Kutubxona | Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (2-qism)...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tun, Mehmon!
Bugun: 06.08.2020
Soat: 00:21
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (2-qism)

Qo'shdi:Admin (18.12.2019 / 22:01)
Reyting:rating 55 article (0)
O'qilgan:378
Fikrlar:0
Davomi, boshi ushbu
library/index.php?id=41
sahifada

* * Yurakcha.Ru * *

Keyin do'stimni uyiga tashlab qo'yib, ishimni davom ettira boshladim. Bugun ko'chada odam ko'p, agar kechgacha ishlasam ertga chiqmay qo'yaversam ham bo'ladi. Hayolimda esa o'sha chayoncha, ex hatto ismini ham bilmayman. Anavi kampir ham eslay olmagandi ismini, shunchaki "vnuchka, prosta vnuchka" deb qutulgandi.
Shaxar ko'chalarini kezarkanman, hamon yog'ayotgan qorlar ostida sevishganlar yurishganini ko'rib qolaman. Menimcha ulardan bahtli odamlar yo'q bo'lsa kerak bu dunyoda, bir-birini sevishadi, ardoqlashadi, g'amxo'rlik qilishadi. Ko'zlar ko'zlarga tushganida esa yoqimli tabassum paydo bo'ladi. Hammasi juda ajoyib, men ham qachondir shular qatori yuramanmikan? Sevgan qizim bilan ... qo'l ushlashib???

Shirin hayollar og'ushida kunni kech qildim, hayol bilan bo'lib qizil chiroqdan 2-3 marta o'tib ketganim uchun yo'lovchilardan dakki ham eshtdim. Nima qilay axir, do'stim aytganidek "devonai Mashrab"ga aylangan bo'lsam...

* * Yurakcha.Ru * *

Yana bir tong otdi, 31-dekabr tongi, yolg'izlikda uyg'ongan yana bir tong! Har doimgidek budilnik ovozidan uyog'onaman. Apil-tapil qovrulgan tuxum bilan zavtrik qilaman, keyin esta oynaga qarab soch, soqolimni tartibga keltiraman. Ana endi ko'chaga chiqsam ham bo'ladi. Damasga o'tirib to'g'ri Temurnikiga bordim.
- Namuncha kevolding kallai saharlab, - jig'ibiyron bo'ldi hamon ko'rpaga o'ranib uxlab yotgan do'stim
- Kechagi gapim esingdan chiqdimi, turaqol kechga qolmaylik
- E qo'y do'stim, shu ishni ertaga qilaylik, bugun yangi yil bo'lsa
- Men ertagacha chidolmayman, tursangchi tezroq

Uni sudrab uyidan olib chiqqunimcha o'zayam yarim soat o'tdi. Keyin esa kechikmaslik uchun gazni bosdim. Manzilga yetib kelganimda esa hunuk manzarani ustidan chiqdim. O'sha ko'nglim qirolichasi qo'lida paketni tugancha bir yigit bilan gaplashib turardi.
- Ana menga ish qolmapdi, - yelkamga urdi Temur, - Ketdik endi, uyga qaytamiz.
- Jinnimisan

Shundoq ham yonib turgan yuragimga Temur benzin sepganday bo'ldi. Qanday qib mashinadan tushganimni bilmay qoldim, yugurib borib o'sha yigitni bir turtgan edim 2 metr naryoqqa borib yiqildi. Keyin esa qizni ko'zlariga g'azab bilan qaradim
- Kim u?
- Senga nima?

Uni hatto bir tuki ham o'zgarmay menga bezrayib qarab turishi battar jahlimni chiqardi. Lekin qizga nima deyishni bilmaganim uchun yerda yotgan yigitga yopishdim.
- Kimsan, bu qizda nima ishing bor
- E tort qo'lingni
- Sen gapimga tushunmading shekilli, - shunday deb basharasiga shapati tortib yubordim, - Gapir kimsan dedim

Shu payt qiz kiyimimdan torta boshladi
- Qo'yvor uni, meni sinfdoshim u, qo'yvor dedim

Bu gapdan keyin sal hovurimdan tushdim, lekin hujumga o'tib bo'lgandim, endi ortga yo'l yo'q ekanini tushunib turardim.
- Sinfdoshim ekan deb gaplashib turaverasanmi? Gapir
- Xoxlaganim bilan gaplashaman, senga nima? Sendan so'rimanmi endi? (bu orada "Bo'pti men ketdim Sarvinoz, yigitim bor deb aytib qo'ymisanmi" deb g'o'ldiragancha boyagi bola ko'zdan g'oyib bo'ldi)
- Kerak bo'lsa so'raysan, bugundan boshlab har bosgan qadaming uchun men bilan hisoblashasan
- E bor yo'qol, o'zi sen yetmay turuding menga xo'jayinchilik qiladigan.

Qiz shunday deb uyi tomon keta boshladi, men ham beixtiyor unga ergashdim.
- To'xta, hali gapim tugamadi
- E bor yo'lingdan qolma, meni tinch qo'y, akaa qarang manuga

Shu payt qayerdandir paydo bo'lgan gavdali bir yigit yelkamdan ushladi
- Ey kimsan? Singlimda nima ishing bor? (bor sen kiraver deganidan keyin qiz podezdga ichkariga kirib ketdi)
- Men uni yaxshi ko'raman
- Nima shunga baqir-chaqir qilish kerakmi? Eshitmadingmi yo'qol deganini?
- Eshtdim
- Ket degandan keyin ketda, nima qilasan suymaganga suykalib

Men indamay ortimga buruldim, lekin bir qadam bosar bosmas boshimga kelib tushgan zarbadan yerga yiqildim ...

* * Yurakcha.Ru * *

Ko'zimni ochganimda o'z uyimda yotardim. Tepamda esa Temur tirjaygancha menga tikilib turardi
- Qaytar dunyo deydilar do'stim, 10minut ham o'tmadiya (xoxolab kula boshladi)
- Menga nima bo'ldi, nega bu yerda yotibman
- Satraseniya do'stim, haliyam o'ldirib qo'ymadi seni zo'rg'a uni changalidan qutqarib oldim
- Kim edi o'zi u?
- Kimni aytyapsan, anu qizingni akasinimi? Uni ismi Jasur shaxarni eng oldi bespredellaridan bittasi. Juda baland dorga osilibsan do'stim, qo'y endi shu qizni...

Jo'yali bir gap ham g'oya ham topa olmadim, faqat ojizligimni his qildim, xa juda ojizligimni. Keyin esa qizni hayolimga keltirdim, ismini Sarvinoz dedimi, xa Sarvinoz. Uni unutib bo'larmikan, voz kecha olamanmi? Bilmadim
- Ey nimalarni o'ylab qolding, - turtib qo'ydi Temur, - Yana bir axmoqlikni boshlab yurma, nima boshqa qizlar qurib qolganmi, to'g'risini aytsam u qiz senga arzimaydi.
- Xa to'g'ri aytasan (men uchun kuyib pishyotgan do'stimga kulib qarab qo'ydim)
- O'zi sen bechora o'zing uchun xech vaqt ajratmisan, bundoq do'stlar davrasiga qo'shilmaysan. Shuning uchun mana bu miyyangga bu dunyoda faqat shu qiz bor degan fikr quyilib qolgan. Chexrangni och do'stim, hali seni shunaqa qizlar bilan tanishtirayki, anu chayoning chepuxa bo'lib qoladi.
- Bir ichmaymizmi do'stim
- Albatta ichamiz, axir bugun bayram bo'lsa, kechki payt esa diskotekaga chiqamiz. Ox ox ox u yerda jononlarni ko'pligini ko'rib boshing aylanib ketadi

Keyin Temur birma-bir sinfdoshlarga qo'ng'iroq qila boshladi. Bir zumda deyarli barcha sinfdoshlar meni uyimda jam bo'ldi. Nari beri dasturxon yozdik, ichimliklar piyolalarga quyula boshladi ...

* * Yurakcha.Ru * *

Atrofga qorong'ulik tushganida hammamiz ko'chaga chiqdik. Birinchi marta ichganligim uchunmi, meni kayfim judayam oshib qolgandi. Atrofni odamlarni qiy-chuvi bosib ketgan, paqqillagan, gursillagan tovushlaru, xar tomondan eshitilyotgan sho'x qo'shiqlar bir-biriga qovushib ketgandi. Shaxardagi markaziy parkda esa o'yin kulgu avjiga chiqqandi. Sinfdoshlar xayqirgancha bir zumda ular orasiga qo'shilib ketishdi, Temur ikkalamiz esa bir chekada to'planib turishgan 5-6ta qizlarni yoniga bordik.
- Salom qizlar, bayramlaring bilan

Qizlar bir zumda do'stimni o'rab olishdi
- Voy qalesiz Temur aka, ko'rinmisiz, yo'q bo'lib kettizu
- E to'xtanglar, to'xtanglar, sizlarga do'stimni tanishtiray, buni ismi Halim, do'sitim tanish bular qiz-laar

O'rtada kulgu ko'tarildi. Qizlar esa birma-bir qo'l berib men bilan ko'sha boshlashdi.
- Ko'rdingmi, - dedi Temur iljaygancha, -Men bilan yursang shunaqa chiroyli qizlarni qo'lidan ushlab yurasan, xoxlasang (shunday deb yonidagi qizni ketiga shapatilab qo'ydi) boshqa joyidan ham

O'rtada yana kulgu ko'tarildi, ayniqsa ketiga shapati tushgan qiz shunaqa bexayolarcha kuldiki, mast bo'lsamda men uyalib ketdim. Bunday muhit men uchun begona bo'lgani uchun biroz o'ng'aysizlanib atrofga alangladim. E vox ko'zlarim yana uni ko'rdi, xa bu Sarvinoz edi, yana o'sha quyonni qulog'ini osiltirgan shapka kiyib olgan Sarvinoz... Yuragim orziqib ketdi, borib uni yo'lini to'sdim
- Ufff yana senmi, nima boyagi kamlik qildimi?
- Seni sevaman, - dedim uni ko'zlariga qarab, - Sevgimga akang to'sqinlik qila olmaydi

U indamay dugonalar bilan nari ketdi, men esa hamon qizlarni qulog'iga lag'mon ilyotgan Temurning yoniga qaytdim. Shu payt eng urfga kirgan chet elning mashxur taronasi boshlanib qoldi. Qizlar esa qiyirgancha Temur ikkalamizni qo'limizdan tortib, to'p bo'lib o'ynayotgan olomon ichiga olib kirib ketishdi.

* * Yurakcha.Ru * *

Hayolim hamon Sarvinozda edi, nomigagina qimirlab qo'yardim. Oldimdagi qizni musiqaga mos likillashlariyu, menga qarab kulgancha qoshini uchirishlari ham meni bu hayollardan qutqara olmasdi. Shu ko'yi oradan qancha vaqt o'tdi bilmayman, faqat menga tanish ovozning "qo'lingni tort mendan, yopishma dedim senga, qo'yvor meni" degan gaplari meni sergaklantirdi. Atrofimga alanglab uni qidira boshladim va nihoyat topdim. Quloqlarim meni aldamagandi, rostdan ham sal narroqda 2ta mast yigit Sarvinozga tegajog'lik qilishar, atrofdagilar esa tomoshabin bo'lib qarab turushardi. Men ular orasidan o'tib bordimda yigitlarni bittasini basharasiga musht tushurdim, ikkinchisini esa putiga tepib bukchaytirib qo'ydim, keyingi zarbadan keyin esa u ham quladi. Keyin esa Sarvinozni qo'lidan ushlab chekaga olib chiqa boshladim. Lekin bir zumda 5-6ta yigit bizni o'rab olishdi, birozdan so'ng ular orasiga boyagi qizga tegajog'lik qilgan 2 yigit ham qo'shildi.
- Xa yigitni guli, osongina ketaman deb o'yladingmi, - dedi ulardan bittasi
- Qizni qo'yvoringlar, - dedim tishimni tishimga qo'yib, - O'zimiz gaplashaveramiz
- Qiz ham, sen ham shu yerda qolasizlar, buyruqni sen emas men beraman, - dedi o'rab turganlarning eng baland bo'ylisi
- Agar shu qizni bir tola sochi to'kilsa hammangni so'yib tashlayman

Bu gapim ularni hursand qilib yubordi. Xar tomondan kulgu aralash "bu bizni so'yarkan", "avval o'zingni eplavol" degan gaplar yangray boshladi. Ayni shu payt olatasir boshlandi, faqat Temurning "qizni bu yerdan olib ket" degan gapini tushundim xolos. Men Sarvinozni odamlar orasidan olib chiqib qo'ydimda "Uyingga ket tezroq" deb baqirdim, o'zim esa darhol ortimga qaytdim. Uyoqda sinfdoshlarim bilan boyagi yigitlar o'rtasida ayovsiz jang boshlanib ketgandi. Kimdur tayoq ko'targan, kimdur esa armatura, kamiga har tomondan otilgan toshlar uchib kelardi. Men ham boyagilar orasidan bitta tanib qolganimni ushlab olib do'pposlay boshladim. 1 soat oldin o'yin-kulgu bo'lib turgan maydon dod voylarga to'lib ketdi. Birozdan so'ng serena ovozini eshitilgach hamma har tomonga qocha boshladi. Qocharkanmiz "hamma menikiga borsin" deb baqirib domlar oralab ko'zdan yashirindim. Lekin, bir militsiya meni payqab qolib, orqamdan tushgandi, uni chalg'itish ancha qiyin bo'ldi. Uyga qaytganimda birining ko'zi ko'kargan, birining qoshi yirtilgan sinfdoshlarim podezdimga to'planib turishardi. Ularni ko'rib hijolatdan yerga kirib ketguday bo'ldim.
- Meni kechiringlar, hammasi meni deb bo'ldi
- E qo'ysangchi do'stim, janjalsiz bayram, bayram bo'libdimi, - bag'riga bosdi Temur, - Axir sen ham biz uchun turib bergansan vaqtida
To'g'ri, - gapga aralashdi Javlon ham, - Biz uchun yegan kaltaklaringni hali unutganimiz yo'q.

Ularni gapidan keyin ko'nglim iyib ketdi. Faqat "Raxmat do'stlarim" deya oldim holos. Xa shunday do'stlaring bo'lsa mazzada, ko'pchilikni menga havasi kelsa arziydi.

Shunday qilib biz 15ta sinfdosh ertalabgacha bayram qilib chiqdik. Bekorga aytishmas ekan "Dunyoning shodligi yig'ilsa butun, do'stlar davrasidan bo'lolmas ustun" deb
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 7
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 7
Bosh sahifaga