladi.

2. Salat barglari, krijovnik, smorodina - immunitet oshiradi.

3. Kabachok, qovoq, treska balig'i - bola rivojlanishi va o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

4. Tvorog, yogurt - suyak va tishlarni mustahkamlaydi.

5. Kefir, qatiq, ayron, ovsyankali kasha, brokkoli, gulli karam - hazm qilish tizimini yaxshilaydi.

ENG ALLERGIK MAHSULOTLAR:

Sigir suti - ayrim bolalarda juda qattiq allergik reaksiyalar qo'zg'atadi. Sutni ozginadan sinab- sinab, bolangizni kuzatib ichiring.

Tuxum oqi - haftada bitta tuxum yesangiz yetarli, aks holda bolada allergiya qo'zg'ashi mumkin.

Parda pishgan go'sht - agar bolangizda allergiyaga moyilligi bo'lsa, muzlagan go'shtni ishlating, muzlagan go'shtda allergenlar darajasi pastroq bo'ladi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 2
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 2
Bosh sahifaga