Kutubxona | Botqoqdagilar (3-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 11.08.2020
Soat: 18:36
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Botqoqdagilar (3-qism)

Qo'shdi:Admin (16.06.2020 / 04:41)
Reyting:rating 459 article (0)
O'qilgan:82
Fikrlar:2
- Namuncha qovog'izni solmasangiz, - dedi Daler, yonida o'tirgan Zilolaning oyog'iga qo'lini qo'yib, - Nastroenyasi yo'q qizlar bilan ko'ngilxushlik qilishni unchalik yoqtirmayman.
- Undan ko'ra mashinani ko'zizga qarab haydang, - dedi Zilola.
- Qanday haydashni menga urgatmang, - iljaydi Daler, - hali shunday hayday-ki...!

* * Yurakcha.Ru * *

Yarim tun. Qishloq chetidagi soyning suvlari sharqirab oqar, yarim oyning g'ira-shira nurlarida ajoyib jilvalanardi. Atrofda suvning sharqiroq tovushiga xamohang tarzda chirillayotgan chigirtkalar, vaqillayotgan qurbaqalar... Bularning barchasi yoz oqshomining Motsart ham chalolmaydigan san'at asarini yuzaga keltiryotgandi. Faqatgina kattakon harasangtosh ostidagi bir-biriga qapishib ketgan ikkita ko'lanka chiqaryotgan tovushlargina bu kuyni buzib turgandek tuyulardi.
- Bo'lib qoldizmi? Og'rib ketyaptiiii, tugating endi Jonik aka
- Hozir, mana kam-gina qoldi
- Ayy og'riyaptiku jon...

Shu payt ular tomonga fonarning kuchli nurlari yo'nalib, o'z hirslari botqog'iga botgan yigit va qiz sakrab o'rinlaridan turishdi.
- Ifloslar, o'ldiraman... o'ldiraman, - ularga yaqinlasha boshladi 10 metrlar narroqda, qo'lida fonar tutib turgan yigit.

Lekin, Jonik deganlari shunaqangi juftakni rostladiki uni 2 daqiqalar quvalab yetolmagan yigit halloslagancha ortiga qaytdi. Bu paytda qiz hamon "voqea joyida" qaltiragancha turardi.
- Ak-ak-ka
- Aka dema meni xaromi, dugonamnikiga boraman deb shunaqa ishlar qilib yuribsanmi hali?
Yigit uni sochlaridan ushlab, soy tomon sudray boshladi.
- Aka meni qo'yvoring
- Meni aka dema dedim, Maftuna. Aka dema meni... Bizni o'ylamadingmi, meni, otamni sha'nini o'ylamadingmi iflos?
- Akajooon, qo'yvoring, - yig'lab yalina boshladi qiz, beligacha suvga tushgach
- Yo'q, sen o'lasan, shu soyga cho'kib o'lasan

Yigit shunday deb, Maftunani boshini suvga bosib ushlab oldi. Qiz nafas ololmay jon holatida tipirchilab, bazo'r boshini ko'tardi-yu yana suv ostiga g'arq bo'ldi. Ikkinchi martasiga ham bu holat takrorlangach, aka ortiq chiday olmadi. Yo'q, u o'z singlisini o'ldira olmadi, faqatgina xo'rsingancha "YO'QOL" degan buyruqni berdi.
- Seni xech qayerda ko'zim ko'rmasin, umuman men topolmaydigan joylarga ket. Endi sen biz uchun o'lgansan, - dedi aka.

Qiz esa akasiga yalindi, yolvordi, oxiri betiga kelib tushgan tarsakidan so'ng barchasi befoyda ekanligini tushundi va to'g'ri kelgan tomonga qarab bemaqsad keta boshladi...

* * Yurakcha.Ru * *

Maftuni oilasining yolg'iz qiz farzandi bo'lib, anchagina erka katta bo'lgandi. Uyda uning aytgani aytgan, degani degan, dadasi ham, akasi ham uni ko'ngliga qarar, nima so'rasa muhayyo qilishardi. Maftuna erka bo'lsa ham ibolikkina qiz ediyu, kollejda 3-kursga o'tganida "shapaloq" telefon tutishni boshladiyu aynidi qoldi. Avvaliga IMO, telegram keyinchalik, xar hil behayo videolar tobora egallab borayotgan telefoni qo'lidan tushmay qolgan Qiz, kamiga shaxarlik Jahongir ismli yigit bilan ham uchrasha boshladi. Xar 3-4 kunda, kechasi "dugonasinikiga" borib kelish qizga odat bo'lib qoldi. Avvaliga "sevaman, o'lman" bilan o'tadigan uchrashuvlar, telegramdagi o'zaro intim suxbatlar, yalang'och fotosuratlar natijasida "ox-voh" lar bilan o'tishga aylanib ketdi. Hammasi "silliq" o'tayotgandek edikuya, biroq jondan ortiq singlisini yurish-turishidan havotirlangan akasi bir kuni kechasi uni ortidan poylab bordi va ...

* * Yurakcha.Ru * *

"Telefonim, telefon qolib ketibdi" tuyqus ortiga qaytdi qiz va qadamini tezlatgancha boyagi joyga keta boshladi. "Jahongir akamga qo'ng'iroq qilaman, u meni yolg'izlatib qo'ymaydi" o'ylardi qiz. Xech qancha vaqt o'tmay manziliga yetib kelgan qiz, telefoni topib, shu yerda qolib ketgan ichki kiyimlarini kiyib oldi-da, bu yerdan 2 kilometrlar uzoqlikdagi katta trassa tomon keta boshladi. Yo'l-yo'lakay kerakli raqamni terdi.
- Allo, nima deysan?
- Meni uydan haydavorishdi...
- Men nima qilay shunga?
- Meni olib keting
- Jinni bo'lganmisan? Qayoqqa olib ketaman?
- Uyizgada, axir senga uylanaman degandizku
- Kalleng joyidami, qanday uyga obkelaman seni.
- Bilmadim...
- Bo'pti, 1 ta kvartira bor, o'shetga joylab qo'yaman seni. Qayerdasan hozir?
- Anavi trassadan kesayiz, chinorlar boshlangan joyda turaman.

Hartugul Jaxongir kelib, qizni o'zi bilan shaxarga olib ketdi va 7 qavatli uyning eng tepasidagi kvartiralardan biriga uni joylashtirib, ertalab kelishini aytdi-yu jo'nab qoldi.

* * Yurakcha.Ru * *

Ertalab uyg'onib, kun bo'yi Jahongirni kelishini kutib, betoqat vaqtni o'tkazgan Maftuna, g'ira-shira tun tushganidagina uni ko'rishga muaffaq bo'ldi.
- Nega kelmadiz, telefongayam javob bermaysiz, - savollarga ko'ma boshladi qiz.
- Ishlarim ko'payib ketdi. Ertaga ertalab chet elga ketyapman.
- Nima? Chet elga? Men nima qilaman?
- Bilmadim, bir kuningni ko'rasanda endi. Hozir chiqib ket bu yerdan.
- Nima? Qayerga?
- Menga farqi yo'q, hoziroq ketishing kerak.

Qizning beradigan savollarini oxiri yo'qligini tushungan Jahongir uni qo'lidan yetaklab podezga olib chiqib qo'ydi-da o'zi eshikni qulflab, shoshilgancha ko'zdan g'oyib bo'ldi. Maftuna esa bo'layotgan voqelarni aqliga sig'dira olmas, kamiga ochiqqanidan tinmay g'o'ldirayotgan qornini silagancha ko'chaga chiqdi. Biroz muddat tentirab, shaxarning tungi ko'chalarini bemaqsad kezgan qiz, bir bekatda to'planib turgan 3-4ta qizlarni ko'rib, beixtiyor ularga yaqinlashdi. Xa u bilardi, videolarini ham ko'rgan edi - shunaqa tungi vaqtlarda bekatlarda foxisha qizlar to'planishini. Lekin, u o'zini ham ular orasida ko'rishni hayoliga ham keltirmagan edi. "Nima bo'pti" o'zicha o'yladi qiz, "Birortasini tagida biroz inqillasam, tunagani joy ham topiladi, qornim ham to'yadi, pullik ham bo'laman".
- Ey, bor naryoqda o'yna, - Maftunaning hayollarini to'zg'atib, shang'illadi bekatta turganlardan biri.
- Nega baqrayasan, bor ket dedi, tushunmadingmi, - qo'shildi ikkinchisi.

Maftuna ularni do'qlaridan hayiqib, endi bir-ikki qadam bosib, ulardan uzoqlashgan edi hamki, uning yoniga qop-qora "inomarka" chiyillab tormoz bergancha to'xtadi.
- Kettikmi asal qiz, - dedi mashinaning tanirovka qilingan old oynasini tushurgancha, haydovchi yigit.
- Xa kettik, - dedi Maftuna, so'ng ko'z qiri bilan boyagi foxishalarga qarab, ichida "kuyib o'llaring" deb qo'ydi.
- Meni ismim Jamil, sizchi?, - dedi haydovchi yigit, qiz mashinaga o'tirgach.
- Meniki Maftuna
- Maftuna, go'zal qiz ekansiz.
- Raxmat.

Ular suxbatlashib, ancha vaqt yo'l boshishdi. Chamasi 1 soatlardan keyin baland tog'lar yonbag'ridagi dala hovlilardan biriga yetib kelishdi. Baland, naqshinkor darvozadan ichkariga kirishar ekan, hovlida kattakon basseyn, 2 qavatli hashamdor imorat, imoratga kiraverishda turgan marmar haykalchalarni ko'rib, Maftuna esdan og'ayozdi.
- Qoyil, hammasi siznikimi?
- Yo'q, hammasi emas. Bular yana 2ta do'stimniki ham. Hali zamon ular ham kelib qolishadi. Yuring ichkariga kiraylik.

Ichkariga kirishlari bilan, kattakon stol nozu ne'matlar bilan bezatilgan bo'lib, ular o'sha yerga joylashishdi.
- Olavering, tortinmang, - dedi yigit, dasturxondan bazo'r o'zini tiyib turgan qizga jilmayib qararkan.
- Xo'p.

Oradan xech qancha vaqt o'tmay, eshik oldida yana bir juftlik ko'rinish berdi.
- Ooo kelinglar kelinglar, - quchoq ochib kutib oldi ularni Jamil, - Nega buningni qovog'i soliq, Daler?
- Xech qisi yo'q, hozir o'ziga kelib qoladi. O'zingniki chakki emas. Ismi nima?
- Maftuna, senikinichi?
- Zilola.

Ular tanishib olishgach, Daler telefonini olib, qandaydir raqamni terdida chaqiruv tugmasini bosdi
- Allo, Artur kelyapsizlarmi... Ha biz kelganmiz... Xo'p

15 daqiqa vaqt o'tgach eshik oldida yana bir juftlik paydo bo'ldi.
- Tanishinglar, bu Laylo, - tantanavor e'lon qildi Artur...

* * Yurakcha.Ru * *

Bazm avj nuqtasiga chiqdi. To'xtovsiz ko'tarilayotgan qadahlar, har bir qadahdan keyin yechib uloqtirilyotgan kiyimlar... Avvaliga bir-birlariga hurmat, madaniyat, mulozamat bilan o'tayotgan kecha borgan sayn behayo so'zlaru yalang'och tanalar bilan to'lib borayotgandi. Ayniqsa, qizlar - Laylo, Zilola va Maftuna spirtli ichimliklar ta'sirida butkul o'zlarini unutishgan, tanalari umuman o'zlariga bo'ysinmaydigan holatga kelishgandilar. Ular so'nggi qadahlariga qandaydir dori aralashtirib berilganini esa umuman sezishmadi...

Ko'ziga tushib turgan yorug'lik ta'sirida bazo'r ko'zlarini ochgan Zilola atrof qop-qorong'u bo'lgani uchun avvaliga xech narsani ko'rmadi. Faqatgina atrofni paypaslab, yonida ikkita yalang'och qiz yotganligini, o'zi ham huddi onadan tug'ulgandek qip yalang'ochligini bildi. Va shuni ham sezdi-ki, ular qandaydir bir quti ichida edilar, boyagi hira yorug'lik esa quti yuqorisida havo kirib turishi uchun mo'ljallangan yagona tirqishdan tushayotgandi. Atrofda eshitilyotgan motor gurullashi, qutini qayoqqadir olib ketishyotganidan dolalat berardi.
- Ey, uyg'oninglar, - dedi u yonida yotgan qizlarni birma-bir siltab.
- Voy, qayoqdamiiiz, - hayron bo'ldi Laylo
- Karobkani ichida, bizni qayergadir olib ketishyapdi, - javob berdi Zilola
- Kiyimlarimiz qani, voy nega to'xtab qoldik, - daxshatga tusha boshladi Maftuna.
Lekin bu savolning javobi mavhumligicha qoldi. Ular, qutini qayergadir ko'tarib olib borib, yerga qo'yishganini daxshat bilan sezib turishardi. Birozdan so'ng tepada nimadir sharaqlab, quti og'zi ochildi. Qizlar qadlarini ko'tarar ekan, atrofda 30-40 chog'li avtomat ko'targan jangarilar ularning yalang'och tanalariga suqlangancha qarab turishardi.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga