Kutubxona | Oila qurish uchun mos qizni tanlash va uni qalbini zabt etish...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 03.06.2020
Soat: 08:32
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi psixologiyasi

Oila qurish uchun mos qizni tanlash va uni qalbini zabt etish

Teglar:psixologik test | yigitlarga tavsiyalar
Qo'shdi:Admin (19.12.2019 / 05:34)
Reyting:rating 56 article (0)
O'qilgan:157
Fikrlar:0
Ertami-kechmi har kim yolg'izlikdan charchab, umr yo'ldoshga ehtiyoj sezadi va o'ziga to'g'ri keladigan insonni axtara boshlaydi. Bu tabiat qonuni. Natijada esa yigitlar uchun qiyin muammo yuzaga kelishi mumkin, chunki jiddiy munosabat uchun qiz tanlash "bir kechaga" qiz topish kabi oson ish emas. Bunday paytda internetdagi "jiddiy munosabatlar uchun qizni qanday tanlash kerak" so'rovida topish mumkin bo'lgan ko'plab maslahatlar va me'zonlar yigitni chalkashtirib yuboradi, chunki agar siz ularning barchasiga qat'iy rioya qilsangiz, jiddiy munosabatlarga mos keladigan qizni topish amir maholdek tuyuladi.

Jiddiy munosabatlar uchun qiz tanlashda nimaga e'tibor berish kerak

Agar siz "Yor tanlashning 543-qoidasi" asari yoki "Bunday qizlarni tanlamang" romanini o'qiyotgan bo'lsangiz, tezda bu kitoblarni yoqib yuboring va bilganlaringizni unuting. Chunki oddiy haqiqat shundaki u yerda yozilgan sifatlar hamma qizlargayam (balki xech qaysi qizga) mos kelmaydi, chunki qiz tanlash uchun universal me'zonlar mavjud emas.
Siz bunday noto'g'ri g'oyalardan farqli o'laroq oila qurish uchun mos keladigan qizni tanlash uchun, mantiq va tanqidiy fikrlashga emas, balki o'zingizning his-tuyg'ularingiz va sezgingizga ishonishingiz kerak bo'ladi. Demak miyyangizda joylashgan "mantiq" signalini vaqtinchaga o'chirib turing.
Agar qiz sizni o'ziga jalb qilsa, xatti-xarakatlari, muomilasi ko'nglinggizga yoqsa va u bilan bo'lganinggizda qalbinggizda qandaydir iliqlik tuysangiz demak, bu qizga jiddiy munosabatlar uchun nomzod sifatida qarashingiz mumkin. Va aksincha, qiz siz o'qigan o'sha me'zonlarga to'g'ri kelsayu, lekin qalbinggizda unga nisbatan xech qanday tuyg'uni his qilmasangiz, bunday qizni tanlamaganingiz ma'qul. Chunki kun kelib undan bezishingiz, ko'nglinggizga yoqadigan qizlar bilan unga xiyonat qilishingiz mumkun. Axir oila qurish bu umr savdosi!

Xo'sh siz yoqtirgan va qalbingizga iliqlik kiritgan qizni topdingizmi? Hali sovchi yuborishga shoshilmay turing, chunki uning sizga mos yoki yo'qligini aniqlash kerak. Buning uchun shunchaki hayotning turli tomonlariga qarashlaringiz va sizda bor bo'lgan kamchiliklarga dosh bera olishiga ishonch hosil qiling. Shuni esda tutish kerakki, sizning dunyoqarashlaringizga 100% mos keladigan qizni topishni iloji yo'q shunchaki yaqin kelsa kifoya. Keyin esa qizning fe'l atvori, sizga bo'lgan munosabati, dunyoqarashi sizga to'g'ri kelyaptimi, shuni aniqlab oling. Masalan quyida keltirilgan misollarni tahlil qilib ko'ring:
*Xobbi va dam olish
*Pul va martaba
*Maishiy muammolar
*Hayotiy ustuvorliklar
*Oila a'zolari va qo'ni-qo'shnilarga munosabat
*Dinga munosabat

Qizni ko'nglini olish

Yuqorida keltirilgan maslahatlarga ko'ra qalbingiz malikasini ajratib oldingizmi? Endi siz uchun "Konfet-guldasta" davri boshlandi! Axir qizni qalbini zabt etish oson ish emas. Buning uchun esa quyidagi tavsiyalarga amal qilishingizga to'g'ri keladi:
1) Samimiylik va halollik eng yaxshi aloqa strategiyasidir.

Albatta, siz qizga o'zingizning kuchli tomonlaringizni namoyish qilishingiz kerak, faqat yolg'on aralashtirmagan holda. Chunki bir kun kelib yolg'on albatta fosh bo'ladi, natijadi qizni sizdan ko'ngli qolishi mumkun

2) Oshkoralik maxfiylikdan ustun

Faqat kinolarda qizlar butun hayoti sirli bo'lgan yigitlarni yaxshi ko'rishadi. Real hayotda esa bunday emas! O'zingiz haqingizda, afzal ko'rgan narsalaringiz, rejalaringiz va orzularingiz haqida qizga ayting, chunki ishonch samimiylik asosida quriladi. Ammo oshirib yubormang (masalan ertalab nima yeganingiz, telefonda o'rtog'ingizga nimani aytganingiz, oylik maoshingizni aniq miqdori kabilar haqida aytish shart emas)

3) Faqat gapirishni emas, balki tinglashni ham o'rganing

Qizga, uning hayotiga, nuqtai nazariga, qiziqishlari va fikrlariga samimiy qiziqish bilan qarang. U sizga aytayotganlarini diqqat bilan tinglang va eslab qoling. Bu bilan qizning e'tiborini yanada o'zingizga tortgan bo'lasiz.

4) Jentelmen bo'ling

Masalan, u uchun eshikni ochib bering, paltosini kiyishiga yordamlashing yoki og'ir sumkasini ko'tarishing - bu siz uchun qiyin ish emas, lekin qiz sizga o'zgacha ko'z bilan qaray boshlaydi, ojiz qolsa ko'makchisi kuchi yetmasa paxlavoni bor ekanligini tushunadi. Shuningdek, qiz bilan yurganingizda axloqsiz ishlar qilmang, unga kimnidir yomonlamang asosiysi qasam ichmang!

5) Unga syurprizlar qiling

Uchrashuvning 1-oylarida juda qimmat ham arzon ham sovg'a olmang. Unversal (barcha qizlarga birday yoqadigan) sovg'a tanlashga harakat qiling. Masalan gullar, original atirlar va hokazo. Biroq unutmang: Sovg'angiz qanchalik qimmatga tushmasin, qiz sizdan qarizdor emas. "Senga falon so'mlik sovg'a oldim, sen bo'lsa raxmat ham aytmading" degan gaplarni yig'ishtiring. Chunki sovg'a bu - sizning e'tiboringiz belgisi, qizni popugini pasaytirib qo'yish emas!

6) Yetarlicha e'tiborli bo'ling faqat me'yorida

Masalan jiddiy munosabatlar o'rnatish uchu 1 oyda faqat 2 marotabagina uchrashishni o'zi yetarli emas. Ammo kuniga 10 soatlab telefonda gaplashishingiz noo'rin

7) Har doim toza va ozoda yuring

Deyarli barcha qizlar yigitlarni kiyinishiga qarab baho berishadi. Masalan, siz juda odobli jentelmen bo'lib, qizga eng qimmatbaho sovg'ani ko'tarib borsangizu, u yoqangizda kirni (yoki qo'ltig'ingizda o'sgan tukni) ko'rsa unda yaxshi taasurot qolmasligi aniq.

8) Unga sodiq bo'ling

Birdaniga bir nechta qiz bilan gaplashish albatta yoqimli lekin, bu yaxshi narsalarga olib kelmaydi. Chunki kun kelib ularni barchasini yo'qotasiz. Axir xalqimizda shunday naql bor - O'ynashga ishonib ersiz qoldim - degan! Munosabatlarni o'zaro ishonch bilan mustahkamlang, zero bu munosabatlarga boshqa birov raxna sola olmasin.

9) Uni tushunishiga imkon bering, ammo majburlamang

10 kun o'tgach qo'lidan ushlash kerak, 20 kun o'tgach o'pish kerak degan qoidani unuting. Kimdadur bu hodisalar 1-ko'rishishdayoq sodir bo'lishi mumkun kimdadur keyinroq. Bu narsa sizni vaziyatni to'g'ri tanlay olishingiz va qizni haraktlaringizga reaksiyasiga bog'liq

10) Qizni zeriktirmaslikka harakat qiling

U bilan kinoga tushing, yangi ochilgan kafeda birga ovqatlaning, parkda sayr qildiring. U tushunsinki - hayot siz bilan yanada qiziqarliroq ekanligini!

Muallif: Temur Xalikov
Yurakcha.Ru sayti uchun maxsus!
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 6
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 6
Bosh sahifaga