Kutubxona | Botqoqdagilar (2-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 08.07.2020
Soat: 13:10
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Botqoqdagilar (2-qism)

Qo'shdi:Admin (08.06.2020 / 20:47)
Reyting:rating 453 article (1)
O'qilgan:53
Fikrlar:0
- Vooy, bu gullar mengami?, dedi Laylo hayratini yashirmay.
- Albatta, hali bunisi holva, eng asosiysi oldinda!

Ular mashinaga o'tirishgach, Artur kimgadir qo'ng'iroq qilb "Borayapmiz" dedida, nim tabassum bilan Layloga ko'zini qisib qo'ydi.

- O'zi nima ish qilasiz? - dedi Laylo, hamon qo'lidagi guldastani barmoqlari bilan silarkan.
- Biznes bilan shug'ullanamiz, 3 ta do'stim bor, hamma ish o'rtada.
- Ooo zo'rku, qanaqa biznes?
- Bunisi hozircha sir, vaqti kelib bilib olasiz.

Oraga biroz sukunat cho'kdi. Laylo uyida bo'lgan voqealarni, Rustamni bir-bir eslab oldi. Dadasining gaplari, boyagina tanishgan odami bilan tunda birga qayoqqadir ketayotganini o'ylagan qizning yuzida havotir alomatlar paydo bo'lib, yigitga yuzlandi:

- Ishqilib meni "anaqa"lardan deb o'ylamayapsizmi ishqilib?
- Qanaqalar?
- Yengiltak qizlarda?
- Yo'q-yo'q, aslo. Men sizni anchadan beri kuzatib yurardim, siz menga yoqasiz. Mana nihoyat vaslingizga erishish nasib etdi.
- Shoirona gapirasiz ekan, - qizning yuziga tabassum yugurdi.
- Men shoir emasman, ammo na qilay
Muhabbat qo'larimga tutqazdi qalam...

Bu misradan keyin ular birdaniga kulib yuborishdi. Mashina esa shaxardan chiqib ketishga ulgurgandi...

* * Yurakcha.Ru * *

Karnay-surnay sadolari ostida to'yxonaga kirib kelayotgan kelin-kuyovni, barcha mehmonlar tik turgancha, qarsak chalib kutib olishdi. O'zlaricha "Malades yoshlar" deb qo'ydi erkaklar, "Bir-biriga juda mos ekan" deb pichirlashdi ayollar.

5 yildan uzoqroq vaqt mobaynida muhabat bog'larida sayr qilib yurgan Farrux bilan Zilola rostdan ham bir-birlariga xar tomonlama mos edilar: bo'y-bastlari, oilaviy to'kinliklari, ikkisining ham shifokor ekanliklari. Faqt ular bir sohada bir-birlaridan farq qilishadi: Zilola sho'x, shaddod, hazilkash qiz bo'lsa, Farrux bosiq, o'ychan va jiddiy yigit edi. Lekin, ularning sevgisiga bu xech qanday to'siq bo'la olmadi.

Turli ajoyib tilaklar va sho'x kuy-qo'shiqlar sadosi ostida o'tgan to'ydan keyin 1 hafta o'tar-o'tmas poytaxtga malaka oshirish uchun ketgan kuyovbola, Zilolani shirin xijron domiga qoldirib ketdi. Xar kunlik kelinlik yumushlaridan ortib, shifoxonada hamkasblari yoniga borganida biroz ovungan Zilola, kech tushishi bilan, yana yostiq quchoqlab yotishini o'ylab tushkunlikka tushardi. Shunday kunlarda uning yagona ovunchog'i - pornografik videolar bo'lib qoldi. Aslida, u to'ylaridan avval ham bunday videolar ko'rishni kanda qilmasdiyu, lekin endilikda bunday sahnalar "barmqlar raqsi" bilan uyg'unlasha boshlagandi.

Farrux qaytishiga 2 kun qolganida, Zilola o'z ixtiyori bilan, shifoxonada navbatchilikda qolishga qaror qildi. To'g'rida, uyga borganida nimayam qilardi? Baribir yolg'izlik... Soat tungi 11 lardan og'a boshlaganida, tez orada eri qaytishini o'ylab, shirin ehtirosga cho'lg'angan Zilola, beixtiyor sumkachasidan planshetini chiqardi. Birozdan so'ng esa planshet ekranida uyatsiz tasvirlar jonlana boshladi...

Noutbukini unutib qoldirib, choyxonadan keyin to'g'ri shifoxonaga qaytib kelgan Baxtiyor, Ziloladan ham bir xabar olib qo'yish uchun navbatchilar xonasi tomon ketarkan qulog'iga xar hil ovozlar chalina boshladi. Biroz kayfi borligi uchun, uning qalbida ham yovvoyi hislar uyg'onib, qadamini birdan tezlatdi va qiya ochiq turgan eshikdan ichkariga kirib, bir muddat dong qotib qoldi. Yerda yechib tashlangan kelinlik lozimi, narroqda yotgan uchburchak oppoq mato, kresloda esa oyoqlari keng ochilgan Zilola, bir qo'li bilan planshetni tutib turardi, ikkinchi qo'li bilan esa...

Yo'q, Baxtiyor o'zini tuta olmadi, Zilola ham qarshilik qila olmadi, to'g'rirog'i umuman qarshilik qilmadi... O'sha kuni Zilola jirkanch yo'l bilan hirsini qondirib, hiyonat ko'chasiga kirganida, buning jazosini tez kunda va bu dunyoning o'zida olajagini hayoliga ham keltirmagandi.

* * Yurakcha.Ru * *

Malaka oshirib kelgan eri tez kunda "Glavvrach" bo'lganidan so'ng, Zilola ham uning kotibasi bo'lib oldi. Hayot huddi bir maromda ketayotgandek, hammasi o'z iziga tushgandek edi. Ammo, aslida bunday emasligini Zilola ich-ichidan xis qilib turardi, ayniqsa "uquvsiz va xech narsani eplay olmaydigan" erining quchog'ida yotgan damlarda... Va ayniqsa erining unga e'tiborsiz bo'lib, uxlab qolgan vaqtlarida... U o'sha kungi voqeani, Baxtiyorning "jilvakor" harakatlarini xech hayolidan ketkaza olmasdi va zimdan o'zini ikkinchi bor qilinadigan xiyonatga tayyorlab yurardi.

Zilola bir kuni eri uyda yo'qligidan foydalanib, telefonidan kerakli raqamni tera boshladi
- Allo eshitaman, kim bu?
- Baxtiyor aka, men Zilolaman!
- Xa Zilola tanidim, gapiravering
- O'sha kunni unutolmayapman
- Qaysi kun? 1 hafta oldingi navbatchiliknimi?
- Xa, o'sha kunni yana qaytara olasizmi?
- Bajonidil!

Ular yana bir bor uchrashdilar, bu safar qandaydur kvartirada. 2 soatgina o'tadigan "bahtli" daqiqalar yana 3 kundan keyin ham takrorlandi, ertasi kuni yana, ertasiga yana...

4 - marotabasida kvartiradan chiqishib, ikki tomonga ajralishgach, Zilola yoniga kelib to'xtagan mashinaga o'tirdi.
- Qayerga borasiz?
- 18-daha, bog'chani yoniga
- O'zimam shu tomonga ketayotgandim. Qanaqa dori ichyapsiz?, - dedi shafyor yigit orqani ko'rsatuvchi ko'zguda qovog'i uyilgan Zilolani kuzatar ekan.
- Bosh og'rig'ini qoldiruvchi tabletka, nimayam bo'lardi.
- Xaa, men homiladorlikni oldini oluvchi tabletkami deb o'ylabman.

Zilola ayb ish qilgan boladek duv qizardi, keyin esa o'zini qo'lga olib:
- O'zi nima ishiz bor nima ichayotganim bilan, taksichiligizni qilmaysizmi
- Xazillashdimku, nega jahl qilasiz?
- E xaziliz qursin, bo'ldi yetib keldik, shu yerga to'xtang.
- Xo'p, puliz kerak emas tushavering.

Zilola bir og'iz ham gapirmay, zarda bilan tushib ketdi va xonasiga kirasolib sumkasini zarb bilan yerga otdi. "E o'l kasalga o'xshamay" deb baqirdi ketidan.

Yo'q, u ayni damda taksist yigitdan emas, Baxtiyordan jaxli chiqayotgandi. Uning bugungi nimjon harakatlari, chalajon "qurol"i Zilolani hafsalasini pir qilgandi. U shu ko'yi, avval vannaga kirib chiqdi, keyin esa oshxonada taraq-turiq qilib kechki ovqatga unnay boshladi. Uni bu harakatlarini ko'rgan qaynonasi ham "Ishda charchagandurda bechora" deb qo'yaqoldi.

* * Yurakcha.Ru * *

Yana bir tong otdi. Doimgidek, hali kun yorishmay turib, kechasi 2 daqiqagina "quchoqlagan" er ishga ketishga ulgurgan. Zilola bazo'r ko'zini ochib, yuvinib olgach, qaynona-qaynotasiga nonushta tayyorlab berdi. So'ngra ishtaxasi yo'qligi uchun tezda ishga otlandi. Buni qarangki, kecha uni uyiga olib kelib qo'ygan yigit uni darvozasi yonida kutib turardi.
- Nima qilyapsiz bu yerda, nega keldiz?, - havotir bilan uyoq buyoqqa alanglab savol berdi Zilola.
- Mashinaga o'tiring, elitib qo'yaman, - dedi yigit ayyorona iljayib.
- Nega o'tirarkanman?
- Sizda muhum gapim bor.
- Qanaqa gap ekan aytavering

Yigit cho'natigadan telefonini chiqarib, birozdan so'ng ekranini Zilolaga qaratdida "play" tugmasini bosdi. Shunda bir video boshlanib, unda Zilola Baxtiyornini quchoqlab olib erkalanayotgani aks ettirilgandi...
- Xo'sh endi o'tirasizmi mashinaga?, - dedi yigit telefonini qaytarib cho'ntagiga solar ekan.

Zilola shalpaygancha orqa o'rindiqqa joylashdi va mashina joyidan qo'zg'algach:
- Xo'sh, mendan nima istaysiz?
- Bugungi kechani men bilan o'tkazishizni xohlayman.
- Axir men hali kelinchakman...
- Xa, ko'rdim, siz supper kelinchaksiz.

Zilola indamadi, faqat yetib kelganlaridan keyin o'zini Daler deb tanishtirgan yigitni telefon raqamini olib, o'zi aloqaga chiqishini uqtirdida shifoxonaga kirib ketdi.

* * Yurakcha.Ru * *

- Ketdikmi uyga?, - savol berdi Farrux hamma ketgan bo'lsada, hamon kompyuter kavlashtiryotgan xotiniga qarab.
- Yo'q, siz ketavering, men onamlarnikiga bormoqchi edim, agar ruxsat bersangiz.
- Mayli, yur tashlab qo'yaman
- Yo'q, ketavering dedimku, ukam kelib olib ketadi.
- Mayli, o'zing bilasan.

Zilola eri ketganidan keyin ham 1 soat kopyuterdan ko'zini uzmadi. So'ngra telefonini olib, boyagi yozib olgan raqamga chaqiruv tugmasini bosdi.
- Allo
- Kelavering, balnitsadaman
- Yaxshi. Hozir yetib boraman.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 7
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 7
Bosh sahifaga