Kutubxona | Botqoqdagilar (6-qism)

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli kun, Mehmon!
Bugun: 08.07.2020
Soat: 12:03
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Botqoqdagilar (6-qism)

Qo'shdi:Admin (29.06.2020 / 13:51)
Reyting:rating 466 article (0)
O'qilgan:26
Fikrlar:0
Derazadan sakrab o'tayotganida sanchilgan shisha parchalari, poyabzalsiz yugurishi natijasida momataloq bo'lgan oyoqlarini ko'ylagidan yirtib olgan mato bilan bog'lab olgan qizlar, quyosh tikkaga ko'tarilganida bekingan joylaridan chiqib atrofni kuzata boshladilar.
- Maftuna endi kelmasa kerak, o'zimiz ketaveramiz, - dedi Zilola
- Uning kelmasligi aniq, lekin, qayoqqa ketamiz?
- Bilmadim. Manashu yo'ldan ketaveraylikchi bir gap bo'lar. Amallab Surxondaryo chegarasini topib borishimiz kerak ...

Ular yo'lga tushishdi. Boya yugurganlarida qo'rquv natijasida unchalik ham sezilmagan oyoqlardagi jarohat hozirda ularga shunaqangi og'riq berar ediki, har bir qadam bosish azobli edi. Ular har zamonda ularga ajablanib qarayotgan begona odamlarning ikki-uchtasidan manzilni so'ramoqchi bo'lib, "Uzbekistan, Uzbekistan" deb qanchalik takrorlashmasin tayinli xech bir javob olisholmadi.
- Bu omi odamlar o'zlarini qishlog'idan chiqmagan ko'rinadi, - asabiylasha boshladi Zilola navbatdagi urinish besamar ketganidan so'ng.
- Xa shunaqa ko'rinadi, - dedi Laylo, - xa demay kech tushadi, tunagani joy topishimiz kerak.
- Xa ovqat va suv ham, - kuldi Zilola
- Exx qaniydi, dadam pishirgan osh bo'lganida... Kichkinaligimda yeganlarim esimga tushib ketdi.
- Nima faqat kichkinaligingda yeganmisan?
- Xa. Dadam bizni tashlab ketgan, hozir uni boshqa oilasi bor.
- Voy nega?
- Bilmadim, oyimni aytishicha u xotinboz bo'lgan ekan. Shu sababli ajrashishgan. O'zingchi? Oilang bormi?
- Xa, yaqinda to'yim bo'lgandi.
- Unda nega... bu yerlarda yuribsan?
- Exx so'rama, beboshlik qilib qo'ydim
- Xaaa... To'xtachi biz boya ertalab shu yerdan kelgandik, - dedi Laylo atrofdagi bir-ikkita xarobalarni tanigandek bo'lib.
- To'g'ri. Anavi bizni olib kelgan mashinaga o'xshar ekan
- Xa rostdan ham shu!

Qizlar ehtiyotkorlik bilan mashina turgan hovliga oyoq uchida kirishdi. Mashinaning old oynasi ochiq bo'lib, kalitlar joyida suqilib turgani ko'rinib turar, ular oldidagi paxsa devorli uydan esa 2 kishining g'o'ldirab gapirgan tovushlari eshitilardi.
- Mashina haydashni bilasanmi? - pichirladi Laylo
- Xa. Lekin, avval ichkaridagilarni bir yoqlik qilish kerak. Bo'lmasa hovlidan chiqishga ulgurmasimizdan bizni otib tashlashadi.
-To'xtachi, mashina ichida nimadir bormikan.

Laylo mashinani obdon kuzattiyu lekin, xech vaqo topa olmadi, faqat chala ochiq turgan bardachokda nimadir borligini sezib, uni ochib ko'rdi.
- Zilola, mana bu nima?
- Bu granataku! Menga berchi, qoyil! Sen ishora qilishim bilan huddi boyagidek derazani sindirasan.

Ichkarida xech narsadan xabari yo'q jangarilar nashani tortib o'tirishganida, to'satdan deraza oynasini sindirib g'isht uchib kirdi, ortidan esa granata. Jangarilar o'rnidan turishlariga ham ulgurishmadi...
- Ular o'ldi, - dedi murdalarni birma-bir tepib ko'rgan Zilola, - endi ularni kiyimini kiyib olamiz.
- Xo'p, avval suv ichib olaylik, tashnalik qiynab yubordi.
- Gapirma! Qani, menga ham berchi
- Endi qayerga boramiz Zilol?
- Jangarilarni oldiga, anavi Arturing qaysi tomonga ketganini ko'rgandim. O'zbekiston o'sha, u ketgan tomonda bo'lishi kerak.

* * Yurakcha.Ru * *

- Mana buni qara, - dedi Laylo, mashinada qishloqdan chiqib keng sahro bo'ylab ketishar ekan, kiyimni cho'ntagidan bir dasta pulni chiqarib.
- O'o' yuztalik dollarku! Nechta ekan?
- Xozir... 300ta ekan
- Har birimizni 10ming ko'kiga pullabtida, xaromilar
- Yo'q meni 20mingga, senlarni 5 mingdan pullgan, - kuldi Laylo
- Axvolingni qarayu, yana hazil qilishingnichi, - jig'ibiyron bo'ldi Zilola

Qizlar so'qmoq yo'l bo'ylab sahroda ketishar ekan, qorong'u tushib vaqt yarim tunga yaqinlashganida uzoqdan mash'alalarni ko'rib to'xtashdi.
- Endi qayoqqa? - dedi Laylo.
- Bilmadim, qorong'uda xech narsa ko'rinmayapti, tong saharda yo'lga tushamiz.

Qizlar bagajdagi kanstirda benzin bilan mashina bakini to'ldirib olib, tong yorishishini kuta boshladilar.
- Uxlab qolmasligimiz kerak, - dedi Zilola.
- Xa uxlamaymiz. U yoqqa, O'zbekistonga borganingdan keyin nima qilasan? Ering bilan yashayverasanmi xech narsa bo'lmagandek?
- Bilmadim, ajrashsam kerak. Senchi, sevganing bormi?
- Bor edi...
- Nega edi?
- Biz sevishganlarga emas, ko'proq o'ynashlarga o'xshaymiz.
- E qo'y shu erkaklarni Laylo, qaytsak ikkalamiz biznes boshlaymiz, anavi pullarga!
- Qanaqa biznes, - Layloning yuziga ayyorona tabassum yugurdi, - biz ham qizlarni aldab olib kelib sotamizmi?
- Qayoqdan bilding!

Qizlarning kulgusi butun sahroni larzaga keltirib yubordi.
- Xoy bo'ldi, sekinroq, - dedi Zilola bazo'r o'zini bosib, - men bir tikuvchilik seximi yoki fabrikasinimi ochmoqchiman.
- Voy vuy, meniyam sherik qilasanmi?
- Albatta, sen direktor bo'lasan, men esa ish boshqaruvchi.
- Kelishdik... Lekin Zilol, - dedi Laylo biroz mayus tortib, - bu yerdagi ikki kun meni butunlay o'zgartirib yubordi.
- Xa, meni ham

Qizlarning har biri o'zicha o'yga cho'mib qolishdi, ayni damda ularning ikkisi ham o'tmishini ko'z oldidan o'tkazishar, qilgan xatolari haqida o'y surishardi...

* * Yurakcha.Ru * *

Tong yorisha boshlaganida atrofni kuzatayotgan Zilola:
- Anavi daraxtlar tomonga ketgandi, - dedi quvonib.
- Unda ketdik! Shu yerdan kesib chiqamiz

Ular so'qmoq yo'ldan chiqib, o'sha daraxtlar tomonga ketishar ekan, tikilgan chodirlar tomondan o'q ovozlari eshitila boshladi.
- Ular bizni sezib qolishdi, - jahl bilan rulga urda Zilola
- Tezroq hayda Zilol qo'rqib ketyapman.
- Qo'rqma, biz ulguramiz.

Ortiga qaragan Zilola ularni mashinalar ham quvib kelishayotganini ko'rib tezlikni yanada oshirdi. O'q ovozlari esa hamon tinmas, hatto bir-ikki marta yonidan zuvillab o'tib ketgani ham eshtilib turardi. Ular daraxtlar yoniga yetib, so'qmoq yo'lga ko'zi tushgach, mashinani shu yo'l bo'ylab hayday boshladi.
- Ular yaqinlashmayaptimi? - baqirdi Zilola, lekin javob kelavermagach yoniga burilib qaradi... qaradiyu faryod solib "Yo'o'q" deb yig'lab yubordi. Laylo yuzida nim tabassum bilan harakatsiz yotar, boshini teshib o'tib peshonasidan chiqib ketgan o'q oqibatida qolgan teshikdan esa qon sizib chiqardi... Lekin, Zilola to'xtamadi, orqadagi taqibchilardan qutilish uchun gazni bosdi, uzoq-uzoqlarda ko'rina boshlagan ko'p qavatli imoratlar tomon keta boshladi.

U kichkina shaxarchaga yetib kelganida, ortida quvib kelayotgan jangarilar qaytib ketishga ulgurishgandi. Zilola shaxar oralab ketar ekan, bozorcha yonida to'xtab, suv va yegulik harid qildi. Shuningdek chegaraga oz qolganini, shaxardan chiqib yana bir sahro kezza yetib olajagini ham amallab so'rab bilib oldi.

* * Yurakcha.Ru * *

Shaxardan chiqib, boya aytilgan sahro bo'ylab ketayotgan Zilolaning ko'zlarni qator qilib terilgan kuzatuv nuqtalari - vishkalarga tushib mashinani to'xtatdi. "Xoynaxoy o'sh bo'lsa kerak chegara" dedi o'ziga-o'zi. So'ngra o'zi bilan kerakli buyumlarni oldida, buyog'iga piyoda yo'lga tushdi. Ketaturib esa "Meni kechir Laylo, seni shu yerda qoldiraman" deb qo'ydi.
Haqiqatdan ham u ko'rgan narsa chegara bo'lib, tikanli simlar tortilgan, sim atrofida esa chegarachilar ham ko'rinish berardi. Eng asosiysi, u vishkalarning birida O'zbekiston bayrog'i hilpirayotganini ko'rib orziqib ketdi va qadamini tezlatdi. Chegara yonida esa bir askar unga qurolini to'g'irlab baqira boshladi:
- To'xta, yaqinlashma bo'lmasa otaman!
- Otmang akajon, men o'zbekman, iltimos
- To'xta dedim.

Zilola navbattagi qat'iy buyruqdan keyin joyida to'xtadi. Masofa ancha yaqinlashib qolgandi.
- Meni o'tkazib yuboring, men o'zbekman.
- Nima qilib yuribsan uyoqlarda?
- Meni aldab olib kelib, sotib yuborishdi jangarilarga
- Zilola! Senmisan? - hayron qoldi shu yerdagi askarning yoniga kelgan yana bir chegarachi yigit.
- Karimjon? Ha menman Karimjon, meni o'tkazib yuboringlar, - sevinib ketdi Zilola, chegarada xizmat qilayotgan mahallasidagi yigitni tanib.
- Mayli, kelaqol tez!

* * Yurakcha.Ru * *

Tun. Hashamatli dacha oldida bir yuk mashinasi to'xtab turar, uch nafar yigit esa inqilab-sinqillab unga kattakon qutini yuklamoqchi bo'lishayotgandi. Shu payt ulardan biri atrofdagi sharpani sezib:
- Xech kimni ko'rmadilaringmi?
- Yo'q, uyqusirayapsanmi Daler?
- Kimdir borga o'xshayapti, qutini yerga qo'yinglarchi.
- Qo'ysangchi, birorta qush-push bo'lsa kerakda, - dedi Artur, lekin shu zahoti ko'ksiga urilgan pichoq zarbidan o'kirgancha yerga yiqilib, bukchayib qoldi. "Bu Laylo uchun" qichqirdi ko'zlari qonga to'lgan Zilola. Uning keyingi harakati natijasida pichoq, hali xech narsani anglab ulgurmagan Jamilning yuragiga borib sanchildi - "Bu Maftuna uchun!". Daxshatga tushagan Daler cho'ntagidan to'pponchasini chiqarib, qo'llari qaltiragancha otishga tayyorlar ekan, Zilola epichillik bilan uning ham biqiniga pichoqni sanchdi - "Bunisi men uchun!" , so'ngra yugurgancha ko'zdan g'oyib bo'ldi.

Erta tongda voqea joyiga yetib kelgan militsiya hodimlari yerda chavaqlanib yotgan uch nafar yigit va kattakon quti ichida behush yotgan uch nafar qip-yalang'och qizni ko'rib hayratdan yoqa ushlashdi.

Oradan bir kun o'tib esa Zilolaning mahallasida yana bir sovuq xabar tarqaldi - "Yangigina kelincha 4 kun qayoqqadir g'oyib bo'lib, esdan og'ib qaytib kelibdi. Kelasolib, shifoxonada navbatchilikda qolgan Baxtiyor do'xtirni o'ldirib, shu yerni o'zida o'ziniyam joniga qasd qilibdi!"

Shuning bilan hikoyamiz tamom, xato va kamchiliklar uchun ma'zur tutgaysiz. Hikoya borasida fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Zero, bu mening bunday janrdagi birinchi ishim!

Muallif: Temur Xalikov, yurakcha.ru - 2020
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 8
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 8
Bosh sahifaga