Kutubxona | To`ydan oldin qizlar eshitishi mumkin bo`lmagan 5 gap...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tun, Mehmon!
Bugun: 07.04.2020
Soat: 22:09
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Jinsiy tarbiya (Nikohgacha)

To`ydan oldin qizlar eshitishi mumkin bo`lmagan 5 gap

Teglar:chimildiq | qizlar uchun
Qo'shdi:Admin (16.12.2019 / 19:19)
Reyting:rating 40 article (0)
O'qilgan:509
Fikrlar:0
«Qiz bola eshitmasin, uyat bo`ladi!»
Ba`zan kattalar shunday deyishsa, noqulay ahvolga tushasiz, uyalasiz, hatto xafa ham bo`lasiz: «Nega erga tegdim deb o`zlarini olishadi?» deysiz. Xafa bo`lmang, qizlarjon. Darhaqiqat, ayrim gaplarga quloqlaringizni berkitganingiz ma`qul, chunki ular sizga, bo`lajak hayotingizga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Demak o'sha sehrli gaplar quyidagilar:

1. Birinchi nikoh kechasi tafsilotlari. Albatta, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda jinsiy tarbiyaning ahamiyati beqiyos. Shu ma`noda ilk nikoh oqshomi haqida qizlar ma`lumotga ega bo`lishlari kerak. Lekin bu o`rinda foydali ma`lumotni zararlisidan farqlash lozim. Qiz bolani cho`chitmaydigan, nozik munosabatlardan bezdirmaydigan ma`lumotlar nikoh oqshomi yaqinlashganda yangalar tomonidan kelinning qulog`iga shipshitiladi, ya`ni turli qo`rqinchli tafsilotlardan xoli, ko`proq kelin uchun kerakli bo`ladigan gaplar aytiladi. Ammo ayrimlar, xususan, yangi turmushga chiqqan qizlar o`zlarining ilk visol oqshomlari haqida rang-bo`yoqlarga to`la (ko`pincha qo`rqinchli) tafsilotlarni hikoya qilib, qiz bolaning ongini zaharlashlari mumkin. Shuning uchun ma`lumotni yangalardan oling-u, tafsilotlarga qiziqmang. Zero, har kimning birinchi nikoh kechasi faqat o`ziniki, u boshqa birovnikiga o`xshamaydi.

2. Kelinlarning qaynonasi haqidagi yomon gaplari. Men kimdir qaynonasini yomonlashni boshlasa, qizlarning quloqlarini berkitish tarafdoriman. Bu yuqumli dardga o`xshaydi. Qiz bola hadeb qaynona yomon degan gapni eshitaverib, bunga butkul ishonib qoladi. Yangi oilaga shu noto`g`ri, buzg`unchi ishonch bilan qadam bosadi, hammaning qaynonasi yomon bo`lganda bir uniki yaxshi bo`lib chiqishiga ishonmaydi. Demak, avval boshdanoq munosabatlarning poydevoriga putur etgan bo`ladi. Onalar, yangalar, qizlarimizga o`zimizning dardimizni yuqtirmaylik, toki ular bo`lajak qaynonalarini sizning qaynonangiz emas, o`zlarining buvilari kabi inson deb ishonsinlar.

3. Kelinlik mashaqqati haddan ortiq bo`rttirilgan hikoyalar. «Kelin bo`ldingmi, tamom, odam emassan», «Erta tongdan yarim tungacha tinim bilmaysan, quldan farqing qolmaydi» kabi gaplarga umuman quloq solmang. O`sha kelinlar o`z baxtini anglamagan yo uning qadriga etmagan insonlardir. To`g`ri, birovning uyi, yangi oila, yangi munosabatlar… Albatta, ota-onangizning bag`rida yurgandek erka bo`lolmaysiz. Lekin siz mehnatdan qo`rqmang, aksincha, qancha inson sizga havas qilib turganini o`ylang. Axir, yangi hayot boshlaysiz, hamma sizdan yaxshilik kutadi, turmush o`rtog`ingiz sizni sevib-ardoqlaydi, qaynonangiz boshqalarga ko`z-ko`z qilgisi keladi. Ostonasi tillodan bo`lgan uyda baxtli hayot boshlayotgan insonsiz. Bu holat bir umrga davom etishi mumkin, hammasi o`z qo`lingizda.

4. «Erkaklarning hammasi bir go`r» mazmunidagi hasratlar. Bo`lmagan gap. Kimdir eridan kuygan bo`lsa, bu – uning taqdiri. O`ziyam osmondagi farishta emasdir. Erkaklarning yaxshisi ham bor, yomoni ham, to`g`rirog`i, har birining o`z salbiy va ijobiy jihatlari etarli. Yaxshisini oshirib, yomonini yashirsangiz (axir, kimning yaxshi odam bo`lgisi kelmaydi), u ham o`zgaradi. Ba`zan ota-ona qilolmagan ishni sevimli yor tadbiru shirin so`z bilan amalga oshirishi, ya`ni erni to`g`ri yo`lga solishi mumkin. Bekorga aytishmagan-ku: «Erni er qiladigan…» deb. Xullas, oldingizda birov erini yomonlay boshladimi, quloqlaringizni berkiting.

5. Bola tug`ish va katta qilishning naqadar azobligi haqidagi afsonalar.“Qo`rquvning ko`zlari katta”, “Qo`rqqanga qo`sh ko`rinadi” degan gaplarni eshitgansiz. To`g`ri, odamdan odam tug`ilishi oson emas, ammo dunyoda bu og`riqqa chiday olmagan ayol yo`q. Negaki, tug`ruq azobidan keyin dunyodagi eng baxtli inson – onaga aylanansiz. Bolangizning bag`ringizga bosgan daqiqangizdan boshlab barcha tortgan uqubatlaringizni unutasiz, hech qancha vaqt o`tmay kichkintoyingizga ukacha yoki singilcha olib kelish haqida rejalar tuza boshlaysiz. Katta qilish, tarbiyalashda esa siz yolg`iz bo`lmaysiz:
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3