Kutubxona | Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (1-qism)...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 03.06.2020
Soat: 09:29
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (1-qism)

Qo'shdi:Admin (17.12.2019 / 17:14)
Reyting:rating 41 article (0)
O'qilgan:312
Fikrlar:0
Beg'ubor bolalik haqida ko'p gapirashadi, og'zilaridan bol tomib bolaliklari haqida so'zlashadi, bolalik vaqtlariga qaytib qolishni orzu qilishadi. Lekin bunday hislar men uchun begona. Yoshligim piyonista ota va kasalmand ona qo'lida o'tgan. O'sha paytlarda otam har kuni ichib kelib uyda janjal qilar, o'zi kaslmand bo'lgan onamni xar hil bahonalar bilan do'pposlab urardi. 8 yoshimda esa dunyodagi yagona quvonchim, kulgularimning birgina sababchisi bo'lgan, hali 30ga ham to'lmagan onamdan ajraldim. Xa onam qutuldi, bu dunyoning zulmlaridan qutuldi. Piyonista otam esa meni hayotimni haqiqiy do'zaxga aylantira boshladi. Balki siz tasavvur qila olmasligingiz mumkun, lekin otam meni har kun pul topib kelishga majburlar, topa olmasam so'kishlaru xaqoratlar yomg'irini boshimga yog'dirar, kaltaklashdan esam xecham tap tortmasdi. Xa o'shanda atigi 8 yosh edim. Xudodan har kuni jonimni olishini yolvorib so'rardim, lekin Xudo yoki meni eshtishni xoxlamasdi yoki maxsus azoblash uchun yaratilgan bandalardan biri edim (Xarqalay o'shanda shunaqa o'ylardim). Meni faqatgina bittagina, Temur ismli do'stim bor edi. U bilan xoxlagancha sirlashardim, ko'nglimdagi bor gaplarni unga to'kib solardim. Hullas kunlar, oylar, yillar o'tib ketaverdi. 9-sinfni tamomlaganimda otam qattiq mast holatida uyga keldi, dod voy soldi, baqirdi, so'kindi, oxiri uxlap qoldi lekin, qaytib ko'zini ochmadi. Men allaqochonlar yetim qolgan bo'lsamda, haqiqiy yetimlik hujjati endi qo'limga topshirildi. Onam vafot etganda 1 oylab yosh chiqqan ko'zlarimdan 1 tomchi ham ko'z yosh chiqmadi, aksincha qalbimda qandaydir yengillik tuydim, ajib bir ozodlik nafasini his qildim. Hurmatli o'quvchi, aslida hikoyam bular haqida emas, shunchaki bu so'zlarim qaysidir nobakor otaga, qaysidir alkagolga ruju qo'ygan insonga ibrat bo'lsin deb yozdim.

* * Yurakcha.Ru * *

Keyin Temur bilan birga kasb-xunar kollejiga xujjat topshirdik. Hayotim endi silliq o'ta boshladi. O'qishdan bo'sh vaqtlarda ishlardim, topgan pulim qornimdan ortib kiyim-kechagimga ham bemalol yetardi. O'qishlarim ham a'lo, iloji boricha barcha fanlardan 5 baho olishga harakat qilardim. Hattoki 3 yil o'tib kollejni qizil diplom bilan tugalladim. Lekin, shu bilimim bilan ham institutga kira olmadim. Keyin esa arendaga damas olib el qatori kirakashlik qila boshladim. O'shanda dekabr oyining 12-sanasi edi, doimgidek moshinani haydab ketar ekanman bozorcha chetida ikkta qo'lida kattakon sumkalarni tutib turgan ayolni oldiga to'xtadim.
- Qayerga ekan opa
- ... mikrorayonga
- O'tiring, oborib qo'yaman

Anavi ayol inqilib, sinqillab sumkalari bilan mashinaga o'tirgach, u aytgan manzil tomon keta boshladim. Yetib kelganimizdan keyin ayolni og'ir sumkalarini ko'tarishib 3-etajga olib chiqishga tog'ri keldi. Eshik zavanogi bosilganida esa ichkaridan o'ta chiroyli qiz chiqib keldiki, ayolning istamaygina "kiring choy ichamiz" degan gapiga darrov rozi bo'la qoldim. Hayolimdan "Ox ana qaddi-qomat, ana husn-u jamol, ana qoshu ko'zu, ana g'uncha lablar" degan fikrlar ketmay qoldi. Bo'yi yelkamdan keladigan 17-18 yoshlar atrofidagi, sochlari belidan pastroqqa tushadigan bu hurliqo haqiqatdan ham hayolimni o'g'irlagandi. Lekin, bir choynak choyni oldimga taqarlatib qo'yib, onasi olib kelgan sumkalarni apil tapil titgancha "Oyiii nega bunaqasini oldiz, men sizga boshqachasini aytgandimku, negan mana bu narsani olmadiiiz" deya boshlaganida uni muomilayu fe'l atvor borasida maqtab bo'lmasligini tushunib yetdim. "Oyiii mana bu mardikoriz namuncha menga yeb qo'yguday tikiladiii" deganida esa o'ng'aysizlanib o'rnimdan ko'tarildim, "mayli men boray" deb sekingina uydan chiqib ketdim. "Xa mayliii" o'ylardim o'zimcha, "uni o'zim odam qilib olaman" deb qo'ydim. O'sha paytda holatimni kuzatib turgan xech bir zog' yo'q ediki, menga "Ey Halimjon, hali u qiz bilan gaplashdingu, senga ko'ngil qo'ydiyu, birga sevishdinglaru uni odam qilsang" deydigan. Hullas damasga o'tirib yana tirikchiligimni davom ettira boshladim. Lekin o'sha voqeadan keyin yuragimga olov tushgandi, sal bo'sh vaqt topdim deguncha o'sha qizni domi atrofida o'ralashadigan bo'ldim. Lekin, qiz bilan gaplashish uyoqda tursin, uni ko'rish ham haqiqiy muammo edi. Har-har zamonda ko'rinib qolganida ham meni tanib qolib, yuzini ters burar, bir zumda ko'zdan g'oyib bo'lardi.
Lekin, eng asosiysini bilib olgandim, u xar kuni ertalab bir hil vaqtda 2ta dom narida yolg'iz yashaydigan bir kampirga ovqat olib chiqib berardi.

* * Yurakcha.Ru * *

Yangi yildan 2 kun oldin do'stim Temurni tug'ilgan kuni. Lekin zapravka muammo bo'lib kechasi soat 11 largacha qolib ketdim. Uyoqda jig'ibiyron Temur dam-badam menga telefon qilar "Bitta do'stim sen bo'lsang o'zi, 1 yilda 1 marta tug'ulsam ham sen yo'q bo'lasan, 2 marta tug'ulsam ham sen yo'q bo'lasan" deb ezmalanishiga qaraganda allaqachon kayfi taroq bo'lib ulgurgandi. Mashinani gaz balonlarini qappaytirib olgach Temurni uyi tomon shoshildim. Borsam hamma ketib ulgurishibdi, do'stim esa meni quchoq ochib kutib oldi.
- Halim, do'stim, igna yutgan itdek ozib ketibsanu a?, - iljayardi Temur
- Ha do'stim, nimasini etasan, tug'ulganing bilan endi
- Raxmat, kelaqol, ko'rib turganingdek hamma ketib bo'ldi, faqat manabu bilan ikkalamiz qoldik holos, - shishada yarimlab qolgan aroqqa ishora qildi Temur, - kel bir otamlashamiz.
- E qo'y shu arog'ingni, bilasanku bunaqa narsadan nafratlanaman
- Ha mayli o'zingda nima gaplar, chota basharang mehrga tashna bo'lib turibdi
- Exxx sevgi dardiga mutbalo bo'ldim do'stim.
- Zo'rku, kim ekan u bahtli qizaloq?
- Bitta yaltiroq chayonchada, ko'nglini topolmay jonim halak
- Ehtiyot bo'lginda, hozir qizlarni bilasanku, o'zini sipo qilib ko'rsatib, bor budingni shilib ketishadi.
- E u qiz unaqalardan emas
- Sen qayoqdan bilasan? O'zi aytdimi?
- Hali u bilan gaplashganim yo'q
- Oxxo hali hammasi xom degin, kel unda bunday qilamiz. Men qizlar bo'yicha mutaxasisman, o'zingam bilasan. O'sha chayonchangga aval men gapirib ko'raman, narmalni bo'sa o'zing o'rayverasan, suyuq bo'lsa men 1-2 oy kayfimni suraman, rozimisan?

Bu gapni boshqa birov aytganida tumshug'iga yaxshilab musht tushurardimkuya, lekin sirdosh do'stimning gapiga yo'q deya olmadim.
- Mayli, roziman.
- Qachon olib borasan uni oldiga
- Ertaga ertalab

* * Yurakcha.Ru * *

"Turinglar nonushta tayyor"
Temurnini oyisini ovozidan ko'zlarim bazo'r ochildi. Do'stim bilan zavtrik qilib tashqariga chiqdik. Ertaga bayram bo'lgani uchun ko'chada odamlar gavjum, kechasi yog'a boshlagan mayin qor esa yer yuzini qoplagandi. Mashinada ketarkanmiz ko'nglimga biroz havotir o'raladi, "Rostdan ham o'rab qo'ysaya, keyin men nima qilaman". Lekin sir boy bermadim, buyog'i nima bo'lsa bo'ldi.

Mashinani panaroq joyga to'xtatdim
- Qara anau joydan chiqadi hozir
- Qani? Chiqmayaptiku!
- Shiqishi kerak, ana ana chiqdi, ko'rdingmi?
- Qaysi, anu quyonkallami?
- Xa o'sha
- Diding chakki emas, mayli sen o'tir, men borib u chayoningni kinnalab kelaman
- Extiyot bo'l chaqib olmasin
- Eee

Temur qizni oldiga keta boshladi, meni qalbimga esa g'ulg'ula tushgandi, "exx nimalar qilib qo'ydima" deb peshonamga urib qo'ydim. Temur esa to'g'ri qizni oldiga bordi, endi nimalarnidir gapira boshlagan edi hamki qiz o'rta barmog'ini ko'rsatib "sur naxxuy" deganini ding quloqlarim eshitib suyunib ketdim. Xa hursandchiligimni cheki yo'q edi, suvga tushgan mushukday ortiga qaytayotgan do'stimni ko'rib lablarim ikki chetga yanayam ko'proq tortildi.
- I haa nima bo'ldi?
- E buning chayonmas, ilonku, naqd anakonda
- Ko'rdingmi, (kerildim o'zimcha) akang qarag'ayni sevgilisi xech qachon xiyonat qilmaydi.
- Eey devonai Mashrab, avval boshini aylantir u qizni, keyin sevgilim deysan
- O'rayman ham
- Menimcha bu qiyin masala.
- Buni bilaman, brorta maslahat bersangchi
- Nimayam derdim, orqasidan yugurib yuraverasan yuraverasan oxiri ilinadi. Faqat esingda bo'lsin, yuguryotganingda tilingni osiltirib ol, ishonchliroq chiqadi.

Uni qax qax otib kulishi asabimga o'ynay boshladi.
- Ey bas qilsangchi, men seni do'stim deb maslahat so'rayapman. Yoki kinolardagidek uni birorta shilqimdan himoya qilsamchi! Menga qiziqib qolarmikan?
- O'ylab gapiryapsanmi, kim ham shilqimlik qilardi unga, peshonasiga "anakonda" deb yozib qo'yganku
- Masalan sen!
- Nima? Men? Hayolinggayam keltirma! Ko'rdingku menga nima qilganini
- Do'sting uchun 1 martagina yordam bera olmaysanmi?
- Mayli faqat 1 marta, keyin meni aralashtirmaysan
- Kelishdik
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 6
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 6
Bosh sahifaga