Kutubxona | Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (4-qism)...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 03.06.2020
Soat: 08:45
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (4-qism)

Qo'shdi:Admin (23.12.2019 / 08:55)
Reyting:rating 75 article (0)
O'qilgan:243
Fikrlar:0
Davomi, boshi ushbu library/index.php?id=41 sahifada.

- Nega baqrayib qolding, - dedim unga, aqlimni yig'ib olgach
- Shunchaki, nima qarab bo'lmaydimi? Nima shu yerga xam meni qidirib keldizmi?
- Yo'q, do'stimni ko'rgani keldim, u shu yerda yotibdi
- Xmm. Sizga bitta ...

U gapini oxiriga yetkaza olmadi. Shunchaki uni endi eshitishni hoxlamayotgandim. Yonidan shoshilgancha o'tib ketdim, lekin, chiqish eshigi oldida ortimga yana bir bor qarab qo'ydim. Xa kutganimdek u hamon men tomonga qarab turar, yuzida biroz taajub va savol ifodasini sezish qiyin emasdi. Shu payt "Nimangga kerilasan, o'zing bitta yetimcha bo'lsang" degan gap qulog'im ostida yana bir bor yangragandek bo'ldi. Ichimdagi g'urur esa meni tashqariga, undan uzoqroq joylarga unday boshladi. Men esa mashinamga o'tirib doimiy ishlarimni davom ettira boshladim. Birpasda kun tugab, atrofni zulmat pardasi egalladi. Do'stimga kechki ovqatini tashlab kelib, uyquga yotar ekanman kun bo'yi hotiramda muxurlanib qolgan Sarvinozning mayus qarashlari haqida o'yga cho'mdim. Nima bo'ldi ekan unga? Nega menga bunaqa qarayapdi ekan? Yoki menga rahmi kelyapdimikan? Endi-ya? E xammasi bekor, barchasi yolg'on. Men uchun faqat birgina haqiqat bor edi, endi ortga qaytish yo'q, shuncha ko'rgulik menga yetib ortadi.

* * Yurakcha.Ru * *

9-fevral. Do'stimni yoniga kelarkanman, u meni hushxabar bilan qarshi oldi - ertaga unga javob berarkan. Men ham juda hursand bo'ldim do'stimni sog'ayganligini ko'rib. Lekin, tabassum qilish ancha qiyin bo'ldi. Chunki mana 10 kundirki balnitsaga kelishimda ham ketishimda ham o'sha mungli nigohlarga duchor bo'lardim, u menga nimanidur aytishga urinardi. Lekin, men unga imkon bermasdim, to'g'rirog'i endi bita boshlagan qalb yarasini yana ochilishini hoxlamayotgandim.
- Tinchlikmi, hayoling parishon yoki anavi chayonchang yana senga dam bervordimi, - kulgancha gapira boshladi Temur, - Ko'rdim shu yerda yurgan ekan
- Yo'q unaqa emas, - dedim men ham yolg'ondakam tabassum bilan, - Boshqa sababi bor.
- Xa sen bechoraniyam darding ko'p, kamiga men ham senga balogardon bo'ldim.
- E qo'ysangchi shunaqa gaplarni. O'zingni ishlaring qalay? Ilintirdingmi anavi praktikantkani?
- Xa ishim 5 do'stim. Senga ham birorta dugonasini to'g'irlab beraylikmi?
- Yo'q kerakmas, vaqti kelsa o'zim topib olaman
- Mayli o'zing bilasan.

Do'stim bilan biroz gaplashib o'tirdimda ertaga ertalab uni olib ketishga va'da berib, palatadan chiqib ketdim. Tashaqarida esa, mashinam yonida Sarvinoz turardi. Juda ochilib ketibdi, sochlarini did bilan turmaklagan, shundog'am chiroyli qosh-u ko'zlari bo'yalgan, yuzida esa mayin tabassum.
- 1 soatdan keyin praktikam tugaydi, meni uyga oborib qo'ya olasizmi?
- Menimcha vaqtim bo'lmasa kerak, ishlarim juda ko'p (ichimda esa jon deb turardim)
- Sizga raxmat aytmoqchi edim, yangi yil kuni menga yordam berganiz uchun
- Arzimaydi. Boshqa gaping bo'lmasa men boray

U indamay balnitsaga kirib ketdi. Men esa ishga sho'ng'idim. Lekin, ha deganda yo'lovchilar ko'rinavermas, ishlarim chappasiga ketardi. Aksiga olgandek kechki payt zapravka ham tirband bo'lib qoldi. Navbat kutaverib zerikkanimdan hayollarimni yana Sarvinoz egallab olgandi. Nima qilishga ham hayron edim, bir tomondan sevgim boshqa tomondan toptlalgan g'ururim meni qiynardi. Chunki shu paytgacha shunaqa ishlar bo'lib ketgan ediki Sarvinoz bilan sevishib yurishni aqlimga sig'dirolmay qolgandim. Lekin, hamon u haqida o'ylash qanaqadur hayajonli, usizlik esa qandaydur bo'shliq... Amallab zapravka qilib uyga qaytarkanman,
shu payt telefonimga notanish raqamdan qo'ng'iroq bo'lib qoldi.
- Allo eshitaman
- Bu menman (ox bu ovoz, ham yoqimli, ham azobli, ham o'ldiradi va yana hayot baxshida etadi) tanidizmi?
- Xa Sarvinoz, gapir
- Nega o'zgarib qoldiz?
- Nimani aytayapsan, tushunmadim?
- Avvalgidek emassiz, meni izlamay, sevishizni aytmay qo'ydiz
- Hozir ruldaman. Uyga boray o'zim telefon qilaman
- Xop

Kun bo'yi telefonimni qo'limga ushlamaganim uchun Temur tomonidan yuborilgan SMS xabar ochilmagancha turardi:
"Anavi chayonchang mendan telefon raqamingni oldi. Extiyot bo'l, chaqib olmasin :-D"

Xursand bo'lishni ham hafa bo'lishni ham bilmay qoldim. Mashinani garajga tashlab chiqqanimda podezdim tagida 5-6ta notanish yigitlar to'planib turishardi. Men ularni yonidan indamay o'tib ketarkanman, ulardan biri yelkamga qo'lini qo'ydi
- Ey chuvak, qani soqqadan cho'z

Men unga va atrofdagilarga zimdan qarab chiqdim, ularning 2tasini qo'lida pichoq ham bor edi. Yuzlari esa mutlaqo notanish.
- Senga beradigan pulim yo'q
- Joningdan umiding bo'lsa, ko'p nozlanmay boringni chiqar, - gapga aralashdi narroqda turgani.
- Senlarga pul kerakmi? Olasan pulni
Shunday deb meni ushlab turgan yigitni basharasiga zarb bilan mushtlab urdimda domlar oralab yugurgancha qocha boshladim. Ular esa "mana", "buyoqqa ketdi" deb baqirgancha orqamdan quvishardi. Men esa duch kelgan tomonga yugurardim, uyga kirib ketishim esa eng axmoqona qaror ekanligini tushunib turardim. Chunki men bechora g'irt yetim bo'lsam, uyimni ichida bo'g'izlab ketishsa ham xech kim buni bilmaydi. Shu payt yana jiringlay boshlagan telefonimni o'chirib tashladim. Chamasi yarim soatlar qochib, nixoyat bir qator garajlar ustiga chiqib bekindim. Ular esa meni ancha axtarishdi, baqir-chaqirlari tun sokinligida bomba portlagandek eshitilardi. "Xar tomondan qidiramiz, shu atrofda bo'lish kerak" degan gapni eshitgach ulardan nimjonrog'ini tanlab oldim-da, o'shani bildirmay kuzata boshladim. Hamma har yonga tarqalgach, men ham o'sha tanlab olganimni izidan tushdim. Bechora kuyib pishib meni qidirar, har bir teshikka burnini suqib ko'rardi. Fonar yoqib, usti ochiq kalodisni tekshiryotganda yugurib borib, bir tepgan edim, gursullab pastga yiqildi. Men ham ortidan pastga tushdimda, hali nima bo'lganini anglab yetmagan yigitni duch kelgan joyiga musht tushurdim. Narroqda dumalab yotgan fonar yorug'ida yigitni qo'lidan uchib ketgan pichog'i yaltirab ko'rinib turardi. Men zudlik bilan pichoqni oldimda yigitni bo'g'ziga tiradim, fonarni esa o'chirib qo'ydim. Yarim oy yorug'i ichkarini bazor yoritib turar, yigitni qon sizib chiqayotgan peshonasi (yiqilganda urib olgan bolsa kerak) g'ira-shira ko'rinardi.
- Kimsanlar, mendan nima hoxleysanlar
- Faqat pulingni olmoqchi edik, - qaltiragancha javob berdi u
- Bekor aytibsan. Faqat pul kerak bo'lganida meni bunchalik qidirmasdilaring. Aytsan ayt tezroq, bo'lmasa seni shu yerni o'zida chavaqlab tashlayman. Xaqiqatni esa boshqa sheriklaringdan so'rab olaveraman (pichoqni qattiqroq tiradim)
- Bo'ldi aytaman, o'ldirma meni, o'ldirma, aytaman
- Gapir
- Bizni Maxsud yubordi
- Kim u Maxsud?
- Esingdami 3ta bolani urganding zalda, o'shalardan bittasi
- Nima deb yubordi senlarni? Nima qilishlaring kerak edi?
- O'ldiringlar dedi bizga
- U qayerda hozir?
- Zalda kutaman degandi bizni

Bu gapidan keyin pichoqni uzoqroq joyga irg'itib yubordimda, bor pichoqni topib kel deb unga buyurdim. U jon talvasasida pichoqni qidira boshlaganida men kalodisdan chiqib domlar oralab uyimga yetib oldim. Keyin garajdan moshinani olib chiqib, zal tomon haydadim. Yetib kelganimda zal eshigi ochiq edi, men eshikni ichkaridan qulflab, dup dup qilib ovoz kelayotgan tomonga yura bordim. Ichkarida terlab pishgancha meshokni urayotgan rostdan ham o'sha uchlikning bittasi edi.
- Xorma Maxsud, charchamayapsanmi?
- Sen... Nima qilayapsan bu yerda?
- Eshitishimcha bu dunyo senga torlik qilib qolibdi, meni borligim uchun sig'mayotgan emishsan
- Nimalar deb alaxsirayapsan sen bola?
- Men hammasini bilaman, o'zingni go'llika solma. Nima qilsam meni tinch qo'yasan, shuni gapir. Yoki obezatelno o'lishim kerakmi?
- O'ylab gapir, nima deyotganingni o'zing bilyapsanmi?

Shu payt zal eshigi sharaqlab tortilgani orqasidan esa "Maxsud aka, shu yerdamisiz" degan gaplar eshitildi.
- Ana laychalaring keldi, - dedim unga alamli kulgu bilan, - Lekin kira olishmaydi, eshikni bilmay qulflab qo'yibman
- B... bbu meni ishim emas, ularni Mavlon jo'natgan bo'lsa kerak

Ko'rinishidan meni bir urishda qulata oladigan yigit, qo'limni cho'ntagimdan chiqarmay turganimni ko'rib, meni pichoq bilan keldi deb o'yladimi butun badani qaltiray boshladi.
- Jon hamma uchun shirina, - gap qistirib qo'ydim yanada qo'rqishi uchun
- Sen bekor mendan shubxalanyapsan, men qilmadim, tochni Mavlon qilgan. Ertaga men senga isbotlayman
- Menga xech qanday isbot kerak emas, agar gaping to'g'ri bo'lganida bu yerda sen emas u bo'lardi.
- Menga qara uka, o'ylab ish qil
- Men o'ylab bo'ldim. Menda jajdang bo'lsa ayt, shu yerda ikkalamiz erkakchasiga hal qilamiz
- Yo'q men unaqa kek saqlaydigan xotinchalish emasman, nima muammoyimiz bo'lsa hal qilib bo'lganmiz.
- Xa unaqa bo'lsa men boray, kayfingni beliga tepganim uchun uzur
- Mayli xech qisi yo'q

Shunday qilib zaldan chiqdim. Tashqarida esa boyagi tarkib yig'ilib turishardi.
- Bitta qog'ozga chiroyli qilib yozib, tegishli odamga berib qo'ydim, - dedim ularga birma-bir qarab, - Agar menga biror gap bo'lsa avtomaticheski hammangni yostig'ing quriydi. Endi kiringlar akalaring kutib qoldi

Shunday deb to'gri borib mashinaga o'tirdim. Ular biroz muddat menga havotir bilan qarab turishdi, keyin ichkariga kirib ketishdi.
Uyga yetib kelganimda tong yorisha boshlagandi. Judayam charchaganimni his qildim, yostiqqa boshimni qo'yishim bilanoq uyquga ketdim.

* * Yurakcha.Ru * *

Budilnik ovozidan uyg'ongan bo'lsamda, ko'zlarim ochilishni istashmasdi. Lekin, do'stimga va'da berib qo'yganim uchun bazo'r o'rnimdan ko'tarildim. Yuz qo'limni yuvib, kechikmaslik uchun zavtrik ham qilmay yo'lga otlandim. Balnitsaga kirib borar ekanman yana eng birinchi bo'lib Sarvinoz bilan to'qnashdim.
- Nega telefon qilmadiz?
- Xa raxmat yaxshiman
- Yaxshimisiz deb so'ramadim.
- Bir ikkta ishlarim chiqib qoldi, vaqt topa olmadim.
- Atay qilyapsiza?
- Hozir vaqtim yo'q Sarvinoz. Keyinroq gaplashaylik
- Qachon?
- Praktikang obedda tugaydiku, o'shanda kelib seni olib ketaman. O'shanda gaplashamiz
- Xop

Yuqoriga chiqsam do'stim ketishga tayyor, startda turgan ekan uni ashqol dashqollarini ko'tarib chiqqanimdan keyin Temurni uyiga ravona bo'ldik. Uyiga kirganimizda oshxonada kuymalanib yurgan onasi bizni ko'rib bir qop oltin topgandek hursand bo'lib ketdi.
- Kelinglar Hasan Husanlarim, kelishlaringga 1 ga 1 osh damlab qo'ydim
- O'o' mazza qilarkanmizda, - dedim men ham hursand bo'lib, - o'zi oshqozon ertalabdan beri childirma chalyotgandi.
- Seni oshqozoning maestro bo'lib ketgan o'zi, - hazil qildi Temur ham onasini bag'riga bosar ekan.

Hullas, qorinni qappaytirib olgach, ko'chada biroz soqqa qildimda, keyin balnitsaga yo'l oldim. Yo'l-yo'lakay Sarvionga qo'ng'iroq qildim
- Boraveraymi? Tugadimi praktika?
- Xa kelavering, chiqyapman

Yetib borganimdan keyin Sarvinoz yonimdagi o'rindiqqa joylashib oldi.
- Qayerga boramiz?
- Borsak ko'rasan

Bu yerdan 30 km lar narida Sirdaryoning bir go'zal joyi bor edi. Suv ja Niagaradek bo'lmasa ham 1metrlar yuqoridan pastga tushar, daryoning nargi tomoni esa qo'riqxona bo'lib, yovvoyi tabiat hukm surardi. Atrof sokin, suvni shildirashi va qushlarning chug'urlashidan bo'lak xech qanday ovoz eshitilmaydi. Avvallari hayot tashvishlariyu azoblaridan to'yib ketgan paytlarda o'sha joyga borardim. O'ylab ko'rsam, bormaganimga ham 1 yildan oshibdi. Hozir esa mashinani huddi o'sha joyga haydab ketayotgandim.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 5
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 5
Bosh sahifaga