Kutubxona | Xato (1-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 03.06.2020
Soat: 08:47
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Xato (1-qism)

Qo'shdi:NoName (23.04.2020 / 21:36)
Reyting:rating 421 article (0)
O'qilgan:80
Fikrlar:0
Go'zal bahor kunlarining birida shunchaki tasodif tufayli uni uchratdim:
Qo'limdagi kitobni varaqlab ketarkanman bir jumlani o'qib qoldim - U bir lahzada keladi va uning sevgisi dunyoingizni gullarga to'ldiradi! Hayol bilan bir yigitga urilib ketdim. Unga
qaradim. Ko'zlari juda o'zgacha, huddi sharqirab oqayotgan suv kabi quvnoq... Tabassum bilan uzr so'radi. Hechqisi yo'q dedim. U yo'lida davom etdi. Uning boqishi esa keyingi bir necha kunda hayolimdan ketmadi. Keyingi kunlar yo'llarimiz
yana tutashaverdi, u esa menga o'sha mayin tabassumini bag'ishlab o'tib ketaverdi. Bir kun uchrashib qolganimizda ilk marta menga jiddiy va qanaqadir sirli nigoh bilan qaradi...

Hammasi juda g'alati... Yuragim dupurlab urardi uni ko'rganimda. Faqat uni o'ylaydigan bo'lib qolgandim. Uni kutib yashardim. O'sha kuni u yonimga keldi. Kuzatib qo'yishni taklif qildi. Beixtiyor rozi bo'ldim. Birga ketarkanmiz uning fikrlaridan zavqlanardim. Oxiri meni yoqtirib qolganini aytdi... Javob bermadim... Necha kunlar shu gaplarni kutib yashagan bo'lsam-da tanamni hayajon bosdi, yuzlarim lov-lov yondi...

Keyingi kunlar huddi ertakdagidek o'tardi. Hatto, yoshlar bog'ining bir chetida bizning "sopstniy" uchrashuv joyimiz ham bor edi! O'sha yerda har kuni soatlab vaqtimizni birga o'tkazardik. U meni quchib qulog'imga har safar bir gapni aytardi - Hayotimning har bir lahzasi sen borliging uchun chiroyli o'tyapti! Birga o'tirganimizda uzun sochlarimdan silab erkalar, sevgi izhorlari yuragimni yog'dek eritib yuborardi. Bilmadim, balki uning so'zlari endi tug'ilgan paytimda aytilgan azondan keyingi, qulog'imga chalingan eng yoqimli so'zdir! Yanayam bilmadim.

.

Men baxtdan sarmast edim. Jonimdan ortiq sevib qolgandim uni. Uni ko'rmasdan hatto nafas ham ololmaydigan darajaga yetgandim. Yarim yil shunday o'tdi... Hayotimning eng
baxtli yarim yili... Keyin u borgan sari uchrashuvlarga kam keladigan bo'lib qoldi. Usizlikka ko'nika olmayotgan ko'zlarim tinmasdan uni izlardi, qalbim uni so'rab tinchlik bermasdi. Va nihoyat o'sha mash'um kun keldi... Tasodifan ularni ko'rib qoldim... U va yonida judayam ochiq kiyinib olgan bir qiz... Nima qilishni bilmay qotib qoldim, o'zimga kelganimda esa ular allaqachon ko'zdan g'oyib bo'lgandi...

♥♥ YURAKCHA.RU ♥♥

Tun. Telefonim jiringlay boshladi. U... Ko'zlarimdagi yoshni qo'lim bilan sirqitib, ozgina o'pkamni bosib olganimdan keyin qo'ng'iroqqa javob berdim
- Namuncha ko'tarishing qiyin bo'lib ketdi?
- Ishlarim bor edi
- Har doimgi joyda seni kutyapman
- Xo'p, hozir boraman

Telefon o'chdi. Uni ko'rib qolganimni aytib iddao qilmadim, uni xiyonatkorlikda ayblab baqirmadim, barcha alamimni ichimga yutdim. Chunki men hamon qo'rqayotgandim... Undan ayrilib qolishdan, o'sha xiyonatkor yigitning sevgisidan ayrilishdan qo'rqayotgandim... Atay oyoqlarimni ko'rsatib, eng kalta (menga kichkina bo'lib qolgan) ko'ylagimni kiyib bordim uning yoniga. Hamon o'sha mayin tabassum, huddi xech narsa bo'lmagandek!
- Xa nega qovog'ing soliq, yo burga tepdimi?
- Boshim og'riyapdi negadir (iljayishga harakat qildim)
- Boshqa kiyim yo'qmidi senga? Bu nima yurish?
- Sizga shunaqa kiyinib yurgan qizlar yoqmaydimi?

U jim menga qarab qoldi. Yuzidagi taajub qop-qorong'uda ham kundek ko'rinib turardi.

- Bu bilan nima demoqchisan?
- Xech narsa, shunchaki... O'zi nega chaqirdiz?
- Sen bilan ko'cha sanqimoqchi edim
- Yuring, sanqiyveramiz
- Nima, seni shu ahvolingda yetaklab yuramanmi?
- Nima qilibdi ahvolimga?
- Mana bu ko'ylagingni kiyib (u ko'ylagimni siqimlab ushladi) kimga o'zingni ko'z-ko'z qilmoqchisan?
- Sizgada
- Menga bunaqa yurishing yoqmaydi
- Boshqalar ko'rsatiiib yursa yoqadiyu, meniki yoqmay qoldimi hali?

O'zimni bosa olmay qoldim. Yerda qo'limga ilinib qolgan cho'pak bilan uni alam bilan savalay boshladim.
- Kuppa-kunduz kuni begonalar bilan yetaklashib yurish yoqadiku a sizga?
- E to'xta, nima qilyapsan to'xta dedim

U meni qattiq siqib quchoqlab oldi
- Seni sevaman faqat, qo'ysangchi bunaqa gaplarni, nimani aytyapsan o'zi?
- O'zizni go'llikka solmang, hammasini ko'rdim. Yo'q bo'lib qolishlar, vaqt topa olmaslik. Sabab buyoqda ekanda?
- U shunchaki vaqtinchalik ermak uchun edi, sen bilan bir umr birgamanku!

Bu gapdan keyin uning quchog'idan siltanib chiqdimda, bor kuchim bilan yuziga tarsaki tushurdim. Orqasidan "Lag'moningni borib boshqani qulog'iga il" deb baqirdimda uyim tomon shaxdam qadamlar bilan keta boshladim. U na bir so'z dedi, na meni to'xtatishga harakat qildi... Yetib kelib xonamga kirarkanman ko'z yoshlarim yana yuzimni yuva boshladi... Tuyqus, o'zimni ayblay boshladim: axir nimalar qilib qo'ydim, endi u meni tashlab ketsa-chi?
Yo'q, unaqa bo'lmasa kerak, - taskin bera boshladim o'zimga - axir u meni rashk qildi, kiyimimni ko'rib jahli chiqdi!

O'sha tun uxlay olmadim, bir-biriga qarama-qarshi fikrlar miyamni ertalabgacha egovladi, tinchlik bermadi. Bir vaqtni o'zida ham undan nafratlanadigan, ham sog'inadigan bo'lib qoldim. Nima qilishni esa shuncha o'ylagan bo'lsamda hal qila olmadim. Balki biroz vaqt o'tishi kerakdir, balki faqatgina vaqt eng to'g'ri yo'lni ko'rsatar!?

Yo'q, afsuski sabrim yetmadi, atigi 2 kungina chiday oldim xolos. Va tun kirgan mahalda unga qo'ng'iroq qildim. Lekin, telefoni o'chirilgan ekan. Shundan so'ng sog'inchimni ozgina bo'lsada bosish niyyatida, doimiy uchrashuv joyimizga otlandim... U yerda huddi ilk uchrashuvimizdagidek o'sha sokinlik, o'sha salqin bahor havosi. Lekin, o'sha bahorgi daraxtlar o'zgargan chunki, hozir kuz! Yaproqlardagi o'sha ko'rkam yashillik o'z o'rnini "o'lik" sarg'ish rangga bera boshlagan. Huddi sevgimizdek... Hayollarim ummonidagi so'nggi jumla meni seskantirib yubordi: nahotki... nahotki sevgimiz o'layotgan bo'lsa...

Shu payt menga yaqinlashib kelyotgan ovozdan sergaklandim. Ovoz 2 xil edi, 1-si qiz 2-si yigit...imniki! Miyamga chaqmoq misoli kelib urilgan hayoldan o'zimni yo'qotib qo'yayozgan bo'lsamda, istar-istamas ovoz kelayotgan tarafga yura boshladim. Va... Uni bir qiz bilan quchoqlashib turganiga ko'zim tushdi... E voh, tanamni ichidagi yuragim portlab, chil-parchin bo'lib ketgandek bo'ldi go'yo. Birdaniga ko'zlarim yoshlandi, borgan sari og'irlasha boshladim, huddi botqoqqa cho'kib borayotgandek biror bir harakatni amalga oshirish uchun ojiz edim. Bo'g'zimda esa shundayin bir dard tiqilib qolgan ediki, u nafas olishimni borgan sari qiyinlashtirardi. Bir vaqt ular mendan uzoqlasha boshlashdi, men ham bir jur'at topib ularning ortidan bordim. Lekin, ular uzoq vaqt birga qolishmadi, tezda bir-birlariga "burunlari to'qnashdi"yu ikki tomonga ajralishdi. Men esa shaxdam qadamlar bilan Unga yaqinlasha boshladim.

♥♥ YURAKCHA.RU ♥♥

O'tiraman bag'rimga bosib sochingni silab
Shirin so'zlarni aytib, erkam seni erkalab
Menga juda yoqasan, mendan ketmagin yiroq
Bir tomchi asalsan go'yo, go'zal shirin qizaloq

Senga juda yoqadi yolg'on sevgi izhori
Ehtirosli boqishlaring buni aniq isboti
Bilaman ishonasan menga o'zingdan ko'proq
Soxta sevgim ko'zlaringga ko'rinadi yaltiroq

Sizni juda sevaman, sizsiz o'lib qolaman
Bu gaplaring hammasi yolg'onligin bilaman
Sen birinchisimassan bunday gaplarni aytgan
Shu paytgacha xech qaysi "biksam" o'lib qolmagan

Meni kechir asalim, sen shunchaki ermaksan
Zerikkanda o'ynashim uchungina keraksan
Yuragimdagi muzni eritolmas chiroying
Meni sevib qolganing - seni katta xatoing!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 7
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 7
Bosh sahifaga