Kutubxona | Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (5-qism)...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tun, Mehmon!
Bugun: 05.08.2020
Soat: 23:34
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (5-qism)

Qo'shdi:Admin (26.12.2019 / 10:31)
Reyting:rating 83 article (0)
O'qilgan:377
Fikrlar:0
Davomi, boshi ushbu library/index.php?id=41 sahifada.

Yo'lda ketarkanmiz, u menga xar hil gaplar gapirar, xar hil savollar berardi. Meni butun hayolim eski hotiralarda bo'lgani uchun Sarvinozning gaplariga faqat xa yoki yo'q deb javob berardim. Javobimdan keyin u biroz o'ng'aysizlanib, nozik barmoqlarini birma-bir qirsillatib chiqardi. Manzilga yetib kelganimizdan keyin jiddiy nigohlar bilan uning ko'zlariga boqdim
- Xo'sh menda qanaqa gaping bor edi?
- O'zim shunchaki (qizarib mendan ko'zlarini olib qochdi)
- Nima, shu gapni aytish uchun meni shuncha ovora qildingmi? Qancha ishlarim bor edi (undan gap sug'urib olishga xarakat qila boshladim)
- Nima, - dedi u menga teskari tomonga qarab atrofni kuzatar ekan, - Urgatib qo'yib, keyin beparvo yuraverasiz ekanda.
- Chunki beparvo bo'lsam menga yaqinroqsan, sevsam emas

U yalt etib menga qaradi, uning chiroyli ko'zlari yosha to'lgan, yig'lash uchun startda turardi.
- Lekin, men sog'indim... Sevgi izhor qilishizni, e'tiboringizni sog'inib ketdim

Uning ko'z yosh tomchilari oppoq yuzini silay boshladi, men uning alamli nigohiyu, piq piq yig'lashini bir muddat jim kuzatib turdim. Keyin esa mashinadan tushib, u o'tirgan tomoni ham ishigini ochdim.
- Qani chiq mashinadan
- Nega? Nima qilmoqchisiz? Meni shu yerda tashlab ketasizmi endi?
- Chiq degandan keyin chiqda, namuncha ko'p savol berasan!

U bu safar indamay aytganimni qildi. Men esa uni shu zahoti qattiq quchoqlab oldim. Tanamga qandaydir iliqlik yugurganday bo'ldi, shu paytgacha unga intizor bo'lib yurgan yuragimni urishi esa huddi baraban tovushidek jaranglardi. U ham kiyimimdan siqimlab ushlab olib, boshini ko'ksimga qo'ygancha ko'zlarini yumib turar, boyagi yig'ini ta'siridanmi yelkasi har-har zamon silkinib qo'yardi. Keyin men ham ko'zlarimni yumdim, qalbim tubidagi so'zlarim tilimga ko'cha boshladi
- Bu dunyoda yashashim uchun 1ta sabab bo'lsa bu sensan
- Keyinchi (pichirladi u)
- Yuragimdagi joy faqat sen uchun
- Keyinchi...
- Hayollarim bir qizda bo'lsa u sen bo'lasan
- Yanachi...
- Qachonki chin yurakdan kulsam sen sababli bo'ladi
- Keyinchi...
- Seni sevaman
- Oxirgi gapizni yana ayting (meni qattiqroq quchoqlab oldi)
- Seni sevaman
- Yana 1 marta
- Seni se-va-man
- Yana
- Sevaman dedimku
- Ayting nima qipti?
- Seni sevaman
- Yana
- E bo'ldie
- Aytsez aytibsizda (u meni quchog'imdan sirg'alib chiqdi, yuzida sho'x kulgu paydo bo'lgandi)
- O'zing aytmadingku
- Qizlar uyatchan bo'ladi, bunaqa gaplarni aytmaydi
- Qachondan sevgi uyatli bo'lib qoldi?
- Xozir to'xtang
Shunday deb u telefonini kavlashtira boshladi. Biroz o'tib meni ham telefonimga SMS kelib, ochib o'qidim. U yerda faqat 2ta so'z yozilgandi: Sizni sevaman
Beixtiyor yuzimga kulgu yugurdi, Sarvinoz ham tabassum bilan telefonini silkitib turardi
- Syurpriiiiiz!
- Uyalmisanmi menga shunaqa gaplar yozgani?
- Vooy, qachondan sevgi uyat bo'lib qoldi?

Ikkalamiz ham birdaniga qax qax otib kulib yubordik. Shu payt ko'zim daryo qirg'og'ida turgan odam bo'yli kattakon harsangtoshga tushib, bir g'oya miyyamga o'rnashdi. Tezda mashinadan uchi uchkurlangan qo'l uzunligidagi temir kurugni (anavi voqeadan keyin ehtiyot shart, mashinaga tashlab qo'ygandim) oldimda o'sha toshga yaqinlashib, silliq yuzasini o'ya boshladim. Sarvinoz esa hayron
- Nima qilyapsiz, yoki yashashimiz uchun shu yerdan uy quryapsizmi (yana kuladi)
- Xozir ko'rasan, narroq tur, temir tegib ketadi
- Men xam ko'ray axir, aytib qo'yay men bu yerda yashamayman
- Nega?
- Bu yer qo'rqinchli, kechasi bo'rilar ham bo'lsa kerak
- Men bormanku, senga tegolmaydi bo'rilar
- Sizniyam yeb qo'ysachi?
- Meni yesa bo'rini qorni to'yib qoladi, keyin senga tegmaydi
- Men baribir qo'rqaman
- Mana tayyor bo'ldi, qarachi
- "Seni sevaman" zo'rku, nega yozdiz?
- Sen uchun
- Men bu yerga ko'p kelmaymanku
- Unda vaqtlar o'tib men bu dunyoda bo'lmaganimda, odamlar shunaqa bir oshiq bor edi deb eslashi uchun
- Ular siz yozganizni qayerdan bilishadi?
- Sen aytasan
- Men? Aytmasamchi?
- Hullas bilishadida
- Qanday qilib?
- Buncha ko'p savol berasan, avval bunaqamasdingku
- Qanaqa edim?
- Kamgap va ters eding
- Nega shunaqa edim?
- Ketamizmi?
- Qayerga?
- Yana savol beradiya. Uygada
- Qaysi uyga?
- E o'tir mashinaga
- Qayeriga o'tiray?
- Boya o'tirgan joyingga
- Boya qayerda o'tirudim?
...
Uyi oldiga kelguncha axmoqona savollar berib kelgan Sarvinoz bilan iliq hayirlashib, yana taksavat qila boshladim. Kech tushishiga ham 2 soatgina vaqt qolibdi, endi iqtisodiy tomonlarni ham o'ylamasam bo'lmas.

* * Yurakcha.Ru * *

Kechki payt so'ngi mijozni manziliga elitib qo'ygach, uyga qaytib keldim. Shoshilgancha ichkariga kirib, biroz pul va kerakli hujjatlarni olib chiqib, yana mashinaga o'tirdim. Chamasi 10 daqiqalar yo'l yurgach domlar tugab, qator uchastkalarga yetib keldim, o'sha yerdagi kattakon, qizil rangli darvoza yoniga mashinani to'xtatib, zvanokni bosdim.
- Hozir, chiqyapman, - ovoz eshitildi ichkaridan.
Keyin darvoza sharaqlab ochilib, qorindor, mo'ylovli amaki ko'rinish berdi.
- Assalomu alaykum Orif aka
- Voleykum assalom Halimjon, senmiding kelaver, qaynonang yaxshi ko'rarkan kenaying endi osh suzyotgandi.
- Yo'q Orif aka pulni tashlaymanu ketaman
- Kirsangchi endi

Orif aka qo'yarda qo'ymay meni ichkariga olib kirdi. Uyoq buyoqdan gaplashib, ovqatlanib bo'lgach, cho'ntagimdan pulni chiqarib unga tutqazdim.
- Orif aka, manabu bugungacha bo'lgan hamma arenda puli. Men moshinezdi qaytarmoqchiman.
- Nima bo'ldi, tinchlikmi uka?
- Salonga yangi damasga pul to'lab qo'ygandim, o'shani ertaga olib chiqishim kerak
- E gap yo'q, manabu ishing zo'r bo'libdi
- Sizga raxmat aka, moshinezdi orqasidan to'pladim hamma pulni. Toychog'izni uyoq buyog'ini tekshirib ko'ring aka
- Senga ishonaman uka, qo'ysangchi bunaqa gaplarni.

Keyin Orif aka bilan xayirlashib ko'chaga chiqdim. Taksi to'xtatib uyga qaytar ekanman, Temurga qo'ng'iroq qildim

- Qaleysan do'stim, tuzukmisan
- Xa yaxshiman, hamma joyim ishlayapdi, xavotir olma!
- Unda yaxshi, ertaga men bilan salonga borasan, esingdami?
- Xa albatta, ertalab kelib olib ketasanda
- Olib ketolmayman, yalang'ayoq yuribman moshinani egasiga berdim
- Unda uyingga boraman
- OK

Uyga yetib kelib, eshikdan kirishim bilan telefonimga SMS keldi: "Meni sog'inmadizmi?"

Men esa darhol unga qo'ng'iroq qildim
- Seni sog'inmay bo'larkanmi?
- Bilmadim, ko'rinmaysizku
- O'zing yaxshimisan?
- Yomonman
- Nega?
- Sog'indim
...

* * Yurakcha.Ru * *

Ertalab eshikni zarb bilan taraqlashidan uyg'onib ketdim. Shoshilib borib eshikni ochsam, Temur asablari taranglashgancha turibdi
- Unaqamasda endi do'stim, yarim soatdan beri eshik qoqaman
- Uzur, qotib qolibman, kir ichkariga
- Nima uyqu bermayapdimi diman a? O'zi telefon raqamingni bermasligim kerak edi.
- Ko'rdingmi hammasiga o'zing aybdorsan!
- Xa, yegani u bu narsang bormi, qornim ochdi
- Xa bor

Birga zavtrik qilib, salonga bordik. O'ziyam kechgacha hujjatlar bilan yugur yugur qilib, oxiri hammasini hal qildik. Keyin esa hamma o'rtoqlarim meni uyimga jam bo'lishdi, "mashina yuvdi" marosimini o'tkazish uchun. Buyoqda Sarvinoz tinmay qo'ng'iroq qilardi, men esa o'rtoqlarim bilan o'tirganim uchun tuzukroq gaplasholmasdim. Oxiri u ham arazlab, telefonini o'chirib qo'ydi. Bazm esa kechasi 11largacha davom etdi, hamma tarqalgach nari beri uyoq-buyoqni paryatka qilib, Sarvinozga qo'ng'iroq qildim - Abonent apparati o'chirilgan!
"Qattiq arazladi shekilli" o'yladim o'zimcha. Keyin esa, ertaga unga qanaqa sovg'a olish haqida bosh qotira boshladim, axir ertaga bizning kunimiz!

* * Yurakcha.Ru * *

14-fevral tongi. Kechagi o'tirishdan qolgan musorlarni kattakon sumkaga solib, tashqariga olib chiqib tashlarkanman, Sarvinozning telefoni hamon o'chiqligini bilib kayfiyatim tushib ketdi. Keyin yangi damasga o'tirib, ko'chaga chiqdim. Yangi narsa baribir boshqachada! Eski damasda huddi eshak minib yurgandek bo'lardim, bunisi esa toychoqni o'zginasi. Meni tanigan odamlar ham mashinamga chiqib qolsa "qulluq bo'lsin" deb qo'yishardi. Ex buni gashtini meni holatimni boshidan o'tkazgan biladi. Hullas, kechgacha ko'cha kezib, ancha muncha pul topganimdan keyin sovg'alar do'koniga kirdimda kecha ko'nglimga tugib qo'ygan sovg'ani sotib oldim. Keyin esa Sarvinozga qo'ng'iroq qildim, har qalay bu safar gudok ketdi.
- Nima deysiz?
- Seni sog'indim
- Sizni kechirmayman
- Agar seni romantik kechki ovqatga taklif qilsamchi?
- Buni iloji yo'qda
- Nega endi?
- Akam uyda, hozir chiqadigan bo'lsam ikkalamizniyam o'ldiradi
- Sen tayyor bo'lib turaver, akang bilan o'zim gaplashaman
- Xop

Uni uyiga yetib borib, eshik qo'ng'irog'ini bosganimda kutilganidek Jasur chiqib keldi.
- Qaleysiz Jasur aka
- Senmiding, kel uka yana pichoq michog'ing yo'qmi
- Yo'q aka, tinchlik istab keldim
- Unda yaxshi, nima gap?
- Esizdami, singlim bilan yaxshi ko'rishsalaring qarshiligim yo'q degandiz?
- Xo'sh?
- Sarvinoz bilan bitta joyga bormoqchi edik, agar ruxsat bersangiz
- Sarvinoz, buyoqqa kel (baqirdi u ichkariga qarab, shu payt yasanib olgan Sarvinoz ko'rinish berdi), shu bolani yaxshi ko'rasanmi?

U indamay qizargancha yerga qaradi. Buni ko'rgan akasi "Ko'p qolib ketmalaring, ikkalangniyam oyog'ingdan osaman" degancha ichkariga yo'nalgach, biz qo'l ushlashib pastga tushdik...

* * Yurakcha.Ru * *

Kafening hira yorug'lik taratib turgan chiroqlar ostida, juft juft bo'lib o'tirgan bahtiyor sevishganlar orasida o'tirarkanmiz, Sarvinoz men bergan yurakcha shakildagi qutini avaylab ocha boshladi, ichidagini ko'rganida esa yayrab ketdi
- Voy chiroyliligini, raxmat, lekin meni sovg'am yo'qku sizga
- Seni o'zing menga sovg'asan go'zalim, seni sevaman
- Men xam
- Valsga tushamizmi?
- Xa

Uni nozik qo'llaridan tutib, o'rnidan turg'uzdimda, keyin belidan quchib oldim, u esa yelkamga qo'lini qo'ydi. Biz, ko'zlarimiz nim tabassum bilan bir-biriga tikilgancha, musiqaga mos ravishda ohista tebrana boshladik.
- Hammasi tushga o'xshaydi, - dedi u birdaniga yuzida havotir alomatlari paydo bo'lib, - Uyg'onib ketishdan qo'rqyapman
- Bu tush emas, - dedim men ham jiddiy ohangda, keyin unga yanada yaqinlashdim, - Seni sevaman!
- Men sizdan ko'proq sevaman

2 soatlar chamasi davom etgan yoqimli kechadan keyin hisob-kitob qilib, ko'chaga chiqdik. Ana endi mashinaga o'tirib uyga qaytsak ham bo'laveradi. Uyi yoniga kelganda hayirlashib, mashinadan tushib ketyotgan Sarvinozni, ichimdagi nimadir yana biroz yonimda qolishini istadi. "To'xta" dedim uni qo'lidan tutib, - Yana biroz gaplashib o'tiraylik.
- Mayli...
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 5
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 5
Bosh sahifaga