Kutubxona | Jinsiy hayot

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kech, Mehmon!
Bugun: 07.04.2020
Soat: 21:05
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Jinsiy tarbiya (Nikohgacha)

Jinsiy hayot

Teglar:jinsiy hayot
Qo'shdi:admin (10.03.2020 / 20:40)
Reyting:rating 328 article (0)
O'qilgan:16
Fikrlar:0
Jinsiy hayot murakkab jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayonlar kompleksidir. Jinsiy hayot urug'-avlodni davom ettirib borish uchungina xizmat qilib qolmasdan, balki erkak bilan ayol o'rtasidagi ma'naviy yaqinlikni ham ifoda etadi. Jamiyat taraqqiy etib borishi bilan jinsiy hayot ham murakkab tusga kirib, individuallashib borgan. Jinsiy hayotdagi ruhiy va jismoniy tomonning nisbati, shuningdek, seksuallikning har xil shakliga munosabat turli jamiyatda turlicha bo'lib, har bir jamiyatning o'z jinsiy axloq normalari bor. Seksuallikka tegishli narsalar inson turmushida katta ahamiyatga ega, lekin ortiq darajada seksual bo'lish, seksuallikni inson hayotini belgilab beradigan asosiy omil deb jar solish (shuningdek, bu to'g'risida indamaslik ham) zararlidir. Har bir kishining jinsiy hayot xususiyatlari ko'pgina omillarga - irsiyati (tug'ma), gormonlari, asablariga aloqador omillarga, shuningdek, shaxsning individual xususiyatlariga bog'liq.

Odamning yoshi, jinsi, shaxsiy xususiyatlari va boshqa omillarga qarab jinsiy hayot har xil bo'ladi. Shunday qilib, bir kishi uchun jinsiy hayot normal bo'lib hisoblansa, boshqa odam uchun normaga hech to'g'ri kelmaydigan, odatdan tashqari narsadek bo'lib ko'rinishi mumkin. Ko'pgina odamlar jinsiy hayot normalari to'g'risida noto'g'ri xayolda bo'lishadi, bu shunga olib keladiki, ba'zi odamlar, garchi tuppa-tuzuk bo'lsa ham, menda seksual o'zgarishlar bor deb o'ylab yurishadi. Jinsiy hayot balog'at yoshiga qarab boshlanadi. Jinsiy hayotning jadalligi, ya'ni jinsiy aloqalarning nechog'lik tez-tez bo'lib turishi odamning tug'ma xususiyatlari, yoshi, salomatligi, shuningdek, ijtimoiy omillarga (olgan tarbiyasi, turmush sharoitlari va boshqalarga) bog'liq.

Seksuallikning asosiy tomonlari libido, ereksiya, eyakulatsiya va orgazmdir. Libido yoki jinsiy mayl, odam o'zini tiyib turishi va boshqa bir qancha sharoitlar, asosan, atrofdagi vaziyatga qarab har xil bo'ladi.

Libido - jinsiy bezlarning ishga kirisha boshlashidir.

Erkak seksualligining eng tipik ko'rinishi ereksiya va eyakulatsiyadir.

Ereksiya reflektor akt bo'lib, buning natijasida jinsiy olat kattalashib, tarang tortadi, shunda jinsiy aloqa qilish mumkin bo'ladi. Jinsiy aloqadan keyin yoki bunday aloqaga qulaylik tug'dirmaydigan sharoitlarda ereksiya barham topadi. Bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha cho'zilishi mumkin bo'lgan jinsiy aloqa vaqtida jinsiy olatning bevosita ta'sirlanishi natijasida jinsiy qo'zg'alish kuchayib borib, odatda, shahvat to'kilishi, ya'ni eyakulatsiyaga olib keladi.

Eyakulatsiya ham, xuddi ereksiya singari, reflektor, lekin ancha murakkab aktdir.

Shahvat to'kilishiga bir necha soniya qolganida kishiga juda xush yoqib kelayotganligi, ya'ni orgazm boshlanayotganligi seziladi. Eyakulatsiya ham xuddi ereksiya singari, jinsiy aloqadan tashqari vaqtlarda bo'lib turishi mumkin.

Orgazmdan keyin jinsiy qo'zg'alish bosilib, erkak bir qancha vaqtgacha jinsiy ta'sirotlarga befarq bo'lib qoladi. Ana shu paytda ereksiya kuzatilmaydi, ya'ni takror jinsiy aloqa qilish mumkin bo'lmay qoladi. Jinsiy qo'zg'aluvchanlik oradan ma'lum vaqt o'tganidan keyin yana paydo bo'ladi, uning qancha vaqtdan keyin ro'y berishi kishining individual xususiyatlari, yoshi va ko'pincha vaziyatga (jinsiy aloqa qilinyotgan xonadagi muhit, ayolning yetarli darajada erkakni jalb qilishi va b.) bog'liqdir.

Bemalol jinsiy aloqa qilib turish imkoni bo'lganida (masalan, er-xotin orasida) jinsiy hayot ma'lum bir tartibga tushib, maromga kiradi.

Ayol seksualligining xususiyatlari erkak tomonidan ayolni jinsiy aloqaga tayyorlash, shaylashni ko'zda tutadi, ana shunda ayol jinsiy jihatdan ancha ko'p qanoat topadi. Shuning uchun oldin ayolni erkalash, uning ko'ngliga qarash katta ahamiyatga ega. Bunda erogen zonalar deb ataladigan qismlar, ya'ni badanning ta'sirlanganida jinsiy his uyg'onadigan joylari ham katta rol o'ynaydi. Ayolda tananing har qanday qismi erogen zona bo'lishi mumkin, shu bilan birga, ba'zi ayollarda tananing biror qismini ta'sirlantirish jinsiy hisni uyg'otsa, boshqalarida bu narsa hatto ko'ngliga yoqmasligi mumkin. Ayolni erkalatish vaqtida sezgi organlari ishtirok etishi muhimdir. Erkaklarda bu vaqtda ko'ruv organi birinchi o'rinda tursa, ayollarda eshituv ta'sirotlari birinchi bo'ladi.

Er-xotinlikda murosaning to'g'ri kelmasligi ko'pincha katta mojarolar bo'lib turishiga olib keladiki, bu - jinsiy sferaga yomon ta'sir qilib, er bilan xotin o'rtasida ko'ngil sovuqligiga sabab bo'ladi. Talaygina seksopatolog mutaxassislar fikriga qaraganda, kishining jinsiy mijozida uchraydigan kamchiliklar ko'pincha jinsiy organlar kasalliklariga bog'liq bo'lmay, balki er bilan xotin o'rtasidagi murosaning to'g'ri kelmasligi, ularning bir-biriga mos emasligi yoki bir-birlariga yetarli darajada jinsiy e'tibor ko'rsata olmasligi (jinsiy bilimlari juda no'noq bo'lganligi, jinsiy aloqaga qilinishi shart bo'lmagan ish deb qarash, sovuqqonlik) ga bog'liq bo'ladi. Jinsiy hayotdan ko'ngil to'ladigan bo'lishida er-xotinning birgalikdagi turmushda orttirgan tajribasi ham muhim, ana shunday tajriba yo'qligi avvaliga og'ir kechinmalarni ko'ngilga solib turishi mumkin. Jinsiy hayot erkak bilan ayolga huzur beradigan manba bo'lishi kerak. Lekin u bir qadar ko'nikma bo'lishini, odamlarning bir-birini tushunadigan, sezgir va, hatto, juftining tinchini o'ylab o'z oromidan kecha oladigan bo'lishini
talab qiladi.

Ayol seksualligining xususiyatlari shundan iboratki, u erkalash, mehribonlik ko'rsatilishini yoqtiradi, unda erkakdan farq qilib, jinsiy mayl vaqt-vaqti bilan o'zgarib turadi (yo hayz oldidan yoki hayzdan keyingi dastlabki kunlarda kuchayadi). Ayolda orgazm jinsiy aloqaning qanday sharoitda o'tishiga, ayol kayfiyatiga, uni oldin qancha va qanday erkalatilishiga bog'liq. Ko'pchilik ayollarda birinchi orgazm bir qadar uzoq vaqt jinsiy aloqada bo'lib yurganidan keyin va ba'zan tug'ganidan keyin paydo bo'ladi. Ba'zi ayollar har qanday sharoitda ham jinsiy aloqadan keyin hech qachon orgazm sezmaydi, shu bilan birga, bir safargi jinsiy aloqaning o'zida bir necha marta orgazm sezadigan ayollar ham bo'ladi. Lekin, ayol orgazmni sezmaydigan bo'lsa ham, o'z ko'ngliga yoqqan, o'zi sevgan kishisi bilan yaqinlik qilishdan huzur-halovat topishi mumkin.

Ayol bo'yida bo'lib qolganida jinsiy aloqani davom ettirib borsa bo'ladimi, degan masala muhim. Mutaxassislar bo'yida bo'lganda jinsiy yaqinlikdan butunlay o'zni tiyib yurish shart emas, lekin aloqa vaqtida, shubhasiz, bir qadar ehtiyot bo'lish kerak, deb hisoblaydilar. Homiladorlikning dastlabki va oxirgi 2-3 oyi davomida, shuningdek, ko'z yoriganidan keyin dastlabki 2 oy ichida jinsiy aloqadan batamom o'zni tiyib turish kerak. Bu erkak kishiga agar u jinsiy jihatdan hamisha juda faol bo'lib kelgan bo'lsa ham, hech bir ziyon-zahmat bermaydi. Shuning uchun er yuqorida aytilgan davrda jinsiy aloqa qilib bo'lmasligini tushunib, so'zsiz shunga rioya qilishi kerak. Lekin, ayolda homiladorlik davrida ham jinsiy mayl qo'zib turadigan bo'lsa, uni qaytarish maqsadida ishga zo'r berish tavsiya etiladi. Qanday bo'lmasin biror ishga berilib ketish, odatda, kishining diqqatini hirs qo'zishidan chetga tortadi.

Erkakning ikki boshi bo'ladi deyishadi. Ularning biri ishlaganida ikkinchisi ishlamay qoladi! Demak, bunday vaqtda yuqorida joylashgan boshni ishlatgan ma'quldir

Jinsiy aloqaga birinchi marta kirishayotgan yosh qizda seksuallik ko'pincha «mudroq holda» bo'lganidan juftining har qanday istaklariga bajon-u dil ko'naveradi deb qarash yaramaydi. Birinchi yaqinlik unga ba'zan hech qanday huzur bermay, aksincha, ko'nglini xira qilishi ham mumkin. Shularni hisobga olib, kuyov, birinchi kechaning o'zida yaqinlik qilishni talab etmasligi, u o'z xotinining maylini ham o'ylab ko'rishi, uning ko'nglidagi vahimasi yozilib, yangi sharoitga o'rganib olishi uchun imkon berishi kerak.

Jinsiy aloqa er-xotinning ikkalasining roziligi bilan qilinadigan va ko'ngil o'rniga tushadigan sharoitda o'tadigan bo'lsa, ana shunda u erga ham, xotinga ham huzur beradi.

Jinsiy hayotni soddalashtirib, vaqt-vaqtida shunchaki takrorlanib turadigan jinsiy aloqadan iborat qilib qo'yish va shuning natijasida er-xotin o'rtasidagi munosabatlarning zerikarli va bir qolipda bo'lib qolishi kishini ba'zan yangi his-ehtiroslarni qidirishga majbur etib, er-xotinlikka xiyonat qilish yo'liga boshlaydi. Xiyonat qilib, nikohdan tashqari jinsiy aloqada bo'lish ma'naviy zarardan tashqari, tanosil kasalliklarini yuqtirib olish xavfini ham tug'diradi, natijada oilaviy hayot halokat yoqasiga kelib qoladi.

Ichkilikbozlik ham jinsiy hayotga halokatli ta'sir ko'rsatadi, ichkilik jinsiy bezlarga zahar bo'lib ta'sir qiladi. Ichkilikka ruju qilgan odamlarning uchdan bir qismi jinsiy funksiyasi susayib qolganligidan noliydi, ayollarda esa hayz ko'rib turish vaqtidan ilgari barham topib ketadi, ayolning zurriyot berish qobiliyati pasayadi, homiladorlik va tug'uruq vaqtida ko'p asoratlar ro'y beradi. Ichkilik ichib, mast bo'lib olgan odam hech narsadan uyalmaydi, o'z xatti-harakatlari noo'rin ekanligini sezmaydi ham, aksari shunday holatda tasodifan jinsiy aloqa qilib, bemavrid bo'yida bo'lib qolishi yoki tanosil kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin.

Ichkilikdan tap tortmaydigan odamlar orasida ichkilik kishini «baquvvat qiladi» degan fikr bor. Aslida inson immun tizimi nogiron farzand paydo bo'lishini oldini olib, sperma to'kilishiga qarshilik qila boshlaydi.

Muntazam ichkilik ichib yurish erkaklar mizojini susaytirib yuboradi. Mastlik vaqtida bunyodga kelgan bolalarning, odatda, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanishda orqada qolishini va aqliy zaiflik hamda boshqa har xil rivojlanish nuqsonlari ularda ko'proq uchrashini unutmaslik kerak. Chekish ham erkaklar mizojiga zinhor yoqmasligini, nikotin mizojni susaytirib yuborishdan tashqari, moyak to'qimasiga halokatli ta'sir etishini bilib qo'yish zarur....
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 8
» Foydalanuvchilar 1
» Mehmonlar 7