Kutubxona | Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (3-qism)...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 03.06.2020
Soat: 07:16
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (3-qism)

Qo'shdi:Admin (21.12.2019 / 06:18)
Reyting:rating 65 article (0)
O'qilgan:292
Fikrlar:0
1-yanvar tongi. Ko'zlarim yoshidan yostig'im namlangancha uyg'ondim. Onam tushimga kiribdi, menga ma'nosiz tikilib turgan ekanlar, huddi "Sen ham shu axvolga tushdingmi?" degandek, "Sen ham alkash bo'ldingmi?" deyotgandek. Men esa bir so'z deya olmasmishman.
Atrofga qarayman, uyimda huddi jang bo'lganga o'xshaydi. Hamma yoq ivirsib ketgan, deyarli tonggacha ichilgan aroq shishalari har tomonda sochilib yotar, sinfdoshlarim esa to'g'ri kelgan joyda uxlab yotishardi. Menimcha bunaqa manzarani tasavvur qilish qiyin emas! Meni ham ko'zlarim tinib ketgan, boshim qattiq og'rirdi. Biroz yengil tortish uchun oshxonaga o'tib, rakovinada yuzimni yuva boshladim. Ko'rgan tushimni yana bir bor esladim, o'tmishimni ham... "Yo'q endi umuman ichmayman" deb o'zimga va'da berdim, namoz o'qishni ko'nglimga tugib qo'ydim. Biroz yengil tortgach Temurni uyg'otib uy kalitini berdimda ko'chaga chiqib ketdim.

* * Yurakcha.Ru * *

Hayot tasodiflarga to'la deganlari bejizga emas ekan, ko'chada kirakashlik qilishni boshlar ekanman 1-mijoz Sarvinozni akasi bo'ldi. Yonimdagi o'rindiqqa o'tirar ekan, aroqni hidi butun badaniga singib ketgandek sasirdi, basharasiga esa qarab bo'lmas, mamataloq bo'lib ketgandi. Yo'lda ketarkanmiz u o'zicha nimalarnidir g'udranib aytar, kimlarnidur so'kardi.
- Kecha bayramga chiqdingmi? - so'rab qoldi u dabdurusdan
- Xa, tinchlikmi?
- Janjalni ham ko'rgandursan?
- Xa bir qizni deb janjal chiqibdi deb eshtdim
- Xa bitta jalapni deb chiqdi
- Qayoqdan bilasiz jalapligini (sir boy bermadim), u ham kimnidur qizi, qaysidur akani singlisi
- Narmanli qiz bo'lganida o'tirardida uyida qissiiib, mana meni singlim quyosh botdimi "stop", uydan 1 qadam siljimaydi, karoche qayoqdagi patsan bolachalar bilan urushib qoldik. Ularni tanimisanmi kim edi ular
- Yo'q tanimadim
- Xa sen qo'shningniyam tanimasang kerak (o'zini gapidan mazza qilib kulib oldi) shu yerga to'xtat tushaman, lekin pulim yo'q
- Mayli puliz kerakmas

U mashinadan tusharkan, yuzimga tikilib qaradi
- Chota seni qayerdadir ko'rganmanda?
Unga javoban kulib qo'ya qoldimda yo'limda davom etdim. Buyog'i qiziq bo'ldiku, o'yladim o'zimcha, demak qizni akasini o'rtoqlaridan himoya qilibmizda! Sarvinozni o'zi nima qilyotgan ekan, men haqimda o'yladimikan, nima deb esladi ekan meni? Ex savollarni keti yo'q edi, nima bo'lsa bo'lar buyog'i peshonadan.

* * Yurakcha.Ru * *

Qishki kanikullar tugab talabalar o'qishlariga keta boshladi. Bu vaqt oralig'ida Sarvinozni biror marta ko'rish nasib etmadi. Akasidan hayiqqanim uchunmi, "Qutqargani uchun minnat qilgani keldi" deb o'ylamasin debmi uyi atrofida o'ralashmay qo'ydim. Faqat orqavorotdan medetsinskiy kollejda 3-kursda o'qishini aniqladim halos. Endi bir tasodif bilan mashinamga chiqib qolar degan umidda yurardim. Kunlar ketini kunlar quvib boraverdi, buyog'i yanvar ham oxirlab qolgandi. Nixoyat, o'sha men kutgan bahtli tasodif yuz berdi. Sarvinoz 3ta dugonasi bilan kollejni yonidan mashinamga o'tirishgach, avval dugonalarini uy uylariga elitib qo'ydim. Biz yolg'iz qoldik, shu paytgacha dugonalari bilan valaqlashib menga e'tibor bermagan qiz, meni ko'rdiyu duv qizardi
- Siz?
- Xa men, ancha o'zgaribsan
- Nega?
- Sizlashni o'rganibsan
- Xomtama bo'lma, to'xtat tushib qolaman
(Bu gapidan keyin kayfiyatim tushib ketdi)
- Nega sevgimni rad etyapsan, yoki sevganing bormi?
- Yo'q
- Unda nima muammo? Sevsang arzigulik yigit bo'lsam (hazil qilmoqchi bo'ldim, leki u gapimni shartta bo'ldi)
- Nimangga kerilasan, o'zing bitta yetimcha bo'lsang, meni tinch qo'y, to'xtat dranduletingni!

Bu gapdan keyin zarda bilan tormozni bosdim, mashina asfalt muzlagani uchun sirpanib bir aylandiyu to'xtadi. Sarvinoz eshikni ochib tushar ekan, alam bilan unga baqirdim
- Xa yetimman nima bo'libdi? Nima yetimda yurak yo'qmi?
- Ko'rpangga qarab oyoq uzat bo'lmasa (baqirdi u xam)

Men esa gazni bosdim, katta tezlikda undan uzoqlasha boshladim. Shu payt telefonim jiringladi, Temur ekan, javob berdim
- Do'stim markaziy balnitsaga kela olasanmi? (unin ovozi qanaqadir g'alati eshtildi menga)
- Xa boraman, tinchlikmi?
- Kelsang aytaman, 2-etaj, 24-palata

Telefonni o'chirib, to'g'ri balnitsaga bordim, u aytgan palatga kirganimda do'stim og'ir ahvolda yotar, bir qo'li gips, yuzi achinarli ahvolda edi
- Nima bo'ldi do'stim, kim seni bu ko'yga soldi
- Kim emas kimlar degin Halim, kecha kechki payt klubda edim, anavi yangi yildagi bollarni 3tasi bor ekan. Meni tanib qolishdi.

O'zi boyagi gaplarni zaxri bo'g'zimda tiqilib turgandi, bunisidan esa portlab ketdim.
- Men ularni o'ldiraman, - deb o'rnimdan turdim
- To'xta, - dedi do'stim bazo'r, - Men seni qasos olgin deb chaqirmadim, shunchaki yonimda bo'l, zerikib ketdim. Men qilganimga yarashasini oldim, sen extiyot bo'lib yurginda

Keyin ancha vaqt Temur bilan uyoq buyoqdan gaplashib o'tirdik, kapelnitsani ta'sirida uxlab qolganidan keyin sekingina palatadan chiqib ketdim. Ko'chaga chiqqanimda do'stimni ahvoli ko'z o'ngimdan ketmasdi, to'g'ri uyga bordimda pichoq olib mashinani bardachogiga tashlab qo'ydim. Keyin esa mashinani Sarvinozni uyi tomon xaydadim. Oniy lahzalarda manzilga yetib borib, eshik zvanogini bosgancha turardim. Shu payt Sarvinoz chiqdi, meni ko'rdiyu eshikni yopmoqchi edi ushlab qoldim
- To'xta seni oldingga kelmadim, akangni chaqir
- Akamni nima qilasan?
- Ishim bor
- Uyda yo'q akam
- Qayerdaligini bilasanmi?
- Zalda bo'lsa kerak, nima ishing bor akamda, qo'lingdagi pichoqmi? Nega qidiryapsan akamni?

Uni savollari javobsiz qoldi, qanday kirgan bo'lsam o'shanday uchib chiqdim podezdadan. Mashinaga o'tirarkanman "Nega oldim o'zi pichoqni, bardachokda turaversa bo'lmasmidi" deb hayolimdan o'tqazdim. 5 daqiqalar chamasi vaqt ichida boks zaliga yetib keldimda, qo'limda pichoq bilan ichkariga kirdim. Xa, shaxarning deyarli barcha zo'ravonlari shu yerda edi, shuningdek Jasur ham. Ular bir menga, bir qo'limdagi pichoqqa hayron qarab turishardi. Men esa, - Kecha kechasi klubda do'stimni qaysi birlaring do'pposladilaring, - dedim xotirjam tovushda.
- Ey o'zingni bos, - dedi Jasur oldimga yaqinlashar ekan, - Janjalni o'rtog'ingni o'zi boshlagan, biznikilar tugatib qo'yishdi.
- Men boshlagandim yangi yil kunidagi janjalni, - dedim uni ko'zlariga nafrat bilan qarab, - Qani qaysi biring men bilan hisob-kitob qilasan?
- Xa manashu edi, - gapga aralashdi o'sha kungi novcha yigit, - shu edi anavi qanjiqni haloskori, ana qanjig'ini ham boshlab kelibdiku!

Uni gapidan keyin orqamga qaradim, eshik oldida Sarvinoz atrofga havotir bilan tikilib turardi.
- Sarvinoz nega kelding, - baqirdi Jasur
- Manuvi bola qo'lida pichoq bilan sizni qidirib yurganiga havotirlandim.
- Chiqib ket, bor uyga yo'qol, - yana baqirdi Jasur.

Sarvinoz shalviragancha zaldan chiqib ketdi. Atrofga esa sukunat cho'mdi, Jasur bir menga, bir anavi novcha yigitga savol nazari bilan qaradi. Oxiri oldimga keldida yelkamga qo'lini qo'ydi
- Bor, ketaver uka buyog'ini o'zimiz hal qilamiz
- Siz meni tushunmadiz shekilli, - dedim unga jiddiy qarab, - Men singlingiz uchun emas do'stim uchun keldim bu yerga. Kechagi 3ta xezalakni menga topib bering.

Jasur atrofga qarab chiqar ekan, 3ta yigit qolganlardan ajrab bizga yaqinlashdi.
- Ana ular, - dedi Jasur 3ta yigitga ishora qilib, - Faqat pichog'ingni tashlada, ularni nima qilsang qil.

Men huddi shu gapni kutib turgandek ularni galma-galdan do'pposlay boshladim. Avval birinchisini, keyin ikkinchisini, oxirida uchingchisini. Ular qarshilik qilishmas, faqat yuzlarini ushlagancha, uch qop somoday dumalab yotishardi. Men humordan chiqquncha ularni tepkilagach zaldan chiqib ketdim. "Endi bir-biringni go'shtingni ye" dedim ichimda. Zal eshigi oldida esa ichkaridagilarga ko'rinmagan holda, mung'ayib Sarvinoz turardi. Men unga "Ketdik, uyingga tashlab qo'yaman" dedimda mashinaga borib o'tirdim. Sarvinoz ham indamay menga ergashdi. Lekin, bir-birimizga lom-lim demadik, ikkimiz ham o'zimizcha hayollar ummoniga g'arq bo'lgandik...
Sarvinozni uyiga tashlab, bozorga bordimda u-bu yegulik, issiqqina sho'rva olib balnitsaga bordim. Keyin esa do'stim bilan kechasi soat 10largacha qolib ketdim. Ancha suhbatlashib o'tirdik, yoshlik paytlarimizni (menga yoqmasada) esladik. Hullas navbatchi xamshiraning qistovi bilan palatani tark etishga majbur bo'ldim, bo'lmasa xech ikkilanmay ertalabgacha qolishga ham rozi edim. Ko'chaga chiqsam mashinani eshigi ochiq, old o'rindiqda Jasur o'tirardi. To'g'risi, mashinani qanday qilib kalitsiz ochib olganiga xayron bo'lmadim (uni vesidagi yigitlarga bu ish chepuxa bo'lsa kerak), indamay rulga o'tirdimda uni gapirishini kutdim. Uzoq sukunatdan keyin u nihoyat tilga kirdi
- O'sha domimni atrofida o'ralashgan ham, yangi yilni ertasiga uyimga oborib qo'ygan ham sensan. Shundaymi?
- Xa
- Singlim bilan sevishasanmi?
- Yo'q
- Qo'rqmay aytaver, senga xech narsa qilmayman.
- Yo'q dedimku, singliz meni yoqtirmaydi, ko'rgani ko'zi yo'q
- Nega unda oyoq ostidan chiqaverasan
- Men singliz uchun o'limga ham roziman. Lekin, bugun uni orqasidan yurishni yig'ishtirdim chunki hammasi befoyda bo'ldi.
- Men ham shunga oydinlik kiritib olmoqchi edim. Agar singlimni senda ko'ngli bo'lsa xech qanday e'tirozim yo'q, aksincha bo'lsa boshqa yaqinlashma uni oldiga, bo'lmasa oyog'ingni urib sindiraman

U shunday deb mashinadan tushib ketdi, men esa uyga qaytdim. Uyga kirib uyquga yotar ekanman "Bo'ldi, endi uni unutaman" deb hayoldan o'tqazdim. Ruxim qandaydir yengillikni, yuragim esa ozodlikni his qildi ...

* * Yurakcha.Ru * *

Erta tong bilan yana hayot tashvishlari boshlanib ketdi. Lekin, bugungi kun qanaqadir avvalgi kunlarimga o'xshamasdi. Chunki, anchadan beri ilk marotaba Sarvinozni o'ylamay rulga o'tirdim, u haqida hayol surmay odamlarni manzillariga elita boshladim, uni ismini takrorlamay yuragim ura boshladi. Huddi avvalgiday ... Obedga yaqin hamma ishlarimni yig'ishtirdimda bozor o'char qilib Temurning yoniga bordim. Palataga kirsam ko'hlikkina qiz do'stimga kapelnitsa ulayotgan ekan
- Nima yangi xamisha zakaz qildingmi? - dedim kulgancha xamshira qizga imo qilib
- E yo'q qayoqda deysan, praktikantkalar kelishibdi
- Yotishingni poylab kelishibdida a?

Xamshira qiz chiqib ketgach, do'stim dardini dasturxon qilib qoldi
- Men ham sevib qoldim do'stim
- Yo'g'i, kimni yana?
- Xozirgi praktikantka borku, o'shani
- Xa endi seni sevishing ham unutishing ham ko'p bo'lsa. Bu shaxarda sen sevmagan qiz qoldimi o'zi
- Bu safargisi jiddiy Halim, chin yurakdan aytyapman
- Armaturami, ugalokmi sindirvormiymi o'rto
- Yo'q, o'zi anavi uchalasini sindirganing yetadi, xo'rlab tashlabsanku, boya ertalab meni ko'rgani kelishdi
...

Xazil huzullar bilan ancha suhbatlashib o'tirdik, ketar chog'imda esa do'stimni avaylab bag'rimga bosdimda palatadan chiqib ketdim. Zinadan pastga tushar ekanman yana menga tanish nigohlar bilan to'qnashdim. Bir-birimizga so'zsiz uzoq tikilib qoldik, yana qalbimda o'cha boshlagan sevgi olovi gurillab yonib, sevgining achchiq qiynog'i yana meni azoblashni boshladi. Ichimda unga "ketaqol endi, xar doimgidek, meni qiynamasdan, yuzingni ters burib ketaqol" deb takrorlardim, u esa qimir etmas, ko'zlarida avvalgi nafrat o'rniga qandaydir mung, qandaydir ojizlik va qandaydir "Men" bor edim...
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 9
» Foydalanuvchilar 1
» Mehmonlar 8
Bosh sahifaga