Kutubxona | Er va xotini bir-birlari haqida nimani bilishlari kerak?...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kech, Mehmon!
Bugun: 20.09.2020
Soat: 19:49
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Kelin-kuyovlar uchun

Er va xotini bir-birlari haqida nimani bilishlari kerak?

Teglar:oilaviy munosabatlar
Qo'shdi:admin (04.03.2020 / 17:49)
Reyting:rating 313 article (0)
O'qilgan:153
Fikrlar:0
Er va xotin orasida tushunmovchiliklar juda ko'p bo'ladi. Ayol kishi erkakdan nafaqat jismonan, balki psixologik jihatdan farq qiladi. Shuning uchun uning ayrim fazilatlari erkak uchun g'alati ko'rinishi mumkin. Ayolni shundayligicha seva bilish kerak. Buning uchun erkaklar o'z ayoli, ya'ni xotini to'g'risida quyidagilarni bilishi lozim.

1. Ayol kishini Xudo erkakdan farqli qilib yaratgan. Uning organizmi butunlay boshqacha. Ayol kishi boshqacha fikr yuritadi, boshqacha o'ylaydi, boshqacha so'zlaydi. Ayollarda intuitsiya bo'ladi. Agar erkak bosiq bo'lsa, ayol o'z emotsiyalarini ichida saqlamaydi. Ayol kishi o'z yaqinlari haqida doim hamma narsa bilib yurishni istaydi. Ayolning ushbu xususiyatlariga erning jahli chiqishi noo'rin.

2. Har bir ayol hurmat va e'tiborga zor. Er qanchalik ayoliga e'tiborli bo'lsa, o'zi shunchalik baxtiyor bo'la oladi. Xotinini hurmat qilish esa oilaviy totuvlikka olib keladi. Hech qachon ish, ko'cha va do'stlarni ayolingizdan ustun ko'rmang. Chunki erning eng katta boyligi bu uning baxtiyor turmush o'rtog'idir. Ishda qanchalik band bo'lishingizdan qat'iy nazar xotiningizga shirin so'z aytish uchun qo'ng'iroq qilishni unutmang. Xotiningiz qadriga yeting. Uni sevishingiz haqida unga aytib turing. Ayollar bunga muhtoj bo'ladilar. Faqat bayramda emas, balki boshqa kunlarda ham sovg'alar qiling.

3. Ayol uchun eng katta haqorat bu erining unga bee'tibor bo'lishidir. Ayol kishi doim eriga kerakligini, eriga yoqimli ekanligini his qilishi zarur.
Xotiningiz bilan intim aloqada bo'lishni chetga surib qo'ymang. Ayolni intim hayotini go'zal qilish, uni quchoqlash, o'pish yaxshi kayfiyat garovidir.

4. Ayol uchun uning uyi eng asosiy makonidir. Uyni go'zal va saramjon qilish uning vazifasi. Uyda xotin uchun moddiy sharoit yaratib berish - bu erning vazifasi.

5. Ayolda muammo bo'lib, uni hal qilish erning qo'lida bo'lmasa, ayolga hamdard bo'lishni bilishi kerak.

6. Ayol erkalik qiladi. Ayrim hollarda injiqlik ham qilishi mumkin. Bunga jahliz chiqmasin, u shunisi bilan sizdan farq qiladi va go'zaldir.

7. Ayol qiynalganda ko'z yosh to'kadi. Ayol yig'laganda er jahli chiqmasdan uni tushuna bilishi kerak.

8. Ayol uchun moddiy boylikdan ko'ra sizning g'amxo'rligingiz afzal. Er doim dam olish kunlari o'z oilasini qiziqarli o'ynatishi lozim. Masalan, restoranga borib birga ovqatlanish, bolalar bilan parkga borish yoki uyda xotinini hursand qilib uy ishlarida yordam berish, mazali taom pishirib berish va hokazo.
"Men unga mashina olib berdim-kui, uning chehrasi esa ochilmadi", - deb erkaklar ba'zida ayollardan xafa bo'ladi. Erini sevadigan va hurmat qiladigan ayol uchun erining puli emas, balki mehri, e'tibori va sevgisi muhimdir. Bu tuyg'ularni turmush o'rtog'ingizga qiladigan e'tiboringiz, intim hayot, arzimagan sovg'alar, gul va shirin so'zlar orqali izhor etib yuring.

Xotiningiz qanchalik baxtiyor bo'lsa sizning hayotingiz shunchalik go'zal, osoyishta va baxtli kechadi, uyingiz esa barakaga boy bo'ladi.

Oiladagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun, er va xotin intim munosabatlaridan lazzatlanish uchun, oilada totuvlik bo'lishi uchun xotin o'z eri haqida quyidagilarni bilishi kerak:

1. Erkak kishini o'zgartirishga urunmang. Uni shundayligicha kamchiliklari bilan seva biling.
Erkak kishining fikrlashi siznikidan farqli ekanligini tushuning va uning fikrini hurmat qiling. Ahir dunyoda kamchiliksiz odamning o'zi yo'q, ideal er uchun ideal xotin bo'la olmaysiz baribir.

2. Erkak kishini sindirishga urunmang. Erkak ayoldan ko'ra jismonan ham, ma'naviy ham kuchlidir. Erkakni kamsitish, uni yerga urish mumkin emas.

3. Er janjalni yomon ko'radi. Ayolning baqirishi, yig'lashi, janjal qilaverishi erning jahlini chiqarishi aniq. Erkak kishi uyga kelganda tinchlik va osoyishtalikni istaydi.

4. Erni hurmat qilish shart. Hurmat faqat shirin so'zlarda emas, balki ayolning harakatlarida ifodalanishi kerak.

5. Er o'z xotinining maqtoviga zor. Erkakni maqtash va uning har bir ishida qo'llab-quvvatlash aqlli ayolning fazilati.

6. Erga aql o'rgatmang. Agar uning xatosi sizga ayon bo'lsa, maslahat berishingiz mumkin, lekin talab qilish yoki o'z nuqtai-nazaringizni singdirish yaxshi emas.

7. Erga ishonish lozim. Erkak kishining ishida, sog'lig'ida muammo paydo bo'lsa, uning kuchiga, mahoratiga, irodasiga ayol ishonishi lozim. Bu ishonchini eriga ko'rsatib, erkak kishida o'ziga nisbatan ishonch so'nmasligini ta'minlashi kerak.
Suyukli ayol eri uchun kuchli suyanchiq bo'la olishi lozim.

8. Erkak kishi adashib yomon yo'lga kirsa, boshqa ayolga ketib qolish niyatida bo'lsa, xotin qo'lidan kelgan barcha choralarni ko'rib erini ushlab qolishi va unga xato qilayotganini ko'rsata bilishi kerak.

9. Eri podshoh bo'lishini istagan ayol o'zi shunga loyiq toj bo'la olishi kerak. Erning obro'si xotinning qo'lida ekanligini ayol unutmasligi lozim.

10. Har bir erkak uchun jinsiy aloqa bu tabiiy ehtiyojdir. Jinsiy aloqadan erkak lazzatlanadi va hordiq chiqaradi. Erkak xotiniga o'z sevgisini jinsiy aloqa orqali namoyon qiladi. Er va xotin urushganda, ular jinsiy aloqa orqali yarashadilar.
Shuning uchun eringizni, qolaversa o'zingizni ham xursand qilish maqsadida uning bu ehtiyojini qondirishga doim tayyor bo'ling.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 1
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 1
Bosh sahifaga