Kutubxona | Sen bahtli bo'lishing kerak ......

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 03.06.2020
Soat: 07:33
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Ayriliq

Sen bahtli bo'lishing kerak ...

Qo'shdi:Admin (12.12.2019 / 15:19)
Reyting:rating 5 article (0)
O'qilgan:155
Fikrlar:0
Bugun kelin bölding oppoq libosda
Dardlaring ichingda, bosasan qadam
Senga tikilaman qarab uzoqdan
Közimdan nimadir yumalar har dam
Körib qolmasin deb bölaman sergak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Armonla boqaman yana sen tomon
Yurakda nimadir ketar uzulib
Bugun qalbimdagi sevgi binosi
Butkul ketayotgan edi buzulib
Mayli bu bino yöqolib ketsin bedarak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Sözlaring eslayman sog'inish bilan
Göyoki turibmiz ikkimiz birga
Senga körsataman ana kelin deb
Qanday mos ekan deb bir-birlariga
Sen yöqsan yonimda lek, könar yurak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Hayolim parishon, bema'ni öylar
Atrofga qarayman jovdirab tez-tez
Yuraksiz qolgan oshiq deb barcha
Kulganday böladi qöllari bigiz
Özimni bosaman topib bir ermak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Men tomon boqasan, bekitaman men
Yosh töla közlarim yerga qaratib
Azoblar kemirsa ham dardli yuragim
Senga qarab kulaman, köz yoshim artib
Kulish uchun senga men bölay örnak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Yolg'izim közlaring ne uchun mayus
Iltimos achinma meni xolimga
Nahot unutmading sen meni hanuz
Nahot sevish tegmadi seni joningga
Yöq, sevma xech kimni, yoringdan bölak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Balki biroz muddat qop qora tunlar
Bölib qolar sening yolg'iz sirdoshing
Sevgimiz xaqqi men ishonaman
Albatta yetadi seni bardoshing
Ollohdan sen uchun sörayman kömak
Axir sen eng bahtli bölishing kerak

Töy ötib qaytaman sekin ortimga
Sezmayman atrofni, közlarim hira
Axir ösha oq libosda mayus turganing
Mening köz oldimdan ketmaydi sira
Faqat bög'zimga tiqilib qolgan bir tilak
Sevgilim sen bahtli bölishing kerak

Dunyo bir kam ekan biz esa ojiz
Sevdim sevildimu lek, qoldim yolg'iz
Bugundan hayotim azob toabat
Bahting körish uchun qilaman toqat
Endi menda bir xoxish, faqat bir istak
Men seni eng bahtli körishim kerak

Sevaman deb söngi lahzada
Butkul arostda ketding qoldirib
Sevging bilan urib turgan yurakni
Yana sevging bilan ketding öldirib
Sen uchun jon berdi bir ojiz yurak
U uchun sen bahtli bölishing kerak

Esimda uyinga borgandim sen deb
Otang oq qilaman deb qilgandi tahdid
Degandi, gar qizim sen bilan bölsa
U bizni mexrimizdan qilmasin umid
Otadan voz kechish Ollohgaku shak
Lekin sen eng bahtli bölishing kerak

Mayli sen endi nafratlan mendan
Axir men voz kechdim sendan, sevgidan
Men uchun kurashmadi, nomard deb ata
Mayli qadring uchun yig'la bir marta
Keyin barin unut, axir sen malak
Albatta eng bahtli bölishing kerak

Axmoq eringga ham aytgandim barin
Ösha senga sovchi qöyib yurgan damlarda
Lek u ham göyo qög'irchoq misol
Degandi ixtiyorim ota onamda
Xa, afsus endi seni bitta xezalak
Dunyoda eng bahtli qilishi kerak

Men zulmat qarida ketyapman yurib
Kimdur meni jinni der, kimdur devona
Yöq jinni emasman shunchaki ba'zan
Isming aytib xörsinaman axyon axyonda
Lekin men haliyam hayotman, demak
Yolg'izim sen bahtli bölishing kerak

Uchrashuv joyimiz, qalbimda alam
Daraxtlarga öyib yozgandim isming
Mana bugun ularni men ayamasdan
Chopib yöq qilmoqdaman birin ketin
Meni senga eslatmasin na daraxt na barg
Sen mensiz eng bahtli bölishing kerak

Köplar havas qilgan gözal sevgimiz
Tarixga aylanib qoldi bir zumda
Endigina ötdi bir kunim usiz
Lek tarix jonlanar xar bir sözimda
Esdan chiqmas ötmish lekin, ey falak
Unutib u bahtli yashashi kerak

Bir umr unutmay sevaman seni
Lekin sen sog'inma, eslama meni
Sen uchun men azob chekay hamma vaqt
Sen men uchun bahtli yashamog'ing shart
Azob-u xorliklarga men bölay xörak
Sen esa eng bahtli bölishing kerak

Sevgimsiz men uchun kerakmas hayot
Asta sekin tugab bormoqda umr
Endi suratlaringni orasidan
Özim uchun qazigim keladi qabr
Sensiz ölaman men lek, jonim halak
Sen meni unutib... yashashing kerak...

Seni ölgunimcha sevaman...
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 4
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 4
Bosh sahifaga