Kutubxona | Botqoqdagilar (5-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 08.07.2020
Soat: 12:30
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Botqoqdagilar (5-qism)

Qo'shdi:Admin (27.06.2020 / 21:35)
Reyting:rating 465 article (0)
O'qilgan:27
Fikrlar:0
"Qorindor boshliq" ning kutilmagan mulozamatidan hayron qolgan qizlar bir-birlariga qarab qo'yshdi lekin, ulardan xech biri ovqatga qo'lini uzatmadi. Hamma jim, chodirda faqat "Qorindor boshliq"ning cholpillab ovqat yeyishi eshitiladi. U 10-15 daqiqa o'tgachkina qizlarga birma-bir o'tkir nigohini qadab chiqdi va
- Ovqatlanib olinglar, - dedi qat'iy ovozda. U o'zbek tilida shunchali ravon gapirdi-ki, 3 juft qorako'z unga taajub ila tikilib qoldi.
- Nima o'zbekmisiz? - savoldan o'zini to'xtata olmadi Zilola.
- Xa, nima bo'pti?
- Bizni qo'yib yuboring, - yig'lamsiray boshladi Maftuna.
- Ovqatlanib olinglar, uyog'ini keyin ko'ramiz. Meni ba'zi ishlarim bor, birozdan so'ng qaytaman.

"Qorindor boshliq" chiqib ketishi bilanoq barcha birdaniga ovqatga qo'l uzatdi.
- Rostanam o'zbekmikana? - g'o'ldiradi Maftuna, kavshana turib. Qizlar esa unga javoban yelka qisib qo'yishdi.
- Baribir undan nimadir kutish qiyin, - dedi Laylo xo'rsinib.
- Qayoqdan bilan? Mana bizga kiyim, ovqat berdiku. Buning ustiga o'zbek ekan! Menimcha...
- Bekorga umidvor bo'laverma, - Maftunaning gapini bo'ldi Zilola, - Agar qutqarish niyyati bo'lganida kunduz kuni qo'lma-qo'l bo'lmas edik.

Shu payt bu yerga qaytib kelgan "Qorindor boshliq" qizlarning suxbati to'xtab qolishiga sabab bo'ldi. U joyiga o'tirar ekan:
- Xo'sh qizlar kamchilik yo'qmi?
- ...
- Indamaymiz denglar? Yaxshi. Xozir ketasizlar.
- Uygami?! - quvonib ketdi Maftuna.
- Xa, shunaqa desayam bo'ladi. Endi chiqinglar, kutib qolishdi!

Qizlar orqama-ketin chodirdan chiqishdi va jangarilardan biri ularni shu yerda turgan mashinaga kuzatib qo'ydi.

* * Yurakcha.Ru * *

Erta tongdagi quyosh nurlari ta'sirida ko'zlarini ochgan Laylo, uxlab yotgan sheriklarini ham sekin turtib uyg'otdi. Bu paytda mashina qandaydir qishloq oralab ketib borar, ko'chada ahyon-ahyon avtomat ko'targan erkaklar, paranji yopingan ayollar va hatto o'ynab yurgan bolakaylar ham uchrab qolardi. Ular bu xaroba qishloqqa begonadek bo'lib turgan bir hashamdor bino yoniga to'xtagach, haydovchini yonida o'tirgan jangari yugurgancha bino kirib ketti va bir daqiqa o'tar-o'tmas shu tahlid ortiga qaytdi. So'ngra, qizlarga tushish ishorasini qilib, avtomatini o'qtalgancha ularni binoga boshladi. Ortiga qarab, jangariga "Nega bu yerga keldik, O'zbekistonga bormaymizmi" deb savol bergan Maftunaning ketiga tepki kelib tushgach, barcha qizlar yanada mutelarcha bino eshigiga yaqinlashishdi. Atrof jim-jit, qanaqadir g'alati sokinlik, shu bilan birga shubxali ham. Bu daxshatli shubxani faqatgina Zilolaning ichki sezgi a'zosi so'zlab turardi va u adashmagan edi. Qizlar bino ichiga kirishlari bilan atrof xushtak va qarsak tovushlariga to'lib ketdi. Bino ichida nashaning tutuni bulut singari suzib yurar, bir chetda bezatilgan stul bo'lib, uning atrofida 10-15 chog'li yarim-yalang'och yigitlar o'tirishardi. Cho'tir yuzli, devqomat bir yigit esa eshikdan kiraverishda turardi. U qizlarni olib kelgan jangariga cho'ntagidan bir tahlam pul olib tutqazdi-da, u ketganidan so'ng eshikni yopib, qulflab qo'ydi. Keyin hafsalalari pir bo'lib, o'tirib qolgan qizlarga parvo ham qilmay sheriklariga qo'shildi. Stul atrofida fors-arab tilidagi gurung avjiga chiqdi, nasha va spirtli ichimliklar qimor bilan uyg'unlashib ketgandi. Lekin, qizig'i ulardan xech biri qizlar tomonga qarab ham qo'yishmasdi.
- Ular bizga tegmaydimikan, - dedi Maftuna daxshat bilan. Bunga javoban Laylo unga shuday zaharli ilajaydi-ki, bundan "Axmoqmisan, o'zi senga tegish uchun olib kelishdiku bu yerga" degan ma'noni ilg'ab olish qiyin emasdi.
- Qizlar, qochamiz! - dedi Zilola, biroz jimlikdan keyin derazaga ishora qilib.
- Qanday? - hayron bo'ldi Laylo.
- Anavi yerni qara, temir bor. Shu bilan derazani sindiramiz.
- Ular bizni o'ldiradiku, - yig'lamsiradi Maftuna. Laylo esa
- Talpada qolgandan ko'ra o'lgan yaxshi, - dedi-da, qaddini rostladi. So'ngra o'sha temirni olib, yugurgancha derazaga borib urgan edi chil-chil bo'lib ketdi. Keyin o'zi derazadan oshib o'tib, duch kelgan tomonga yugura boshladi. Uning ortidan avtomatning o'q otilgan tovushlari eshitila boshladi. Laylo esa xaroba uylar oralab yuguraverdi, yuguraverdi, oxiri holdan toyib, portlash natijasidami yoki zilzila oqibatidami tomi qulab tushgan bir kulbaning kichkinagina tirqishiga bekinib, endi nafas rostlagan edi hamki yeklasini bosgan qo'l natijasida bir sapchib tushdi.
- Qo'rqma, menman, - dedi Zilola, - sal suril, men ham kiray.
- Mayli, kel. Maftuna qani?
- Bilmadim... Yugurishni boshlaganimda yordam so'rab qichqirganini eshitdim, xolos...

* * Yurakcha.Ru * *

Deraza chil-chil bo'lganida, shokka tushib qolgan Maftuna taxtadek qotib qoldi. U Zilola derazadan sakaray turib "Qoch Maftuna" deb baqirganidan keyingina o'ziga keldi va shoshilgancha deraza tomon yugurdi. Lekin, shu zahotiyoq uni ikki yigit ushlab qoldi va yordam so'rab zorlanayotgan qizni yuqori qavatga olib chiqishdi-da bir xonaga qamab qo'yishdi. Bu xonada na bir tiriqish bor na bir deraza. Maftuna taqdiriga la'natlar o'qigancha xonaning bir burchagiga o'tirdi. So'ngra boshini devorga urib yig'lay boshladi... Oradan vaqt 3-4 soat vaqt o'tdi. Zilola bilan Layloning izini topa olmay qaytib kelgan yigitlar "bor alamini" Maftunadan olish maqsadida ko'zlari hirsga to'lib, xonaga kirib kelishdi. Maftuna esa hamon xona burchagida o'tirar, kiyimlari yirtilgan, boshi yorilib qon oqardi. U qiqir-qiqir kulgancha "Hammasi o'zimni aybim, bariga o'zim aybdorman" deb takrorlardi. U shu gapni takrorlab, xoxolab kulgancha, kirib kelgan yigitlarga o'zini otdi. Lekin, yuragiga sanchilgan pichoq natijasida "shilq" etib yerga yiqildi...
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 9
» Foydalanuvchilar 1
» Mehmonlar 8
Bosh sahifaga